Sezgi va idrok



Yüklə 63,76 Kb.
səhifə3/8
tarix11.05.2023
ölçüsü63,76 Kb.
#111779
1   2   3   4   5   6   7   8
Sezgi va idrok-fayllar.org

E=1/P

E— sezgirlikni, P— qo`zg`atuvchining ta`sir chegarasi me`yorini anglatadi.
Insondagi hid bilish bitta hujayrasining chegarasi tegishli hid tarqatuvchi moddalar uchun 8 molekuladan oshmaydi, maza yoki ta`m sezgisini hosil qilish hid sezgisini yuzaga keltirishga qaraganda 25000 marta ko`proq harakat talab qilinadi.
Insonda ko`rish va eshitish analizatorlarining sezgirligi juda yuksakdir. S.I.Vavilovningfikricha, ko`zto`rpardasiga 2 — 8 kvant yorug`lik tushsa, u holda ko`rish hodisasi yuz beradi. Shu sababdan to`la qorong`ilikda yongan shamni 27 km masofadan ko`ra olish mumkin. Biroq narsa tekkanligini sezish uchun ko`rish va eshitishga qaraganda 100 — 10000 ml. marta ortiq energiya kerak bo`ladi.
Analizatorlar sezgilarning yuqori chegarasiga ham egadir. Bilinar-bilinmas qo`zg`ovchidan sezgi hosil qiluvchi minimal kuchga ega bo`lgan qo`zg`atuvchining yuksak darajasi mutlaq chegara deyiladi. Retseptorlarga ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchining kuchini yanada ortib borishi retsep-torlardan faqat og`riq sezgisini yuzaga keltiradi.
Mutlaq chegaraning me`yori sharoitga qarab o`zgaradi: inson faoliyatining xususiyatlariga, uning yoshiga, retseptorlarning funksional holatiga, qo`zg`atuvchining kuchi hamda davomiyligiga bog`liq holda o`zgarishi mumkin.
Sezgilar o`rtasida yuzaga keladigan farqni hosil qilish ikki qo`zg`atuvchi o`rtasidagi minimal farqni farq ajratish chegarasi deb ataladi. Nemis fiziolog olimi Veber odamning o`ng va chap qo`lidagi ikkita narsadan og`irrog`ini aniqlay olish qobiliyatini tekshirib, shunday xulosaga keladi: farq ajratish sezgirligi mutlaq xususiyatga ega bo`lmay, balki nisbiy xususiyatga egadir.
Masalan, 100 g. 13, 42 gramm 1000%. 33, 3 gramm
Shunday qilib, dastlabki qo`zg`atuvchining me`yori qanchalik katta bo`lsa, demak, qo`shimcha qo`zg`atuv­chining me`yori ham shunchalik ko`p bo`lishi lozim:
1) ko`rish analizatori uchun 1/100;
2) eshitish analizatori uchun 1/10;
3) taktil analizatori uchun 1/30.
Mazkur qonunga binoan, asosiy qo`zg`atuvchi bilan qo`shimcha qo`zg`atuvchi o`ltasidagi farqni ajratish qonuni faqat o`rtacha kuchianishdagi qo`zg`atuvchilar uchungina to`g`ridir.
Veber tadqiqotiga asoslanib Fexner sezgilar intensivligining qo`zg`atuvchi kuchiga bog`liqligini quyidagi formula bilan ifodalab bergan:

S K IgJ C, bu yerda S— sezgi intensivligi, /-qo`zg`atuvchining kuchi, va C konstantalardir. Ushbu qonun, asosiy psixofizik qonunga muvofiq, sezgilarning intensivligi qo`zg`atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Qo`zg`atuvchining kuchi geometrik progressiya bo`yicha ortib borsa, sezgilarning intensivligi arifmetik progressiya bo`yicha ortib boradi (Veber — Fexner qonuni).
Farq ajratish sezgirligi ham farqlash chegarasining me`yorini teskari proporsionaldirki, demak, farqli ajratish sezgirligi shunchalik kichik bo`ladi.
Ajratish sezgirligi sezgirlik turlarining ayrim xususiyatlarini boshqa jihatdan tavsiflashda ham qo`llaniladi. Masalan, shakllarni, hajmlarni ko`rish vositasida idrok qilinadigan narsalarning ranglarini aks ettirish haqida mulohaza yuritish mumkin.
Psixoiogiya fanida sezgilarni o`lchashning, asosan, ikki metodi mavjud. Ulardan biri bevosita metod deb atalib, subyektiv ravishda baholashga asoslanadi. O`lchashning ikkinchi metodi esa alomatlarni obyektiv ravishda baholashga asoslangan bo`lib, sezgilarning bevosita mavjudligiga qaratilgandir.
Bevoista metod yoki qo`zg`atuvchining so`z bilan baholash metodi quyidagicha tuzilishga ega: sinaluvchiga teri, tovush, yorug`Iik ta`sir qila oladigan qo`zg`atuvchi havola qilinadi, dastawal qo`zg`atuvchi minimal jadallikka ega bo`ladi, so`ng ularning kuchi orttirib boriladi. Mazkur tadbirlardan keyin sinaluvchidan ,,u" qaysi bir sezgi qo`zg`atuvchisini dastlab sezganligi so`raladi.
Teri sezgirligini o`lchash uchun ,,esteziometr" maxsus asbobi qo`llaniladi. Eshitish sezgirligini o`lchash audiometr yordamida amalga oshirilib, tovushlarning turli darajada intinsivligi aniqlanadi. Ba`zan kichkina temir sharni har xil balandlikdan tashlab ko`rish orqali ham yuqoridagi maqsad amalga oshiriladi. Ko`rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchining ko`ziga yorug`likni turli intensivlikda yuborish orqali (goho qorong`ilikda), quyidan yuqoriga yorug`lik birligi — luks orttirib boriladi. Ta`m va hid bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida o`lchanadi, goho kimyoviy usul ham qo`llaniladi.
Bevosita metod tashqi alomatlarga asoslanib ish yuri-tishni taqozo etadi. Sobiq Ittifoq psixologlari va psixo-fiziologlari G.V.Gershuni, E.N.Sokolov, O.S.Vinogradov va boshqalar mazkur metod yordamida uzoq yillar ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Ma`lumki, sezgilar hech mahal sust bilish jarayoni bo`lmagan. Ular vegetativ, elektrofiziologik, nafas olish jarayonlarida o`zgarib bor-ganligi uchun o`z tabiati bilan reflektor jarayoni hi-soblanadi. Sczgilardagi reflektor b`zgarishlar ularning obyektiv ravishda yuz berayotganligining ko`rsatkichi deyiladi. Masalan, sezgilarni hosil qiluvchi har qanday qo`zg`atuvchi reflektor jarayonlarini ham vujudga keltirishga qodir. Masalan, bunday qon tomirlarining torayishi, teri galvanik refleks, ya`ni teri elektr qarshiligining kamayishi, miyaning elektr faolligi chastotasining (alfa, ritma, depres-siya holatining) o`zgarishi qo`zg`atuvchiga qarab ko`zning yo`nalishi, bo`yin muskullarining taranglashuvi va boshqalar yuz beradi. Bu narsalarning barchasi sezgilar­ning paydo bo`lishini obyektiv ko`rsatkichi hisoblanadi.
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchi subyektga kuchsiz qo`zg`atuvchi bilan ta`sir etilsa, u holda subycktda hech qanday sezgi hosil bo`lmaydi. Sanab o`tilgan reflektorlarda ham o`zgarish yuz bermaydi.
Qon tomir yoki elektrofiziologik reaksiyalar kuchsiz qo`zg`atuvchi ta`sirida ham aniq namoyon bo`lishi mumkin, ammo sezish jarayoni esa amalga oshmaydi. Bu holatni elektroensefagrafik reaksiyalar tasdiqlaydi. Tovush qo`zg`atuvchi to`g`risida G.V.Gershuni inson subsensor
diapazonga ega degan ilmiy g`oyani olg`a suradi. Bu narsa anglashilmagan fiziologik reaksiyalarga, ya`ni sezib bo`l-mas qo`zg`atuvchilarga asoslanadi.
Sezgilarning o`zgarishi adaptatsiya va sensibilizatsiya holatlarida o`z ifodasini topadi. Adaptatsiya (lotincha -adaptomoslanmoq) demak, bu sezgi a`zolarining taassurot kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o`zgarishidir. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik ortishi yoki kamayishi mumkin. Kuchli ta`sirdan kuchsiz ta`sirotga o`tganda, sezgirlik asta-sekin ortib boradi, ta`sirot kuchayganda esa sezgirlik kamayib boradi (ko`ruv, eshituv, hid bilish, teri-tuyush va hokazo).
Odatda, genetik nuqtayi nazardan adaptatsiya uch xil xususiyatli manba ta`sirida vujudga keladi
1. Qo`zg`atuvchilarning davomli ta`siri jarayonida sezgilar tola yo`qolishi mumkin. Masalan, ta`sir qilib turadigan qo`zg`atuvchi doimiy ta`sir o`tkazaversa, bunday holda sezgi so`nib qoladi. Masalan, teriga biror narsa doimiy
tegib tursa, bora-bora u narsa sezilmay qoladi. Yoqimsiz hidli bir joyga kirib qolib, uzoq turib qolsak, birozdan so`ng bu hidni batamom sezmay qolamiz. Og`izda biron narsani ko`proq ushlab tursak, ta`m sezgisining intensivligi bo`shashadi.
Doimiy va harakatsiz qo`zg`atuvchining ta`sirida ko`rish analizatorlarida tola adaptatsiya hodisasi yuz beradi. Bunday holatda qo`zg`atuvchining harakatsizligini ko`rish re-tseptorlari apparatining harakatchanligi bosib ketadi. Ko`zning har doim ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda harakatlanib turishi ko`rish sezgisining uzluksizligini ta`minlaydi. Qo`zg`atuvchi ta`siridan 2 — 3 soniya o`tgach ko`rish sezgisi yo`qoladi, ya`ni adaptatsiya hodisasi yuzaga keladi.
2. Kuchli qo`zg`atuvchining ta`sirida ham sezgilar zaiflashishi mumkin. Masalan, qo`l muzdek suvga tiqib turilganda doimiy sovuq qo`zg`atuvchi ta`sirida yuzaga kelgan sezgining intensivligi pasayadi. Qorong`iroq xonadan juda yorug` joyga kirib qolsak, bir kuchli yorug`likdan awaliga ,,ko`r" bo`lib qolib, atroflmizdagi narsalarni ajrata olmaymiz. Ma`lum fursat o`tgandan so`ng, ko`rish analizatorlarining sezgirligi keskin sur`atda pasayadi va biz mo`tadil ko`rish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Ko`rish sezgirligiga intensiv yorug`lik qo`zg`atuvchisi bilan ta`sir qilganda pasayishdan iborat hodisa yuz beradi va u yorug`lik adaptatsiyasi deb yuritiladi.
Ko`rib o`tilgan ikki turdagi adaptatsiyani ko`pincha psixologiya fanida negativ adaptatsiya deyiladi. Chunki har ikkala adaptatsiyada analizatorlarning sezgirligi keskin pasayadi.
3. Sezgirlikni kuchsiz qo`zg`atuvchi ta`siri ostida ortib borishini ham adaptatsiya deb atash an`anaga aylangan. Aksariyat sezgi turlariga xos bo`lgan adaptatsiyaning mazkur turi pozitiv adaptatsiya deyiladi.
Qorong`ilik adaptatsiyasida ko`rish sezgirligi ortadi. Sokinlikka nisbatan adaptatsiya eshitish adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi.
Tibbiyot psixologiyasida negativ og`riq adaptatsiyasining borligi to`g`risidagi gipoteza (ukolga, ignaga, issiq nurlanishga nisbatan) doimiy mavjudligi ta`kidlanib o`tildi.
Adaptatsiyani hosil bo`lish xususiyatlari to`g`risida quyidagilar ma`lum: a) taktil adaptatsiya juda tez hosil bo`ladi; b) ko`z adaptatsiyasi uchun bir necha daqiqa; d) hid va ta`m adaptatsiyalarining paydo bo`lishi uchun undan ham uzoq vaqt talab qilinadi.
Adaptatsiyaning muhim tomoni shundaki, u kuchsiz qo`zg`alishni payqashga yordam beradi va kuchli qo`zg`alish ta`siridan sezgi a`zosini saqlaydi.
Adaptatsiyani quyidagicha tushuntirib berish mumkin: l)tayoqsimon hujayralarda joylashgan ko`rish purpuri aynib ketadi; 2) miyaning po`stloq qismida sezgirlikni pasaytiradigan tormozlanish bor; tormozlanish esa boshqa joylarda qo`zg`alishni kuchaytiradi, natijada sezgirlik ortadi, buning oqibatida izchil o`zaro induksiya hodisasi ro`y beradi.
Analizatorlarning o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayish hodisasi ro`y beradi, bu sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgilar o`zaro munosabatining fiziologik mexanizmi analizatorlarning markaziy qismlarida joylashgan bosh miya po`stlog`idagi qo`zg`alish irradiatsiya hamda konsentratsiya jarayonlari bo`lib hisoblanadi. I.P.Pavlovning ta`limotiga ko`ra, kuchsiz qo`zg`atuvchi bosh miya katta yarimsharlarining po`stlog`ida oson irradiatsiyalanadigan, ya`ni oson yoyilib ketadigan qo`z­g`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Qo`zg`alish jarayonining irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorlarning sezgirligi ortadi. Kuchli qo`zg`atuvchi ta`sir etganda, aksincha, konsentratsiyaga moyil bo`lgan qo`zg`alish jarayoni yuzaga keladi. O`zaro induksiya qonuniga ko`ra, bunday qo`zg`alish jarayoni boshqa analizatorlarning markaziy qismlarini tormozlanishga olib keladi va natijada ularning sezgirligi pasayadi. Analizatorlar sezgirligining o`zgarishi shartli reflektor asosida, ya`ni ikkinchi signallar tizimiga kiruvchilar ta`siri bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Sinaluvchilarga ,,Iimondan nordon", ,,zahardan achchiq" degan so`zlarni talaffuz qilish bilan ularning ko`zlari va tillarida elektr sezgirligi yuzasidan o`zgarishni maydonga keltiruvchi omillar qayd etilgan. Bunda haqiqiy limon va zahar bilan ta`sir qilinganda hosil bo`ladigan qo`zg`alishga o`xshash o`zgarish ma`lum bo`lgan.
Sezgi organlarining sezgirligini o`zgartirish qonuniyatlarini o`zlashtirib olganligimizga asoslanib, maxsus ravishda tanlangan qo`shimcha qo`zg`atuvchilarni qo`llash orqali ma`lum bir retseptorlarni sensibilizatsiyalash, ya`ni ularning sezgirligini oshirish imkoniyatiga ega bo`lamiz.
Qo`zg`atuvchining birin-ketin analizatorga ta`siri bilan analizatorlarga xos sczgining paydo bo`lishi sinestcziya deyiladi. Sinesteziya yunoncha birgalikda sezish degan ma`noni anglatadi. Sinesteziya hodisasini har xil turdagi sezgilarda kuzatish mumkin. Ko`rish va eshitish sinesteziyasi hammadan ko`ra ko`proq uchrab turadi, bunda tovush qo`zg`atuvchilarining ta`siri bilan odamda ko`rish obrazlari vujudga keladi. Bunday tabiatli sinesteziyalar har bir odamda o`ziga xos ravishda kechadi, lekin ular har qaysi shaxs uchun muayyan darajada doimiy bo`lishi kuzatiladi. Masalan, ayrim bastakorlar Rimskiy-Korsakov, Skryabin kabilar ,,rangni eshitish" qobiliyatiga, rassom Chorlyonis, Behzod ,,rangli rnusiqa" iste`dodiga ega bo`lganlar. Eshitish va ta`m sinesteziya hodisasi ko`pincha ,,o`tkirta`m", ,,savlatli rang", ,,shirin tovush", ,,achchiq shamol", ,,bahaybat ovoz", ,,motamsaro osmon", ,,qalbo`rtar navo" singari iboralarda o`z ifodasini topgan bo`ladi. Chunki ularning mohiyatida ikkilanganlik xususiyatlari maxsus kuchaytirgich sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sezgirlikni mashq orqali rivojlantirib boriladi. Bunday o`zgarish kompensatsiya va faoliyat mazmunida o`z aksini topadi. Ayniqsa, ko`r (ko`r musiqachida), kar, soqov, haykaltaroshlarda, vibratsiya sezgisi bilan shug`ullanuvchi-larda sezgirlik keskin ravishda oshishi mumkin. Psixolog Elen Killer hid sezgisiga nisbatan sczgirlikni maxsus ravishda tadqiq qilib, hid sczgisida o`ziga xos xususiyatlar mavjud ekanligini dalillab bergan. Mashq qilish natijasida insonda sezgirlik ortib borishi tadqiqotchilar tomonidan o`rganil-gan bo`lib, ular quyidagi ko`rsatkichlarda ifoda etiladi: 1) notekislik — 0, 0005 mm; 2) bo`yash (bo`yoqchi) -
180 — 40 gacha; 3) po`lat quyuvchi po`latning rangidan qotishma miqdorini 1/60 aniqlikda belgilay oladi; 4) rassomlar narsa hajmini — 1/150 miqdorda o`zgarganini farqlay biladi; 5} uchuvchi (motor ovozining o`zgarishi) -
1300 dan 1340 gacha aylanishini farqlay oladi; 6) rim mozaika ustaxonasida 20000 rang turi mavjud; 7) ko`r-larda — taktil, sezgi — pachiniyev moddasi yuqori; 8) ko`zi ochiq odamlarning qo`l kafli va panja qismlarida 186 ta taktil retseptori tanachasi mavjud; 9)tug`ma ko`rlarda esa tanacha — 270 ta; 10) keyinchalik ko`r bo`lib qolganlarda bo`lsa, tanacha — 311 ta ekanligi aniqlangan.
Shunday qilib, sensibilizatsiya hodisasidasezgiriikning ortishi quyidagilarga bog`liqdir:
1) organizmdagi uzoq muddatli, muayyan o`zgarishlarga;
2) muvaqqat xususiyatli ekstra ta`sir yoki favqulod-
dagi holat va vaziyatga;
3) yosh xususiyatlari, tipologik sharoitlar, endokrin

harakati, organizmning umumiy holati, uning toliqishiga:


a) 30 yoshgacha yuqori darajaga erishish mumkin, undan keyin pasayish boshlanadi; b) nerv sistemasining dinamikasi (B.M.Teplov tadqiqoti bo`yicha);
d) endokrin
balansi (homilador va boshqa odamlarda); e) organizmda funksional holatning buzilishi yoki insonning charchashiga;
4) farmologik ta`sirlar (adrenalin, fenamin, benchidrin — kuchayish; pilokarpin — pasayish)ga.
Sezgirlikning o`sishi ko`p jihatdan subyekt ustanovkasiga, nutqning ahamiyatliligi va nutq yo`nalishiga bog`liqdir. Sezgilarga bag`ishlangan eksperimental tadqiqotlar quyidagi yo`nalishlarda olib borilgan.
1. Veber va Fexnerlarning ,,psixofiziologik qommi"ning ochilishida: qonunga muvofiq ravishda sezgilarning intensivligi qo`zg`atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir;
qo`zg`atuvchining kuchi geometrik progressiya bo`yicha ortib borsa, sezgilarning intensivligi arifmctik progressiya bilan ortib boradi.
2. G.Ebbingauzning xotira yuzasidan o`tkazgan tadqiqotlari negizida: eslab qolinadigan materialnmg katta yoki kichikligi, so`zlarning hid bilish, ta`m sezish sezgilari bilan bog`liqligi, mashq qilish tufayli odamda sezgirlikning ortishi omillari yotadi.
3. G.Gelmgolsning sezgi organlari to`g`risidagi psixologik ishlari va ishlanmalarida: ko`zni bosib, unga kuchsiz elektr toki yuborilsa, ko`zda yorug`lik sezgisi hosil bo`ladi; quloqqa elektr qo`zg`atuvchisi bilan ta`sir qilinsa, tovush sezgisi vujudga keladi; ultrabinafsha ranglarining odamga ta`sir etish xususiyatlari mujassamlashgan.
4. V.Vundtning psixofiziologiyadagi sezgilar va harakatlar bo`yicha olib borgan izlanishlarida: ayniqsa, Lining ,,Muskul harakatlari to`g`risida talimot", ,,Hissiy idrok nazariyasimateriallari", ,,TabiatshunosIik nuqtayi nazaridan psixologiya", ,,lnson va hayvon ruhiyati to`g`risida ma`ruzalar", ,,Fiziologik psixologiya asoslari" asarlarida mazkurg`oyalar o`z ifodasini topgan.
5.P.P.Lazerev tomonidan yorug`lik toni muammosining o`rganilishida; qo`zg`alishning ioni nazariyasi, oliy nerv faoliyati mexanizmi tadqiqoti, harakatdagi qo`zg`atuvchiga nisbatan hissiy organlarning adaptatsiyalashuv ta`limoti, ko`zni yorug`likka va qorong`ilikka moslashish xususiyatlari, ko`zning to`r pardasi xossalari, fiziologik organlarning sezgi psixologiyasi asosi ekanligi kabilar hal qilinadi.
6. E.N.Sokolov, S.V.Krovkov kabi tadqiqotchilarning o`tkazgan tajribalaridan olingan qonuniyatlartalqinida: ko`rish analizatorining sezgirligi, eshitish qo`zg`atuvchisi ta`sirida o`zgarishi; ko`rish sezgirligining bunday o`zgarishi eshitish qo`zg`atuvchisining barqarorligiga bog`liqligi; kuchsiz tovush qo`zg`atuvchisi ko`rish analizatorining rangni aks ettirish sezgirligini oshirishi; eshitish qo`zg`atuvchisi sifatida motor shovqini yuborilsa, ko`zning farq ajratish sezgirligi zaiflashishi va hokazo ifodalanadi.

Yüklə 63,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin