AIM.UZ
Odam sezgilar orqali moddiy borliqdagi barcha predmeti va hodisalari o'z ongida aks ettiradi, tashqi dunyoning predmetlari va voqea hodisalari munosabatini bog'laydi, tashqi kuzatuvchilarning sezgi a'zolari uzluksiz ta'sir etishi tufayli sezgi vujudga keladi. Odamni o'rab turgan olamdagi narsa va hodisalarni turli xil belgi va xususiyatlari sezgilarda aks etadi. Jumladan, ko'rish sezgisi orqali yorug'lik turlarini ranglarni eshitish sezgisi orqali nafas olish natijasida butun bo'shligiga havo zarrachalarini ta'siri, predmetlarning teriga ta'siri natijasida teri sezgilari hosil bo'ladi. Sezgilar o'z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asosi va manba hisoblanadi Sezgilar tufayligina idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar hosil bo'ladi. Odamning sezgilari orqali tashqi dunyo voqea hodisalarini bilish quyidagi uch bosqichdan iborat.
1. Tashqi dunyodagi predmetlar va voqea hodisalar sezgi a'zosiga (reseptorga) ta'sir etadi. Bu ta'sir tegishli nervlarni harakatga keltiradi, natijada qo'zg'alish vujudga keladi.Bu qo'zg'alish maxsus nervlar yordamida bosh miyaga yetkaziladi. Bosh miya po'stining markaziy hujayralar tizimida, qo'zg'alish yuz beradi. Ushbu uch bosqichdan iborat bo'lgan sezuvchi nerv apparati mashhur rus fiziologi akademik I.P.Pavlov ta'limotida analizator deb ataladi.
Ya'ni, biror predmet yoki voqea-hodisaning ta'sirini bevosita aks ettiruvchi apparat analizator deyiladi.Analizatorlarning har uchala qismdan birortasi zarar ko'rsa, sezgi vujudga kelmaydi. Demak, sezgi deb, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolariga ta'siri natijasida vujudga keladigan va bu narsa yoki hodisalarning ayrim belgilarini aks ettiradigan psixik jarayonga
aytiladi. Sezgilar tashqi ta'sirotlarining harakteri, yo'nalishi va mazmuni bilan bog'liq holda quyidagi turlariga bo'linadi:
1. Ko'rish sezgilari.
2. Eshitish sezgilari.
3. Hidbilish sezgilari.
4. Ta'm yoki ma'za sezgilari.
5. Teri sezgilari.
6. Muskul va harakat sezgilari.
7. Organik sezgilar.
Ko'rish sezgisini analizatori ko'zdir.Bu sezgining qo'zg'ovchisi esa yorug'lik hisoblanadi. Ko'rish jarayonining yuzaga kelishi uchun ta'sirlovchi, ya'ni yorug'lik ko'zning to'r pardasidagi retseptorlarga ta'sir etish va ko'rish markaziga borgandagina biz ko'ramiz. Eshitish sezgisini analizatori quloq bo'lib, vazifasi tovushlarni sezishdir. Tovush chiqaruvchi jismdan har tomonga tarqaluvchi to'lqinlari eshitish sezgilarining qo'zg'atuvchisi hisoblanadi, ovoz to'lqinlarining tebrangan havo zarralari orqali quloqka kirishi natijasida eshitish sezgisi vujudga keladi. Ichki quloqda joylashgan eshitish nervining uchidagi reseptorlardan tovush to'lqinlari eshitish orqali bosh miya katta yarim sharlari sohalariga borishi natijasida eshitish sezgisi bo'ladi. Hid bilish sezgisining analizatori bug'in bo'lib, bo'rinbo'shlig'ining yuqori qismida joylashgan hid bilish nervning reseptorlari qabul hid bilish nerv orqali bosh miyadagi hid bilish markazga borgandagina hidni sezamiz. Ta'm yoki ma'za tilda joylashgan reseptorlar orqali seziladi. Teri sezgilari yerdamida oraginzmga biron narsaning tegishi, harorat va og'riq seziladi. Muskullar, pay va bo'g'inlardagi proprioreseptorlar deb ataladigan uchlarining tana harakati vaqtidagi qo'zg'alishi natijasida muskul harakat sezgilari paydo bo'ladi. Bu sezgilar odamga o'z organizmidagi barcha qismlarning holati va harakatlarini bilishga imkon beradi. Buning natijasida odam gavdasidagi har bir harakatni bilishga imkoni beradi. Organik sezgilarga ochlikni, chanqashni, ko'ngil aynishini, ortiqcha to'qligini va shu kabilarni sezish kiradi, ya'ni organizmlarining ichki holatini aks ettiradi. Organik sezgilarining sezuvchi nervlari ichki a'zolarining devorlari ham boshqa to'qimalarda joylashgan reseptorlari orqali taa'ssuroti seziladi. Barcha sezgi turlarida adaptasiya hodisasi mavjud bo'lib, organizmning har qanday sharoitda ham tashqi muhitning o'zgarishlariga va taa'ssurotlariga moslashish, ko'nikish imkoniyatlarini beradi. Sezgilar doimo ta'sirning kuchiga bog'liq bo'ladi, shuning uchun sezgilar ma'lum chegara ichida hosil bo'ladi. Sezgilar doimo bir-biriga ta'sir etadi va o'zaro munosabatda bo'ladi. Analizatorlarning sezgilari insonning mehnat faoliyati jarayonida shakllanadi va takomillashadi.
Dostları ilə paylaş: |