Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

A h l


shaxslarbusoliqningto'lovchilaridir.Soliqningstavkasi O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yer solig'i 
yuridik shaxslar tomonidan har yili birinchi yanvargacha bo'lgan 
holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo'yicha 
hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga 
joriy yilning birinchi fevraligacha taqdim etiladi. Yuridik shaxslar 
tomonidan (qishloq xo'jaligi korxonalaridan tashqari) soliq yilning 
har choragida ikkinchi oyning 15-kunigacha to'lansa, qishloq 
xo'jaligi korxonalari bu soliqni bir yilda bir marta - hisobot yilining 
15-dekabrigacha to'laydilar. Bu muddat jismoniy shaxslar uchun 
joriy yilning birinchi noyabrigacha belgilangan.
YER TRANSFORMATSIYASI - qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarni bir
turdan boshqa turga o'tkazilishi, yer fondiga tarkibiy o'zgartirishlar 
kiritiUshi.
YER UCHASTKASI - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga,
joylashish manziliga, huquqiy rejimi hamda davlat yer kadastri va 
yer uchastkasiga bo'lgan huquqlariga, davlat ro'yxatidan o'tkazish 
hujjatlarida aks ettiriladigan boshqa jihatlarga ega bo'lgan muayyan 
qismi.
YER UCHUN IJARA HAQI - uning hajmi (o'lchami), shartlari va o'tkazish
muddatlari shartnomaga muvofiq o'rnatiladi. Qishloq xo'jaligi 
maqsadlariga mo'ljallangan yerlar ijaraga olinganda uning miqdori 
ijaralangan uchastkalardan olinadigan yer solig'ining summasidan 
oshmasligi kerak. Yer uchun ijara haqi alohida yoki butun ijaraga 
olingan mulkning ijara haqi tarkibida ham olinishi mumkin. Lekin 
bu holda ham yer uchun ijara haqi, albatta, mahalliy budjetning 
daromadiga o'tkazilishi kerak.
YER UCHUN TO'LOVLARNING SHAKLLARI - yer solig'i, ijara haqi
va yeming normativ bahosidan iborat. Yerning egalari, yerning 
mulkdorlari va yerdan foydalanuvchilar yillik yer solig'iga tortiladi. 
Ijaraga berilgan yer uchun ijara haqi olinadi. Qonunda ko'zda 
tutilgan hollarda sotib olish va bankdan kredit olish uchun garov 
sifatida yerdan foydalanilganda yeming normativ bahosi belgilanadi 
(o'rnatiladi).
YERNING BAHOSI - yer egasi yerdan olgan daromadini boshqa yo'l bilan
topishi uchun zarur bo'lgan pul miqdori. Yerning bahosi rentaning 
miqdoriga to'g'ri proporsional, ssuda foizi darajasiga teskari 
proporsionaldir.
YERNING NORMATIV BAHOSI - hisobli qoplash muddati davomida
olinishi lozim bo'lgan potensial daromaddan kelib chiqqan
468


holda ma’lum sifatdagi va joydagi yer uchastkasining qiymatini 
ifodalaydigan ko'rsatkich. Yerni mulk sifatida berish uchun, unga 
nisbatan jamoa-hissali mulkni o'rnatish uchun, meros sifatida 
berish, taqdim etish, bank kreditini olish uchun yer uchastkasidan 
garov sifatida foydalanilganda yer munosabatlarini iqtisodiy tartibga 
solishni ta’minlash uchun joriy etilgan. Odatda yeming normativ 
bahosi yer maydoni birligiga to'g'ri keluvchi yer solig'ining 50 
martalik hajmi miqdorida o'rnatiladi. Bu baho hisoblanayotgan 
paytda yer solig'i bo'yicha berilgan imtiyozlar inobatga olinmaydi.
YETAKCHI - raqobat bozoridagi mo'ljal hisoblanadi. Boshqa firmalar o'z
strategiyasi va taktikalarini to'g'ridan-to'g'ri yoki bir vosita 
yetakchiga o'xshash taktikasi yoki kelishmovchilikni bartaraf etish 
harakati bo'lishi mumkin.
YETAKCHI BANK - sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan
va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini 
yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib 
olinguncha depozit hisob-varag'iga xizmat ko'rsatuvchi bank.
YETAKCHI TOVAR NARXI - biror assortiment guruhida eng katta talabga
ega bo'lgan tovar bo'lib, iste’molchilarni butun assortimentga 
ko'proqjalb etish maqsadida unga nisbatan pastroqnarxbelgilanishi.
YETAKCHILIK - boshqaruvi o'zaro hamkorlikning, hukmronlikning har xil
manbalarini samaraliroq birlashishiga asoslangan va odamlarni 
umumiy maqsadlarga erishishga undashga qaratilgan o'ziga xos 
odob.
YETAKCHINING KASBGA EGALIGI - menejer tomonidan ishlab
chiqarish (tijorat)ni tashkil qilish va boshqaruv sohasidagi maxsus 
bilimlar va ko'nikmalarni egallashi, har xil sohalardagi odamlar bilan 
ishlash mahorati.
YEVRO KREDITLAR - yevro valyutalarda beriladigan kreditlardir.
YEVROPA DOLLARLAR - yevropa banklaridagi dollar jamg'armalari,
kredit, operatsiyalarida foydalaniladi. AQSHdan tashqarida, ya’ni 
Yevropa banklarida mulk egalarining AQSH dollarida qo'ygan pul 
mablag'lari.
YEVROPA HAMJAMIYATI 
-
tarkibiga 
G'arbiy 
Yevropa 
regional
tashkilotlaridan 3 tasi, ya’ni Yevropa iqtisodiy uyushmasi, Yevropa 
ko'mir va po'lat birlashmasi hamda Yevroatom kirgan G'arbiy 
Yevropa mamlakatlarining davlatlararo birlashmasi bo'lib, 1957- 
yilda tashkil topgan.
469


YEVROPA HAMJAMIYATI KOMISSIYASI - uning 17 a’zosini milliy
xukumatlar tayinlaydi, lekin ular o'z faoliyatlarida buxukumatlaridan 
tamomila mustaqildir.
YEVROPA IQTISODIY UYUSHMASI - 1957-yilda G'arbiy Yevropadagi
6 ta davlat: Fransiya, Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Belgiya 
va Lyuksemburg davlatlari o'rtasida boj chegaralarini yo'qotish 
va “Umumiy bozor” barpo etish maqsadida tuzilgan iqtisodiy 
uyushma. 1973-yilda unga Buyuk Britaniya, Daniya va Irlandiya, 
1981-yilda Gretsiya, 1986-yilda Ispaniya va Portugaliya ham a’zo 
bo' lib kirdi. Bu uyushmani tuzishdan ko'zlangan maqsad boj ittifoqi 
va uyushmaga kirgan davlatlar o'rtasida tovar, kapital, xizmatlar va 
ishchi kuchining Umumiy bozorini tashkil etishdan iborat. Shuning 
uchun ham u “Umumiy bozor” nomini oldi. YEIUning tashkil 
etilishi G'arbiy Yevropa markazining rivojlanishini tezlashtirdi.
YEVROPA KENGASHI - 1974 yilda tuzilgan bo'lib, uning doirasida bunday
kengashlaming muntazam o'tkazib turilishi kerakligi haqida qaror 
qabul kildilar. Yevropa kengashi oliy bosqich ahamiyatini kasb etib, 
murakkab holatlarda hamjamiyatning boshqa muassasalari bilan 
kelishishga erishishning iloji bo'lmagan hollarda Yevropa kengashi 
va Vazirlar kengashi unga murojaat etishlari mumkin.
YEVROPA KREDITLAR - mamlakatlar yirik tijorat banklarining Yevro
valyuta bozori resurslari hisobidan chiqaradigan xalqaro zayomlari.
YEVROPA OBLIGATSIYALAR - Yevropa bozorida uzoq muddatli zayom
olish bilan zayomchi tomonidan chiqariladigan uzoq muddatli 
majburiyatnoma,- qimmatli qo'g'oz turlari.
YEVROPA PARLAMENTI - Yevropa xalqlarining demokratik jarchisi.
Unda umumiy ovoz berish yo'li bilan saylanadigan 518 deputat bor. 
Asosiy vazifasi - Komissiya faoliyatini nazorat kilish, hamjamiyat 
budj eti va qonunlarini ma’qullash va ularga o'zgartirishlar kiritishdir.
YEVROPA TARAQQIYOT TIKLANISH BANKINING MAQSAD I -
demokratiya va bozor iqtisodi tamoyillariga sodiq Markaziy va 
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bozorni, xususiy tadbirkorlik 
faoliyatiniyo'naltirilganochiqiqtisodgao'tishiniqo'llab-quwatlash.
1990-yilda tashkil qilingan.
YEVROPA VALYUTA BIRLIGI - G'arbiy Yevropa mamlakatlarining o'zaro
hisob-kitoblarida amal qiluvchi valyuta birligi. 1979-yilda tashkil 
etilgan.
470


YEVROPA VALYUTA BIRLIGI - Yevropa valyuta tizimida qatnashuvchi
mamlakatlar o'rtasida qo'llaniladigan xalqaro schyot birligi.
YEVROPOLIS - Yevropa iqtisodiy hamjamiyati mamlakatlarida sug'urta
shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug'urta polisi.
YEVRO VALYUTA - Yevropaning qator rivojlangan mamlakatlari muomalaga
chiqargan va mamlakat hududidan tashqarida naqd pulsiz deposit -
ssuda operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan valyutalar.
YIG'ILIB QOLISH - alohida bosqichlar orasida oldingi bosqich natijalarining
(chiqish) to'planib qolishi. Buning sababi shuki, oldingi bosqich 
natijalari keying bosqichga, ushbu bosqich haddan tashqari 
yuklanganligi sababli, o'tmaydi. Yig'ilib qolish - oldingibosqichning 
o'tkazish imkoniyati keyingisiga nisbatan ko'proq bo'lgan holda 
o'rinli.
YIG'IM LAR - qonun aktlariga muvofiq belgilangan tartibda va shartlarda
to'lovchilar tomonidan tegishli darajadagi budjetlarga yoki 
budjetdan tashqari fondlarga o'tkaziladigan majburiy badallar. 
Ularning tarkibiga savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig'im, shu 
jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi 
litsenziya yig'imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro' yxatga olganlik 
uchun yig'im, avtotrasport to'xtash joyidan foydalanganlik uchun 
yig'im, obodonchilik ishlari uchun yig'im va boshqalar kiradi.
YIG'ISH 
LINIYASI 
-
alohida 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqilishiga
maxsuslashtirilgan tizimli ishlab chiqarish oqimi. Mahsulotlar, har 
birida bitta maxsus operatsiya bajariladigan ish bekatlaridan nazorat 
qilinib, tezlik bilan o'tadi.
YIG'ISH LINIYASINI MUVOZANATLASHTIRISH - har bir ish
bekatida shunday sikl vaqtini belgilashki, bunda har bir ishchi 
shuncha ish qilsinki, yig'ish liniyasi sikli vaqti ichida ulgurib, uning 
bo'sh vaqti barcha ish joylarida imkon boricha kam bo'lsin.
YILLIK HISOBOT - bir yillik davlat budjet daromadlari va xarajatlarini aks
ettirgan hujjat.
YILLIK MOLIYAVIY HISOBOT - hisobot yilida korxona faoliyatini har
tomonlama ta’riflovchi hisobot turi. Yillik moliyaviy hisobot 
inventarizatsiya va boshqa usullar bilan tekshirilgan hisob 
ma’lumotlariga asosan tuziladi. Uni tuzishga qadar turli tayyorgarlik 
ishlari bajariladi: inventarizatsiya o'tkazilib, uning natijalari hisobda 
aks ettiriladi; yilning oxirida buxgalteriyaga kelgan barcha hujjatlarni 
ishlab chiqarish tugatiladi; yordamchi ishlab chiqarishlar ish va

4
7
1



xizmatlarining haqiqiy tannarxi aniqlanadi; umumishlab chiqarish 
xarajatlari taqsimlanadi; tugallanmagan ishlab chiqarishlar tannarxi 
va tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi; moliyaviy 
natijalar (foydayokizarar) aniqlanadi; ayrimko'rsatkichlarningo'zaro 
aloqalari tekshiriladi va boshqalar. O'zbekiston Respublikasining 
“Buxgalteriya hisobi to'g'risida’ gi qonuni (16-modda) bilan yillik 
hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 1. Korxona 
balansi. 2. Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot. 3. Asosiy vositalar 
harakati to'g'risidagi hisobot. 4. Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot. 5. 
Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot. Yuqoridagi hisobot shakllariga 
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi. Moliyaviy 
hisobot quyidagi organlarga taqdim etiladi: soliq organlariga; ta’sis 
hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; davlat statistika organlariga; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
YILNING SOF FOYDASI - soliq to'lagandan keyin xo'jalik yurituvchi
subyekt, ya’ni korxona (firma) ixtiyorida qoladigan hamda xo'jalik 
subyekti mustaqil tasarruf etadigan foyda.
YO 'L 
FONDINI 
SHAKLLANTIRUVCHI 
SOLIQLAR 
-
yoqilg'i-
moylovchi materiallarni sotishdan olinadigan soliq, avtomobil 
yo'laridan 
foydalanuvchilardan 
olinadigan 
soliq, 
transport 
vositalarining egalaridan olinadigan soliq va transport vositalarini 
sotib olganlik uchun to'lanadigan soliqdan iborat.
YOLLOVCHILAR VA O 'Z I UCHUN ISHLAYDIGAN SHAXSLAR -
muayyan haq evaziga ishlaydigan yollanma xodimlar bilan o'zini- 
o'zi band etuvchi shaxslar yollovchilar deb ataladi, muayyan haq 
evaziga ishlamaydigan va yollanma xodimlari bo'lmagan shaxslar 
esa o'zi uchun ishlaydigan shaxslar deb ataladi.
YOLLOVCHILARNING 
IJTIMOIY 
SUG'URTAGA 
HAQIQIY
AJRATMALARI - sug'urta korxonalariga yoki boshqa turdagi 
institutsion birliklarga, o'zxodimlarini nafaqa bilan ta’minlash uchun 
ijtimoiy sug'urta dasturi boshqaruviga yollovchilar tomonidan 
bevosita ijtimoiy ta’minot jamg'armasiga ijtimoiy sug'urta evaziga 
to'lanadigan ajratmalar.
YO'LOVCHI AYLANMASI - yo'lovchilar tashish bo'yicha transport ishi
hajmini ifodalaydigan ko'rsatkich. Bunda yo'lovchilarni qanchalik 
uzoq masofaga olib borilishi ham hisobga olinadi.
YO'LOVCHI KILOMETR - yo'lovchi tashishning o'lchov birligi. Yo'lochi
kilometr tashilgan yo'lovchilar sonini ular qancha masofaga 
(kilometrga) olib borilgani bilan o'lchanadi.
472


YO'LOVCHI OQIM I - transport yo'lagida biron-bir vaqt davomida
tashilgan yolovchilar miqdori. Ko'pincha shahar va shahar atrofi 
yo'nalishlarida yo'lovchi oqimi nisbatan yuqori bo'ladi. Yo'lovchi 
oqimi sutkaning ma’lum vaqtida, hafta kunlarida va yil mavsumiga 
qarab ham farqlanishi mumkin.
YO'NALISHLI 
REGRESSIYA CH IZIG'I 
-
ushbu 
chiziq 
baholar
o'rtachalashtirilishidan iboratdir. Agarda ushbu chiziq teng vaznli 
baho sifatida tasawur etilsa, unda yangisini yuqoriga yoki pastga 
bo'Igan har qanday og'ishi Bull VS Bear kuchini ko'rsatadi.
YOLLANIB ISHLAYDIGANLAR - korxona rahbariyati bilan mehnat
faoliyati shartlari to'g'risida tuzilgan yozma kontrakt (shartnoma) 
yoki og'zaki bitim bo'yicha ishlaydigan shaxslar bo'lib, ular ana shu 
faoliyat uchun yollanish vaqtida kelishib olingan ish haqini oladilar.
YOLLANMA XODIM - ma’lum shartlar asosida yollanib ishlovchi.
Korxona bilan shaxs o'rtasida rasmiy yoki norasmiy kelishuv mavjud 
bo' lgan hollarda yollanma xodim munosabati paydo bo' ladi. Bunday 
kelishuv har ikki tomon uchun ixtiyoriy hisoblanadi va yollanuvchi 
shaxs muayyan pul yoki natura shaklidagi haq evaziga korxona 
uchun mehnat qilishi zarur.
YOLLANMA XODIMLAR MEHNATIGA HAQ, TO'LASH - korxona
tomonidan yollangan mehnat xodimlariga hisobot davrida ular 
qilgan ish evaziga pul va natura shaklida ko'rsatiladigan barcha 
rag' batlantirish.
YOLLANMA XODIMLARGA MAXSUS JAMG'ARMASIZ 
(FOND)
BERILADIGAN IJTIMOIY SUG'URTA NAFAQASI - ijtimoiy
sug'urta bo'yicha beriladigan nafaqa yollovchilar, ijtimoiy sug'urta 
dasturi boshqaruvchilari tomonidan maxsus jamg'arma tashkil 
etmasdan, o'z xodimlariga, ularning boqimandalariga va o'z 
boshqaruvchisini yo'qotgan shaxslarga to'lanadigan nafaqalardan 
iborat bo'ladi.
YOLLANMA XODIMLARNING IJTIMOIY SUG'URTA AJRATMASI -
ijtimoiy ta’minot jamg'armalariga, sug'urta korxonalariga, yoki 
boshqa turdagi institutsion birliklarga farovon ta’minlasb uchun 
ijtimoiy sug'urta dasturi boshqaruvi rahbarlariga yollanma xodimlar 
to'laydigan ijtimoiy sug'urta ajratmasi.
YOPILISH BAHOLARI - birja yopilishiga qayd etilgan baho.
Y O PIQ AKSIYADORLAR JAMIYATI - aksiyalari faqat o'zining muassislari
orasida yoki oldindan belgilab qo'yiladigan boshqa shaxslar 
doirasida taqsimlanadigan, o'zi chiqaradigan aksiyalarga ochiq 
obuna o'tkazishga yoki ularni sotib olish uchun cheklanmagan
——
473 
*****SKKKtefrb»--—


doiradagi shaxslarga boshqacha tarzda tavsiya etishga haqli 
bo'lmagan jamiyat.
YOPIQ. AUKSION - bunda tovar uchun auksion qatnashchilari bir-biriga
bog'liq bo'lmagan holda stavkalarini qo'yadi va tovar kim ko'p 
stavka qo'ygan bo'lsa shunga beriladi.
YOPIQ, IQTISODIYOT - tovar va xizmatlarning eksport va importini
amalga oshirmaydigan mamlakat iqtisodiyoti; xalqaro savdoda 
ishtirok etmaydigan iqlisodiyot; hozirgi mutlaq yopiq iqtisodiyot 
mavjud emas. Yopiq iqtisodiyot modelida tovarlar, xizmatlar va 
kapital oqimlari, milliy chegaralar tashqarisiga chiqmaydi.
YOPIQ, TENDER КО‘ RINISHDAGI AUKSION - sotib oluvchilarning
shaxsiy 
ishtirokisiz 
ularning 
bergan 
takliflariga 
asosan, 
qatnashuvchilar taklif etgan eng yuqori (yoki past) baho bo'yicha 
qimmatbaho qog'ozlar, tovarlar, mol-mulkni sotishning tashkil 
qilinishi.
YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH - ishlab chiqarish jarayonining
bir qismi bo'lib, u asosiy ishlab chiqarish fondlarini qayta tiklash, 
ta’mirlash, asosiy ishlab chiqarish jarayonini energiya va boshqa 
yordamchi materiallar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi.
YORDAMCHI MATERIALLAR - asosiy materiallardan farq qilib, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil qilmaydi, balki 
mahsulot ishlab chiqarishda biron-bir vosita sifatida ishtirok etadi. 
Yoqilg'i o'z mohiyatiga ko'ra yordamchi materiallarning bir turi 
hisoblanadi.
YORDAMCHI MOLIYA KORPORATSIYALAR - kichik sektor faoliyati
moliyaviy vositachilik bilan yaqindan bog'liq, ammo ularning 
o'zlari vositachi sifatida ishtirok eta olmaydigan barcha rezidentlik 
korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalardan tarkib topadi.
YORDAMCHI TARM O Q - korxonaning tovar mahsuloti bo'yicha asosiy
tarmog'idan keyingi o'rinda turadigan, asosiy tarmoq bilan 
texnologik hamda tashkiliy jihatdan bog'langan, asosiy tarmоqning 
muttasil rivojlanib borishi uchun bevosita yordam ko'rsatadigan 
tarmoq.
YORDAMCHI-TEXNIK PERSONAL 
-
rahbarlar 
va 
mutaxassislar
faoliyatiga xizmat ko'rsatuvchi hodimlar. Ular qoida bo'yicha, 
alohida boshqaruv operatsiyalariga qarab tasniflanadi. Bunday 
hodimlarga kotiblar, mashinistlar, texniklar va boshqalar kiradi.
474


YUK OBOROTI - ma’lum vaqt davomida tashilgan yukning hajmi
(miqdori), yuk oboroti, transport sohasining asosiy ko'rsatkichi. 
Tashilgan yukning soni va tashish masofasi (km)ga ko'ra hisoblab 
chiqiladi.
YUKSALISH - iqtisodiyotning davriy rivojlanishining jonlanish bosqichidan
keyin keladigan bosqich, unda talab oshib boradi, investitsiyalar 
hajmi o'sadi, bank foizi kamayadi, ishlab chiqarish hajmi oshib 
boradi, ishsizlik tabiiy darajasi kamayadi.
YUMSHOQ, NARX - xaridorning savdolashish qobiliyatiga bog'liq tarzda
uzil-kesil aniqlanadigan narx.
YUNESKO - (maorif, fan va madaniyat masalalari bo'yicha BMT maxsus
tashkiloti) - hukumatlararo tashkilot, BMTning ixtisoslashgan 
tashkiloti. 1946-yilda tashkil etilgan, unga 158 mamlakat a’zodir. 
YUNESKO ning asosiy maqsadi xalq ta’limi va madaniyat 
sohasida xalqaro hamkorlikka yordam berish, madaniyat va ilmiy- 
texnika sohasiga taalluqli axborotlarni yoyish, ta’lim sohasidagi 
kamsitishlarga qarshi kurash, milliy madaniyatlarni himoya qilishdir.
YUNKTAD - oliy tashkiloti savdo va rivojlanish bo'yicha konferensiya bo'lib,
uning ixtiyorida 6-ta komitet ishlaydi. U BMTning xalqaro savdo 
tashkiloti hisoblanmaydi. U 1964-yil tashkil topgan, unga 168 ta 
davlat a’zo. Uning asosiy vazifasi xalqaro savdoni rivojlantirish, teng 
huquqli iqtisodiy munosabatlarni o'rnatishga yordam berish. Uning 
qarorlari taklif xarakteriga ega.
YUPI - AQSH axborot agentligi, dunyoda eng yirik axborot agentliklaridan
biri, 1958-yilda tashkil etilgan. “Associated Press” bilan birgalikda 
AQSHda axborot tarqatishni o'z qo'lida monopolizatsiya qilgan 
“YUPI” 1000 ta amerika ro'znomalari, 4150 radio va telestansiyalari, 
jahonning 100 dan ortiq mamlakatlarida 800 ta ro'znoma va 300 
ta radiostansiyaga xizmat ko'rsatadi. Shtab-kvartirasi Vashingtonda 
joylashgan.
YURIDIK SHAXS - alohidalashgan mulkka ega mulkni mustaqil sotib
olish va shaxsiy nomulkiy huquqlariga va majburiyatlariga ega 
tashkilot. Yuridik shaxslar sudlarda, xo'jalik sudlarida da’vogar 
va javob beruvchi bo'lishi mumkin. Masalan, korxonalar ham 
yuridik shaxs hisoblanadi, ustav (nizom) asosida vujudga keladi va 
harakat qiladi. Yuridik shaxs o'z nomiga, manzilgohiga va bankda 
hisob raqamiga ega bo'ladi. Yuridik shaxs o'zining mulki doirasida 
javobgar hisoblanadi. Davlat yuridik shaxslar qarzlari bo'yicha, 
o'z navbatida yuridik shaxslar davlat qarzlari bo'yicha javobgar 
hisoblanmaydi. Yuridik shaxs faoliyati uni tashkil etgan organ yoki 
mavjud qonunchilik nazarda tutgan hollarda to'xtatiladi.
47^5 —



YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR - qo'shilgan
qiymat solig'i, korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi) 
dan olinadigan soliq, aksizlar, yo'l fondini shakllantirish uchun 
manba sifatida foydalaniladigan soliqlar, korxona mol-mulki solig'i, 
yer uchun to'lovlar, reklama solig'i, birjada amalga oshirilgan 
bitimlardan olinadigan yig'im, mahalliy auksion va lotoreyalami 
o'tkazish huquqi uchun litsenziya yig'imi, boshqa soliq, yig'im va 
majburiy to'lovlardan iborat.
YURIDIK 
SHAXSLARNING 
(NO Q ISH LOQ
XO'JALIK) 
YER
SOLIG'I - o'zining mulkida, egaligida va foydalanishida yer 
uchastkalari bo'lgan yuridik shaxslar yer solig'i to'lovchilari bo'lib 
hisoblanadi.
YURIDIK 
SHAXSLARNING 
DAROMAD I DAN 
(FOYDASIDAN)
SOLIQ, - yuridik shaxslarning hamma faoliyatidan olgan
daromadlari (foydasi) bir qismining budjetga majburiy to'lovidir.
Bu yerda soliq to'lovchilar soliqqa tortish maqsadida rezident va 
norezidentlarga bo'linadi
YURIDIK SHAXSLARNING 
MOL-MULK SOLIG'I 
-
korxonalar
mulklarining dastlabki qiymati, o'rnatilmagan mulklar qiymatidan 
hisoblanib, ularning daromadidan budjetga to'lanadigan majburiy 
to'lovlardir.
YURI ST MASLAHATCHI - muassasa, korxona, yoki tashkilotdagi yuridik
masalalar bo'yicha doimiy maslahatchi. Huquq masalalari bo'yicha 
ushbu korxona yoki tashkilotning manfaatini sud va boshqa 
vaziyatlarda himoya qiladi.
YUSUF XOS HOJIB BOLASOG'UNIY - turk tilidagi ilk “Qutadg'u bilig”
(“Saodatga yo'llovchi bilim”, 1069-70) asarida ajoyib iqtisodiy 
g'oyalarni bayon etgan (1990-yilda chop etildi). Ayniqsa, hunar- 
kasb o'rganish, savdo-sotiqning ahamiyatiga e’tibor berilgan. 
Kitobda “sanat, hunar - kishiga chiroy, turli-tuman hunarlarni 
o'rganmaslik tubanlik belgisi” (64-bet) ekanligi haqida fikrlar va 
mehnat taqsimoti g'oyalari bor. Davlat va iqtisodiyot masalalaridagi 
bog'Ianishni yaxshi tushungan.
Y U T U Q - lotoreyalar, o'yinlar, tanlovlar, musobaqalar (olimpiadalar), festivallar
va shu kabi boshqa tadbirlarda olingan, natura holida yoki pulda 
ifodalangan to'lovlar, sovrinlar va boshqa daromadlar.
476


ZAXIRA - l ) Valyuta zaxirasi - boshqa mamlakatlar Markaziy banklarining
xalqaro hisob-kitob uchun mamlakat valyutasida yig'ib va 
saqlaydigan mablag'lari. 2) Kapital (fond) zaxirasi - korxona, 
aksionerlik jamiyati va hokazolarning foydadan chegirib qolib 
tashkil qilinadigan xususiy mablag'lar qismi bo'lib, xo'jalik 
operatsiyalari faoliyatidagi zararlarni qoplash, asosiy fondlarni 
to'ldirish va kundalik foyda yetarli bo'lganda dividendlar to'lash 
uchun foydalaniladi.
ZAXIRA FONDI - joriy yilda kelib tushgan sug'urta mukofotlari hisobidan
sug'urta qoplamasini to'lash imkoniyati bo'lmaganda, ushbu 
sug'urta qoplamasini to' lash uchun foydalaniladigan pul mablag' lari 
fondi. Ma’lumki, sug'urta hodisalari tufayli ko'rilgan yo'qotishlar 
va zararlar miqdori har yili har-xil bo'ladi. Ayrim yillari sug'urta 
hodisalari kam, boshqa yili esa ko'proq bo'lishi mumkin. Agar 
sug'urta hodisalari soni ko'p bo'lib, ko'rilgan zarar miqdori joriy 
yilda kelib tushgan sug'urta mukofotlaridan bir necha marta ko'p 
bo'lsa, ularning farqi zaxira fondi hisobidan qoplanadi.
ZAXIRA SIG'IMISIZ XARAJATLAR - tijorat, sotish va ma’muriy
boshqaruvxarajatlari. Ushbu xarajatlar TM Z bevosita ta’sir qilmaydi 
va ishlab chiqarish tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi, 
ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo'shilmaydi.
ZAXIRAGA ISHLAB CHIQARISH - standart mahsulotlar ishlab chiqarib,
tayyor mahsulot zaxirasini yaratishga imkon beruvchi jarayon.
ZAXIRALARGA BO'LGAN XARAJATLAR - tovar moddiy zaxiralarni
sotib olish, saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog' liq xaraj at, 
sarf va zararlarning yig'indisi.
ZAXIRALARNI ASRASH UCHUN SARFLANGAN XARAJATLAR -
tovar moddiy zaxiralarni sotib olish va ularni saqlash bilan bog'liq 
xarajatlar.
ZAXIRALARNI BAHOLASH - tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi
tayyor mahsulot va TM Z tannarxini hisoblash.
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483-1530) - Andijon, Qobul va
Hindiston hukmdori, “Boburnoma”, “Mubayyin” asarlarida soliq 
siyosati, masalan, zakot to'g'risida qimmatli g'oyalari berilgan.
477


Eng muhimi, daromad oshgan sari soliqning kamayib borishining 
ahamiyati tushuntiriladi. Savdo va ayniqsa tashqi munosabatlarga 
katta e’tibor bergan.
ZAIFLIK - kompaniya faoliyati uchun zarur bo'lgan nimaningdir yetishmasligi,
kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani 
noqulay vaziyatga solib qo'yadigan sharoit.
ZAKOT - (arab. - tozalanish, sadaqa berish) mol-mulk va daromaddan ixtiyoriy
ravishda beriladigan xayr-ehson. Zakot - Islom dinining besh asosiy 
talablaridan biri. Unga ko'ra, har bir musulmon yillik umumiy 
daromadining qirqdan bir ulushini (ya’ni 2,5%ni) zakot sifatida 
berishi lozim.
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALAR! - kompyuter texnikasi,
dasturiy va telekommunikatsiya vositalarini qo'llagan holda 
foydalanuvchining faol ishtirokida amalga oshiriladigan yuqori 
darajadagi do'stona interfeysli axborot texnologiyasidir.
ZARARLAR - fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs
(yuridik yoki jismoniy) tomonidan ikkinchi shaxsga (yuridik yoki 
jismoniy) yetkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli. Zararlar 
mahsulot, ish, xizmatlami sotishdan, tabiiy ofatlar, debitorlik 
qarzlarni talab qilib olmasdan voz kechishdan, to'liq amortizatsiya 
qilinmagan asosiy fondlarga barham berishdan va boshqalardan 
vujudga kelishi mumkin. Mahsulot, ish va xizmatlaming bahosi 
ularning to'liq tannarxi dan past bo'lganda ham zararlar paydo 
bo'ladi.
ZARARSIZLIK NUQTASI - umumiy xarajatlar umumiy daromadga yoki
o'rtacha xarajatlar, mahsulot narxiga teng bo'lganda, ishlab 
chiqarish hajmi agarda bozor narxi zararsizlik nuqtasidan pasaysa, 
unda korxonalar, tabiiyki, o'z tarmoqlarini tashlab, boshqa 
tarmoqqa o'tib ketadilar. Bu nuqtada faqat yangi mahsulotni ishlab 
chiqarishga o'tgan korxonalar faoliyat ko'rsatishlari mumkin bo' ladi 
yoki korxona tomonidan o'tkazilgan tahlil shu tarmoqda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotga qisqa muddatda talabning ko'tarilishi 
natijasida narxning ko'tarilishini tasdiqlasa, korxona o'z faoliyatini 
davom ettirishi mumkin.
ZARAR.SI ZLIKNIN G 
TAHLILI 
-
subyekt 
faoliyatining 
zararsizlik
nuqtasini aniqlashga yordam beruvchi qisqa muddat ichida 
olinadigan daromad, xarajatlar va foydalarning o'zaro qaramligiga 
asoslangan tahlil.
478


ZARURIY ISH VAQTI - sarflangan ish vaqtining bir qismi. Zaruriy ish
vaqti davomida ishchi o'zining yashash sharoitini ta’minlash uchun 
zarur bo'lgan qiymatdagi mehnat mahsulotini yaratadi. Zaruriy 
ish vaqtining umumiy sarflangan ish vaqtidagi ulushi miqdori 
ishchilarning mehnat unumdorligi darajasi, mehnatning intensivligi, 
ish haqi darajalariga bog'liq bo'ladi. Zaruriy ish vaqti ishchi sarf 
etgan jismoniy va aqliy quwatini qayta tiklash, malakasini oshirish, 
o'zi va oila a’zolarining hayot kechirishini ta’minlash uchun zarur 
bo'lgan mablag'ni yaratadi.
ZARURIY MAHSULOT - zaruriy ish vaqti davomida yaratilgan mahsulotga
zaruriy mahsulot deyiladi. U ishchi va xodimlarning oladigan ish 
haqiga to'g'ri kelishi yoki rivojlangan mamlakatlardagidek aholi 
qo'liga nafaqalar, imtiyozlar ko'rinishida kelib tushishi mumkin.
ZARURIY MEHNAT - ishchi va xodimlar tomonidan zaruriy mahsulotni
yaratish uchun sarflangan mehnat.
ZARURIY TAKLIF - mavjud talabni to'la qondirish uchun kerak bo'ladigan
tovarlar, ularning turlari va hajmi.
ZAVOD ICHIDA ZAVOD - ishlab chiqarish alohida liniyalarga bo'linishini
tavsiflaydigan konsepsiyadir. Shu bilan birga alohida mustaqil 
bo'limlar ajratilib, ularning har biri uchun alohida operatsion 
strategiya ishlab chiqiladi. Bunda, strategiyalar almashishida 
ehtimoli bo'lgan xarajatlarni kamaytirish maqsadida, har bir bo'lim 
o'z operatsion strategiyasiga suyangan holda faoliyat yuritadi.
ZAYOM - (olingan yoki berilgan qarz) 1. Davlat tomonidan iqtisodiyotni
rivojlantirish, budjetdagi kamomadni to'ldirish yoki boshqa 
maqsadlarda sotuvga chiqarilgan zayom obligatsiyalari shaklidagi 
qimmatbaho qog'ozlar. 2. Fuqarolar huquqidagi shunday 
shartnomaki, bunda bir tomon (zayom beruvchi) boshqa tomon 
(zayom oluvchi)ga pullar yoki narsalarni xususiy mulkchilikka yoki 
operativboshqarishga beradi, ikkinchi tomon esa zayom beruvchiga 
shuncha miqdordagi pulni yoki teng miqdordagi narsani qaytarib 
berishiga majburiyat oladi.
ZAYOM OLISH USULLARI - zayom olish usullari oldi-berdi munosabatlarini
rasmiylashtiradi va qimmatli qog'oz emmitentini uning egasiga 
(kreditlarga) belgilangan pul summasini qo'llashni ifoda qiladi.
ZAYOM QIMMATBAHO Q O G 'O ZLAR - bozor muomalasidagi pul hujjati
bo'lib, zayom egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan 
munosabatini tasdiqlaydi.
^
479


O'QITISH SIFATINI NAZORAT QILISH - talabaning bilim saviyasini
tekshirish va uning o'quv dasturini o'zlashtirish darajasini aniqlash;
O'QITISHNING ME’YORIY MUDDATI - ta’lim oluvchilar tomonidan
o'quv rejalari va fanlar dasturi o'zlashtirilishi uchun belgilangan 
muddat;
O 'Q U V FANI - ta’lim muassasasida o'rganish uchun fan, texnika, san’at, ishlab
chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, 
o'quv va ko'nikmalar tizimi;
O 'Q U V FANI DASTURI - ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan
o'zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari 
ko'rsatilgan normativ hujjat.
O 'Q U V FANLARI BLOKI - o'quv rejalari va fanlar dasturlarining kadrlar
tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish 
uchun muayyan bilim sohasi yoki faoliyatning o'zlashtirilishini 
ta’minlaydigan o'quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi;
O 'Q U V REJASI - oliy ta’limning muayyan bakalavriat ta’lim yo'nalishi yoki
magistratura mutaxassisligi bo'yicha o'quv faoliyati turlari, o'quv 
fanlari va kurslarining tarkibi, ulami o'rganishning izchilligi va 
soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
O 'Q U V SEMESTRI - oliy ta’lim muassasasida o'quv yilining yarmini tashkil
etuvchi o'zaro bog'langan fanlarning ma’lum majmuyini 
o'zlashtirishga mo'ljallangan va ular bo'yicha yakuniy nazorat bilan 
tugallanadigan qismi.
O 'Q U V YILI - oliy ta’lim muassasasida bir ta’lim kursini yakunlashga
mo'ljallangan o'quv faoliyati davri. O'quv yili ikki kalendar yil bilan
belgilanadi, masalan, 2016/2017 o'quv yili.
O'RGANISH EGRISI - berilgan bitta mahsulotni ishlab chiqarish vaqti
va bu mahsulotdan oldin ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni 
orasidagi bog'liqlikni ko'rsatuvchi grafik.
O'RINDOSH TOVARLAR - iste’mol qilishda bir-birining o'rnini bosuvchi
tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar.
480


O'RINDOSH 
TOVARLARNI 
ALMASHTIRISH 
SAMARASI
iste’molchining iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan 
binning narxi o'zgarishi natijasida iste’mol tarkibining o'zgarishi.
О ‘ RIND OSHLIK SAMARASI - iste’molchining narxi oshgan tovarlarning
o'rniga xuddi shunday, ammo arzon tovarlarni sotib olishga harakat 
qilishi.
O 'R O V (QADOQLASH) - l) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchiidish, material.
Tovar ishlab chiqarilgandan so'ng uning xususiyatlarini saqlash 
hamda yukni tashishda qulaylik yaratish uchun mo'ljallanadi; 2) 
muhim reklama manbai.
O'RTA TA’M IR - tamirlanadigan agregatni qisman ajratib yig'ish yoki detallar
qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
O'RTACHA DAROMAD - bir birlik tovarni sotishdan tushgan daromad.
O'RTACHA DOIM IY XARAJATLAR - mahsulot birligiga sarflangan doimiy
xarajatlar, ya’ni doimiy xarajatlarning mahsulot chiqarish hajmiga 
nisbati.
O'RTACHA MAHSULOT - ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan moddiy
va ish kuchi resurslarining bir birligiga to'g'ri keladigan ishlab 
chiqarilgan mahsulot birligiga aytiladi.
O'RTACHA O'ZGARUVCHAN XARAJAT - mahsulot birligiga mos
keluvchi o'zgaruvchan xarajatlar, ya’ni o'zgaruvchan xarajatlarning 
mahsulot chiqarish hajmiga nisbati.
O'RTACHA QIYMAT - asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, lizing shartnomasi
bo'yicha sotib olingan vositalarning hamda ishga tushirilmagan 
mulklar qiymatining yil boshi va oxiridagi summalarining yarmi, 
boshqa oylar boshidagi balans qiymatining to'liq summalari 
yig'indisini 12 ga bo'lish bilan aniqlanadigan qiymatdir. Bu qiymat 
choraklik va yil bo'yicha aniqlanadi.
O'RTACHA UMUMIY XARAJATLAR - mahsulot birligiga hisoblangan
umumiy xarajatlar, ya’ni umumiy xarajatlarning mahsulot chiqarish 
hajmiga nisbati.
O'RTACHA XARAJATLAR - ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan umumiy
mahsulotning birligiga sarf etilgan xarajatlardir.
O'SAYOTGAN TALAB - talab darajasining dam-badam o'sib va pasayib turish
holati.


O'SIB BORUVCHI XARAJATLAR SAMARASI - olish oson bo'lmagan
va kam munosib resurslardan foydalanish zaruriyati natijasida 
mamlakat 
ixtisoslashgan 
mahsulotni 
ishlab 
chiqarishni 
ko'paytirganda o'rtacha umumiy xarajatlarning o'sishi.
O'STIRILMAYDIGAN KREDITLAR - belgilangan tartibga muvofiq
foizlar hisoblanishi to'xtatiladigan kreditlar.
O 'TISH DAVRI - bir mulk shakliga asoslangan iqtisodiy tizimdan boshqa mulk
shakllariga asoslangan yangi iqtisodiy tizimga o'tish bilan bog'liq 
bo'lgan davr.
О ' TKAZILGAN AUDIT NATIJALARI BO'YICH A AUDITORNING
YOZMA MA’LUMOTLARI - xo'jalik yurituvchi subyekt 
rahbarlariga va mulkdoriga yuboriladigan, auditorlik tekshirish 
jarayonida xatda to'liq ma’lumotlarni, buxgalteriya hisoboti yuritish 
tartibiga buzilishlar haqida, buxgalteriya hisobotini tayyorlashdagi 
buzilishlar tekshiruvlarda olingan va shartnomada nazarda tutilgan 
ma’lumotlarni o'zida mujassamlashtirgan hujjatdir.
O'XSHASH TOVARLAR - bir ehtiyojni qondirishga mo'ljallangan, lekin bir-
biridan qandaydir hislatlari bilan farq qiladigan tovarlar.
O'YIN - oldindan belgilangan qoidalar asosida iqtisodiy subyektlar o'rtasidagi
o'zaro munosabatlar (qarorlar qabul qilish).
O'YINLAR NAZARIYASI - fan yo'nalishi bo'lib, u o'yin qatnashuv-
chilarining vaziyat bo'yicha harakat qilish va qaror qabul qilishni 
matematik usullar yordamida o'rganadi.
O 'Z DAROMADLARI - mahalliy hududdan yig'iluvchi va shu hudud
budjetiga tushuvchi mahalliy soliq va yig'imlar.
O 'ZARO ALOQADOR SHAXSLAR - tijorat banki aksiyadorlari va
boshqaruvida o'z faoliyati yurituvchi shaxslarning qarindoshlari 
hisoblanadi.
O 'ZA RO BIR-BIRINI TO'LDIRADIGAN TOVARLAR - foydalani-
layotganda bir-birini to'ldiruvchi tovarlar, uning biri narxining 
oshishi ikkinchisining narxi oshishiga olib keladi, pirovard natijada 
ularga talab kamayadi.
O 'ZARO BIR-BIRININ G O'RNINI BOSADIGAN TOVARLAR -
xususiyat-lari bilan bir-biriga yaqin va bir-birlarini almashtira 
oladigan tovarlar. Bir mahsulot narxining o'sishi iste’molchini
482


uning o'rnini bosa ola-digan tovarga o'tishga va uning narxining 
ko'tarilishiga olib keladi.
O 'ZA RO HISOBLAR - davlat bilan korxonaning yoki korxona bilan
tashkilotning o'zaro hisoblari. Masalan: tovar, mahsulot ishlab 
chiqarish, sotish va xizmat ko'rsatish borasida.
O 'ZA RO SUG'URTALASH JAMIYATI - foyda olishni ko'zlamaydigan
notijorat shaklidagi sug'urta kompaniyasi. Sug'urta qilishning 
tashkiliy shakli. O'zlarining mulkiy manfaatlarini sug'urtaviy 
himoyalash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bitim 
asosida birlashuvi. O'zaro sug'urtalash jamiyati yuridik shaxs 
hisoblanib, harbir sug'urtalanuvchi ushbu jamiyatninga’zosibo'ladi. 
AQSh va Yaponiyada asosan, hayot sug'urtasi bilan shug'ullanuvchi 
kompaniyalar o'zaro sug'urtalash jamiyati shaklidadir. Hozirgi 
paytda Yaponiyada o'zaro sug'urtalash jamiyatlari hayotni 
sug'urtalash bozorining 89,4% ni tashkil etadi.
O'ZBEKCHA MODEL 
-
O'zbekiston 
Respublikasining 
o'ziga xos
xususiyatlari, shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tanlangan 
o'zining bozor iqtisodiyoti modeli. U o'zining tarkibiga bozor 
va harakat qilish tamoyillarini, chunonchi, xususiy mulk, erkin 
tadbirkorlik, raqobat va narxlarning erkin shakllanishini qamrab 
olgan. Undan tashqari O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilga, ya’ni: 
qonun ustuvorligi, iqtisodning siyosatdan ustunligi, islohotlarni 
bosqichma-bosqlch amalga oshirish, davlat tomonidan iqtisodiyotni 
tartibga solishni, islohotlarning ijtimoiy yo'naltirilishiga asoslanadi. 
Ushbu modelning o'ziga xos ta’rifi kuchli ijtimoiy siyosatni olib 
borishga yo'naltirilganligidir.
O'ZBEKISTAN RESPUBLIKASINING G'AZNA MAJBURIYATLARI -
emissiyaviy qimmatli qog'ozlar bo'lib, ular emissiyaviy qimmatli 
qog'ozlar egalari O'zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga 
pul mablag'lari kiritganligini tasdiqlaydi va bu qimmatli qog'ozlarga 
egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan 
daromad olish huquqini beradi.
O'ZBEKISTON METALLURGIYA ZAVODI - O'zbekiston metallurgiya
zavodi - qora metallurgiya sanoati korxonasi Toshkent viloyatining 
Bekobod shahrida joylashgan. U O'rta Osiyo respublikalaridagi 
mashinasozlik korxonalari va qurilish tashkilotlarini metall bilan


ta’minlaydi, navli prokat, tunuka, emallangan idishlar ishlab 
chiqaradi. O rta Osiyoda yig'iladigan temir-tersakni qayta eritadi.
O'ZBEKISTON RESPUBHKASI TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT
MILLIY BANKI - ixtisoslashtirllgan aksionerlik, tijorat banki. 
Respublikada valyuta zaxirasini to'plash va uni maqsadga muvofiq 
sarflash, xalqaro valyuta muomalasi, tovarlar eksporti va importi 
bo'yicha hisob-kitoblar, korxona va tashkilotlarning tashqi iqtisodiy 
faoliyatlarini kreditlash, davlat valyuta siyosatini ta’minlash va 
nazorat qilishni amalga oshiradi.
O'ZBEKISTON 
RESPUBLIKASI 
SO LIQ 
TO'LOVCHILARINING
YAGONA REESTRI - soliq to'lovchilarga oid davlat ma’lumotlar 
bazasi tizimi
O'ZBEKISTON 
TADBIRKORLARI 
UYUSHMASI 
-
respublikada
ishbilarmonlikni 
rivojlantirish 
va 
unga 
rahbarlik 
qilish 
maqsadlarida ishbilarmonlaming birinchi ta’sis qurultoyida (1991- 
yil 6-iyunda) tashkil etilgan. Uyushma o'z nizomi va dasturi 
asosida iqtisodiyotni barqarorlashtirish, xo'jalik aloqalarini tiklash, 
raqobatni rivojlantirish, iste’mol bozorini tovarlar bilan to'ldirish, 
chet ellardagi tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish va 
boshqa yo'nalishlarda ish olib boradi.
O'ZBEKISTON 
RESPUBLIKASI 
TIKLANISH 
VA 
TARAQQIYОТ
FONDI - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi moliyaviy muassasa bo'lib, faoliyatining asosiy 
maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng awalo bazaviy tarmoqlarini 
modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo'yicha 
loyihalarning 
amalga 
oshirilishini 
ta’minlash, 
shuningdek, 
mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va 
investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat.
O'ZGARUVCHAN ALMASHUV KURSI - ichki muvozonatni tiklash
maqsadida mamlakat almashuv kursiga ega bo'ladigan xalqaro 
hisob-kitoblar tizimi.
O'ZGARUVCHAN ALMASHUV KURSI - ichki muvozonatni tiklash
maqsadida mamlakat almashuv kursiga ega bo'ladigan xalqaro 
hisob-kitoblar tizimi.
O'ZGARUVCHAN CHIQIMLAR - korxonaning ishlab chiqarish hajmlari
ko'paygan sari oshib boruvchi xarajatlar.
484


O'ZGARUVCHAN NARX - bozordagi vaziyatga qarab o'zgartirib boriladigan
narx.
O'ZGARUVCHAN TALAB - erkin bozorda mahsulot narxining ma’lum bir
foizga o'zgarishi, talabning necha foizga o'zarishini belgilovchi 
ko'rsatkich. U baholarning o'zgarishi va ularning darajasi bo'yicha 
qaror qabul qilish jarayonida keng qo'llaniladi.
O'ZGARUVCHAN XARAJATLAR - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
miqdoriga bog'liq xarajatlar, xomashyo materiallari, ish haqiga va 
h.k. sarflangan xaraj atlardan tashkil topadi.
O 'ZIN I-O 'ZI BAND ETUVCHI SHAXS - bunday shaxs o'zi mehnat
qiladigan korporatsiyalashmagan korxonalarning shaxsiy yoki 
sherik mulkdori hisoblanadi, ammo kvazikorporatsiyalar deb 
baholanuvchi korporatsiyalashmagan korxonalar bundan istisno.
O 'Z I-O 'Z IN I ISH BILAN BAND QILUVCHI VA ISH BILAN BAND
BO'LMAGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY SUG'URTA
AJRATMASI - yollanma xodim bo'lmagan, ya’ni o'z-o'zini ish bilan 
band qiluvchi va ish bilan band bo'lmagan shaxslar tomonidan o'z 
shaxsiy farovonligini ta’minlash uchun to'laydigan ijtimoiy sug'urta 
ajratmasi.
O 'ZLIK KAPITALI - uchinchi shaxslar talablari qondirilgandan so'ng
korxona mulkdorlarga tegishli korxona aktivlari qiymatining bir 
qismi hisoblanadi. O'zlik kapitalining baholanishi rasmiy (ikkita 
usul yordamida, balansli baholash, ya’ni joriy xisob-kitoblar va 
hisobotlarga asosan yoki bozor baholarida) yoki haqiqiy baholarda 
amalga oshirilishi mumkin, ya’ni korxona tugatilishi vaqtida.
O 'Z -O 'Z IN I 
MOLIYALASHTIRISH 
-
qo'shimcha 
mablag'lar
manbalarini jalb qilishning eng ko'zga ko'ringan usuli, lekin uni 
uzoq muddatlar uchun prognoz qilish qiyin va miqdor jihatidan 
ham chegaralangan.
O 'Z -O 'Z IN I QOPLASH - korxona o'z xarajatlarini olgan foydasi bilan
qoplashi, mahsulotni sotish va xizmat ko'rsatishdan kelgan daromad 
bilan korxona o'z xarajatlarini qoplashi.
485


G 'AZNA BILETI - davlat tomonidan chiqarilgan qo'g'oz pullar.
G AZNA MAJBURIYATI - g'azna (qog'oz pul) majburiyati: davlat
qimmatli qo'g'ozi, ma’lum muddat davomida daromad olish 
huquqini beradi. Uzoq muddatli, qisqa, o'rta muddatli g'azna 
majburiyatlari mavjud.
G'AZNA MAJBURIYATLARI - davlat emmitet bo'lgan qimmatli qog'ozlar
yokiuningoxirgiegasigama’lumbelgilanganshartlarasosidanominal 
summasi va foizlami to'lashi bo'yicha davlatning majburiyatlari.
G'AZNACHILIK - davlat budjeti ijrosini ta’minlashning bir shakli bo'lib,
unda maxsus idora davlat soliqlariyig'imini vaulardan foydalanishni 
ta’minlaydi, mablag'lar ustidan nazoratni amalga oshiradi, 
shuningdek, davlat tashqi va ichki qarzlarini boshqaradi hamda 
budjetdan tashqari maqsadli jamg'armalar, budjet tashkilotlarining 
budjetdan tashqari mablag'lari pul oqimlarining monitoringini olib 
boradi.
1
486


SHAKLLANAYOTGAN 
TALAB 
-
biror 
narsaga 
bo'Igan 
ehtiyoj
konkret darajaga, talabga aylana borish va talabning rivojlanib 
borish bosqichi.
SHAKLLANGAN TALAB - ma’lum tovarga ehtiyoj konkret, aniq bo'lib,
talabning o'sib barqaror darajaga yetishi.
SHAKLLANMAGAN TALAB - biror narsaga bo'Igan ehtiyoj hali abstrakt
darajada bo'lib, uni qanday tovar va tovar turi bilan qondirish aniq 
emas.
SHARQJY YEVROPA UCHUN QAYTA QURISH VA TARAQQIYOT
YEVROPA BANKI - Sharqiy Yevropa mamlakatlariga, jumladan, 
MDHga kredit berish orqali ularning taraqqiyotiga ko'maklashuvni 
ko'zda tutgan Yevropa banki. 1990-yil yanvar oyida tuzilgan. Mazkur 
bank 42 davlat ishtirokida tuzilgan. Dastlabki kapitali 12 mlrd dollar.
SHARTLI FOYDA birlamchi daromadning bir elementi hisoblanadi. U real
operatsiya emas. U buxgalteriya hisoblarida qayd etilmaydi.
SHARTLI MAJBURIYATLAR - mazkur xo'jalik subyektining kelajakdagi
xo'jalik faoliyatining natijasi bo'Igan va uning auditorlik firmasi 
tomonidan tasdiqlangan hozirgi buxgalteriya hisobotida aks 
ettirilgan moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir etuvchi noaniq 
summadagi kelgusi davr majburiyatlarning qutilishi.
SHARTNOMA - tomonlar o'rtasida o'rmatilgan, o'zgartirilgan yoki bekor
qilingan huquq va majburiyatlar to'g'risidagi kelishuv, bitim. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma tomonlarining o'zaro 
majburiyatlarini o'z vaqtida aniq bajarishini ta’minlash va 
intizomni mustahkamlash, mahsulot sifatini yaxshilashning vositasi 
hisoblanadi. Shartnomaning muhim bandlari bo'lib uningpredmeti, 
baho, muddati hisoblanadi. Tomonlar barcha muhim bandlar 
bo'yicha kelishgan holdagina shartnoma qabul qilingan hisoblanadi. 
Shartnoma qonun talab etadigan tarzda rasmiylashtirilishi shart.
SHARTNOMA BAHOSI - tovarlar oldi-sotdisi bo'yicha shartnomada
ko'rsatilgan baho.
SHARTNOMA BO'YICH A TANNARX KALKULATSIYASI - tannarxning
buyurtmali kalkulatsiya tizimi bo'lib, u ishlab chiqarish ko'p 
vaqt talab qilinadigan mahsulotning katta miqdordagi biletlarga 
qo'llaniladi.
487


SHARTNOMA NARXLARI - bozor iqtisodiyotiga xos baholar, tovar ishlab
chiqaruvchi va savdo tashkilotlari orasida kelishish natijasida 
belgilanadi. Bunda tovarlarga bo'lgan talab va taklif hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo'ladi. Ichki va xalqaro shartnoma narxlari 
farqlanadi. Ichki shartnoma belgilanganida tovarlar sotuvchi ham, 
xaridor ham naf ko'rgan narxlarda sotiladi. Ichki shartnoma narxlari 
erkin bozor, raqobat bor joyda yaxshi natija beradi. Xalqaro yoki 
tashqi shartnoma narxlari turli davlatlar yoki turli mamlakatlardagi 
korxona, tashkilotlarnnng bevosita tashqi aloqalariga xizmat qiladi. 
Tashqi shartnoma narxlari kontrakt narxlar deb yuritiladi. Ular 
jahon bozori konyunkturasiga qarab vaqti-vaqti bilan o'zgarib 
turadi.
SHARTNOMALAR CH IZIG'I - ikki iste’molchi o'rtasida ikkita ne’matning
samarali taqsimlanish variantlarini ifodalovchi chiziq.
SHAXS - o'z qobiliyatidan kelib chiqan holda ma’lum bir ijtimoiy vazifani
bajaruvchi inson. Shaxs vazifalarining turli xilligi, uning tuzilishini 
ifodalaydi. Jamiyatda shaxs boshqa individlar, ijtimoiy holat, shaxs 
va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, davlat turi 
bilan uzviy bog'liq.
SHAXS TALABI - bitta iste’molchining tovarga talabi.
SHAXSAN TANLAB OLINADIGAN TOVARLAR - tovarning turlari,
variantlari ko'p bo'lib, har bir xaridor didi, istaklari, tasawuriga mos 
keladigan turi, variantini tanlab, sotib olishi mumkin.
SHAXSIY (BIR NOMGA BERILGAN) AKSIYALAR - ushbu hujjat egasi
vakolatli shaxs bo'lgan aksiyalar. Ularningnomi aksiyada ko'rsatiladi 
va aksionerlik jamiyati kitobiga kiritiladi. Shaxsiy aksiyalar bo'yicha 
yonbosish, imtiyozlar, hujjatda boshqa shaxsga o'tkazilganligi va 
hujjat ham boshqa kishiga tegishli bo'lganligi haqidagi yozuv bilan 
amalga oshiriladi va uning yangi egasi hissadorlik jamiyati kitobiga 
kiritiladi.
SHAXSIY DAROMAD - jismoniy shaxslarning soliq to'lagunga qadar daromadi.
SHAXSIY DAROMADDAN SOU Q , - uy xo'jaligi va korxonalarning mol-
mulklari va xizmatlaridan olgan daromaddan to'lanadigan soliq.
SHAXSIY EHTIYOJ - alohida kishilar shaxsiy hayoti va faoliyati uchun kerak
bo'ladigan narsalarga bo'lgan ehtiyoj.
SHAXSIY HISOB VARAQASI - bankning o'z mijozlari bilan bo'lgan barcha
pul-kredit va hisob-kitob munosabatlarini aks ettiruvchi bank 
hujjati.
488


SHAXSIY HISOB-RAQAM - korxonalarning hisob-kitob operatsiyalarni
ko'rsatishga mo'ljallangan alohida ta’minotchilar, sotuvchilar 
va javobgar shaxslar bilan, shuningdek, kredit muassasalarining 
mijozlar, moliyaviy organlar va soliq to'lovchilar bilan analitik 
hisob-kitob yuritishning hisob-raqami.
SHAXSIY INVESTITSIYALAR - tadbirkorlar, xususiy firmalar, konsernlar
va aksioner tashkilotlar tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarga 
sarflanadigan mulkdorlik va intellektual boyliklarni anglatadi.
SHAXSIY ISTE’MOL FONDLARI - shaxsiy jamg'arma va iste’mol fondlarini
tashkil etib, aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi 
tovar mexanizmining faoliyat ko'rsatishi uchun tegishli sharoitni 
yaratadi.
SHAXSIY ISTE’M OL - jamiyat a’zolarining yashashi va barkamol inson
sifatida kamol topishlari uchun zarur bo'lgan moddiy va ma’naviy 
ne’matlar yig'indisidir.
SHAXSIY ISTE’M OL UCHUN SARFLAR - uy xo'jaliklarining iste’mol
daromadidan 
ayrim 
chegirmalar 
va 
imtiyozlar 
chegirib 
tashlanganidan so'ng olinadi.
SHAXSIY JAMG'ARIB BORILADIGAN PENSIYA HISOB-RAQAMI
- fuqarolarning Xalq bankidagi egasi yozilgan shaxsiy hisob- 
raqami bo'lib, badal kirituvchilarning jamg'arib boriladigan 
pensiya badallari va shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisob- 
raqamlaridagi mablag'larga hisoblab qo'shilgan foizlar ana shu 
hisob-raqamga kelib tushadi va unda hisobga olinadi.
SHAXSIY MULK - jamiyatning alohida a’zolari tomonidan, individual yoki
oilaviy ehtiyojlami qondiruvchi moddiy ne’matlarni o'zlashtirish 
bo'yicha tarkib topuvchi iqtisodiy munosabatlar, shaxsiy mulk 
subyekti (egalari), ayrim fuqarolar, uning obyekti esa iste’mol 
buyumlari (xolodilnik, televizor, mebel va h.k.) turar joy va 
boshqalar, umuman shaxsiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan 
vositalardir. Uning manbalari quyidagilar: topilgan daromad, 
merosga olingan yoki in’om sifatida olingan mol-mulk, dividend, 
bank foizi, xususiy tadbirkorlik daromadi va boshqalar O'zbekiston 
Respublikasida harakat qiluvchi mulkchilik to'g'risidagi qonunda 
shaxsiy mulk, umuman, fuqarolar mulki manbalari va uning davlat 
tomonidan kafolatlari belgilab berilgan.
489


SHAXSIY SUG'URTA - sug'urta obyekti sifatida fuqarolarning hayoti,
sog'Iig'i va mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog'liq manfaatlar 
majmuasi shaklidagi sug'urta tarmog'i. Shaxsiy sug'urta hayot 
sug'urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug'urtaga va tibbiy sug'urtaga 
bo'linadi. U riskli va jamg'arma funksiyalariga ega. Chet el 
tajribasida shaxsiy sug'urta to'rtta sug'urta klassidan iborat bo'lib, 
inson hayotida ro'y berish mumkin bo'lgan hodisalar (tug'ilish, 
o'lim, voyaga etish, nikohdan o'tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) 
ehtimoli bilan bog'liq barcha sug'urta turlarini o'z ichiga oladi. 
Keng ma’noda shaxsiy sug'urta - bu uzoq muddatli hayot sug'urtasi, 
aralash sug'urta va annuitetlardir.
SHAXSIY TAJRIBA YIG'ILISHI - bu ishchi bir xil jarayonni ko'p takrorlashi
natijasida olinadigan ustachilik va o'z ishlab chiqaruvchanligi 
oshishi hisoblanadi.
SHAXSIY TALAB - alohida odamlar, oilalar talabi.
SHAXSNI MUNTAZAM KAMOL TOPTIRISH - fuqarolik jamiyati
asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy qismi. Shaxsni 
rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini 
ro'yobga chiqarish borasida nafaqat davlat, jamiyat ta’siri, balki 
shaxsning o'z sa’y-harakatlarini faollashtirishni ham taqozo etadi.
SHAXSNING EHTIYOJI - inson harakatga intilishni vujudga keltiruvchi
biror-bir narsaning yo'qligini anglashidir. Uning normal hayot 
kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo zarur.
SHAXTA - foydali qazilmalarni yer ostidan qazib olish bilan shug'ullanuvchi
konchilik korxonasi. Shaxtada yer osti va yer usti inshootlari bo'ladi. 
Yirik shaxtalarda yiliga bir necha million tonnagacha foydali qazilma 
olish mumkin. Shaxtalarning chuqurligi 100 m dan bir necha km ga 
yetadi. Eng chuqur shaxtalar Janubiy Afrika va Hindistonda bo'lib, 
ularning chuqurligi 3 km dan oshadi.
SHIRKAT - umumlashgan mulk va hamkorlik asosida ish yuritish faoliyati.
SHIRKAT FIRMA - bir necha tadbiroklarning o'zaro mulkiy birlashuvi va
tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko'rishga asoslangan 
sherikchilik korxonasi.
490


SHISHA SANOATI - sanoatning shishadan listli oyna, arxitektura-qurilish,
optika, yorug'lik texnikasi, elektrotexnika materiallari, shisha 
idishlar, idish-tovoqlar, shisha tolalari va mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchi tarmog'i.
SHMOLLER GUSTAV - (1838-1917) nemis iqtisodchisi, yangi tarixiy
maktabning asoschisi, siyosiy iqtisodni xalq xo'jaligi tarixi bilan bir 
deb qaradi, tarixiy formatsiyaga qarshi chiqdi, unga empirizm xos 
edi. Iqtisodiyotda odob-huquq omilini birinchi o'ringa qo'ygan.
SHO'BA KORXONA - o'ziga biriktirib qo'yilgan mol-mulkka nisbatan
mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot.
SHOSSE - asfalt, beton, tosh va shag'al yotqizilgan 6 metrdan keng yo'llar.
SHOU-BIZNES - har xil pullik tomoshalar ko'rsatish yo'li bilan daromad
topish. Shou-biznesdan tushadigan daromad bu aholidan olinadigan 
tomoshahaqi,firmalardantushadiganreklamapuli,tomoshabinlarga 
savdo-maishiy xizmat ko'rsatish haqi va boshqalarda shakllanadi.
SHTAKELBERG MUVOZANATI - duopolik sharoitda lider firma bilan
ergashuvchi firma faoliyat ko'rsatganda lider tovar narxini va ishlab 
chiqarish hajmini mustaqil belgilaydi, ergashuvchi firma lider 
firmaga moslashgan holda narx va mahsulot hajmini belgilaydi.
SHUBHALI KREDITLAR - 1. Uch to'lov davrida foiz yig'indisi to'lanmagan
va bir marta asosiy qarz yig'indisi to'lanmagan kreditlardir. 2. 
Ziyon qilish ehtimoli yuqori bo'Igan, lekin ayrim ijobiy amallari 
mavjud bo'Igan ushbu kreditlar sharoit oydinlashguncha shubxali 
deb tasniflanadi. Shubhali deb tasniflangan kreditlarga asosiy 
to'lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxira tashkil etiladi.


CHAKANA BAHOLAR - o'zining ko'p darajaliligi bilan ajralib turadigan
baholar tizimi. Unga davlat savdosi, dehqon bozori, tijorat savdosi, 
vositachilik bozori baholari kiradi. Aholining real daromadlari 
chakana baholar darajasiga bog'liqdir. Chakana baholar bilan 
asosan aholiga iste’mol buyumlari va xizmatlari sotiladi.
CHAKANA NARX - tovarning xaridorga sotilayotgandagi narx. U ulgurji narxga
chakana savdo firmasining barcha boshqaruv, marketing va ishlab 
chiqarish xarajatlarini hamda daromadini qo'shish orqali aniqlanadi.
CHAKANA REKLAMA - iste’molchilarga ma’lum xizmat yoki tovarni qachon
va qayerda sotib olish mumkinligi to'g'risidagi mazkur xabar.
CHAKANA SAVDO - iste’molchilaming pul daromadlariga ayirboshlash yo'li
bilan tovar sotish va xizmat ko'rsatishdagi oxirgi bo'g'in.
CHARTER -1 . Kema yoki boshqa transport vositasi bo'yicha belgilangan muddat
va reys bo'yicha tuzilgan fraxt shartnomasi. 2. Moliya kredit faoliyati 
bilan shug'ullanish huquqi berilgan hujjat.
CHATISHGAN USULLAR - qimmatli qog'ozlarning bir qancha turlari mavjud
bo'lib, ular zayom va egalik huquqlari usullarining xususiyatlarini 
birlashtiradi. Ular imtiyozli aksiyalar va konvertrlanadigan 
(almashadigan) obligatsiyalar.
CHAYANOV ALEKSANDR VASILEVICH (1888-1937) - taniqli iqtisodchi,
Rossiyadatashkiliyishlabchiqarishmaktabiningasoschisi, dehqonni 
mehnat xo'jaligining asosi deb, oilaviy mehnat yacheykasini tashkil 
etgan (kollektivizatsiyaga qarshi); kooperatsiya va agrar sohalarda 
200 ga yaqin asar yozgan, bosh asari “Xo'jalikning nokapitalistik 
sistemalari nazariyasi”dir. Chayanov 1937 yilda repressiya qilinib, 
qatl etilgan. Ilmiy g'oyalari hozirda ham ilmiy-amaliy ahamiyat kasb 
etadi.
CHEGARADAGI XARAJATLAR (DAROMADLAR) - qo'shimcha ishlab
chiqarilgan mahsulotning birligiga to'g'ri keladigan qo'shimcha 
xarajatlar (daromadlar).
CHEGARAVTY (O 'LIK ) NUQTA - subyektning sarflagan xarajatlarini
mahsulotni sotgandan olgan daromadi hisobidan qoplash uchun 
zarur bo'lgan sotish hajmi.


CHEGIRIB 
TASHLANADIGAN 
QO'SHILGAN 
QIYMAT
SOLIG'I (Q Q S) - Bu oraliq iste’moli, asosiy kapitalni yalpi 
jamg'arish yoki qayta sotish uchun mo'ljallangan hamda tovar va 
xizmatlar sotib olish uchun to‘ lanadigan qo'shilgan qiymat solig'idir. 
Bu soliqni ishlab chiqaruvchi davlatga to'lamaslik huquqiga ega, 
chunki u ishlab chiqaruvchining mijozi tomonidan hisobga olingan.
CHEGIRILMAYDIGAN QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I - sotib
oluvchi tomonidan to'lanadi va bunday hoi ro'y berganda uning 
QQS to'lash majburiyatidan chegirib tashlanmaydi.
CHEK - belgilangan ko'rinishdagi pul hujjati, l ) bankdagi o'z hisobidan
muayyan pul miqdorini chekda ko'rsatilgan shaxsga berish yoki 
uning hisobiga pul o'tkazish bo'yicha yozma topshiriq. Chek 
ikki ko'rinishda bo'ladi: a) oluvchining nomi yozilgan chek; b) 
ko'rsatuvchiga berilgan chek. Chekning harakat muddati 10 kundan 
oshmasligi kerak. Rivojlangan bank tizimida chek muomalada 
kredit vositasi siyosatida ishlatiladi. Chek to'lovlari rivojlangan 
mamlakatlarda, ayniqsa, AQSHda, Angliyada ichki to'lov sifatida 
keng yoyilgandir.
CHEK DAFTARI - korxona chek daftarchalarini unga xizmat ko'rsatuvchi
bankmuassasasidan oladi. Mehnatga haq to'lash, pensiyalar, kasallik 
varaqasi bo'yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo'jalik 
xarajatlari uchun naqd pullarni bank cheki asosida korxonaning 
hisob-kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
CHEKLANGAN MAS’ULIYAT - ma’lum chegara doirasida cheklangan
mas’uliyat. Qarz majburiyati yoki o'ziga biror-bir hujjatga imzo 
chekilayotganda mas’uliyati muayyan doiralarda cheklovchi shartni, 
punktni kiritish.
CHEKLASH - tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar manfaatini himoya
qilish, umumdavlat manfaatlari va xalqaro majburiyatlarni bajarish 
bo'yicha davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan eksport va import 
sohasida o'rnatiladi.
CHEKLI DAROMAD - bir birlik qo'shimcha tovar sotishdan tushgan
qo'shimcha daromad.
CHEKLI NAFLIK - oxirgi yoki navbatdagi birlik ne’matni iste’mol qilishdan I
olinadigan nafiik.
CHEKLI QO'YILM ALAR - chek yozib berish mumkin bo'lgan tijorat
banklari va jamg'arma muassasalaridagi omonatlar.
493


CHEKLI TEXNOLOGIK ALMASHTIRISH NORMASI - ishlab chiqarish
hajmi o'zgarmaganda bir birlik X omilini necha birlik Y omil bilan 
almashtirish mumkinligini ko'rsatadi.
CHEKLI 
TRANSFORMATSIYA 
NORMASI 
-
birinchi 
tovardan
qo'shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan 
qancha voz kechish kerakligini ko'rsatadi. Bu birinchi tovarning 
altemativ qiymatini ifodalaydi va ikkinchi tovarning chekli ishlab 
chiqarish xarajatlarini birinchi tovarning chekli ishlab chiqarish 
xaraj ati nisbatiga teng b o' ladi.
CHEKSIZ QO'YILM ALAR - chek yozib berish mumkin bo'lmagan jamg'arma
hisob-raqami.
CHET EL VALYUTALARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH - bir
vaqtning o'zida bir nechta chet el valyutasida rezervlar tashkil qilish 
tushuniladi.
CHET EL YURIDIK SHAXSLARI - rezidentlar va norezidentlarga bo'linadi.
Rezidentlar O'zbekistondagi yuridik shaxslar kabi soliqqa tortiladi. 
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatuvchi norezident 
yuridik shaxslar: doimiy muassasa orqali faoliyat ko'rsatuvchi; 
doimiy muassasa bo'lmasdan faoliyat ko'rsatuvchi yuridik 
shaxslarga bo'linadi. Birinchi guruhdagilarning O'zbekistonda 
olgan daromadlari ularning soliq idoralariga taqdim etadigan 
deklaratsiyalari orqali soliq idoralari tomonidan hisoblab chiqilib, 
soliqqa tortiladi. Ikkinchi guruh norezidentlarning O'zbekiston 
hududidagi korxona va tashkilotlardan olgan daromadlari 
manbayida jami daromaddan hech qanday chegirmasiz soliqqa 
tortiladi.
CHET ELDAN T O 'G 'R I INVESTITSIYALAR - investorning korxonani
boshqarish niyatida uning aksiyalarini sotib olishga sarflagan 
xarajatlari dan iborat. Investor aktivga ega bo'ladi, investitsiya 
kiritilgan birlik majburiyatga ega bo'ladi.
CHETLANISH - kutiladigan natija bilan haqiqiy natija o'rtasidagi farq.
CHIQISH JOYIDAGI SIFAT - ishlab chiqarishning har bir ishtirokchisi o'zi
ishlab chiqarayotgan mahsulotning belgilangan talablarga javob 
berishini ta’minlashga mas’uldir.
C H O 'Q Q I - trendning grafikdagi eng yuqori qismi.
494


CHORVACHILIK TIZIM I - chorva mollari sonini o'stirish va sifatini
yaxshilash, maxsuldorligini muntazam oshirib borish hamda 
mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarni kamaytirish, umuman, 
chorva mollari va chorvachilik vositalaridan maqsadga muvofiq 
foydalanish orqali uni eng samarali tarmoqqa aylantirishni 
taminlaydigan tashkiliy-iqtisodiy, texnologik va texnikaviy tadbirlar 
yig'indisi.
CHAKANA BAHO - davlat va kooperativ savdosi, dehqon bozorida iste’mol
mollarini sotilish narxlari.
CHAKANA SAVDO - savdo-sotiq tarmoqlari orqali aholiga istemol mollarini
sotish.
CHET EL YURIDIK SHAXSLARI - rezidentlar va norezidentlarga bo'linadi.
Rezidentlar O'zbekistondagi yuridik shaxslar kabi soliqqa tortiladi. 
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatuvchi norezident 
yuridik shaxslar: doimiy muassasa orqali faoliyat ko'rsatuvchi; 
doimiy muassasa bo'lmasdan faoliyat ko'rsatuvchi yuridik 
shaxslarga bo'linadi. Birinchi guruhdagilarning O'zbekistonda 
olgan daromadlari ularning soliq idoralarig
Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin