AGRAR SIYOSAT - davlatning agrar munosabatlar (qishloq xo'jaligi) sohasidagi
faoliyatibo'lib, u agrar masalalar, qishloq xo'jaligi, yer mulkchiligi va
hokazolarni rivojlantirish yo'llari haqidagi masalalami hal qilishga
qaratilgan iqtisodiy siyosatning bir turi.
AGRARSANOAT MAJMUASI - qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab
chiqarish (yetishtirish), taqsimlash, qayta ishlash va iste’mol qilish
bo'yicha o'zaro iqtisodiy munosabatlar bilan bog'liq xalq xo'jaligi
tarmoqlari yig'indisi. Qishloq xo'jaligi, sanoat va qayta ishlash
sanoatini o'z ichiga oladi.
AGREGIRLASH - alohida birliklar yoki ma’lumotlarni bitta ko'rsatkichga
birlashtirish. Masalan, bozor iqtisodiyotida qog'oz va tanga pullar,
chekli qo'yilmalar, kredit kartochkalari, muddatli yirik qo'yilmalar
va shu kabilar mavjud. Agregirlash natijasida ular guruhlarga
ajratilgan, ular pul agregatlari deyiladi (
Dostları ilə paylaş: