’«W & S b X & r
* * ’—
Ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi bo'Igan operatsiyalar
(materiallarni qazib olish, tashish, yuklash, yuklash-taxlash, saqlash
va b.) ularni bajarish bo'yicha instruksiyalar, texnik qoida va
talablar, grafiklar va b. ham texnologiyaga kiradi. Texnologiyaning
fan sifatidagi vazifasi amalda eng samarali va tejamli ishlab chiqarish
jarayonlari (eng kam vaqt va material resurslar talab qiladigan)ni
aniqlash va ulardan foydalanish maqsadida Hzik, kimyoviy, mexaniq
va b. qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Zamonaviy texnologiyani
rivojlantirishning asosiy yo'llari mashina va uskunalardan samarali
foydalanish, uzlukli (diskret, siklli) texnologikjarayonlardan uzluksiz
potok usuliga o'tish, yoqilg'i, energiya, material va xomashyodan
to'la foydalanishdan iborat.
TEXNOPOLIS - innovatsion jarayonni aktivlashtirishga mo'ljallangan ochiq
iqtisodiy zona shakllaridan biri. Texnopolisning rivojlanish dasturi
o'z ichiga fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni o'tkazib,
ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilishni talab etadi.
Texnopolis davlat yordami (qo'llab-quwatlashi)da faoliyat olib
boradi.
TEXNOPARK - o'z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va
rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab
chiqilgan texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil
etiluvchi tuzilma.
TEZKOR HISOB - tezkor yoki tezkor-texnik hisob xo'jalik faoliyatining ayrim
uchastkalarida reja bajarilishi to'g'risidagi axborotlarni sistematik
ravishda olib turish maqsadida ma’lum xo'jalik muomalalarini
bevosita joyida va ular amalga oshishi paytida ro'yxatga olish
tizimi bo'lib hisoblanadi. Tezkor hisob ma’lumotlaridan xo'jalik
jarayonlari bevosita amalga oshgan paytda kundalik nazorat
qilish va boshqarish uchun foydalaniladi. Tezkor hisobning ko'p
ma’lumotlari umumlashtirilib, tarmoqlarni boshqarish uchun
foydalaniladi.
TIBBIY SUG'URTA- aholi sog'lig'ini himoya qilish vositalaridan biri. Sug'urta
hodisasi ro'y berishi munosabati bilan, sug'urta polisi orqali bepul
tibbiy xizmat ko'rsatilishi. Tibbiy xizmat ko'rsatish bilan bog'liq
xarajatlarni sug'urta kompaniyasi to'laydi. Tibbiy sug'urta majburiy
yoki ixtiyoriy bo'ladi.
TIJORAT BANKI - sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash,
shuningdek, xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlari
ko'rsatish (joriyschyotlarniyuritish, tijorat, iste’molchilikva ipoteka
qarzlarni berish va hokazolar)ga ixtisoslashtirilgan bank. Tijorat
413
banklari pay badali yoki aksionerlik (hissadorlik) asosda tuziladi
va quyidagicha farqlanadi: ustav kapitalini shakllantirish bo'yicha
(davlat, xorijiy kapital va boshqalar ishtirokida), ixtisoslashish
bo'yicha (masalan, agrobank, innovatsiya banki), faoliyat ko'rsatish
hududi bo'yicha, amalga oshiriladigan operatsiya turlari bo'yicha
va hokazo usullariga qarab. Tijorat bankining mablag'lari o'zining
xususiy (ustav fondi, zaxira fondi va boshqa foyda hisobiga tashkil
topadigan fondlari) va jalb qilingan (korxonalar schyotlaridagi,
ularning qo'yilmalari va depozitlari, fuqarolarning omonatlari va
hokazolar) mablag'lariga bo'linadi.
TIJORAT JADVALI - har oyda tuziladigan tashqi savdo yuklarining kemalarga
ortilishi ko'rsatilgan asosiy hujjat.
TIJORAT KREDITLARI - ishlab chiqaruvchi subyektlarning iste’molchi
subyektlar va xo'jalik subyektlari o'rtasida tovar shaklida ma’lum
muddati uzaytirilgan qarzi.
TIJORAT SIR! - korxona, ishlab chiqarish va savdo-sotiqning bevosita
ishtirokchilarigagina ma’lum bo'lgan va boshqalarga e’lon
qilinmaydigan ma’Iumotlar.
TIJORATCHI - tadbirkorlik bilan shugullanuvchi, bitimlar tuzuvchi mustaqil
xo'jalik birligi yoki shaxs.
TIJORATLASHTIRISH (KOMMERSIALIZATSIYA) - yangi mahsulotni
ishlab chiqish bosqichi; bozorga kirib borish vaqtini to‘g'ri tanlash,
turlibozorlarda faoliyatko‘rsatish hajmi vaketma-ketligi, mahsulotni
operativ harakatlantirish va taqsimlash bo'yicha samarali usullar,
shuningdek, marketing rejasini ishlab chiqish jarayoni.
TIJ ORATLASHUV - tovar, mahsulotni yirik masshtabda (seriyali) ishlab
chiqarish va taqsimlash (sotish).
TILXAT - kvitansiya, pul yoki biror qimmatli narsa qabul qilinganligi to'g'risida
berilgan rasmiy tilxat.
TIQILIB QOLISH - ma’lum bir bosqich faoliyati, natijalarini keying bosqichga
yetkazib bera olmasligi sababli, majburiy to'xtatib turilishi holati.
TIRIKCHILIK MINIMUMI - mehnatkashlar va ularning oilasi tirikchiligini
eng past darajada ta’minlash uchun zarur bo'lgan hayot vositalari
(iste’mol mollari va xizmatlar) qiymatining pul shaklidagi ifodasi.
TIZIM - l) yaxlit ta’limni, uning birligini belgilovchi bir-biri bilan qonuniy
bog'liq aksariyat unsurlar (predmetlar, hodisalar, qarashlar,
bilimlar va boshqalar); 2) qismlarning ma’lum bir bog'lanishlarda,
harakatlarning o'ta izchillikda rejali, to'g'ri joylashish tartibi.
414
TIZIMLI YOZUV - buxgalteriya hisobi schyotlarida xo'jalik muomalalarini
ma’lum tizimda registratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo'jalik
muomalalarini bir xil iqtisodiy belgilariga qarab guruhlash amalga
oshiriladi. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi obyektlari bo'yicha
ma’lumot olish imkoniyatini beradi. U alohida hisob registrlari
(bosh daftar) da yoki xronologik yozuv bilan birga bir registr ( jumal-
order)da amalga oshiriladi. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik
yozuv ma’lumotlari bilan bog'langan.
TO'PLAM BIRLIGI - to'plamda kuzatish talab etiladigan element.
TO'PLAM BIRLIKLARI - bu statistik to'plamni tashkil etuvchi elementlardir.
T O 'G 'R I (BEVOSITA) SOLIQLAR - daromad solig'i, foyda solig'i, resurs
to'lovlari, mol-mulk solig'i va boshqalardan iborat bo'lib, ularga
egalik qilish va ulardan foydalanish soliqqa tortish uchun asos bo'lib
xizmat qiladi.
T O 'G 'R I (BEVOSITA) SOLIQQA TORTISH - shaxsan yoki ish beruvchi
orqali soliqlarni soliq xizmatlariga to'g'ridan-to'g'ri to'lash orqali
amalga oshiriladigan jamiyat a’zolarini bevosita soliqqa tortishdan
iborat. Aniq bir shaxsning ahvoliga bog'liq bo'lmasdan, balki uning
qanday mahsulotlarni sotib olishiga bog'liq bo'lgan egri (bilvosita)
soliqqa tortishdan farq qiladi.
T O 'G 'R I KAFOLATLAR - bunda kafolat beruvchi tomon bevosita eksport-
importoperatsiyalarigakafolatberadi. Bunda mazkur to'Iovbo'yicha
majburiyatlarini to'liq o'z zimmasiga oladi. Bunday kafolatlar to'lov
talabnomalari bo'yicha hisob-kitoblar, hujjatlashtirilgan akkreditiv
bo'yicha hisob-kitoblarda keng qo'llaniladi.
TO 'G 'RID AN -TO 'G 'RI INVESTITSIYALAR - bevosita mahsulot ishlab
chiqarish yoki xizmat ko'rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada
kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli
kapital qo'yilmalar kiritish. To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar
investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat
qilish imkonini beradi.
TO 'G 'RID AN -TO 'G 'RI XORIJIY INVESTITSIYALAR - o'zga mamlakat
rezidentlari tomonidan boshqa mamlakat real aktivlariga mablag'
kiritish, uni tasarruf etish va ular ishlatilishi ustidan nazorat
o'rnatish. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tavsifiga
ko'ra aksiyalarning kamida 10 foiziga egalik qilish.
TO'LDIRUVCHI TOVARLAR - birgalikda, komplektlarda iste’mol qilinadigan
tovarlar.
415
T O 'L IQ BANDLIK - ishlab chiqarish uchun yaroqli bo'Igan barcha
resurslardan foydalanish. Ishchilar majburiy ishsiz bo'lmasliklari,
ekiladigan yerlar va dastgohlar bekor turmasligi kerak.
T O 'L IQ ISH BILAN TA’MINLASH - kasbga oid mehnat bilan ta’minlanish
bo'lib, u shaxsga daromad keltiradi va o'zi hamda oilasining munosib
turmush kechirishiga sharoit yaratadi.
T O 'L IQ ISHLAB CHIQARISH HAJMI - resurslarni samarali taqsimlash,
ya’ni qo'llanilayotgan resurslardan shunday foydalanish kerakki,
bunda mahsulotning hajmi o’sib borsin.
TO 'LO V AYLANMASI - mamlakat iqtisodiyotidagi barcha pulli to'lovlar (pul
to'lovlarining) majmuyi (yig'indisi, to'plami).
TO 'LO V BALANSI - 1. Ma’lum bir davr (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida
mamlakat tomonidan xorijga to'langan to'lanmalar va xorijdan
olingan to'lovlar o'rtasidagi nisbat. O'z ichiga tegishli davrda
mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi
savdo balansi, xizmatlar balansi va notijoriy to'Iovni oladi. Bularning
barchasi joriy operatsiyalar bo'yicha to'lov balansini shakllantiradi.
Mamlakatningumumiyto'lovbalansiesajoriyoperatsiyalarbo'yicha
to' lov balansi, kapitallar va kreditorlar harakati balansi, shuningdek,
oltin va valyuta rezervlari harakati balansidan tashkil topadi. 2.
Mamlakatning butun xalqaro iqtisodiy faoliyati natijalarini o'zida
aks ettiruvchi balans. Xalqaro valyuta fondining klassifikatsiyasi
bo'yicha to'lov balansi o'z ichiga: a) joriy operatsiyalar balansi; b)
pul kapitallari balansi; d) rasmiy valyuta rezervlaridagio'zgarishlarni
qamrab oladi. Umuman olganda, har qanday tashqi iqtisodiy bitim
valyutalarni xarid qilish, sotish bilan bog'liq, binobarin, davlatning
tashqi iqtisodiy faoliyati xorijiy valyutalarning kelib tushishi va
sarflanishida o'z aksini topadi. Shuning uchun to'lov balansida
valyutalarning kelib tushishi (+) sarf qilinishi ( - ) bilan belgilanadi
(qarang, joriy operatsiyalar balansi, kapitallar harakati balansi).
TO 'LO V FUNKSIYASI - o'yin natijasi bo'lib o'yinchining yutug'ini yoki
yo'qotishini bildiradi.
TO 'LO V MANBAI - soliq to'lovchiga to'lovlami amalga oshiruvchi yuridik
shaxs.
TO 'LO V QOBILIYATIGA EGA BO'LGAN EHTIYOJ - ehtiyojning ma’lum
paytda to'lov vositasi (mablag') bilan ta’minlangan qismi.
TO 'LO V TOPSHIRIG'I - korxona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan
o'z schyotidan mablag' o'tkazish zarurligi haqidagi topshirig'i.
416
TO 'LO V TOPSHIRIQNOMASI - muassasaning boshqa shaxsning hisob-
raqamiga pul o'tkazishi ko'rsatiladigan va ushbu muassasaga
xizmat ko'rsatadigan bankka bergan topshirig'i mazmuniga ko'ra
tayyorlangan hisob-kitob hujjati.
TO 'LO V VALYUTASI - tomonlarning keUshuvi bilan tovarlarning tashqi
savdo aloqalarida haqini to'lashda yoki xalqaro kreditni qaytarishda
ishlatiladigan valyuta.
TO'LOVGA LAYO QATLILIK - bank zarur muddatlarda kredit-omonatchilar,
banklar davlat oldidagi majburiyatlarini to'la summada bajara olish
layoqatini bildiradi.
TO'LOVGA QOBILIYATSIZLIK - firma yoki davlatning moliya yoki
valyuta-moliyaviy ahvoli, bunda ular o'z vaqtida moliyaviy
majburiyatlarini bajara olmaydilar.
TO'LOVGA QODIRLIK - yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy
majburiyatlarini o'z vaqtida bajara olish imkoniyati.
TO'LOVLARNING NAVBATLILIGI - bir necha muddatli va muddati
o'tib ketgan to'lovlar mavjud bo'lganda va ularni to'liq to'lash
(qaytarish, uzish) uchun mablag'lar yetarli bo'lmagan holda
to'lovchining hisob varag'idan pul mablag'larini o'tkazish (olish,
undirish) ketma-ketligi.
TO'LQINSIMON NAZARIYA - Elliotning to'lqinsimon nazariyasi, texnik
tahlil nazariyasi.
TO'XTOVSIZ INVENTARIZATSIYA USULI - asosiy fondlami tiklashdagi
bahosini aniqlash uchun (u yoki bu kunga nisbatan). Buning uchun
baho indekslari yordamida investitsiyalarning tiklashdagi bahosi
aniqlanadi.
TOMAS M O R - (1478-1535) ingliz olimi. “Utopiya” (1516) asarida hayoliy
sotsializm g'oyalarini bergan, “qo'ylar odamlarni yeb qo'ydi”
iborasining muallifi (dehqonlarning o'z yerlaridan mahrum
qilinishi). “Utopiya” so'zi yunoncha “u” - yo'q va “topos” - joy
so'zlaridan tashkil topgan, ya’ni bu so'zning ma’nosi “o'zi yo'q
»
1
•
joy dir.
TOMMAZO KAMPANELLA - (1568-1639) italyan iqtisodchisi. Italiyadagi
og'ir iqtisodiy ahvolni ko'rgan. “Oftob shahri” (1602 yilda yozilib,
1632 yilda chop etilgan) kitobida umumiy mulkchilik, mehnat
asosida hayoliy sotsializm g'oyalari rivojlantirilgan.
TOMOMAN (PRINSIPIAL) YANGI TOVAR - birinchi marta yaratilgan va
hayotda o'z o'xshashlariga ega bo'lmagan tovar.
4 1 7
TOTAL (HAR TOMONLAMA) YONALTIRILGANLIK
-
doimiy
tarzda iste’molchiga yo'naltirilganlik, u bilan teskari aloqa o'rnatish
hamda sotuvdan keyingi xizmat ko'rsatish hisobiga, mahsulotni
tizimli takomillashtirib borish.
TOVAR - bozorda oldi-sotdi orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli. Tovar
shunday mahsulotki, u ishlab chiqaruvchilarning emas, balki
boshqalarning talab-ehtiyojini qondirish uchun yaratiladi. Shu
sababli u ayirboshlanadi. Tovar moddiy shakldagi mahsulot
bo'lishi shart emas, xizmatlar ham tovar shakliga kiradi. Turli
moddiy shakldagi aqliy mehnat mahsuli, ilmiy-texnikaviy g'oyalar
va ishlanmalar, nomoddiy shakldagi xizmatlar (davolash, o'qitish,
muzika, raqs ijro etish, qo'shiq kuylash kabilar) har xil qiymatli
qog'ozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, valyuta) ham tovar bo'ladi.
Tovar bozorda pul vositasida ayirboshlanadi.
TOVAR ASSORTIMENTI - foydalanish maqsadi, bir xil mijozlarga sotilishi,
yoki bir xil do' konlar orqali sotishni, yoki bir xil narxlar chegarasida
sotilishiga qarab turib o'zaro bog'liq bo'lgan tovarlar guruhidir
(avtomobillar assortimenti, pardoz vositalari assortimenti va h.k.)
TOVAR BELGISI - qonun bilan himoyalangan marka yoki uning qismi,
biror ishlab chiqaruvchining tovar va xizmatlarini boshqa ishlab
chiqaruvchining o'xshash tovar va xizmatlaridan farqlash uchun
mo'ljallangan original grafik tasvir, raqam, harf yoki so'zlarning
birikmasidir.
TOVAR BIRJASI - bir yoki bir necha xil tovar bilan ulgurji savdo-sotiqni
amalga oshiruvchi tijorat korxonasi. Tovar birjasi korxona va
tashkilotlar o'rtasida oldi-sotdi aloqalarini yurgizadi. Tovar birjasi
ochiq yoki yopiq turda bo'ladi. Ochiq birjada birja a’zolari bilan bir
qatorda boshqa tadbirkor savdo qila oladi. Yopiq birjada birjaning
a’zosi bo'lganlargina savdo qiladi. Birja savdolashuvida shakllangan
narxlarbirjakotirovkalari deb yuritiladi va ular har kunie'lonqilinadi.
Tovar birjasi daromadi birja muomalasi ishtirokchilari to‘laydigan
xizmat haqidan tashkil topadi. O'zbekistonda 1993-yilda tovar-
xomashyo birjasi tashkil etilgan.
TOVAR HARAKATI - tovarlarning ishlab chiqarilgan joydan iste’mol
qilinadigan joygacha jismoniy harakati bo'lib, ularni joylashtirish,
saqlash, jo'natish,
tashish, yuklash,
tushirish,
zaxiralarini
shakllantirish jarayonlaridan iborat.
TOVAR HAYOTINING BOSQICHLARI - tovarning hayotiy davrida unga
bo'lgan talab xarakteri va uni sotish darajasi bilan belgilanadigan
hamda ajralib turadigan alohida paytlar (bosqichlar).
418
.
TOVAR INNOVATSIYASI - l ) mahsulotni takomillashtirishning original,
sifati yaxshilangan va modifikatsiyalangan mahsulot ishlab chiqarish
bilan bog'liq bo'Igan uzluksiz jarayoni. Tovarning hayotiylik davri
uzunligini vakorxonaningrentabelligini ta’minlovchi chora-tadbirlar
ichida alohida o'ringa ega. O'z ichiga mahsulotni differensiyalash
va diversifikatsiyalashni kiritadi; 2) bozorga yangi mahsulotni yoki
mahsulotlar guruhini olib kirish.
TOVAR ISHLAB CHIQARISH - oldi-sotdi orqali tovarlarni ayirboshlash
uchun mahsulotiarni ishlab chiqarish. U ibtidoiy tuzum yemirilishi
davrida vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kdishi
sabablari quyidagilar: ijtimoiy mehnat taqsimoti; tovar ishlab
chiqaruvchilarning xususiy mulkni vujudga kelishi natijasida
alohidalashuvi. Bozor iqtisodiyotinlng o'zi tovar ishlab chiqarishga
asoslangandir. Tovar ishlab chiqarish umuminsoniy hodisa
hisoblanadi. Tovar ishlab chiqarishni qiymat qonuni talab va taklif
qonuni, pul muomalasi qonunlari tartibga soladi.
TOVAR ISTE’MOLI - sotib olingan mahsulotdan foydalanish, uni ishlatish
jarayoni.
TOVAR KAFOLATI - tovarning iste’mol jarayonida ma’lum davr ichida o'z
foydali funksional xossalarini to'la saqlab qolishi bo'yicha olingan
javobgarlik, mas’uliyat.
TOVAR MARKASI
-
bir
ishlab
chiqaruvchi,
sotuvchi
tovarlarini
umumlashtiruvchi va boshqalar tovarlaridan ajratib turuvchi nom,
termin, belgi, tasvir, timsol yoki ularning birgalikdagi yaxlit shakli.
TOVARNARXI - ayirboshlashda tovar uchun to'lanadigan mablag', pul miqdori.
TOVAR NOMENKLATURASI - muayyan sotuvchi tomonidan xaridorlarga
taklif qilinadigan barcha tovar assortiment guruhlari va tovar
birikmalarining yig'indisi. Tovar nomenklaturasi uning kengligi
(assortiment guruhlari soni), to'yinganligi (ayrim tovarlar soni),
chuqurligi (tovar taklifi variantlari), uyg'unlashuvi (tovarlarning
turli xil assortiment guruhlari o'rtasidagi yaqinlik) nuqtai nazaridan
ta’riflanadi.
TOVAR O'RAM I - tovarni solish, joylash, saqlash uchun xizmat qiladigan idish.
TOVAR OBOROTI - tovarlarning aylanishi, ishlab chiqarish va iste’molni bir-
biriga bog'lovchi takror ishlab chiqarish jarayonining bosqichi.
Tovar muomalasi sohasida ishlab chiqarilgan mahsulot oldi-sotdi
orqali ayirboshlanadi. Tovar oborotining aniq tashkil etilishi ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishga olib keladi. Tovar muomalasi
sohasi tarmoqlar (savdo, tayyorlov) uchun tovar oboroti ular
419
faoliyatlarining asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birga
tovar oboroti tovar muomalasi ko'lamlarini ko'rsatuvchi muhim
xalq xo'jaligi ko'rsatkichi hisoblanadi.
TOVAR SIFATI - tovarni iste’mol qilish va undan foydalanish jarayonida aniq
ehtiyojni qondirish darajasi.
TOVAR SILJITISH - tovar haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazish va
singdirish, iste’molchilar bilan aloqa o'rnatish faoliyati.
TOVAR SIYMOSI - tovarning iste’molchilar ongida shakllangan tasawuri.
TOVAR SIYOSATI - tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va ularga erishishga
yo'naltirilgan tadbir va strategiyalar majmuyi, yangi tovar yoki
tovarlar guruhini bozorga olib kirish (innovatsiya), bozorda mavjud
bo'lgan tovarlarni zamonaviylashtirish (variatsiya) yoki ishlab
chiqarish dasturidan tovar ishlab chiqarishni chiqarib tashlash
(eliminatsiya), shuningdek, assortment siyosatidan iborat.
TOVAR SOTISHNI RAG'BATLANTIRISH - turli vositalar, usullar, tadbirlar
yordamida tovar sotuvchilar va oluvchilarning qiziqishini
kuchaytirish.
TOVAR STRATEGIYALARI - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar hayotiylik
davrining istalgan bosqichida foyda olish va savdo hajmining
barqaror bo'lishini ta’minlashi mumkin bo'lgan asosiy prinsipial
yo'nalishlari.Tovarstrategiyasiningasosiyturlari:tovaryokixizmatlar
innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar nomenklaturasini
optimallashtirish yo'nalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning
samarali faoliyat ko'rsatishi va raqobatbardoshligini ta’minlash
uchun sharoitlar yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.
TOVARTAKLIFI - bozorda mavjud bo'lgan tovarlar majmuyi.
TOVAR TANNARXI - tovarni ishlab chiqarish uchun bevosita, to'g'ridan-to'g'ri
qilingan xarajatlar qiymati.
TOVAR TAQCHILLIGI - bozorda tovarlarning muntazam va surunkasiga
yetishmay, ularga bo'lgan talabning doimo qondirilmasligi.
TOVAR TARQATISH - ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchilarga yetkazib
berish faoliyati.
TOVAR TARQATISH KANALI - tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan
iste’molchilarga bo'lgan makon va zamonda tovar harakatini amalga
oshirish va mulk huquqini o'z zimmasiga oladigan tashkilotlar,
korxonalar, shaxslar to'plami; ishlab chiqarishdan iste’molgacha
tovar o'tadigan yo'l.
4
2
0
TOVAR VARIATSIYASI - ishlab chiqarilayotgan va bozorda mavjud bo'lgan
tovarni uning ayrim xususiyatlari yoki ko'rsatkichlarini o'zgartirish
yo'li bilan modifikatsiyalash. Tovarning tabiiy (materiali, sifati),
estetik (dizayni, rangi, shakli), simvolik (tovar markasining nomi)
xususiyatlari va firmaning bo' linmalari faoliyati bilan b og' liq b о ' lgan
xususiyatlari o'zgartirilishi mumkin. Tovar sifatini yaxshilash, uning
foydaliligini oshirish, shakli va stilini yaxshilash strategiyasi tovar
modifikatsiyasining muhim strategiyasi bo'lishi mumkin.
TOVAR XO'JALIGI - tovar ishlab chiqarishga asoslangan va bozor orqali ishlab
chiqarish bilan iste’mol o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikni ta’minlovchi,
iqtisodiyotni tashkil qilishning ijtimoiy shaklidir.
TOVAR XOSSALARI - tovarning iste’mol qiymati va qiymati. Tovar qiymati
tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnatdir.
U tovarlar
ayirboshlanishida ifoda etiladi, tovar narxining obyektiv asosi
hisoblanadi. Qiymat miqdorini ayrim ishlab chiqarishning yakka
tartibdagi sarflangan mehnati emas, balki ijtimoiy-zaruriy mehnat
sarfi, ya’ni tovarning aksariyat qismini yaratish uchun ketgan, ya’ni
o'rtacha mehnat malakasi, mehnat shiddati va texnika darajasi
sharoitida sarflangan va ehtiyojini qondirganligi uchun jamiyat
tomonidan e’tirof qilingan mehnat belgilaydi. Tovarning iste’mol
qiymati uni biror-bir ehtiyojlarni qondira olishidir. Narsaning
foydaliligi uni iste’mol qiymatiga aylantiradi va undan foydalanishda
namoyon bo'ladi. Tovarning iste’mol qiymatlari har qanday jamiyat
boyligining moddiy mazmunini tashkil etadi. Demak, tovar ikki
xossaga, ya’ni iste’mol qiymati va qiymatga ega. Tovar iste’mol
qiymati va qiymatning birligidan iborat.
TOVARDA
GAVDALANGAN
MEHNATNING
IKKI
YOQLAMA
XARAKTERI - tovarning ikki xossasi borligiga sabab unda
gavdalangan mehnatning ikki yoqlama xarakterda ekanligidan
kelib chiqadi. Har bir alohida olingan tovarda nafli mehnat
mujassamlangandir. Masalan, kostumdayigiruvchilar, to'qimachilar,
tikuvchilar; nonda - nowoy, traktorchi, kombaynchi va boshqalar.
Agar har bir aniq iste’mol qiymatida, masalan, kostumda ma’lum
nafli aniq mehnat gavdalansa, uning qiymatida ish kuchi sarfi
sifatida umumiy sarf qilingan inson mehnati gavdalanadi. Aniq
mehnat turlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, tikuvchining
mehnati nowoyning mehnatidan farqlanadi, chunki birinchisi
kostum yaratadi, ikkinchisi esa non. Inson mehnatining umuman
sarflanishi nuqtai nazaridan, ya’ni inson jismoniy, ma’naviy, ruhiy
energiyasi nuqtai nazaridan tikuvchi va now oy mehnati bir xildir,
ya’ni u abstrakt mehnatdir.
421
—
TOVARLAR - mulkchilik huquqi qo'IIanishi mumkin bo'Igan fizik predmet
(buyum)lar. Tovarlar ayni paytda turli turdagi subyektlarda egalik
qilish xohishini uyg'atuvchi, talab hissini tug'diruvchi predmet
shaklida namoyon bo'lishi kerak.
TOVARLAR HAYOTIY SIKLI
-
marketing
nazariyasining
asosiy
elementlaridan biri bo'lib tovarlar hayotiy sikli va uning asosiy
bosqichlari tushunchasi xizmat qiladi. THTS konsepsiyasi asosida
eski tovarlarni takomillashtirish va yangi tovarlarni yaratish bo'yicha
marketing xatti-harakatlari ketma-ketligi aniqlanadi.
TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORI - 1. tovar birjalari; 2. ulgurji
bozor va chakana savdo; 3. marketing tashkilotlarini tashkil etish va
ularning faoliyat ko'rsatishini talab etadi.
TOVARLARGA SOLIQLAR - narxdan aniq foizda tovarning har bir
birligidan absolut miqdorda belgilanadigan tovar va xizmatlarga
soliqlar.
TOVARLARNI
(ISHLARNI,
XIZMATLARNI)
REALIZATSIYA
QILISHDAN OLINGAN TUSHUM - realizatsiya qilingan
tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim bo'Igan)
mablag'lar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar
(ishlar, xizmatlar) uchun haq to'lash yoki qarzni uzish hisobiga
tushadigan mol-mulk qiymati.
TOVARLARNI EKSKLYUZIV TARQATISH - ma’lum hududda ayrim
tovarlarni tarqatish, sotish huquqi yagona bir vositachiga beriladi.
TOVARLARNI EKSPORT QILISH - O'zbekiston Respublikasining bojxona
hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo'lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib
chiqish
TOVARLARNI INTENSIV (JADAL) TARQATISH - kundalik iste’mol
tovarlarini mumkin qadar ko'proq joylarda tezroq sotish.
TOVARLARNI JALB ETIB TARQATISH - awaliga iste’molchilarda yangi
tovarga talab shakllantirish, so'ng vositachilarni jalb etish.
TOVARLARNI SELEKTIV TARQATISH - tovarlarni tarqatishda ishtirok
etishni istagan vositachilardan faqat ayrimlari jalb etiladi.
TOVARLARNI SHAXSIY SOTISH - tovar sotish maqsadida bir yoki bir necha
bo'lajak xaridor bilan suhbatlashib, tovarni og'zaki taqdim etish.
TOVARLARNI SOTISH TIZIM I - marketingning asosiy bo'g'ini va tovarni
yaratish, ishlab chiqarish va iste’molchigacha etkazish bo'yicha
butun firma faoliyatining so'nggi qismidir.
Dostları ilə paylaş: |