Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy hayotidagi ahamiyati. Reja


Bevosita moddiy manfaat bilan bog‘liq ehtiyojlarni qondirish va shaxsning o‘z o‘zini shakllantirish ehtiyojlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik



Yüklə 39,49 Kb.
səhifə10/11
tarix01.04.2023
ölçüsü39,49 Kb.
#92345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Servis faoliyatining mamlakat ijtimoiy iqtisodiy hayotidagi ahamiyati(1)

Bevosita moddiy manfaat bilan bog‘liq ehtiyojlarni qondirish va shaxsning o‘z o‘zini shakllantirish ehtiyojlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Jamiyat ehtiyojlarini alohida insonning ehtiyojlari kabi ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi - qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsning ijodiy imkoniyatlarini (ta’lim, professional o‘sish, ilmiy, texnik va badiiy ijod, sport) oshirish bilan bog‘liq. Ikkinchisi, hordiq chiqarish yoki oddiy fiziologik lazzat olish (alkogol ichimliklar iste’mol qilish, turli xil xordiq chiqarish). Ushbu guruhdagi ehtiyojlar o‘rtasida keskin farq yo‘q, lekin servis tizimida tenglikning qandaydir varianti mavjud. Unga ko‘ra, insonning ijodiy va xordiq chiqarish ehtiyojlarini qondiradigan xizmatlar bog‘liqligi mavjud. Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilikning qanday hal etilishi konkret ijtimoiy tizim (davlat, hudud, xalq yoki ijtimoiy guruh) ga, iqtisodiyot rivojlanish darajasi, ma’naviy normalar va madaniy ananalarga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilingan servis tizimi faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, ularni jamiyat bilan bog‘laydi. Ushbu qarama-qarshiliklarning mavjudligi va ularning har xil davrda kuchayishi, alohida insonlar va jamiyatning doimiy ravishda rivojlanayotgan ehtiyojlariga taaluqli ravishda servis tizimi faoliyatini doimo o‘zgartirib va takomillashtirib borishga majbur qiladi.

Xulosa
Iqtisodiyotni servislashtirish boshqaruv faoliyati, informasiya ishlab chiqarish oqimlari va umuman olganda xizmat ko’rsatish ishchilarini madaniyat darajasi va professional sifati kabi sohalarni faol ravishda investisiyalash bilan bog’liq. Bu jarayon ilmiy-texnikaviy progress sur’atlarini o’sishi, iqtisodiy faoliyat doirasida foydani oshishi, xizmat ishlab chiqaruvchilarni kredit resurslariga bo’lgan talabini oshishi va umuman olganda, raqobatni chuqurlashishi bilan belgilanadi.
XX asrni oxirida rivojlangan davlatlarda xizmat sektorini ikkilamchi, sanoatga bo’ysingan va unga bog’liq degan tasavvurlar yengib o’tila boshlandi. Asr oxiriga borib G’arbiy Yevopa, Yaponiya davlatlarida bank, moliya, informasion boshqaruv va kompyuter ishlab chiqarish xizmatlari milliy va regional rivojlanishni yetakchi elementlari sifatida belgilandi.
Postindustrial iqtisodni farqli xususiyati nomoddiy mahsulot – xizmatlar ulushini, yakka buyurtmalar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarilishini oshishidir. Ertangi kun jamiyatida xizmatlar va informasiyalar ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarishdan ustun turishi olimlar tomonidan ta’kidlanmoqda. Bunday turdagi jarayonlarda bilim, ma’naviy boyliklar, umuman olganda informasiya ishlab chiqarish yetakchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda bunday ishlab chiqarish jarayonlarida buyurtmani talabga muvofiq bajarilishi haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni beruvchi hisoblanmish iste’molchilarni ishtirok etishi zarurligi oshib bormoqda. Aynan, o’zida ishlab chiqaruvchi va iste’molchini interaktiv munosabatini aks ettirgan ana shunday mahsulot yaqin kelajakdagi tovar – xizmatni eng farqli xususiyati hisoblanadi.


Yüklə 39,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin