Sensor -Tarbiya maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sensor tarbiyaning ahamiyati mavzusi asosida glossariy: Axloq (lotincha “moralis” - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘ indisi. Axloqiy ong- shaxsga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlami berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli. Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. Bilim- bolaning ongidatushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmuyi. Vatanparvarlik (lotincha “patriotes” - vatandosh, “patris” - vatan, yurt) - shaxsning o‘zi mansub boigan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni to'g'risida qayg‘urishi hamda uning porloq istiqboliga bo'lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat. Verbal- bilim (ma’lumot, axborot)larni so'z yordamida (og‘zaki) yetkazib berish, ifoda etish. Didaktika (ta’lim nazariyasi) - (yunoncha “didaktikos” “o‘rgatuvchi”, “didasko” - “o'rganuvchi") - ta’limning nazariy jihat-lari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, tarbiyachi va bola faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, uslub, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolari)ni o ‘rganuvchi fan. Didaktik tashxis maqsadi- o‘quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish. Didaktik tizim (yunoncha “systema” - yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) - ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayonining yaxlit holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish. Jamoa (lotincha “kollektivus” so'zining tarjimasi boiib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, gumh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh. Idrok- aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni. Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Tarbiya jarayoni - pedagog va bola (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni. Tarbiya mazmuni- shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati. Tarbiya uslubi (yunoncha “uslubos” - yo‘1) - tarbiya maqsadiga erishish yoii; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, uslub, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o'rganadi. Tafakkur- ijtimoiy voqea-hodisalaming ongda to'laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Tashxis - didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash. Sensor tarbiya- sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir.