Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 2)
ISSN 2181-1709 (P)
164
Education and innovative research 2022 y. №2
oluvchilarni ma’naviy yetuk va jahon andozalari talablariga javob bera oladigan, mustaqil bilim
olish, o‘rganish, va ijodiy ishlash qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni
mustaqil hal qiladigan yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tayyorlash oliy ta’lim tizimining asosiy
vazifalaridan hisoblanadi.Bu vazifalar albatta pedagoglar,murabbiylar, ota-onalar oldiga yuksak
mas’uliyatni qo‘yadi.
Davlatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning bugungi kunda olib borayotgan barcha yangi
islohatlari,millatimiz хalqlarini farovon yashashi uchun, yoshlarimizni
dunyo yoshlari bilan
raqobat qila olishlari uchun, har tomonlama komil shaxs sifatida ta’lim tarbiyalanishlari uchun
ta’limning boshlang’ich bo’g’ini bo’lgan- maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan
islohotlar so’zimning isbotidir. Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017—
2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2016 yil 29 dekabrdagi PQ—2707 qaroriga muvofiq “Maktabgacha ta’lim muassasalarining
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarorini qabul qilinishi ham islohatlarni barqaror
amalga oshiralayotganidan dalolat beradi.
“Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar.
“Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga
mutlaqo
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” deb ta’kidlaydilar. Bu esa o‘z navbatida yoshlar tarbiyasi davlatimiz
siyosatiga aylanganidan dalolat beradi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasidagi mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish
masalasiga pedagogik jihatdan chuqur yondashishni taqozo qilmoqda. Bu ayniqsa sensor tarbiya
asosida bolalar nutqini o‘stirish muammosi ilmiy jihatdan asoslanmaganligida ham yaqqol
namoyon bo‘lmoqda. Biroq, aksariyat hollarda tarbiyachilar faqatgina pedagoglar tomonidan
yaratilgan tavsiyalardan foydalanishga majbur bo‘lmoqdalar. Bu esa maktabgacha ta’lim
samaradorligining bir qadar past bo‘lishiga olib kelmoqda.Maktabgacha ta’lim muassasalarida
tarbiyalanayotgan bolalar nutqini sensor tarbiya vositasida rivojlantirishda ta’limiy jarayonlarning
mazmun mohiyatini to’g’ri anglab yetish,bu masalada sensor tarbiyaning pedagogik jihatdan
qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Sensor tarbiyaning maqsadi maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini
o`stirishdan iborat.Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat
nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi yetarli bo`lib qolmay, balki ular buyumlarni chuqurroq
idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo`lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi
ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida
e`tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib
qo`yishda ularning og`irligini his qilish, buyumni qo`lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini -
issiq yoki sovuqligini ana shunga o`xshashlarini aniqlashi kerak.
Bolalarning yoshi ulg`ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlarning o`zgarishi bilan idrok
etish jarayoni va unga qo`yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar idish-tovoqlarning
katta-kichikligi,
chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlar- ning og`irligini, sirtining
silliqligini, ushlaganda sovuqroqligini, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar.
Stollarni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo`yish
boshqa harakat sezgilarini
uyg`otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va hokazolarni idrok qilishni talab etadi.
Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi:
1. Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish.
2. Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabati to`g`risidagi
umumlashgan tasavvurlar
sensor etalonlar sistemasini shakllantirish.
Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan namunalardir. Asosiy
ranglar, geometrik shakllar, notalarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana
shunday etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og`zaki ifodalanishi bilan
tanish bo`lsa, uning tevarak-atrofni bilishi oson bo`ladi, u o`zi uchragan buyumlarni ma`lum bir