Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

'X




HAD DAN ORTIQTALAB - mavjud sharoitda bunday talabni to'la qondirish
imkoniyatlari bo'lmaydi.
HADYA - fuqarolik huquqida bir shaxsning ikkinchi shaxsga mulkini tekin berishi.
HAMKORLIK MUNOSABATLARI MARKETINGI - transaksiyalarga
nisbatanmijozlarbilanuzoqmuddatli,o‘zarofoydalimunosabatlarga 
ko'proq e’tibor qaratish. Kompaniyalar eng foydali iste’molchilar, 
mahsulotlar va kanallar bilan faoliyat yuritadi.
HAMKORLIKDAGI 
TADBIRKORLIK 
ZONAL ARI 
-
hamkorlikda
tadbirkorlik faoliyati olib borish uchun tashkil etilgan zonalar. 
Bunday zonalarda alohida imtiyozlar bojxona, ijara, soliq, valyuta 
va mehnat rejalari bo'yicha belgilangan bo'lib, xorij kapitalini 
investitsiyalashtirish uchun 
shart-sharoitlar yaratib 
beradi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni xorij investitsiyalari, yangi texnika va 
texnologiyalarni jalb etish, import texnika sotib olish xarajatlarini 
qisqartish, milliy buyumlaming raqobatbardoshliligini oshirish 
maqsadida tashkil etiladi.
HAQIQIY (REAL) TOVAR - sifat darajasi, xossalar to'plami, o'ziga xos shakli,
bezatilishi, nomi, o'ramiga ega bo'lgan aniq tovar.
HAQIQIY EHTIYOJ - ma’lum paytda yaxshi anglangan, aniq va qondirish
mumkin bo'lgan ehtiyoj.
HAQIQIY TAKLIF - ma’lum paytda bozorda haqiqatan bor tovarlar, ularning
turlari va hajmi.
HLAR YILGI ASOSDA MUVOZANATLANTIRUVCHI BUDJET - budjet
siyosatining konsepsiyalaridan biri. Davlat budjeti har yili 
muvozanatlashtirish lozim degan qoidalarga asoslanadi. Bu qoida 
asosida davlat budjetining muvozanatlantirilishi fiskal siyosatning 
samaradorligiga salbiy tasir etishi mumkin. Masalan, inflyatsiya 
sharoitida aholining daromadi oshib boradi. Bu esa avtomatik 
ravishda soliq tushumlarini ko'paytiradi. Hukumat daromadlarning 
xarajatlardan ortib ketishining oldini olishga harakat qiladi. Unda u 
soliq stavkasini pasaytirish yoki davlat xarajatlarini ko'paytirish yoki 
ularning ikkalasidan foydalanishi kerak bo'ladi. Buning natijasida 
inflyatsiyaning kuchayishi ro'y beradi.


HARAKATSIZ BUYUMGA XIZMAT KO RSATISH PR IN SIPIB O YICH A
USKUNA JOYLASHISHI - mahsulot butun ish jarayonida bir 
joyda qoladi, uskunalar esa zarurlik paydo bo'lganda shu joyga 
beriladi.
HARBIY KOMMUNIZM SIYOSATI (1918-1920) - Sovet davlatida
qo'llanilgan, tovar-pul munosabatlari inkor etilgan, qat’iy taqsimot 
va to'la milliylashtirish hamda oziq-ovqat razvertkasi amalga 
oshirilgan, bir qancha ijtimoiy sohalar tekin bo'lgan (transport, 
elektr energiyasi, kommunal xizmatlar). Harbiy kommunizm 
davrida mamlakat og'ir inqirozga uchradi.
XARID QOBILIYATI PARITETI - valyutalar almashinuv kurslarining
shunday darajasiki, bunda har bir valyutaning xarid qobiliyati 
tenglashadi.
HAY’AT - komissiya, vositachilik, saylangan guruh.
HAYOT 
SUGURTASIGA 
B O G L IQ . 
BOXM AGAN 
SUGURTA
TO XO VLARI - joriy hisobot davrida to'lanishi lozim bo'lgan 
hayot sugurtasidan tashqari sug'urta poUsini tartibga solish tufayli 
to'lanadigan to'lovlar.
. HAYOTNI SUG URTA QILISH - jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i,
mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog'liq manfaatlarini 
sug'urta qilish. Bunda shartnoma bo'yicha sug'urtaning eng kam 
muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug'urta pullarining sug'urta 
shartnomasida korsatib otilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi 
bir martalikyoki davriy to'lovlari (annuitetlar)ni qamrab oladi.
HISOB - biror narsa mavjudligini belgilash, uni o'lchash va son hamda sifat
tomonidan qayd etish. Hisob xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalari to g'risidagi doimiy axborot bilan ta’minlaydi. 
Jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi bilan hisob 
axborotlarining hajmi ortadi va jamiyat hamda xo‘ jalik jarayonlarini 
nazorat qilish va boshqarishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. 
Shuning uchun hisobni yanada takomillashtirish zarur. O'zbekiston 
Respublikasida buxgalteriya hisobi, statistika hisobi va tezkor 
hisoblarni o ‘z ichiga oluvchi yagona xalq xo'jaligi hisobi tashkil 
etilgan.
HISOB-KITOB 
OPERATSIYALARI 
B O Y IC H A
ASOSLOVCHI
TESTLAR- hisob-kitob operatsiyalarining moliyaviy hisobotlarda 
keltirilgan summalari to‘g‘ri (asosli) ekanligini tekshirishga 
yonaltirilgan testlar majmuyi.


HISOB PALATASI - mustaqil organ bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Davlat
budjeti va budjetdan tashqari maqsadli jamg'armalarning ijrosi, 
davlat aktivlari va passivlari holati hamda harakati, oltin-valyuta 
zaxiralari va tashqi qarzlarni boshqarish hamda tasarruf etish 
monitoringi va davlat nazoratini amalga oshiradi.
HISOB STAVKASI (QAYTA MOLIYALASH STAVKASl) - Markaziy bank
tijorat banklari veksellarini hisobga olishda va ularga kredit berishda 
qo'llaydigan foiz stavkasi.
HISOBGA OLISH REGISTRLARI - investitsiya vositachisida va qimmatli
qog'ozlar markaziy depozitariysida qimmatli qog'ozlami saqlash 
hamda qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olish 
bo'yicha depozitar operatsiyalar standartlari bilan belgilangan 
yozuvlar tizimi.
HISOB-KITOBBALANSI-shundayiqtisodiykategoriyaki,bundamamlakatning
xorijiy davlatlarga nisbatan talab va majburiyatlarining umumiy 
summasi ko'rsatiladi.
HISOB-KITOB OPERATSIYALARI - korxona tomonidan yoki korxona
ishtirokida hisob (moliya) yili davomida sodir etilgan operatsiyalar 
natijasida yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining 
so'ndirilishi.
HISOB-KITOB OPERATSIYALARIDA NAZORAT RISKI - hisob-kitob
operatsiyalariga nisbatan ichki nazorat riskining mavjud bo'lishi, 
ammo bu tizimning sifatsizligi sabab buxgalteriya tizimida hisob- 
kitob operatsiyalarining noto'g'ri aks ettirilgan bo'lish xavfi.
HISOB-KITOB STAVKASI SIYOSATI - pul-kredit siyosatini amalga oshirish
vositasi. Hisob-kitob stavkasini Markaziy bank belgilaydi. Agar u 
past bo'lsa, tijorat banklari ko'proqkredit oladi, natijadabanklarning 
ortiqcha bank rezervlari kamayadi, muomaladagi pul massasi ortadi. 
Hisob-kitob stavkasi darajasi yuqori bo'lsa, banklar kredit kamroq 
oladi, olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladi, natijada 
ortiqcha bank rezervlari ko'payadi, muomaladagi pul miqdori 
kamayadi.
HISOBLANGAN BOSQICH - TM Z olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig'i.
HISOBLANGAN KOEFFITSIYENT - TM Z qo'yilgan kapital summasining
o'zgarishi natijasida har yillik zaxiralarga sarflanadigan xarajatlar 
summasini baholash maqsadida guruhning tejamli hajmini 
hisoblash va muhofaza zaxirasining muqobil o'sishini ta’minlash 
uchun foydalaniladigan formula natijasida aniqlangan ko'rsatkich.


HISOBLI KREDIT - vekselni tijorat bankiga sotish yo'li bilan olinadigan
kreditdir.
HISOBOT DAVRI - iqtisodiy subyektning buxgalteriya hisoboti tuzish uchun
lozim bo'lgan sana.
HISSA (PAY) - ma’lum faoliyatni olib borish uchun tashkil etilgan uyushma
a’zolarining qo'shgan ulushi, hissasi.
HISSADORLIK JAMIYATI - kapitallarning shaxssiz (anonim) yig'ilishi
asosidan iborat shaxslar, muassasalar, korxonalarning birlashuvi. 
U teng qismlarga bo'lingan asosiy kapital (aksiya yoki pay) bilan 
ta’sis etiladi. Hissadorlik jamiyati nizomida jamiyatning maqsadi, 
kapitalining miqdori, boshqaruv tartibi, rahbar organlar tarkibi va 
boshqa ma’Iumotlar qayd qilinadi. Hissadorlik jamiyatining oliy 
organi - hissadorlaming umumiy yig'ilishidir. Bu yig'ilish, odatda, 
bir yilda bir marta chaqiriladi. Hissadorlik jamiyatining kundalik 
joriy ishlarini boshqarma kuzatuvchilar va direktorlar kengashi 
boshqaradi.
HISSADORLIK KAPITALI - hissadorlik jamiyatining asosiy kapitali. U
aksiyalar emissiyasi hisobiga tashkil topadi. U ustav kapitali, obuna 
kapitali, to'Iangan kapital turlariga bo'linadi.
HOMIY (SPONSOR) - ma’lum bir tadbir yoki faoliyatni amalga oshirish uchun
moliyaviy yordam ko'rsatuvchi shaxs, firma yoki tashkilot.
HOSILDORLIK - bir birlik ekin maydoni (gektar, sotix va boshqa) hisobiga
yetishtirilgan hosilning fizik miqdori.
HOZIRGI ZAM ON IQTISODIY TA’LIMOTLARI - uch asosiy yo'nalishi
mavjud: 1. Neoklassik (yangi klassik); 2. Keynschilik; 3. 
Institutsional.
HUDUDIY BOZOR - ma’lum hudud doirasida tovarlami oldi-sotdi qilish
munosabatlari. Hududiy bozor mamlakat doirasidagi hududlar 
o'rtasida yoki bir necha chegaradosh davlatlar o'rtasida mehnat 
taqsimotining, binobarin, ishlab chiqarish, ixtisoslashuvining 
natijasi dir.
HUDUDIY MEHNAT TAQSIMOTI - muayyan mamlakat doirasida ayrim
hududlar yoki mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi. Har bir 
hudud doirasida ham ichki ixtisoslashuv yuz beradi.
HUJJAT AYLANISHI - hisob jarayonida hujjatlarni tuzish vaqtida ularni arxivga
topshirishgacha bo'lgan hujjatlar harakati. Korxonalarning xo'jalik 
bo'limlari (boshqaruv bo'limi, ishlab chiqarish sexi, uchastka.
— 147 



brigada va h.k.)da tuzilgan hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi. U 
yerda shaklan va mazmunan tekshiriladi, bir xillik belgilariga qarab 
guruhlanadi va hisob registrlariga yozilgandan song papkalarga 
tikilib, turli ma’lumotlar berish va turli tekshirishlar uchun 
foydalaniladi. Ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlar davlat 
arxiviga topshiriladi, qolganlari yo'q qilinadi. Har bir korxonada 
hujjatlarni tuzish kimga yuklatilganligi, kim kimga qaysi muddatda 
hujjatlarni taqdim etishi, hujjatlarning hisobda foydalanilishi 
ko'rsatiladi.
HUJJAT BILAN TASDIQLANGAN XARAJATLAR - operatsiya sanasi,
summasi va xususiyatini aniqlash hamda ishtirokchilarini 
identifikatsiya qilish imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan 
xarajatlar
HUJJATLAR ASOSIDAGI NAZORAT USULLARI - rasmiy va arifmetik
tekshirish, yuridik baholash, mantiqiy nazorat, muqobil tekshirish, 
teskari hisob usuli, balans uyg'unligini tekshirish, qiyoslash, 
hisobotlarning sanoq bahosi kabi usullar kiradi.
HUJJATLASHTIRISH - korxona xo'jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga
olinadigan xo'jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks 
ettirishning asosiy usulidir. Har bir xo'jalik operatsiyasi tegishli 
hujjatda rasmiylashtiriladi. Bu holat, odatda, operatsiyalar sodir 
bo'layotgan paytda amalga oshiriladi va hisobning boshlang'ich 
davri hisoblanadi. Hujjatlardan keyinchalik xo'jalik operatsiyalari 
haqidagi ma’lumotlarni guruhlashtirish va qayta ishlov berishda 
foydalaniladi. Hujjatlarda mansabdor mas’ul shaxslarning imzosi 
bo'lmasa, bunday hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
HUKUMAT KORPORATSIYASI - davlat ixtiyoridagi korporatsiya bo'lib, u
davlat ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlarda tashkil etiladi va ularga 
xizmat ko'rsatadi.
HUQUQIY SHAXS - fuqarolik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi, mustaqil
balans, gerbli muhr va bankda hisob-raqamiga ega, nizom asosida 
faoliyat yurituvchi hamda bankrotga uchraganda, o'z mulki bilan 
javob beruvchi korxona.
J 48 1



IBN XALDUN ABU RAHMON ABU ZAYD (1332-1406) - arab olimi,
“Ibratli misollar kitobi” (l370)da iqtisodiy g'oyalari jamlangan. 
Uning fikricha, “jamiyat moddiy qiymatlar ishlab chiqaruvchilar” 
jamoasidan 
iborat. 
Asarlarida 
moddiy 
zarurat 
tarixni 
harakatlantiruvchi asosiy kuch, mehnat unumdorligi, zaruriy va 
qo'shimcha mehnat, qiymat tushunchalari keltirilgan. 1401-yilda 
Amir Temur bilan uchrashgan. “Ijtimoiy fikr” jumalining (1998- 
yil) l-sonidalavhaberilgan.
ICHKI AUDIT - iqtisodiy subyektda tashkil etilgan mulkdori manfaatlarini
ko'zlab, uning tashkil etilgan va ichki hujjatlari bilan tasdiqlangan 
buxgalteriya hisobotini olib borishni nazorat qilish sistemasi.
ICHKI AUDITOR - iqtisodiy subyekt tomonidan tashkil etilgan ichki bo'lim
xodimi.
ICHKI INVESTITSIYALAR - bu mamlakat hududida ichki investorlar
tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi.
ICHKI MABLAG LARNIJALB QILISH - davlat tomonidan aktivlarni ichki
manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish 
hamda buning natijasida О ‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi 
sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini to'lashiga 
kafil sifatidagi majburiyatlari yig'indisining vujudga kelishidir.
ICHKI MILLIY MAHSULOT - bir yil davomida mamlakatda yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot 
va xizmatlaming bozor bahosidagi qiymati.
ICHKI NAZORAT TIZIM I BO'YICHA SAVOLNOMA - mijoz korxona ichki
nazorat tizimi sifatini tekshirish va baholash maqsadida tuzilgan 
maxsus ishchi qog'oz.
IDENTIFIKATSIYA RAQAMI - tizim ichidagi obyektni aniqlaydigan kod yoki
nom berilishidir. Ajratma, soliqlar va pensiya to lovlari boyicha 
axborotlarni markazlashtirish uchun individual ijtimoiy kodlarga 
ehtiyoj tug'iladi. Moliyaviy hujjatlashtirish bo'yicha moliyaviy 
axborotlar ishonchliligi va doimiyligini ta’minlash, shunungdek, 
xalqaro andozalarga mos keluvchi buxgalteriya hisobining yangi 
andozalari qo'llanilishi uchun individual ijtimoiy kodlarni qabul 
qilish taqozo etiladi.


IJARA (arab) - mustaqil xo'jalik yuritish yoki boshqa biror faoliyatni amalga
oshirish maqsadida yer, suv, korxona va boshqa mulkka egalik qilish 
hamda vaqtincha foydalanish uchun to'lanadigan muayyan haq. Ijara 
mulkka egalik huquqini o'zgartirmaydi. Ijara obyektlari iste’mol 
qilinmaydigan har qanday buyumlar (ashyolar), shu jumladan, 
korxonalar, mulkiy komplekslar, alohida binolar, inshootlar, 
uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko'char va ko'chmas 
mulklar kiradi (muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo'lishi 
cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).
IJARA (LIZING) TO'LOVI - ijarachi (lizing oluvchi) tuzilgan ijara (lizing)
shartnomasi asosida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) 
to'Iaydigan summa.
IJARA HAQI - ijara sharoitida (sharti bilan) taqdim etilgan mulk uchun to'lov
turi. Asosiy fondlaming alohida obyektlari ijaraga olinganda, ular 
ijara shartnomasining butun amal qilish davomida teng hissalarda 
(qismlarda) mahsulot tannarxiga kiritiladi.
IJARA HAQI (TO 'LO V I) - yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer
egasiga to'lanadigan pul miqdori.
IJARAMULKI - shartnoma asosida ma’lum muddatga foydalanish uchun olingan
mulk. Yer, uy-joylar, bino va inshootlar, mashina va uskunalar ijara 
mulki bo'lishi mumkin.
IJARA MUNOSABATLARI - bunda ijarachi ijara beruvchidan shartnoma
asosida ishlab chiqarish vositalari, yer va boshqa mol-mulklarni 
ma’lum bir muddatga ijara to'lovi asosida foydalanish uchun oladi. 
Ijara munosabatlarida ijara haqi muhim rol o'ynaydi va ijarachi 
bilan ijaraga beruvchi munosabatlarini keltirib chiqaradi. Ijaraning 
quyidagi turlari mavjud. Muddatiga ko'ra: - uzoq muddatli ijara 
- uch yil va undan ortiq muddatga; - o'rta muddatli ijara - bir 
yildan uch yilgacha bo'Igan muddatga. Qisqa muddatli ijara - bir 
yildan ortiq bo'lmagan muddatga. Mulkni topshirish shartiga ko'ra: 
moliyalashtirilgan, joriy.
IJARA SHARTNOMASI - ijarachi bilan ijaraga oluvchi o'rtasida tomonlarning
teng huquqliligi asosida tuzilgan kelishuv, shartnoma. Ish 
quyidagilarni ko'zda tutadi: l ) ijaraga olinayotgan mulk tizimi va 
qiymati; 2) ijara to'lovi miqdori; 3) ijaramuddati; 4) ijaraga berilgan 
mulkni ta’mirlash va to'la tiklash bo'yicha tomonlar majburiyati; 5) 
mulkni shartnomada kelishilgan holda ijarachiga yetkazish.
IJARACHI - biror narsani ijaraga olgan korxona, tashkilot va muassasa yoki
jismoniy shaxs. Ijarachi shartnomada kelishilgan daqiqadan
150 
~
-------


vaqtincha foydalanish huquqi (belgilangan muddatga)ni oladigan 
shaxs bo'lib, u buning uchun ijara beruvchiga ijara haqi to'laydi. 
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi bilan kelishilgan holda olgan 
mulkini undan sotib olishi mumkin. Sotib olish tartibi va shartlari 
ijara shartnomasida belgilab qo'yiladi. Ijarachi yuridik shaxslar va 
mustaqil davlatlar hamkorligi (M DH), qo'shma korxonalar, xalqaro 
birlashma va tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlar, xalqaro 
tashkilodar, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ham bo'lishi 
mumkin.
IJARAGA BERUVCHI (LIZING BERUVCHl)NING FOIZLI DAROMADI
- buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq 
aniqlanadigan ijara (lizing) to'lovi summasi bilan ijara (lizing) 
obyektining 
qiymatini 
qoplash 
summasi 
o'rtasidagi 
farq 
ko'rinishidagi ijara (lizing) to'loviningbir qismi.
IJOBIY AUDITORLIK XULOSASI - auditorlik tashkilotining xo'jalik
yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti uning haqiqiy moliyaviy 
ahvolini aks ettirishi va xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan 
amalga oshirilgan moliyaviy va xo'jalik operatsiyalari O'zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi to'g'risidagi fikrini o'z 
ichiga olgan hujjat.
IJOBIY SOLISHTIRMA DALOLATNOMASI - mijoz korxona va mijoz
xaridorlari mol yetkazib beruvchilari o'rtasida amalga oshirilgan 
va ikki taraf buxgalteriya tizimida aks ettirilgan hisob-kitob 
operatsiyalari natijalarining auditor tomonidan inventarizatsiyasi 
bir xil ma’ lumotni aks ettirishi yoki muhim bo'lmagan farqning 
yuzaga kelishi.
IJTIMOIY DASTURLAR - aholining bevosita turmush sharoiti va farovonligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlarni rivojlantirishga 
oid chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan rejaviy hujjatlar.
IJTIMOIY HAMKORLIK - real mehnat munosabatlarini kollektiv shartnomani
tuzish asosida tartibga solishning o'ziga xos turi. Bunda tuzilgan 
shartnoma asosida ish beruvchi shaxs va yollanma ishchining 
manfaatlari o'zaro muvofiqlashtiriladi.
IJTIMOIY HIMOYA - ayrim ijtimoiy guruhlarga har tomonlama yordam
berish uchun yo'naltiriladigan davlat tadbirlari yig'indisi. Masalan, 
kompensatsiya, turli yengilliklar.
IJTIMOIY HIMOYALASH FONDI - jamiyat a’zolari o'rtasida mehnatga
to'lanadigan haqdan tashqari va mehnat haqiga qo'shimcha 
ravishda bepul yoki imtiyozli ravishda taqsimlanadigan mablag'


bo'lib, milliy daromadning bir qismidir. Ijtimoiy himoyalash 
fondining bir qismi aholining kam daromadli, ishsiz qolgan qismini 
moddiy jihatdan qo'llab-quwatlab turishga, bir qismi qariyalar, 
ko'p bolali onalar, nogironlar, vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo'lib 
qolganlar uchun nafaqa, talabalarga stipendiya, davolanish va 
dam olish maskanlariga bepul yoki imtiyozli yo'llanmalar tarzida 
aholiga to'lanadi. Boshqa bir qismi esa aholiga bepul maorif, tibbiy 
yordam ko'rsatish, bolalar bog'chalari, yaslilari, kutubxonalar, 
davolanish va dam olish maskanlarini qurish orqali aholi ehtiyojlari 
uchun sarflanadi. Ijtimoiy himoyalash nafaqalar to'lash bilan birga, 
ayrim tovar turlarini arzon baholarda sotishni yo'lga qo'yish, 
ayrim xizmat turlarini tekin yoki arzon baholarda ko'rsatish orqali 
amalga oshiriladi. Ijtimoiy himoyalash fondini shakllantirish davlat 
tomonidan zaruriy mahsulotning bir qismini aholi daromadlariga 
turli bilvosita va bevosita soliqlarni o'rnatish orqali umumlashtirish 
yo'li bilan amalga oshiriladi.
IJTIMOIY INFRATUZILMA - aholining turmush faoliyati, uning farovon-
ligini ta’minlashga xizmat qiluvchi turli muassasa va obyektlar 
majmuyi. Masalan, ta’lim muassasalari, dam olish va davolanish 
maskanlari, uy-joy, kommunal va maishiy xizmat ko'rsatish 
shoxobchalari, tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, 
yo'lovchi transporti va boshqalar.
IJTIMOIY INSTITUT - odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkiliy tuzilma
tarzida tashkil etishning barqaror shakli yoki normativ jihatdan 
tartibga solinadigan qoidalar tizimidan iborat.
IJTIMOIY INVESTITSIYALAR - inson salohiyati, malakasi va ishlab
chiqarish 
tajribasini 
oshirishga, 
shuningdek, 
nomoddiy 
ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo'shiladigan 
investitsiyalar.
IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLAR - kishilarning yashashi, mehnat
qilishi va ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo'lishi uchun iste’mol 
etilishi zarur bo'lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuyi. Bu faqat 
tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish 
zarurati hamdir.
IJTIMOIY ISTE’MOL FONDLARI - maorif, sog'liqni saqlash, boshqaruv,
mudofaa, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy sug'urta va boshqalar bo'lib, 
ularning asosiy qismi Davlat budjeti orqali amalga oshiriladi.
IJTIMOIY IXTILOFLAR - kishilar, ijtimoiy guruhlar, idoralarning o'zaro
munosabatlari 
tizimida 
ziddiyatlar 
rivojlanishining yuqori 
bosqichidan iborat.


IJTIMOIY JIHATDAN YO'NALTIRILGAN BO ZO R MUNOSABATLARI
- ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa, iqtisodiy 
munosabatlarni tartibga solishda davlat regulyativ funksiyalarining 
kuchli ifoda etilishi. Davlat siyosatida mamlakat aholisining ijtimoiy 
jihatdan himoyalanishiga alohida e’tibor beriladi.
IJTIMOIY MARKETING - iste’molchilar zaruriyatlari, jamiyat omillari
(atrof-muhitni asrash, salomatlik muhiti va b.) va mahsulot sifatini 
saqlab qolish asosida shakllanadi.
IJTIMOIY MUHOFAZA TIZIM I - aholining hayotiy muhim manfaatlari
sohasi bo'lib, uning sifat va miqdor ko'rsatkichlari davlat va 
jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish darajasidan 
darak beradi.
IJTIMOIY MUHOFAZALANISH HUQUQI - odamning munosib turmush
kechirishi uchun zarur bo'lgan hajmdagi fiziologik, ijtimoiy va 
ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatidir.
IJTIMOIY MULK - umummilliy boylik, yer, suv, o'rmonlar, jamiyat tomonidan
egalik qilish va o'zlashtirish mumkin bo'lgan mulk. Unga yer osti 
va yer usti boyliklari, temir yo‘ l, havo, dengiz, avtomobil, kosmik 
tizim, irrigatsiya inshootlari, energiya tizimlari, sanoat korxonalari, 
harbiy obyekt va aslahalar hamda shunga o'xshash narsalar kiradi.
IJTIMOIY NAFAQA - muayyan sabablarga ko'ra, mehnat qilish imkoniyatiga
ega bo'lmagan va domiy ravishda yordamga muhtoj fuqarolarga 
davlat tomonidan beriladigan nafaqa.
IJTIMOIY NAFAQALAR - ijtimoiy nafaqalar ijtimoiy sug'urta nafaqasi va
ijtimoiy yordam nafaqasi.
IJTIMOIY NE’MATLAR - aholining ma’lum bir guruhlari yoki butun
jamiyatga taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar, chunki ularni 
bo'laklarga bo'lib alohida shaxslarga sotish mumkin emas. Ular 
faqat jamoa tomonidan iste’mol qilinishi mumkin, xolos. Huquqiy 
tartib, davlat mudofaasi, atrof-muhitni asrash, ijtimoiy dasturlar va 
shu kabilar ular tarkibiga kiradi.
IJTIMOIY REJALASHTIRISH - boshqaruv ta’sirining alohida bir shaklidir. U
ilmiy asoslangan proekt realizatsiyasi bilan bog'liq va obyektning 
yangi parametrlariga erishishning aniq vositalaridan foydalanishni 
talab etadi.
IJTIMOIY RUHIY VAZIYAT - korxona va tashkilot xodimlariga ta’sir qiluvchi
ko'pgina omillar ta’sirida keladigan jamlama samaradir. U mehnat 
qilish jarayonida, xodimlarning muomalasida, ularning shaxslararo 
va guruhiy aloqalarida o'z ifodasini topadi.


IJTIMOIY SIYOSAT - bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ijtimoiy
siyosati kuchayadi. Davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy jarayonlarni 
yaxshilab borish uchun davlat tomonidan ko'rilgan umumlashgan 
chora-1adbirlardir. Ijtimoiy siyosat jamiyat hayotining iqtisodiy 
va ijtimoiy tomonlarini qamrab oladi. Uning asosiy yo‘nalishlari 
daromad siyosatidan, baho va ish bilan bandlikni taminlashdan, 
ijtimoiy 
infratuzilmalardan 
(ilm-fan, 
madaniyat, 
ta’lim, 
sog'liqni saqlash) va ijtimoiy himoyalashdan iborat. Ijtimoiy 
siyosat bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy tabaqalanishni 
yumshatishga qaratilgan. Ijtimoiy siyosat moddiy manfaatdorlikni 
muvofiqlashtiradi. U aholining turli guruh va qatlamlarini iqtisodiy 
faollikka chaqiradi hamda iqtisodiy samaradorlik bilan ijtimoiy 
samaradorlik o'rtasida huquqiy tenglikni taminlaydi.
IJTIMOIY SIYOSATNING MAQSADI - barcha fiuqarolar hayot sifatini
oshirish va aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta'min- 
laydigan mexanizmlar yordamida, turli ijtimoiy manfaatlar 
muvozanati asosida ijtimoiy muhit va ijtimoiy kelishuvni yaratish.
IJTIMOIY SOHA - kishilarning mehnat qilishi va dam olishi, maishiy hayoti va
b о sh vaqtini mazmunli о ‘ tkazish uchun yar atilgan shar t- sharoitlarni, 
moddiy farovonligi, maorif va sog'liqni saqlash tizimlarining 
rivojlanganlik darajasini ifoda etuvchi, alohida insonning, oilaviy 
hamda mehnat munosabatlarining takror yaratilishi kuzatiladigan 
hayotiy jarayonlarning namoyon bo'lishi uchun xizmat qiladigan 
zamin.
IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI - aholining munosib turmush sharoiti
va farovonligini taminlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar 
majmuyi. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog'liqni saqlash, maorif, 
sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin.
IJTIMOIY SOHA VA AHOLINI IJTIMOIY Q O *LLAB- QUW ATLASH
XARAJATLARI - o'z tarkibiga maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat 
va sport, fan, ijtimoiy taminot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb 
etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni budj etdan qoplash va oilalarga 
ijtimoiy nafaqalarni oladi.
IJTIMOIY SOHADAGIFAOLLIK - alohida shaxs yoki bir guruh odamlarning
o'z manfaatlari, qadriyatlari, ideallarini himoyalashga qaratilgan 
faoliyati.
IJTIMOIY SOLIQLAR - ish haqi va ishchi kuchiga nisbatan qo'llaniladigan
soliqlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarningijtimoiyta’minotga 
badallari (ajratmalari)dan tarkib topadi.


IJTIMOIY SUG'URTA AJRATMASI - yollovchilar, yollanma xodimlar, o'z-
o'zini ish bilan band qiluvchi shaxslar, ish bilan band bo'lmagan 
shaxslar ijtimoiy sug'urta dasturi uchun to'laydigan to'lovlardan 
tarkib topadi.
IJTIMOIY SUG'URTA DASTURI - ijtimoiy sug'urtalar uchun yollanma
xodimlar,boshqashaxslaryokiyollanmaxodimlaruchunyollovchilar 
to'laydigan ajratmalarvato'lovlar.Buajratmalarvato'lovlarxodimlar 
va boshqa omonatchilar hamda ularga boqimonda shaxslaming, 
o'z boquvchisini yo'qotgan kishilarning ijtimoiy sug'urtaga bo'Igan 
huquqini mablag' bilan ta’minlaydi.
IJTIMOIY SUG'URTA NAFAQASI - ijtimoiy ta’minot fondlari, sug'urta
korxonalari, yollovchilar yoki boshqa institutsion birliklar 
tomonidan ijtimoiy sug'urta dasturiga binoan huquqli hisoblangan 
uy xo'jaliklariga pul yoki natura shaklida to'lanadigan joriy 
transfertlar.
IJTIMOIY SUG'URTA UCHUN ISHGA YOLLOVCHILAR AJRATMASI
- ijtimoiy sug'urtaga ajratma ishga yollovchilar tomonidan aslida 
ro'y bergan yoki shartli tarzda yollovchi to'laydigan (ajratadigan) 
ijtimoiy sug'urta mablag'idan iborat bo'ladi.
IJTIMOIY SUG'URTAGA HAQIQIY AJRATMALAR -
ajratmalar
yollovchilar, yollanma xodimlar, o'z-o'zini ish bilan band qiluvchi 
va ish bilan band bo'lmagan shaxslar ijtimoiy sug'urta uchun 
to'laydigan ajratmalardan tarkib topadi.
IJTIMOIY SUG'URTALASH - nafaqa fondi orqali amalga oshiriladi. Nafaqa
fondi ishchi va aholi mablag'laridan to'plangan jamg'arma bo'lib, 
kelajakda unga muhtoj bo'lganlarga pul tariqasida yoki pul to'lov 
shaklida yordam beriladi.
IJTIMOrYTA’MINOT-keksaygan,mehnatgalayoqatsizbo‘lganvaboquvchisini
yo'qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko'rsatish 
bo'yicha dalat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar 
tizimidir.
IJTIMOIY TA’MINOT NAFAQASI VA TO'LOVLARI - uy xo'jaliklari
tomonidan muayyan tovar yoki xizmat uchun qilingan va ruxsat 
etilgan xarajatlarning ijtimoiy ta’minot jamg'armalari tomonidan 
natura shaklidagi to'lovlar.
IJTIMOIY TA’MINOTNING KO'RINISHLARI - qariyalar va nogironlarga
ijtimoiy xizmat ko'rsatish - nogironlarni “Muruwat” uylariga, yolg'iz 
qariyalarni “Saxovat” uylariga joylashtirish, muhtojlarni protez- 
ortopediya va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, nogiron 
bolalarni kasbga o'qitish va ishga joylashishda yordam ko'rsatish,


pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sog‘ lomlashtirish, 
ularga shahar transportidan, turar joy, maishiy xizmat va soliqlarga 
aloqador imtiyozlar berish.
IJTIMOIY TA’MINOTNING MUHIM ELEMENTLARI - pensiyalar
(keksalik bo'yicha, nogironlik bo'yicha, boquvchisini yo'qotganlik 
bo'yicha) va ijtimoiy nafaqalar (nogiron bolalarga, bolalikdan 
nogironlarga, ishlamagan yolg'iz nogiron va keksalarga) to'lovlari 
hisoblanadi.
IJTIMOIY TO'LOVLAR - moddiy jihatdan kam ta’minlangan mamlakat
fuqarolariga pul yoki natura shaklida yordam ко'rsatish shaklidagi 
tizim hisoblanadi.
IJTIMOIY YO'NALTIRILGAN BOZOR XO'JALIGI KONSEPSIYASI -
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlarini belgilab 
olish asosida davlat tomonidan jamiyat manfaatlarini ko'zlab, 
iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarini rivojlantirish g'oyasi.
IJTIMOIY YORDAM NAFAQASI - pul yoki natura shaklida davlat birliklari
yoki notijorat tashkilotlar tomonidan uy xo'jaliklariga ijtimoiy 
sug'urta tarzidagi ehtiyojlami qondirish uchun, lekin ijtimoiy 
sug'urta dasturidan tashqari to'lanadigan joriy transfertlar.
IJTIMOIY ZARURIY MEHNAT - jamiyatda ishlab chiqarish sharoitlari,
xodimlarning malakasi va mehnat intensivligi o'rtacha bo'lgan 
sharoitda tovar ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat.
IJTIMOIY-AXLOQIY 
MARKETING 
KONSEPSIYASI 
-
firmaning
vazifasiga yakka shaxslarning talabini o'rganish, tahlil qilish, bu 
talablami samarali qondirish, umuman olganda, jamiyat butunligini 
saqlash va mustahkamlash jarayonlari kiradi.
IJTIMOIYLASHUV - shaxsning muomala yordamida mazkur jamoaga,
guruhga, j amiy atga xo s b о' lgan n ormalar, qadriyatlar, yo' 1-yo 'riqlami 
o'zlashtirish asosida uning shakllanish jarayoni.
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK BOSHQARUV USULLARI - xodimlarning
salomatligi va jamoadagi yaxshi ma’naviy-ruhiy holatni saqlash, 
qonunlar va me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish sharoitida 
qo'yilgan maqsadga erishish bo'yicha jamoa (xodim)dagi ijtimoiy- 
psixologik jarayonlarni boshqarishga qaratilgan usuldir.
IJTIMOIY HAMKORLIK - xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo'lgan, turli
millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad 
yo'lidagi hamjihatligi.

156 



IJTIMOIY-AMALIY MARKAZ - ish bilan band bo'lmagan aholi va ishsizlar
o'rtasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish 
o'rinlariniyaratishbilan shug'ullanuvchi, odatda, bandlikmarkazlari 
qoshida tashkil etiluvchi tuzilma.
IKKI MAROTABA HISOBLASH - milliy ishlab chiqarishning hajmini
o'lchayotganda, bir tovar (xizmat) qiymatining ikki martadan 
hisobga olinishi. Bunday hoi oraliq tovarlar qiymati qo'shib 
hisoblaganda ro'y beradi. Chunki iqtisodiyotning alohida bo'g'inlari 
(tarmoq, korxona) da ayrim mahsulotlar yoki ularning qismlari xom 
ashyo materiallar sifatida bir necha tarmoq korxonalarida ishlab 
chiqarishga xizmat qiladi. Shu sababli unda takroriy hisoblash 
mavjud bo'ladi. Uning oldini olish uchun yalpi milliy mahsulot 
(YaMM) hisobotida oraliq mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi.
IKKI MARTA SOLIQQA TORTISH - l ) soliqlarning daromad (kapital)
ning yagona manbayidan olinishi; 2) qo'shma korxona xorijiy 
ishtirokchisining foydasini xorijga o'tkazilayotgan paytda soliqqa 
tortish va xuddi shu foydaning xorijiy ishtirokchi mamlakatida 
soliqqa tortilishi; 3) sof foyda (daromad) (korporatsiyalar foydasi) 
va undan to'lanadigan dividendlarni ular shaxsiy daromadga 
aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to'langan 
soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi 
soliqqa tortish manbayini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan 
ozod qilish yo'li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutulish 
mumkin. 1979-yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar 
o'rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham 
berish uchun maxsus konvensiya ishlab chiqilgan bo'lib, uning 
asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan 
o'matilgan soliqqa tortish tartibiga ko'ra, qo'shma korxona xorijiy 
ishtirokchisi o'z foydasini xorijga o'tkazayotgan paytda qo'shimcha 
soliqdan ozod qilinadi.
IKKILAM CHIAXBOROT - firmaning qo'l ostidagi o'rganilishi lozim bo'Igan
ma’lumotlar (ichki hisobotlar, statistik ma’lumotnomalar, bosma 
nashrlar, telegraf agentliklari axborotnomalari va hokazo).
IKKILAMCHI DEFLYATOR USULI - qo'shilgan qiymati o'zgarmas baholarda
qayta baholash usuli bo'lib, uning uchun awal ishlab chiqarish va 
oraliq iste’mol deflyatorlanadi, so'ngra birinchisidan ikkinchisi 
ayriladi.
IKKILAMCHI IJARA - (ikkilamchi lizing) ijarachi (lizingga oluvchi) ijaraga
beruvchi (lizingga beruvchi)ning roziligi bilan, ijaraga beruvchi 
(lizingga beruvchi)ning oldida ijara (lizing) shartnomasi yuzasidan


javobgarlikni saqlagan holda ijaraga olingan mulkni (lizing 
obyektini) boshqa shaxsga ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing)ga 
topshiradigan shartnoma munosabati.
IKKIYOQLAMA (QO'SH ALOQ) YOZUV - buxgalteriya hisobida schyotlar
tuzishning asosiy qoidasi bo'lib, bunda korxonaning har bir xo'jalik 
operatsiyasi muayyan vaqtda va o'zaro aloqador holda bir xil pul 
miqdorida birdaniga ikkita schyotda: birinchisining debet va 
ikkinchisining kredit qismida aks ettiriladi.
IKKIYOQLAM ASOLIQQATORTISH-1. Turli soliqlarning daromad (kapital)
ning yagona manbayidan olinishi. 2. Qo'shma korxona xorijiy 
ishtirokchisining foydasini xorijga o'tkazilayotgan paytda soliqqa 
tortish va xuddi shu foydaning xorijiy ishtirokchi mamlakatida 
soliqqa tortilishi. 3. Sof foyda (daromad), (korporatsiyalar foydasi) 
va undan to'lanadigan dividendlami ular shaxsiy daromadga 
aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to'langan 
soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi 
soliqqa tortish manbayini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan 
ozod qilish yo'li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutulish 
mumkin. 1979-yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar 
o'rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham 
berish uchun maxsus konvensiya ishlab chiqilgan bo'lib, uning 
asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan 
o'matilgan soliqqa tortish tartibiga ko'ra qo'shma korxona xorijiy 
ishtirokchisi o'z foydasini xorijga o'tkazayotgan paytda qo'shimcha 
soliqdan ozod qilinadi.
ILG 'O R O'ZGARISHLAR DAVRI - menejerlik inqilobi davri. Menejerlik
inqilobiningsabablari.Boshqaruvmadaniyatiningyangiko'rinishlari 
va ularning mazmuni va mohiyati. Tashkilotchilik madaniyati.
ILMIY MUAMMO - fan orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.
ILMIY-TEXNIK SALOHIYAT - mamlakatdagi fan, texnika va muhandislik
ishlarining 
rivojlanish 
darajasi, 
jamiyatning 
fan-texnika 
muammolarini hal qilish uchun mavjud resurs va imkoniyatlarining 
umumiy tavsifnomasi.
IMIJ - 1. Tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o'xshashi va aks ettirishi,
tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog'liq bo'lgan ijtimoiy- 
psixologik holat. Tovar imiji tovarning reputatsiyasi, tovar 
markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona va mamlakat bilan 
assotsiatsiyalashadi. 2. Firmaning mavqeyi, ishlab chiqarayotgan 
molning, xizmatning sifati, rahbarlarning obro'si haqidagi 
buyurtmachi va xaridorning fikri.


IMMIGRATSION KVOTA - xorijiy fuqarolarning kirib kelishini davlat
tomonidan miqdoriy cheklash.
IMPORT (lot. importo - kiritaman) - l ) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish
uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital import 
xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa); 
3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati. 
U vaqtni tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini 
muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko'maklashadi.
IMPORT BOJI - muayyan turdagi mahsulotlar iqtisodiy hududga kirganda, ular
uchun haq to'lash maqsadida olinadigan bojxona boji yoki boshqa 
turdagi import to lovlari.
IMPORT KVOTASI - boshqa mamlakatlardan tovarlarni olib kirishga
miqdoriy limit. Davlatningproteksionistiksiyosatini amalga oshirish 
vositalaridan biri. Masalan, hozirda AQSH yapon avtomobillarini 
mamlakatga olib kirishni miqdoriy cheklab qo'ygan. O'sha 
belgilangan miqdordan (kvota) ortiq yapon avtomobillari AQSHda 
sotilmaydi.
IMPORT O'RNINI BOSISH SAMARASI - mahalliylashtirish jarayonini
amalga oshirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko'rsatilgan 
xizmatlar natijasida tejalgan import mahsulotlari qiymati.
IMPORT OPERATSIYALARI - mahsulotni xorijiy sheriklardan sotib olish va
mamlakatga olib kirish.
IMPORTPOSHLINASI - import qilinayotgan tovarga soliq. Davlatproteksionist
siyosatini olib borish vositalaridan biri.
IMPORT SOLIG'I - bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf
qilinayotgan paytda olinadi. Qo'shilgan qiymat solig'i va aksizlar 
ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Boj poshlinalarini ham iste’mol 
soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat 
foydasiga olinsa, boshqa bir qismi mahalliy budjetlarga borib 
tushadi.
IMPORT SOLIQLARI - quyidagilardan tarkib topadi: tovar, aslida, hududiy
yoki bojxona chegarasidan o'tib, iqtisodiy makonga yetib kelganda, 
mahsulotga (qo'shilgan qiymat solig'i bundan mustasno) 
solinadigan soliq; xizmatdan foydalanuvchi rezident birligi bo'lib, 
xizmat ko'rsatuvchi rezident birligi bo'lmaganda olinadigan soliq.
IMPORT UCHUN SUBSIDIYA - mahsulot iqtisodiy chegaradan o'tganda yoki
rezidentli institutsion birlikka xizmat ko'rsatilganda, tovar va xizmat 
ko'rsatish uchun to'lanishi shart bo'lgan moliyaviy yordam.


IMPORT XARIDLAR SAMARASI - mamlakatning sof eksport hajmi va undagi
narxlar darajasi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan narxlar 
darajasi o'rtasidagi teskari aloqa.
IMPORT-EKSPORT SOLIG‘1 - soliqqa tortishning ko‘rinishlaridan biri; tashqi
savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa 
tortish obyekti bo'lib belgilangan kurs bo'yicha milliy valyutada 
hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og'irlik va miqdor 
birliklarida ifodalangan tovarlar soni.
IMPORTGA CHEGARALANGAN MOYILLIK - importga qilingan
xarajatlardagi o'zgarishning YalM yoki YaMD o'zgarishiga nisbatan 
ulushi. Importga qaratilgan xarajatlar hissasi.
IMPORT O'RNINI BOSISH SAMARASI - mahalliylashtirish jarayonini
amalga oshirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ко rsatilgan 
xizmatlar natijasida tejalgan import mahsulotlari qiymati.
IMTIYOZ - ma’lum bir afzalliklarga ega bo'lish yoki ma’lum bir majburiyatlarni
bajarishdan qisman yoki to'liq ozod bo'lish. Zarar ко‘rib ishlaydigan 
korxonalardan imtiyozli soliqlar olinadi.
IMTIYOZLI AKSIYA - aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqini
beradi va bu bilan boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. 
Ularning imtiyozliligi, bir tomondan aksiyadorlik jamiyati xo'jalik 
faoliyati natijalaridan qat’i nazar, kafolatlanmagan dividendni 
olish imkoniyatidan, ikkinchi tomondan esa aksiyadorlik jamiyati 
tugatilgan vaqtda aksiyalar qiymatini birinchi navbatda olish 
huquqidan iborat.
IMTIYOZLI NARX - ayrim iste’molchilar yoki ayrim paytda qo'llaniladigan
odatdagidan pastroq narx.
IMTIYOZLI SOLIQQA TORTISH - soliq obyektini soliqqa tortish jarayonida
jismoniy yoki yuridik shaxslarning soliqdan qisman yoki to'liq ozod 
etilishi.
IMTIYOZLI 
TO'LANMALAR 
(KOMPENSATSIYALAR) 
-
uy-joy-
kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriy-kurort 
davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini 
to'lash va boshqalar.
INDEKS - 1. Biror iqtisodiy hodisaning izchil o'zgarib borishini ko'rsatadigan
raqamlar ko'rsatkichi. 2. Narx, nom va shunday ko'rsatkichlar 
ro'yxati 3. Harf yoki raqamlarning o'ng tomoniga qo'yiladigan harf 
yoki son ko'rsatkichi.
INDEKS USULI - ishbilarmonlik aktivligining fond indekslari yordamida
tendensiyalami kuzatish.


INDEKSATSIYA - iqtisodiyotdagi narxlarning o'rtacha darajasi o'zgarishiga
bog'liq ravishda ish haqi va boshqa daromadlarni tuzatish, 
kelishtirish.
INDEKSATSIYA QILISH - majburiyatlar bo'yicha to'lovlarning narx-navo
kosatkichi bilan o'zaro nisbatini belgilash, pul talabnomalari va 
turli daromadlarning haqiqiy miqdorini inflyatsiya sharoitida saqlab
INDEKSLAR - jahon fond bozori konyunkturasini tavsiflovchi fond indekslari.
INDEKSLAR DINAMIKASI - indeksning miqdor jihatidan o'sishi yoki
pasayishi.
INDIVIDUAL TOVAR YOKI XIZMAT - shunday tovar yoki xizmatki, ular uy
xo'jaliklari tomonidan muayyan uy xo'jaligi a’zolarining ehtiyoj va 
xohishlarini qondirish uchun xarid qilinadi.
INDIVIDUAL TOVARLAR VA XIZMATLAR - Davlat boshqaruv idoralari
sektori tomonidan alohida olingan fuqaroning yakuniy iste’moli 
uchun bepul beriladigan xizmatlar va tovarlardan iborat.
INDOSSAMENT - qimmatli qog'oz ustidagi ushbu hujjat bo'yicha huquqlarning
boshqa shaxsga o'tkazilganligini tasdiqlovchi o'tkazma (hujjat) 
yozuv.
INDOSSATSIYA QILISH - qimmatli qog'oz, veksel, chek va shu kabilar
bo'yicha huquqni boshqaga o'tkazib qo'yish.
INDUSTRIYA - industriya, sanoat, og‘ir sanoat sohasi. Masalan, mashinasozlik,
metallurgiya sanoati.
INDUSTRIYALASHTIRISH - mamlakat iqtisodiyotini sanoatlashgan asosga
o'tkazish, iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarishi ulushini ahamiyatli 
darajada ko'paytirish, butun iqtisodiyot yoki uning alohida 
tarmoqlarida yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish 
jarayoni.
INFLYATSION SOLIQ.- hukumatning tovarlar va xizmatlami sotib olishi uchun
zarur mablag'larni to‘plash, budjet taqchilligini moliyalashtirish 
uchun, pul taklifini oshirish yo'li bilan aholining pul mablag'larini 
bilvosita olishi tushuniladi.
INFLYATSIYA (lot. shishish, ko'pchish, ko'tarilish) - mamlakatda muomalada
yurgan qog'oz pul miqdorining xo'jalik muomalasi ehtiyojlaridan 
ortiq darajada oshib ketishi. Pulning qadrsizlanishi. Inflyatsiya 
quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Biror omil tufayli kelib chiqqan 
inflyatsiya. 2. Kredit inflyatsiyasi - kredit ajratishning haddan 
ortiq kengayishi tufayli kelib chiqadi. 3. Sudraluvchan inflyatsiya


Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin