w sxih*— -
Ц § —-««resNXKtoOt»*—
DAVLAT MAQSADLI JAMG ARMALARI - Davlat budjeti tarkibida
jamlantiriladigan jamg'armalar bo'lib, ularning har biri uchun
mablag'lar manbalari, har bir manbadan mablag' tushishi normalari
va shartlari, shuningdek, shu mablag'lardan foydalanilishi mumkin
bo'lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
DAVLAT TASHQI QARZI - davlat tomonidan xorijdan mablag' jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi
majburiyatlarining yig'indisi.
DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH - davlat mulkini mulkchilikning
har xil mulk shakllariga aylantirish demakdir.
DAVLAT TOMONIDAN ICHKI MABLAG'NI JALB QILISH - aktivlarni
ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb
etish hamda buning natijasida O'zbekiston Respublikasining qarz
oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o'z kreditlari
(qarzlari)ni to'lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi.
DAVLAT TOMONIDAN XORIJDAN MABLAG' JALB QILISH - aktivlarni
xorij manbalari (chet el davlatlari, norezident yuridik shaxslar
va xalqaro tashkilotlar)dan jalb etish hamda buning natijasida
O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz
oluvchi rezidentlarning o'z kreditlari (qarzlari)ni to'lashiga kafil
sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi.
DEBET - buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv schyotlarning debeti
bo'yicha hisob obyektining ko'payishi aks ettiriladi, passiv
schyotlarning debeti bo'yicha esa kamayishi yoziladi. Hisoblashish
schyotlarida debet mazkur korxonaning boshqa korxona va
shaxslardan oladigan summasini aks ettiradi (debitorlik qarzlari).
Debet qoldiq (saldo) faqat aktiv schyotlarda bo'lishi mumkin.
DEFLYATSIYA - inflyatsiya davrida muomaladagi qog'oz pulni kamaytirish.
Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga
qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlarini qo'llash orqali amalga
oshiriladi.
—
119
ECONOMICS - odamlar o'z ehtiyojlarini qondirish maqsadida, cheklangan
resurslarga ega bo'laturib, har xil mahsulot va xizmatlar ishlab
chiqarishni qanday tashkil qilishni o'rganuvchi fan.
ECONOMY - odamlarning mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish, taqsimlash va
iste’mol qilish borasida olib boradigan xo'jalik faoliyat turlarining
majmuasi.
EFFEKTFVLIK - har xil ko'rinishdagi iqtisod resurslari yoki resurslar majmuyi
bilan iqtisodiy faoliyat amaliy natijalari nisbatini aks ettiruvchi
iqtisodiy kategoriya.
EGALIK
QILISH
MUMKIN
BO'LGAN
DAROMAD
(MAVJUD
DAROMAD) - institutsion birlik muayyan hisobot davrida
o'zining naqd pul aktivlarini kamaytirmasdan yoki passivlarini
ko'paytirmasdan tovar va xizmatlarning pirovard iste’moli uchun
sarflashi mumkin bo'lgan maksimal daromad yig'indisiga egalik
qilish mumkin bo' lgan daromad.
EGASINING NOMI YOZILGAN QIMMATLI Q O G 'O ZLAR - mulkiy
huquqlarning realizatsiya qilinishi o'z egasining ro'yxatdan
o'tkazilgan bo'lishini talab etadigan qimmatli qog'ozlar.
EGRI (BILVOSITA) SOLIQLAR - xo'jalik aktlari va aylanmalari hamda
moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi. Bu soliqlarning tarkibiga
qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar, bojxona bojlari, qimmatbaho
qog'ozlar bo'yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar
kiradi. Ular baho yoki tarifga ustama (qo'shimcha) tarzida
(ko'rinishida) o'rnatilib, soliq to'lovchilaming daromadlari bilan
belgilanadigan (aniqlanadigan) to'g n (bevosita) soliqlardan farq
qiladi.
EGRI CHIZIQABRISI - trendning grafikdagi alohida qismi.
EHTIMOL (ingl. probability) - ma’lum natijaga erishish imkoniyati.
EHTIMOLLAR NAZARIYASI - tasodifiy hodisalarning ehtimolligi bo'yicha
o'zaro aloqada bo'lgan boshqa hodisalarning ehtimolligini aniqlash
bilan bog'liq matematika fani. Ehtimollar nazariyasi asosida
tasodifiy hodisalarning ro‘y berish ehtimolligi katta yoki kichik
ekanligi aniqlanadi.
EHTIYOJ - insonlarning, ijtimoiy guruhlarning yashash va mehnat qilish
jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalardir.
Ehtiyoj subyektlarning o'zaro bog'liqligi va ularning faoliyatida
umumiy manfaatdorlikni ifodalaydi.
EKIN MAYDONLARITARK1BI - jami ekish maydonida ayrim turdagi ekinlar
maydonining tutgan salmog'i.
EKOLOGIK AUDIT (EKOAUDIT) - korxonalar, kompaniyalarning ichki
ekologik salohiyati, ularning xavf-xatarlari va imkoniyatlarini doimiy
tekshirib turish instrumentidir.
EKOLOGIK MONITORING - atrof, tabiiy muhit va uning resurslari holatini
ma’lum dastur asosida muntazam kuzatish, baholash, prognozlash
(bashoratlash)ning ma’lum tizimi bo'lib, iqtisodiy-ekologik
boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini
axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. U antropogen faoliyat
ta’sirida atrof-muhit holatidagi o'zgarishlarni aniqlash va tegishli
tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
EKOLOGIK MUAMMOLAR - insoniyat xatti-harakatlari va xo'jalik faoliyati
natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar.
EKOLOGIK RESURSLAR - biosferada ekologik muvozanatni ta’minlaydigan
muhitni shakllantiruvchi komponentlarning majmuyi bo'lib, ular
insonning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi hayotiy normal
muhiti hisoblanadi. Ekologik resurslar hayotiy muhim funksiyani
bajaradigan tabiiy tizimlarga kiradi. Bu resurslarning xarakterli
xususiyati shundaki, ular, asosan, jamiyatni zaruriy ne’mat shaklidagi
xizmat bilan ta’minlaydi. Ekologik resurslarga havo, suv, yer (tuproq)
kiradi.
EKOLOGIYA - tabiat va jamiyat o'zaro ta’sirining umumiy qonuniyatlari
to'g'risidagi fan; atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslarini
ishlatishning
maqsadga
muvofiqligiga
qaratilgan
jamiyat
faoliyatining maxsus sohasi.
EKONOMETRIKA - iqtisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy
qonuniyatlari va o'zaro aloqalarini matematik, statistik metodlar,
modellar yordamida o'rganuvchi fan. Matematikaning iqtisodiyotda
qo'llanilishi bo'yicha iqtisodiy nazariyadagi alohida oqim.
EKONOMETRIKA KONSEPSIYALARI
-
iqtisodiyotda
matematika
metodlaridan keng foydalanishga asoslangan konsepsiyalar. Asosiy
vakillari L. Valras, V. Pareto (Lozanna universiteti), fon Neyman, U.
Mitchell, E. Barone, M. Panteleoni. 1910-yilda polshalik iqtisodchi
P. Chompa “Ekonometriya” (“Ekonomterika”) matnini qo'llagan.
Ilmiy muomalaga (1926) norvegiyalik R. Frish kiritgan. AQSh,
Buyuk Britaniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda keng rivoj
topmoqda. Turli iqtisodiy ta’limot yo'nalishlarida qo'llaniladi, ilmiy
va amaliy ahamiyatga molik. V. Leontev ham bu konsepsiyalardan
(1906) o'zining “chiqim-chiqarish” uslubida foydalangan (U
1973-yilda Nobel mukofoti sovrindori bo'ldi). 60-70-yillarda
^
121
-
bu yo'nalish sobiq SSSR, xususan, O'zbckistonda rivoj topdi.
Respublikamizning olim va mutaxassislari tomonidan iqtisodiy
modeUashtirish va algoritmlash bo'yicha muhim tadqiqotlar amalga
oshirilgan.
EKSEDENT RISKI - mazkur toifadagi risk bo'yicha zararni qayta sug'urtalash
to'g'risidagi kelishuv.
EKSEDENT ZARAR1 - noproporsionl qayta sug'urtalash shakli. Bunda
sedentga o'z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi
qayta sug'urtalovchi kompaniya tomonidan qoplanadi.
EKSPERT - u yoki bu masalada asoslab berilgan fikr-mulohaza bildirishi mumkin
bo'lgan faoliyatning muayyan sohasida yetuk bilim, tajribaga ega
mutaxassis. U korxona, tashkilot yoki davlat organlari tomonidan
ekspertiza (masalan, buxgalteriya, patent ekspertizasi) o'tkazishga
taklif qilinadigan shaxs.
EKSPERT BAHOLASH - yuqori malakali mutaxassislar (ekspertlar) tomonidan
marketing omillari yoki tadbirlarini bevosita baholash.
EKSPERT XULOSASI - yozma shaklda ifodalangan ekspert ishining natijalari.
EKSPLUATATSIYA - ishlab chiqarish vositalari egalari tomonidan bevosita ishlab
chiqaruvchilar mehnati bilan yaratgan qo'shimcha mahsulotni haq
to'lamasdan o'zlashtirib olishi.
EKSPORT - tovarlar, xizmatlar va kapitalni sotish maqsadida chet el bozorlariga
chiqarish; eksport import bilan bir qatorda xalqaro ijtimoiy mehnat
taqsimoti bilan bog'Iangan va tashqi savdoning tarkibiy qismidir.
Eksportning quyidagi ko'rinishlari mavjud: 1. Tovar eksporti -
bunda moddiy ne’matlar chetga chiqariladi. 2. Xizmatlar eksporti -
bunda xorij dagi sheriklarga to' lov evaziga turli xizmatlar ko'rsatiladi.
3. Kapital eksporti - bunda chet mamlakatlarga turli obyektlar
qurish va ishga tushirish uchun mablag' (kapital) qo'yiladi.
EKSPORT (CHETGA MOL CHIQARISH) SOLIG'I - tovar yoki xizmat
uchun to'lanishi shart bo'lgan soliqlardan shakllanadi va tovarlar
iqtisodiy hududdan olib chiqilganda yoki xizmat rezidentlardan
tashqari iste’molchilarga ko'rsatilganda olinadi.
EKSPORT IMKONIYATI - chet elga tovar chiqarish, sotish imkoniyati;
korxonalar tarmoqlar va ayrim bir mamlakatning xorijga tovar
chiqarib, chet el bozorida raqobat qila bilish qobiliyati, shuning
hisobiga valyuta to'play olishi, daromad ola bilishni anglatadi.
EKSPORT KVOTA - muayyan tovarlarni eksportga belgilangan hajmda ishlab
chiqarish va yetkazib berish.
EKSPORT MARKETINGI - tashqi bozorga mo'ljallangan marketing.
EKSPORT UCHUN SUBSIDIYA - tovarlar iqtisodiy hududdan olib ketilganda
yoki rezidentsiz birliklarga xizmat ko'rsatilganda, tovar va xizmatlar
uchun to'lanishi zarur bo'Igan barcha moliyaviy yordam yig'indisi.
EKSPORT-IMPORT SOLIG‘ 1 - soliqqa tortishning ко‘rinishlaridan biri; tashqi
savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa
tortish obyekti bo'lib belgilangan kurs bo'yicha milliy valyutada
hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og'irlik va miqdor
birliklarida ifodalangan tovarlar soni hisoblanadi.
EKSPORTNING GEOGRAFIK TARKIBI - alohida qit’a mamlakatlari,
mamlakatlar guruhlari yoki alohida mamlakatning mamlakat
eksportidagi ulushlari nisbati.
EKSTENSIV IQTISODIY O'SISH - ishlab chiqarish jarayonini kengaytirib (ish
o'rinlarini ko'paytirish, ekin maydonlarini kengaytirish va hokazo)
borishga aytiladi.
EKSTENSIV RIVOJLANISH YO'LI - iqtisodiy o'sishning bir tipi. Ekstensiv
rivojlanishda iqtisodiy o'sishga ishlab chiqarishning awalgi
texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari
miqdorini ko'paytirish orqali erishiladi. Masalan, zavod qo'shimcha
sex quradi, ya’ni ishlab chiqarishga qo'shimcha ishlab chiqarish
vositalari va ish kuchini jalb etadi hamda mahsulot miqdorining
o'sishiga erishiladi. Bunda ishlab chiqarish omillari miqdorining
o'sishi hisobiga mahsulot hajmi o'smoqda. Bu yo'l bilan yuqori
ishlab chiqarish samaradorligiga erishib bo'lmaydi.
EKSTRAVERSIYA (extra - tashqari) - shaxsning shunday psixologik
xususiyatlarini ko'rsatib beradiki, bunda shaxs o'z qiziqishlarini
tashqi omilga, tashqi obyektlarga qaratadi, ba’zan buni o'zining
qiziqishlari, shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga
oshiradi.
EKSTROPOLYATSIYA MODELINI QURISH
- biror-bir bashorat-
lanayotgan ko'rsatkichni o'zgarish tendensiyasi namoyon etishi
bilan asoslanadi. Bunday modellar, asosan, biror-bir tovarga talab
o'zgarganda qo'llaniladi.
EKVIVALENT - biror narsaning o'rnini bosa oladigan yoki uning ifodasi bo'lib
xizmat qiladigan teng baholi, teng qimmatli narsa yoki miqdor.
Masalan: pul barcha tovarlarning qiymatini ifodalovchi ekvivalent
rolini bajaradigan alohida tovardir.
ELASTIKLIK - talab va taklifga tasir qiluvchi omillarning o'zgarishi natijasida
ularni
qanchaga
o'zgarishi
tushuniladi
(narxi,
daromadi,
iste’molchilar soni va hokazo).
ELASTIKLIK KOEFFITSIYENTI - omil belgining 1% ga o'zgarganda natija
qancha foizga o'zgarishini aniqlaydi.
^
1
ELECTRON BIRJA - ko‘p sotuvchilar va ko‘p xaridorlar mavjud bo lganda,
elektron biznes doirasida birjada xilma-xil tovarlar oldi-sotdisi.
ELEKTRON BIZNES - qo'shimcha qiymatning birlashtirilgan zanjirini yaratish
va ishchan hamkorlarning optimal o'zaro ishlashini ta’minlash
uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan
intemet-biznes.
ELEKTRON HUJJATLARNING AYLANISHI - avtomatlashtirilgan axborot
tizimida elektron hujjatlarning shakllantirilishi va uzatilishining
tashkil qilish sxemasi.
ELEKTRON JADVAL - jadval shaklida ifodalangan ma’lumotlarga ishlov
berishga mo'ljallangan amaliy dasturlar majmuasi.
ELEKTRON OFIS - tashkilotlar va muassasalarda avtomatlashtirilgan ofis
faoliyatining tizimi.
ELEKTRON POCHTA - kommunikatsiya tarmoji orqali kompyuterdan
kompyuterga xabarlar uzatish. Elektron pochta o'z ichiga matnlar,
nutq va tavsiyalardan iborat bo'lgan xabarlarni olgan ixtiyoriy
xabarlarni foydalanuvchilar orasida uzatishni avtomatlashtirish
uchun mo'ljallangan.
ELEKTRON PUL - hisob-kitoblarni elektron hisoblash mashinalari yordamida
bajarish uchun qo'Ilanadigan kredit pullarning eng so'nggi turi;
kredit kartochkalariga o'xshagan pul. Elektron pul elektron
kartochka bo'lib, uning xotirasiga pul egasining joriy hisobidagi
pul summasi yozilgan bo'ladi. Pul to'lash uchun elektron kartochki
EHMga kiritiladi va kartochka avtomatik ravishda to'lanishi zarur
pul summasini o'chirib, uni pul oladiganlarning elektron hisobiga
yozib qo'yadi.
ELEKTRON TIJORAT - do'konlarga xaridorlarni jalb qilish va qo'shimcha
savdogarlarni yollash o'rniga internetda do'kon ochish.
ELIMINATSIYA - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan
chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish; tovarni
bozordan raqobatbardoshligi va talabni yoqotganligi sababli olib
chiqish. Mahsulotni eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun
savdo hajmi, bozordagi ulushi, hayotiylik davridagi o‘rni; firmaning
jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa
korsatkichlar qo'llanadi.
EMBARGO - a) davlat tomonidan biron-bir tovarni chetdan keltirish yoki chetga
chiqarishni taqiqlash; b) boshqa mamlakatning huquqini buzish
harakatlariga javoban hukumat tomonidan boshqa mamlakat yoki
o'z kemalarining mamlakat portidan chiqishini taqiqlash.
EMIGRATSIYA - iqtisodiy, siyosiy yoki shaxsiy sabablarga ko‘ra xorijiy
mamlakatga vaqtinchalikyoki uzoq davr ishlash uchun insonlarning
ко‘chib o'tishi.
EMISSION BANK - qarang: Markaziy bank.
EMISSIYA - muomalaga pul va qimmatbaho qog'ozlarni chiqarish. Emissiya
huquqi markaziy hukumat ixtiyorida bo'ladi. Budjet tushumlari
xarajatlar qoplanmagan holda ishlatiladi. Xo'jalik oboroti ehtiyojlari
bilan bog'liq bo'lmagan pullarni chiqarish pul massasining ko'payib
ketishiga olib keladi.
EMISSIYAVTY QIMMATLI Q O G 'O ZLAR - bitta chiqarilish doirasida bir
xil belgilar va rekvizitlarga ega bo'lgan, mazkur chiqarilish uchun
yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada
bo'ladigan qimmatli qog'ozlar.
EMISSIYAVIY QIMMATLI Q O G 'O ZLAR CHIQARILISHLARINING
YAGONA DAVLAT REESTRI - ro'yxatdan o'tkazilgan
emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishlarining ro'yxati.
EMITENT - qimmatli qog'ozlarni muomalaga bosib chiqaruvchi yuridik va
to'lovga qobiliyatli jismoniy shaxslar.
ENERGETIK INQIROZ - davriy bo'lmagan iqtisodiy inqirozlarning turi.
Bunga misol qilib, 1973-1974 va 1979-1980-yillarda chetdan olib
kelinadigan neft bahosining o'ta ko'tarilishi va natijada ishlab
chiqarish xarajatlarining keskin oshishi natijasida rivojlangan
mamlakatlarda iqtisodiy mutanosiblikning buzilishini ko'rsatish
mumkin.
ENG KICHIK KVADRATLAR USULI - dinamik qatorlarni tekislash hamda
tasodifiy miqdorlar o'rtasida bog'lanishning korrelyatsion shaklini
aniqlash usulidir.
ENGEL CHIZIQLARI - iste’mol qilingan tovarlar miqdorini iste’molchi
daromadining o'zgarishidan bog'hqligini ko'rsatuvchi chiziq.
ERKIN ALMASHADIGAN VALYUTA (EAV) - mamlakatning to'lov
balansini joriy operatsiyalar bo'limiga valyutaviy cheklashlar
bo'lmasa, bu mamlakatning puli erkin almashadigan valyuta deb
tan olinadi.
ERKIN BAHO - talab va taklif asosida shakllanadi.
ERKIN BOZOR NARXLARI - talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor
narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda
erkin narxlar, jamiyat va bozor munosabatlariningbarcha subyektlari
manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg'unlashtirishga imkon beradi.
ERKIN IQTISODIY ZONA (HUDUD) - mamlakat hududining xorijiy
mamlakatlar
tomonidan
turli
shakllardagi
hamkorlikdagi
tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi.
Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan,
imtiyozli soliqlar, bojxona to'lovlari, ijara, viza olish, valyuta
ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan
bo'ladi. EIZ turkumigabankva sug'urta zonalari kiradi, bubilanbank
muomalalari va sug'urta ishlari uchun imtiyoz va kapitalning kirib
kelishiga qulay sharoit yaratiladi. ElZning maxsus turi texnologik
zonalardir. Bunday zonalarda yangi texnika va texnologiyani yaratish
uchun imtiyozlardan xorijiy, shuningdek, milliy korxonalar va har
xil tashkilotlar ham foydalanadi. Kompleks xarakterdagi alohida
iqtisodiy zonalarda savdo-sanoat texnologiyasi ishlari uchun
qulayliklar barpo etiladi. Bunday zonalar alohida, hamma uchun
ochiq hududlar deb ataladi.
ERKIN NARXLAR - talab bilan taklif nisbatiga bog'liq bo'Igan narxlar.
ERKIN SAVDO HUDUDI - doirasida qatnashchi mamlakatlar o'zaro savdo
to'siqlarini bekor qiladi, lekin ularning har ikkalasi uchinchi
mamlakatga nisbatan savdo to'siqlarini buzmaydi.
ERKIN SAVDO HUDUDLARI - preferensial hudud hisoblanib, uning
doirasida bojxona va miqdoriy cheklashlardan xoli savdo tartibiga
rioya qilinadi. Unga kiritilgan tovarlar boj to'lovidan ozod etiladi.
Hozir jahonda 500 dan ortiq erkin savdo zonalari mavjud.
ERKINLASHTIRISH - xo'jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va iqtisodiy
mustaqilligi, iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining
samarali amal qilishini taminlashga qaratilgan jarayon; davlat
tomonidan belgilangan chora-tadbirlar tizimi; iqtisodiy siyosat
yo'nalishlaridan biri.
ERKINLIK DARAJALAR SONI - to'plam ko'rsatkichlarini topishda
qatnashadigan hech qanday bog'lovchi shartlarga ega bo'lmagan
erkin miqdorlar soni.
ETIKA (AXLOQ) - ijtimoiy hayot jarayonida ro'yobga chiqariladigan universal
va o'ziga xos axloqiy talabalar va xulq-atvor normalari tizimidir.
EVOLYUTSIYA (lot. kengayib borish) - tabiat va jamiyat harakat shakllaridan
biri. Evolutsiya tadrijiy harakat shakli bo'lib, bunda harakat uzluksiz
ravishda davom etib, sifat o'zgarishlarga olib keladi.
EVRISTIK METODLAR - insonning intuzitiv qobiliyatiga asoslanadigan aqliy
faoliyat tashkillashtirish vositalarida namoyon bo'ladi. Intuitsiya
insonlarga omadli ravishda muammoni yechish imkonini beradi.
Bulardan biri innovatsiyalashgan o'yinlar metodidir.
EVRISTIKA - ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko'rsatmalari.
FAB RIKA - mashina, texnika turlari va texnologiyani qo'llashga asoslangan
holda ish yurituvchi sanoat korxonasi; yirik mashinalashgan ishlab
chiqarish turi.
FAKTLAR BO'YICH A NAZORAT USULLARI - ro yxatga olish, ekspertiza,
ko'z bilan kuzatish, nazorat o‘lchovi, nazorat tariqasida ishga
tushirish, vaqtni aniq o'lchash, ish kuni taqsimlanishini o ‘rganish,
laboratoriya tahlili.
FAKTORING - 1. Hisob-kitoblarni tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turi
bo‘ lib, mijozning kapitalini kreditlash bilan shug'ullanadi. 2. Moliya-
tijorat xizmatining turi bo'lib, bunda bank yoki boshqa moliya
tashkilotlari xarid qiluvchi korxona qarzlari va majburiyatlarni o'z
ichiga oladi.
FAKTORLIMODELLAR - turli xil faktorlar ta’siri natijasida ko'rinadi. Bunday
modellar ehtiyojlarni bashoratlash uchun ishlatilishi mumkin.
FAKTURA - mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalari va iste’molchilar uchun
sotishga tayyorlangan hujjat. Bu hujjatda mahsulotlarning nomlari,
hajmi va narxlari ko'rsatilgan bo'ladi.
FAKULTATIV OBLIGATOR SHARTNOMASI - sedent qayta sug'urtalovchi
bilan kelishgan toifadagi har qanday sug'urta riskini berishi, qayta
sug'urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta
sug'urtalash shartnomasi.
FAKULTATIV QAYTA SUG'URTALASH - proporsional qayta sug'urtalash
shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug'urtalashda har bir
berilayotgan riskbo'yicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir
risk bo'yicha qayta sug'urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini
mustaqil ко'rib chiqadi. O'z navbatida, qayta sug'urtalovchi ham
sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.
FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI - fan, texnika, texnologiyalar rivojlanishi,
mehnat predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning
uzluksiz rivojlanish jarayoni.
FAOL BANK OPERATSIYALARI - bank resurslarini joylashtirish va
foydalanish bilan bog'liqdir. Bunga kundalik operatsiyalar, veksellar,
tovarlar, fondlar bilan ishlash kiradi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish
jarayoni bilan yangi operatsiyalar konsalting, lizing, faktoring, trat,
injiniring xizmatlarini o'z ichiga oladi. Hozirgi davrda eng faol bank
’« T O S M K K 1 2 V
---
operatsiyalariga veksellarni hisobga olish, ulami veksel egalaridan
sotib olish va belgilangan vaqtda ularning to'liq qiymatini to'lash
kiradi. O'zbekistonda faol operatsiyalar O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-iyundagi 204-sonli “Xalq
xo'jaligida veksellarni qo'llash to'g'risida’ gi qaroriga asosan
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, banklar operatsiyasiga ssuda
berish, asosan, qimmatbaho qog'ozlar orqali amalga oshiriladi va
fond operatsiyalari deb yuritiladi. Banklar mol-mulklarni garovga
olish yo'li bilan ham ssuda beradi. Bunga mahsulotga (tovarga)
asoslangan operatsiyalar deb yuritiladi. Banklar o'zlarining doimiy
mijozlariga olgan qarzlarini o'z vaqtida qaytarishiga shak-shubhasiz,
hech qanday garovsiz ssudalar beradilar. Bular hujjatli operatsiyalar
deyiladi.
FAOL BO ZO R - oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) bo'lgan va har qanday
vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va
xaridorlarni topish mumkin bo'lgan, shuningdek, narxlar haqidagi
ma’Iumotlar oshkor (hammabop) bo'lgan bozor.
FAOLIYAT TIZIMLI XARITASI - korxona strategiyasini hayotga tatbiq
etishga yo'naltirilgan va bitta tizimga yig'ilgan har xil faoliyat
sxemasidir.
FAOLIYATNING NATIJASI
- xaraj atlar-daromadlar nomli
iqtisodiy
ко rsatkichni o'lchash natijasida olinadigan samara ko'rsatkichi.
FAVQULODDA FOYDA VA ZARARLAR - korxonaning xo'jalik faoliyatida
nihoyatda kam sodir bo'ladigan, uning uchun odat bo'lmagan va
korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog'liq
bo'lmagan voqealardan olinadigan daromad va xarajatlardir. U
yoki bu moddaning favqulodda daromad va xarajat tarzida aks
ettirilishi uchun quyidagi uchta talablarga javob berishi kerak: o'z
xarakteri bo'yicha odatdagidek bo'lmasli (korxonaning odatdagi
xo'jalik faoliyatiga tegishli emas); bir necha yillar davomida
takrorlanmaydigan; korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan
qabul qilinadigan qarorlarga bog'liq bo'lmagan holatlardan tashkil
topadi.
FAVQULODDAGI DAROMADLAR - deganda yuz berish xarakteriga ega
bo'lmagan, kutilmagan tasodifva hodisalardan olingan daromadlar
tushuniladi. Bularga davlat qonunlarining o'zgarishi, tabiiy ofatlar,
revolyutsion o'zgarishlar natijasida vujudga kelgan daromadlar
kiradi.
FAZILAT - ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir.
**W5SM*K2*4TK»*-“ —
128
------
FEDERAL ZAXIRA TIZIM I - AQSH davlat bank-kredit tizimi. Davlat
tomonidan Markaziy Bankning bank krediti uchun hisobli foiz
stavkalarini o rnatish bilan pul-kredit munosabatlarini tartibga
solish tijorat banklarida boshqa mablag‘larning majburiy rezerv
miqdorini belgilash uchun mo'ljallangan. 1913-yilda tashkil etilgan
bo'lib, u 12 federal zaxira banklari yig'indisidan iborat.
FEDERATIV DAVLAT - yagona (federal) qonunlar va hokimiyat organlari
bilan bir qatorda ikkinchi darajali bo'Isa-da, o'zlarining qonunlari
va hokimiyat organlariga ega bo'Igan boshqa davlat tuzilmalari -
respublikalar, shtatlar, provinsiyalar, viloyatlar, hududlar mavjud
bo'Igan davlat.
FERMA - qishloq xo'jaligi tashkilotining bir bo'limi yoki alohida xo'jalik.
Chorvachilik, parrandachilik va shu kabi sohalar bilan shug'ullanadi.
FERMER - jamoa yoki davlat xo'jaliklarining bir bo'limida ish olib boruvchi
shaxs; xususiy xo'jalik faoliyati yurituvchi shaxs.
FERMER XO'JALIGI - o'ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan
foydalangan holda qishlo q xo' j aligi mahsulo tlarini ishlab chiqarishni
amalga oshiruvchi fermer xo'jaligi a’zolarining birgalikdagi
faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo'jalik
yurituvchi subyekt. Fermer xo'jaligi erkin tadbirkorlikning bir
ko'rinishi bo'lib, daromad olish maqsadida tuziladi. Xususiy yoki
ijaraga olingan yerda olib boriladigan sohibkorlik tipidagi xo'jalik.
Kapitalistik fermerchilikda yollanma mehnatni jalb etish, oilaviy
shakli esa aksariyat xo'jalik egasining (fermer va uning oilasi) kuchi
bilan olib boriladi. Dastlab Angliyada XVII asrda vujudga keldi.
Hozir deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Fiziokratlar qo'llab-
quwatlagan xo'jalik turi. Erkin savdo, xususiy mulk va mavjud
tuzum tabiiy deb baholanadi.
FIFO (ingl. first in first out - ya m birinchi kirim birinchi chiqim) - sarf qilingan
materiallar qiymatini hisobdan chiqarishning usullaridan biri bo'lib,
kamayib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt va birinchi sotib
olingan materiallar qiymati bo'yicha hisob olib borishni bildiradi.
FIKRAN TOVAR - biror tovar qondiradigan ehtiyoj, uning yordamida hal
qilinadigan muammo.
FIKTIV KAPITAL - barcha o'ziga xos fimksional shakllarga ega sanoat kapitali
sifatidagi real kapitalning qog'ozdagi timsolidir. Fiktiv kapitalning
bahosi ikki holatda aniqlanadi: a) kapitalgabo'lgantalabningtaklifga
nisbati orqali; b) qimmatli qog'oz bo'yicha kapitallashgan daromad
miqdoriga qarab. U kapitalga bo'Igan talabning taklifga nisbatan
oshishi va qimmatli qog'ozdan keladigan daromad miqdoriga to‘g‘ri
proporsional, kapital taklifining talabdan oshishi va mamlakatdagi
bank foizi me’yor darajasiga teskari proporsionaldir. Shuning uchun
soxta kapital narxi qiymatli bozor kategoriyasi hisoblanib, uning
bahosi tez o'zgaruvchan (tebranma) bo'ladi.
FILIPS EGRI CHIZIG‘1 - ishsizlik darajasi va narxlarning yillik o'sish sur’atlari
o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiruvchi egri chiziq. Bu ikki ko'rsatkich
o'rtasidagibog'liqlikingliz iqtisodchisi A.V. Filips tomonidan Buyuk
Britaniyaning 1862-1957-yillardagi ma’lumotlari asosida tadqiq
etilgan. Unda inflyatsiyaning sur ati past bo' Isa, ishsizlikning daraj asi
yuqori bo'ladi va aksincha. Muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichlar
o'rtasida barqaror va oldindan ko'rish mumkin bo'lgan bog'liqlikni
o'rnatish, milliy iqtisodni tartibga solish va istiqbolini belgilash
imkonini beradi.
FIRMA (inglizcha - firm, firms trade name) - so'zlaridan olingan bo'lib, tijorat
maqsadlarini ko'zlovchi korxona, kompaniya va boshqa xo'jalik
tashkiloti degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiy va yuridik erkinlikka
ega xo'jalik yurituvchi subyekt. Firma to'la xo'jalik hisobida ishlaydi
va o'zining nomiga ega. Firma faoliyati barcha turdagi mulkka egalik
shakllari, ya ni xususiy, shirkat, davlat jamoat tashkilotlari, milliy va
xorijiy yuridik shaxslar mulki asosida amalga oshiriladi.
FIRMA KREDITI - eksportyor mamlakatning bir firmasi boshqa mamlakatning
importyoriga to'lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishiga
tushuniladi.
FIRMA SHOXOBCHASI - yirik firmaning tarkibiy qismi bo'lib, turli joylarda
ish yuritadi. Mazkur korxona mustaqil bo'lmaydi, bosh firmaning
bir qismi hisoblanadi.
FIRMA USTAVI - firmani barpo etish maqsadida va uning jamoatchilik bilan
o'zaro munosabatlarini aniqlovchi hujjat.
FIRMANING BOZORDAGI STRATEGIK HARAKATI - bunda firma
o'zining harakatini raqobatlashuvchi firmaning harakatiga ko'ra
ishlab chiqadi.
FIRMANING MARKETING IMKONIYATI - marketing harakatlarining
jozibador yo'nalishi bo'lib, bunda aniq bir firma raqobatda
ustunlikka erisha oladi.
FIRMANING MARKETING MUHITI - faol subyekt va kuchlarning
yig'indisi, firmaning tashqi faoliyati bilan shug'ullanuvchi va
marketing xizmatini boshqarish imkoniyatiga ta sir etish va maqsadli
mijozlar bilan muvaffaqiyatli aloqani tutib turish.
130
—
FIRMANING STRATEGIYASI - korxonaning uzoq muddatli asosiy maqsad
va vazifalarini shakllantirish, xarajatlar izchilligini ta’minlash va bu
maqsadlarga erishishi uchun zarur bo'lgan resurslarni taqsimlash.
FISHER INDEKSI - Layp eyres va Pashe indekslari asosida tortilgan o‘rtacha
geometrik sifatida hisoblanadigan indeks. U YalM xalqaro miqyosda
solishtirishda keng qo'llaniladi.
FISHER SAMARASI - inflyatsiyaning qarzlar yoki obligatsiyalar bo'yicha foiz
stavkasiga ta’sirini hisobga olishni bildiruvchi tushuncha.
FISKAL MOLIYA-BUDJET SIYOSATI - hukumat tomonidan davlat xarajatlari
va soliqqa solish tartibiga kiritadigan o'zgartirishlar. Bundan maqsad
to'la bandlik, to'la ishlab chiqarish hajmiga erishish. Davlatning
fiskal siyosati soliqlarni undirish va budjet mablag‘laridan
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash va ijtimoiy masalalarni hal
etish maqsadida hukumat imkoniyatlaridan foydalanishni nazarda
tutadi. Fiskal siyosatning asosiy dastagi soliq stavkasini ishlab
chiqarish maqsadiga muvofiq o'zgartirishdir.
FISKAL SIYOSAT - davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo'yicha chora-tadbirlar
ko'rish orqali mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni
yechishga qaratilgan siyosatdir. Fiskal siyosatning eng asosiy
vazifasi - iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat
pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.
“FITCH REYTINGS”, “MUDIS”, “STANDART END PURS” XALQARO
REYTING KOMPANIYASI - faoliyati banklar, moliyaviy
institutlar, investitsiya va aksionerlik kompaniyalarining kredit
layoqatini o'z vaqtida va aniq baholashga yo'naltirilgan xalqaro
reyting agentliklari.
FIZIOKRATLAR - yunoncha “tabiat” va “hokimiyat” so'zlaridan tashkil topgan
bo'lib, XVIII asr Fransiya klassik burjua siyosiy iqtisodining
namoyandalari. F. Kene ushbu maktab asoschisi hisoblanadi.
(Fiziokratiya - tabiat hukmronligi). Fiziokratlar ishlab chiqarishni
haqli ravishda ijtimoiy boylikning manbayi deb hisoblaganlar,
ammo qishloq xo'jaligi tarmog'i bilan cheklanib qolganlar. Ular
qishloq xo'jaligidagina sof mahsulot, foyda vujudga keladi, shuning
uchun ushbu tarmoqda sarf etilgan mehnatni unumli, ishlab
chiqarishning boshqa tarmoqlarida qishloq xo'jaligida hosil etilgan
boylik qayta ishlanganligi uchun yerdagi mehnatni unumsiz mehnat
deb hisoblaganlar. Vaqt o'tishi bilan fiziokratlarning qarashlari bir
yoqlama ekanligi ayon bo'ldi. Ular boylikning o'sishini yerning
tabiiy hosildorligi bilan bog'lab, buning asosida sanoatni tarmoq deb
■
111
—
hisoblamaganlar. Ammo tabiat o'z yo'lida kapital, mehnatni ishga
solmay turib jamiyatni boy qila ololmaydi. Biroq shunga qaramasdan
fiziokratlar ishlab chiqarishni yaxlit holda tadqiq qilishga asos
soldilar, ular cheklanmagan holda xususiy mulk hukmronligi, erkin
raqobat va tashqi savdo erkinligi tarafdori bo'lganlar. Ular birinchi
marta kapitalni yillik avanslar ko'rinishida tadqiq qilishga asos
soldilar, takror ishlab chiqarish qonunlari va ijtimoiy mahsulotning
taqsimlanishini tadqiq etishga harakat qildilar.
FOIZ - ma’lum bir davrga pulning qarz (kredit)ga berilgani uchun olinadigan
daromad turi. Pul maxsus tovar bo'lgani uchun foiz uning narxi
sifatida maydonga chiqadi. Masalan, 1 mln som kredit bir yilga
10% ga berilmoqda. Unda foiz 100 ming so'mni, yoki 10% ni
tashkil etadi. Foiz davlat iqtisodiyotini tartibga solishda muhim
vosita hisoblanadi. Uning darajasini pasaytirish iqtisodiy faollikni
oshiradi, ko'tarish esa pasaytiradi.
FOIZ STAVKASI - kredit yoki qarz kapitali evaziga to'lovning foiz ko'rsatkichi.
Odatda, qarzga olingan pul belgisining bir-birligiga to'g'ri keladigan
yillik to'lovni aks ettiradi.
FOIZ STAVKASININ G REAL DARAJASI
-
inflyatsiya
darajasiga
to'g'rilangan pulda ifodalangan foiz stavkasini inflyatsiya darajasiga
muvofiqlashtirish. Masalan, qarz beruvchi (kreditor) bergan puli
miqdoriga 5% stavkasini belgilashi mumkin, ammo kutilayotgan
inflyatsiya darajasi yiliga 10% ga teng bo'lsa, unda foiz stavkasining
real darajasi 15% ni tashkil etadi.
FOIZ TO'LOVLARI - bir institutsion birlik ikkinchi institutsion birlikka o'z
mablag'larini vaqtinchalik qarzga berganda yuzaga keladi. Odatda,
bu qarzlar tijorat kreditlari, qisqa, o'rta va uzoq muddatli kreditlar,
moliyaviy lizing operatsiyalari ko'rinishida bo'ladi.
FOIZ XAVF-XATARI - foiz stavkalarining darajasi va harakatining o'zgarishi
natijasida zarar ko'rish xavfidir.
FOIZLAR KO'RINISHIDAGI DAROMADLAR - deganda boshqa yuridik
shaxslarga berilgan qarzlar va kreditlar uchun hisoblangan foizlar
tushuniladi.
FOND - korxonalar o'zaro harakatining yangi shakli, xo'jalik uyushmasining
o'ziga xos turi. Moliya instituti sifatida vujudga kelib, fondlar u yoki
buxo'jalikloyihalarini moliyalashtirish bilan chegaralanib qolmaydi
va uning tashkilotchisi sifatida maydonga chiqadi. Fondlar tasis
etuvchilarning mo'ljallangan dasturlarini tashkil etish va boshqarish
maqsadini ko'zlaydi.
—
132 —
—
FOND BILAN QUROLLANISH DARAJASI - ishlab chiqarish fondlarining
umumiy qiymatini ishlab chiqarishda band bo'lgan o'rtacha
ishchilarning umumiy soniga bo'lgan nisbatida ifodalanadi. Jonli
mehnatning ishlab chiqarish fondlari bilan qurollanish darajasi
mehnat unumdorligini oshirishning asosiy manbayi hisoblanadi.
FOND BILAN TA’MINLANISH - ishlab chiqarish tarmoqlari va korxonalarni
ishlab chiqarish birliklarini ishlab chiqarish fondlari bilan
ta’minlanish darajasini bildiradi. U ishlab chiqarilgan umumiy
mahsulot qiymatining bir so'miga qancha so'mlik ishlab chiqarish
fondi to'g'ri kelishi bilan ifodalanadi.
FOND BIRJASI - bozor iqtisodiyoti va kapital bozorining muhim elementi.
Fond birjasida bozor bahosi asosida qimmatbaho qog'ozlar, ya’ni
hissadorlik kompaniyalari aksiyalari va obligatsiyalari, shuningdek,
davlat zayomlarining obligatsiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi:
dividend va foizlar miqdori, talab va taklif o'rtasidagi nisbat ssuda
foizi va darajasiga qarab qimmatli qog'ozlar kursi (bozor narxi)
belgilanadi. FB ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
vaqtincha bo sh mablag'Iarga qimmatbaho qog'ozlar sotib olib,
ularni muomalaga kiritish, qimmatbaho qog'ozlarningbozor narxini
aniqlash; turli tarmoqlar, korxonalar o'rtasidagi kapital aylanishini
ta’minlash va boshqalar. Qimmatli qog'ozlar kursi harakatining
umumiy ko'rsatkichi bu Dau-Djons indeksi hisoblanadi. U Nyu-
York fond birjasidagi qimmatli qog'ozlar kursini o'zida aks ettiradi.
O'zbekistonda 1994-yildan fond birjasi faoliyat ko'rsatmoqda.
FOND BOZORI - qimmatli qog'ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-
sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan
bozor.
FOND OPERATSIYALARI - banklar tomonidan qimmatli qog'ozlarni xarid
qilish va sotish, qimmatli qog'ozlarni garovga olib ssuda berish.
FOND QAYTIMI - asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so'miga to'g'ri
keluvchi mahsulot miqdori.
FOND SAMARADORLIGI - ishlab chiqarish fondlaridan iqtisodiy foydalanish
samaradorligini ifodalaydi. Fond samaradorligi, odatda, ishlab
chiqarishda band bo'lgan ishlab chiqarish fondlarining bir so'miga
natural ko'rinishda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmida (masalan,
kg) yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy qiymatini so'mda
asosiy ishlab chiqarish fondlarining umumiy qiymatiga bo'lgan
nisbati bilan belgilanadi.
FOND SIG'IMI - fond qaytimiga teskari bo'lgan nisbat. Asosiy ishlab chiqarish
fondlari o'rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga
nisbati sifatida hisoblanadi.
FONDLAR BILAN TA’MINLANGANLIK - asosiy ishlab chiqarish fondlari
bilan ta’minlanganlik ko'rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish
fondlarining korxonaning har bir xodimi yoki ishchisiga to'g'ri
keluvchi hajmi).
FONDLAR AYLANISHI - moddiy ashyoviy omillar qiymatining ishlab chiqarish
va muomala sohalari orqali harakat jarayonidir.
FORFEYTING - mol (tovarlar) yetkazib berish va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha
talablar qo'yish huquqini olish, ushbu talabga doir operatsiyalarni
bajarish va uning inkasso qilish xatarini qabul qilishdir.
FOROBIY ABU NASR IBN MUHAMMAD (870-950) - qomusiy olim.
Arastuning izdoshi (Arastudan keyin ikkinchi muallim nomini
olgan), xayoliy sotsializm asoschilaridan. 160 dan ortiq asaryozgan.
Donishmand (ayni vaqtda diniy jamoa boshlig'i bo'lgan), hukmdor,
tasarruf etuvchi, “saxovatli yurt” haqidagi ta’limotni rivojlantirdi
(fozil davlat tarafdori).
FORS-MAJOR - yong'in, tabiiy ofat, urush, qamal kabi kutilmagan sharoitlarda
tomonlardan qaysi bo'lsa ham o'z majburiyatlarini qisman yoki
to'liq bajara olmay qolgan vaziyat. Ikki tomon ham bu haqda
oldindan kelishib oladi.
FORVARD - bitim imzolangandan ikki kun davr uchun keyingi valyuta yoki
boshqa bitim bo'yicha hisob-kitoblar.
FORVARD BITIMI - kelgusi bitimda belgilangan oldindan kelishilgan narx
bo'yicha ma’lum miqdordagi ba’zi asosiy aktivlarni sotish, boshqa
tomon esa sotib olish majburiyatiga muvofiq tuzilgan kelishuvlardir.
FORVARD KURS - asosiy qarz summasining ma’lum bir o'zgarmas qismiga
nisbatan belgilangan vaqtda to'lanadigan foiz stavkasining hajmi
tog'risidagi kelishuv bo'lib, u o'sha kundagi foiz stavkasidan past
yoki yuqori bo'lishi mumkin.
FORVARD OPERATSIYALARI - belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan
oshiq bo'lgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga
aytiladi. Amaliyotda forvard bitimlarini amalga oshirishning
standart muddatlari uchraydi. Standart muddatlarga 1; 3;
6)
9; va
12 oylarni kiritish mumkin.
FOYDA - l ) biror kimsa yoki narsa uchun bo'ladigan naf, manfaat; 2)
daromadning xarajatga nisbatan farqidan tashkil topgan summa,
mablag', daromad; 3) qarzga berilgan puldan foydalanilganligi
uchun qarzdordan qarz beruvchi (kreditor) oladigan qo'shimcha
pul, haq. Balansdagi foyda korxonaning mahsulot (xizmat)larini,
ortiqcha asosiy fondlar va boshqa mulklami sotishdan olinadi.
Sotishdan tashqari operatsiyalardan olingan daromadlar (zarardan
tashqari) ham shu ko'rsatkich tarkibiga qo'shiladi.
FOYDA INDEKSI - pul mablag'lari joriy kirimining investitsiya hajmiga nisbati
bo'yicha investitsiya loyihasining jalb qilinishini tavsiflovchi nisbiy
ko'rsatkich.
FOYDA NORMASI - ishlab chiqarilgan qiymat ko'rinishidagi foyda
massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo'lgan nisbatining foizda
ifodalanishiga aytiladi.
FOYDA SOLIG'I - xo'jalik yurituvchi subyektlarning foydasidan olinib,
budjetning muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to'g'ri
(bevosita) soliqdir. Uning summasi soliq to'lovchi korxonaning
yakuniy moliyaviy natijalariga bog'liq bo'ladi. Moliya yilida soliq
solinadigan foydaga ega bo'lgan yuridik shaxslar foyda solig'ini
to'lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda bilan ma’lum chegirmalar
o'rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliqqa tortish obyektidir.
Foyda solig'i barcha soliqlar to'Iangandan so'ng korxona ixtiyoriga
qolgan foyda hisobidan to'lanadi.
FOYDA VA ARALASH DAROMAD - yalpi qo'shilgan qiymatning bir qismi
bo'lib, u ishlab chiqaruvchilar ixtiyorida ish haqi, ishlab chiqarish va
import solig'ini to'Iagandan so'ng qoladi. Bu modda mulkdan olgan
daromadni hisobga olmagan holda ishlab chiqarishdan olingan
foyda yoki zarar summasini ifodalaydi. Bu uy xo' jaliklariga qarashli
nokorporativkorxonalarda bu mulk egasi va tadbirkor daromadidan
ajratib bo'lmaydigan mehnat uchun to'lovlar elementini ham o'z
ichiga oladi. Shuning uchun u aralash daromad ham deyiladi.
FOYDADAGI ULUSHLAR - institutsion birlik ta’sischilarining korxona sof
foydasidagi ulushi. Odatda, bu ulush miqdori shartnomaga asosan
ajratiladi.
FOYDALANISH (ISHLATISH) - mulk bo'lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda
qo'llab, xo'jalik jarayoniga kiritib, undan natija olish.
FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI - sistema (qurilma, mashina)ning
energiyani o'zgartirish yoki uzatish effektivligi xarakteristikasi.
Foydali ishga sarflangan energiyaning sistema olgan umumiy
energiya miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.
FOYDALI MODEL - bu moslamaga taalluqli texnik yechim. Ishlab chiqarish
vositalarining konstruktiv bajarilishi va iste’mol qilish predmetlari
hamda ularning tarkibiy qismi foydali modellarga kiradi.
FOYDALI XIZMAT MUDDATI - korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri
yokikorxonaushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo'ljallayotgan
mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori.
FOYDALILIK-RISK - bank xodimi o'zini ortiqcha risklardan saqlagan holda
foyda me’yorini cheklashidir.
FRANCHAYZ (frans. franchise - imtiyoz, erkinlik) - ma’lum shakllar,
texnologiyalar yoki tashqi ko'rinishdan juda yaxshi foydalanishga
bo'lgan huquq. Franchayzlar, odatda, davlat mulkidan foydalanish
yoki kommunal xizmatlar ko'rsatish huquqini olish uchun hukumat
organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan
foydalanish huquqini olish uchun xo'jalik subyektlari tomonidan
beriladi. Franchayz haqidagi har bir shartnoma u amal qiladigan
davrdagi muddatni, shuningdek, franchayz (foydalanish huquqidagi
imtiyozlar beruvchi subyekt) va franchayzlar (mazkur imtiyozni
oluvchi subyektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
FRANCHAYZER - faoliyat ko‘rsatuvchi kichik firma yoki tadbirkorni o ‘z
tovarlari, reklama xizmati, texnologiyalari bilan ta’min etish
vazifasini zimmasiga olgan yirik kompaniya.
FRANCHAYZI - yirik kompaniyaga o'zining mahalliy shart-sharoitlar hisobga
olingan menejerlik va marketing xizmatini taqdim etgan kichik
firma.
FRANCHAYZING - chet ellik sheriklar bilan birgalikda ish olib borish usuli;
shartnoma asosida texnologiya egasi bo'lgan firmaning tijorat yoki
sanoat bo'limlarini sotish bilan birga mahsulotni ishlab chiqarish
va uni chet ellik hamkorlar bozorida sotishda bevosita ishtirok
etishdan iborat. Bu quyidagicha namoyon bo'lishi mumkin: bosh
kompaniya kichik korxonaga o'zining savdo belgisidan foydalanib,
muayyan turdagi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish huquqini
beradi. Buning uchun unchalik katta haq olinmaydi, biroq asosiy
firma imijiga putur yetkazmaslik sharti asos qilib olinadi.
FRANKO - savdo bitimlarida qo'llaniladi va mahsulotni yetib borish manziliga
(franko-vagon, franko sklad) yetkazishni bildiradi. Franko
qo'shimchasi ma’nosi sotuvchining sotilgan tovarni belgilangan
manzilga o'z mablag'i hisobidan yetkazib berishini ifodalaydi.
FRANKO-JOYNING TURLARI - mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o'rtasida
tuzilayotgan shartnoma vaqtida franko-joy to'g'risida to'xtalib
o'tiladi. Bunda mahsulotni ortib-jo'natish bilan bog'liq xarajatlarni
mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Franko-joyning
quyidagi turlari mavjud: franko-ombor mol yetkazib beruvchi,
franko-stansiya jo'natish, belgilangan stansiyagacha franko-vagon,
belgilangan stansiyagacha franko, franko-ombor xaridor.
FRANKO-OMBOR MOL YETKAZIB BERUVCHI - bunda mahsulot ortib-
jo'natish bilan bog'liq barcha xarajatlarni mol yetkazib beruvchi
korxona to'lov talabnomasiga qoshadi (ombordagi ortib-tushirish
ishlari qiymati, temiryo‘ 1 tarifi va yetkazib berish hujjatlari).
FRANKO-OMBOR XARIDOR - bunda mol yetkazib beruvchi ko'rsatilgan
xarajatlardan tashqari xaridorning stansiyadagi ortib-tushirish
ishlari, uning ombordagi va omboriga yetkazib berish ishlari
bo'yicha xarajatlarni to'laydi (qoplaydi).
FRANKO-SHART - asosan, ishlab chiqaruvchi yoki mahsulotlarni sotib oluvchi
o'rtasidagi bitim bo'lib, bunga asosan ishlab chiqaruvchi yoki sotib
oluvchi yukni ortish, tashish xarajatlari sotuvchi yoki sotib oluvchi
zimmasiga yuklanishi ifodalanadi. Bu xarajatlar mahsulot bahosiga
qo'shilishi yoki qo'shilmasligi ham belgilanadi.
FRANKO - STANSIYAJO ‘NATISH -b u shunday narxki, u mol yetkazib beruvchi
to'lov-talabnomasining summasi, temiryo‘ 1 tarifi va mahsulotni
vagonga ortish xarajatlari yig'indisidan iborat.
FRANKO -VAG ON - ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchiningmahsulotni vagonlarga,
yuklashni o ‘z zimmasiga olganligini ifodalaydi.
FRAXT - dengizyoki havo yo'llari orqali yukni tashishda to‘lanadigan haq. Ushbu
haq tarif yoki yukni tashish to‘g‘risidagi shartnoma bo'yicha o'zaro
kelishilgan narx asosida to'lanadi. Dengiz sug'urtasida yuklarni
tashishda fraxt polisi yoziladi va fraxt qiluvchiga beriladi.
FRAXT BOZORI - xalqaro miqyosda yuk tashish yoki foydalanish uchun
kemalarni yollash; transport (kema) xizmatiningoldi-sotdiqilinishi,
jahon tovar bozorining bir turi. Fraxt bozori moddiy shakldagi
tovar emas, balki xizmatlashgan tovar bo'lmish transport xizmati
bozoridir.
FRIKSION ISHSIZLIK - bir ishdan boshqa bir ishga o'tish bilan bog'liq
bo'lgan vaqtinchalik ishsizlik.
FRITREYDERLIK - ingl. erkin savdo siyosati, proteksionizmga zid. Bu siyosatni
bozor munosabatlariga o'tgan davlatlar tashqi savdoda qo'llaydilar.
FRONTING - qabul qilib olingan riskni tegishli komissiya haqi evaziga to‘ laligicha
boshqa sug'urta yoki qayta qayta sug'urtalovchi kompaniyalarga
berish.
137
FRONTLASHTIRUVCHI KOMPANIYA - boshqa sug'urta kompaniya
sining iltimosiga ko'ra, o'z nomidan sug'urta polisi beruvchi
sug'urta kompaniyasi. Frontlashtiruvchi sug'urta kompaniyasi
qabul qilib olingan riskni yuz foiz miqdorida iltimos qilgan sug'urta
kompaniyasi hisobiga o'tkazadi va buning uchun undan komission
haq oladi. HozirgipaytdaO'zbekistonda bir nechta frontlashtiruvchi
kompaniyalar faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan, “Anglo-Tashkent”,
“UzAIG” sug'urta kompaniyalari.
FUNDAMENTAL TAHLIL - tovar ichki xususiyatlarini o'rganishga asoslangan
moliyaviy tahlil usuli.
FUNKSIONAL BOG'LANISH - bu shunday to'liq bog'lanishki, unda bir
belgi yoki belgilar o'zgarish qiymatiga har doim natijaning ma’lum
me’yorda o'zgarishi mos keladi.
FUNKSIONAL JIHATDAN INSON RESURSLARINI BOSHQARISH -
kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog'liq bo'lgan barcha vazifa va
qarorlar (masalan, kadrlarni tanlash, malakasini oshirish, ulardan
foydalanish va hokazolar)dan iborat.
FUNKSIONAL LOYIHA - firmaning har xil funksional bo'limlari ishchilari
guruhiga asoslangan loyihani amalga oshirishga yo'naltirilgan
tashkiliy tizim hisoblanadi. Bunday guruh vakillari o'z funksional
bo'limlari ishchilari bo'lib qolaveradi va odatda, bevosita loyiha
ustida ishlash uchun o'zining butun ish vaqtini bag'ishlamaydi.
FUNKSIONAL MOLIYALASHTIRISH - budjet siyosatini ishlab chiqish
konsepsiyasi. Uning asosida budjet emas, balki iqtisodiyot
muvozanatlashtirilishi
zarur,
degan
qoida yotadi.
Bunda
makroiqtisodiy barqarorlik davrida budjet ijobiy saldoga ega
bo'lishi zarur degan fikr ilgari suriladi. Zero, iqtisodiy o'sish
sharoitida budjetga soliqlar tushumi avtomatik ravishda ko'payadi,
makroiqtisodiy barqarorlik esabuni rag'batlantiradi. Demak, budjet
kamomadi avtomatik ravishda o'z-o'zidan yo'q bo'ladi. Undan
tashqari, davlatning soliqlarni belgilash huquqi va pullarni vujudga
keltira olish sharoitida uning budjet kamomadini moliyalashtirish
imkoniyatlari amaliy jihatdan cheksizdir.
FUQAROLAR IQTISODIY ERKINLIGI - fuqarolarning o'z ixtiyoriga ko'ra
iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish erkinligi. Fuqarolar iqtisodiy
erkinligining asosi ularning mulk egasi bo'lishidir. Mulksiz fuqaro
erkin emas, u qaram, mustaqil faoliyat yurita olmaydi. Iqtisodiy
erkinlik fuqarolar ish kuchi va ishlab chiqarish vositalarining egasi
bo'lishi hamda o'z mehnati mahsulini o'zi o'zlashtirishini taqozo
etadi. Bunday sharoitda esa fuqarolar o'z qobiliyatiga yarasha
mehnat faoliyatini tanlashda, daromadlarini ishlatishda, xohlagan
tovami iste’mol qilishda mustaqil bo'ladilar. Fuqaro
o ‘z
iqtisodiy
erkinligini ta’minlashi uchun nafaqat mulkiy munosabatda, balki
bozor munosabatida o‘z o'rnini topishi kerak.
FUQAROLARNING YILLIK JAMI DAROMADI - ularning korxonada
olgan pul va natural ko'rinishdagi barcha to'lanmalaridan iborat.
Xorijiy valyutada olingan fuqarolarning daromadi soliqqa tortish
maqsadlari uchun daromad olingan kundagi Markaziy bankning
kursi bo'yicha milliy valyutada aniqlanadi. Fuqarolarning yillik jami
daromadi tarkibiga (soliqqa tortish maqsadlari uchun) quyidagilar
kiritilmaydi: pensiyalar; davlat ijtimoiy nafaqalari (vaqtinchalik
mehnat qobiliyatini yo'qotganligi uchun nafaqalardan tashqari);
kompensatsion to'lanmalar; moddiy yordam ko'rsatish summalari
(tabiiy ofat munosabati bilan); davlat zayomi obligatsiyalari
va lotereyalari bo'yicha yutuqlar; banklar va boshqa kredit
tashkilotlaridagi omonatlar bo'yicha foizlar va boshqalar.
FURE FRANSUA MARI SHARL (1772-1837) - Fransiya xayoliy sotsializm
vakilij kelajakni sinfsiz ko'rgan, uningcha, jamiyat ishlab chiqarish
birlashmalari - falangalardan iborat.
FYUCHERS (futures) - qimmatbaho qog'ozlarni, valyuta yoki tovarlarni
belgilangan narx va kelajakdagi belgilangan muddatda sotish yoki
sotib olish borasidagi bajarilishi majbur bo'lgan qisqa muddatli
standart shartnomalardir.
FYUCHERS BITIMI - hali ishlab chiqarilmagan tovarlar namunasi bo‘yicha
tuziladigan fyuchers bitimi shartnomasi maklerlar tomonidan ko‘p
marta olib sotiladi.
FYUCHERS OPERATSIYALARI - birjalarda amalga oshiriladigan savdo-
sotiq operatsiyalari. Bu operatsiyalar shartnoma tuzilganidan
so'ng ishlab chiqariladigan yoki yetishtirib beriladigan mahsulotlar
bo'yicha amalga oshiriladi. Odatda, ushbu shartnoma tuzilgandan
so'ng buyurtmachi bajaruvchiga avans tariqasida ma’lum summani
o'tkazib beradi.
FERMER XOJALIGI - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda
qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi
mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt.
139
G
GAAGA QOIDASI - paroxod egalarining mintaqalararo yuk tashishda rioya
qilishi kerak bo'Igan qoidalar.
GAAP - (Generally accepted accounting principles), GAAP - buxgalteriya
hisobining AQShda umum qabul qilingan qoida va tamoyillari.
GANTT GRAFIKI - bu loyihaning har bir ishining boshlanish va tugatilish
vaqti, ushbu loyihaning barcha ishlari bajarilishining ketma-ketligi
ko'rsatilgan grafikdir.
GAP - tovar bahosining keskin tushishi (bunda minimal baho joriy maksimal
bahodan yuqori bo'ladi) yoki keskin ko'tarilib ketishi (bunda
maksimum baho minimal joriy bahodan past bo'ladi).
GARANT - kafolat beruvchi, kafil shaxs; garant. Kafolat beruvchi sifatida davlat va
uning tashkilotlari, banklar, korxonalar va firmalar bo'lishi mumkin.
GARANTIYA (KAFOLAT) - boshlangan ishning mauvaffaqiyatli yakun
topishini ta’minlay oladigan omillar va shart-sharoitlar; omadsizlik
ro'y beradigan ehtimol mavjud bo'lganda amalga oshiriladigan
ishning muvaffaqiyatli yakun topishini kafolatlab, mas’uliyatning
o'z zimmasiga olinishi. Kontrakt tuzuvchi tomonlar, masalan,
kontraktning bajarilishiga, agar bajarilmasa, zararlarni qoplashga
kafillik beradi.
GARANTIYALIK MAJBURIYATI
-
ishonchli,
kafolatli
majburiyat;
qarzdordan olinishi lozim bo'Igan summaning vaqtida to'lanishini
ta’minlash uchun kreditorga berilgan kafolat.
GAROV - 1. Olingan qarz evaziga yoki majburiyatning, va’daning bajarilishiga
ishontirish uchun qoldirilgan omonat. 2. Savdo va tijorat ishlarini
amalga oshirish hamda banklardan naqd pul bilan kredit olish
vaqtida ko'char yoki ko'chmas mulkni vaqtincha qarz beruvchi
ixtiyorigaberish. Bu garoy shahodatnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Garov shahodatnomasi mol-mulk qarzdor tomonidan garovga
qo'yilganligi haqidagi hujjatdir.
GAROV SHAHODATNOMASI - savdo va tijorat operatsiyalarini amalga
oshirish uchun foydalanishi mumkin Ьо' lgan mol-mulkning qarzdor
tomonidan garovga qo'yilishi haqidagi kredit hujjatidir.
GAROVXONA - qimmatbaho buyumlar yoki ko'chmas mulklarni ma’lum foiz
hisobiga muayyan muddatga garovga olib, naqd pul bilan qarz
beruvchi muassasa.
GASTARBAYTER - chet ellik ishchi.
140
—
GATT - 1. Savdo va tariflar bo'yicha bosh kelishuv - tashqi savdo operatsiyalarini
o'tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo'lgan
mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo'yicha
xalqaro akt. 2. Savdo va tariflar qo'yish bo'yicha xalqaro bosh
uyushma. U 1947-yili 23 ta davlat o'rtasida tuzilgan bo'lib, hozirda
unga 100 ga yaqin davlat a’zo. Uning kengashi va kotibiyati Jenevada
joylashgan.
GEOEKONOMIKA - yangi amaliy fan bo'lib, u davlatning konkret holdagi
xalqaro miqyosdagi iqtisodiy strategiyasi va taktikasini o'rganadi.
Geoekonomika siyosiy-iqtisodiy, geografikmuammolarni o'rganadi.
Bu atama 1980-yillarda dastlab AQSHda ishlatilgan.
GERB SOLIG'I - turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd
etish yoki uning aksionerlik kapitalini oshirish, ijara to'g'risidagi
shartnoma va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq.
GILDEBRAND BRUNO (1812-1878)- nemis iqtisodchisi, iqtisodiy hodisalarni
tadqiq qilishning o'z tarixiy usulini ilgari surdi (natura, pul, kredit).
Uningcha, qiymat - foydalilik bo'lib, xususiy mulk abadiydir.
GIPERINFLYATSIYA - haddan tashqari inflyatsiya, narxning shiddat bilan
o'sishi, pul qadrining g'oyat tez pasayishi. Inflyatsiyaning oylik
darajasi 50% dan ortishi vabuholat 6 oydan ortiq davom etishi uning
giperinflyatsiya darajasiga o'tganligini anglatadi. Giperinflyatsiya
sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib bo'lmaydi.
Giperinflyatsiya narxlar oyiga 1,5 barobar oshganda vujudga
keladi. Bu hoi, o'z navbatida, moliyaviy tizimdagi beqarorlikka,
pul muomalasining izdan chiqishiga, qaror topgan iqtisodiy
munosabatlarning buzilishiga, jamiyatda tanglik o'sib borishiga olib
keladi.
GIPOTEZA - ilmiy bilimlar rivoji, hodisalarning kelib chiqish sababi, xossalari
va ularning amal qilishini tushuntirish maqsadida ilgari suriladigan,
asoslangan tasawurlardan iborat bo'lgan shakldir. Gipoteza
orqali bilimlarning rivojlanishi 2 bosqichda amalga oshadi: 1.
Gipotezani qurish. 2. Gipotezani tekshirish. Gipotezani qurish
mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni taqqoslash va ular
o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlash hamda ularni tahlil qilish
asosida amalga oshadi. Gipotezani tekshirish gipotezadan kelib
chiqadigan natijalarni umumiylikka tatbiq etib (deduksiya), ularni
hodisalarning haqiqiy holati bilan taqqoslash orqali amalga oshadi.
GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY BO ZO R - jahon mamlakatlari o'rtasi
dagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo'jalik tarzida amal
qilishiga asoslangan munosabatlar.
GLOBAL MUAMMOLAR - olamshumul ahamiyatga ega bo'lgan va o'z
yechimini topishida jahondagi barcha mamlakatlarningbirgalikdagi
harakatlarini talab etuvchi sivilizatsiyamizning eng dolzarb
masalalari.
GLOBALLASHISH - butun yer sharini qamrab oluvchi va innovatsiyalar
tomonidan pul sarmoyasi aloqalarini mustahkamlash maqsadida
jahon bozorida faol harakat qiluvchi yangi aqliy-axborot
texnologiyalardan tashkil topgan universal jarayondir.
GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY BOZOR - jahon
mamlakatlari
o'rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo'jalik tarzida
amal qilishiga asoslangan munosabatlar.
GOLLANDCHA AUKSION - auksionda stavka yuqoridan pastga tovar
sotilgunga qadar pasayib boradi.
GOMER (m.a. XII-VII asrlar oralig'i) - “Iliada” va “Odisseya” asarlarida natural
xo'jalik konsepsiyalarini ilgari surgan.
G O N O R A R - muallifyoki uning merosxo'rlariga ilm, fan va madaniyat sohasidagi
chop etgan ilmiy ishlari uchun mukofot tarzida beriladigan haq;
muallifga beriladigan qalam haqi.
GORIZONTAL BIRLASHUV - bir xil mahsulotlar yoki bir xil xizmatlar
ko'rsatuvchilarning birlashuvi.
GORIZONTAL DIVERSIFIKATSIYA - firma assortimentini ayni paytda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog'liq bo'lmagan, biroq mijozlar
qiziqishini uyg'otishi mumkin bo'lgan mahsulotlar bilan to'ldirish.
GORIZONTAL DIVERSIFIKATSIYA - ilgari ishlab chiqarilgan mahsulot
xiliga texnologik aloqasi bo'lmagan yangi mahsulotlarni ishlab
chiqarish.
GORIZONTALMARKETING TIZIM I - kanalningbir pog'onasida (bo'g'inda)
faoliyat ko'rsatadigan korxonalarning birlashishi natijasida hosil
bo'lgan tovar tarqatish tizimi.
GORIZONTAL TAHLIL - o'tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan
smeta xarajatlari o'rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.
GRAFIK (CHIZM A) USULI - zararsizlikningiqtisodiy vabuxgalteriya modulini
tuzish uchun asos bo'ladigan daromad, xarajatlar va foyda haj mining
ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lishi.
GRANT -1 . Davlatlar, davlatlar hukumatlari,xalqaro va chet elhukumatiga qarashli
tashkilotlar tomonidan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi
Hukumati belgilaydigan ro'yxatga kiritilgan xalqaro va chet el
nohukumat tashkilotlari tomonidan O'zbekiston Respublikasiga,
O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o'zini o'zi
boshqarishorganlariga,yuridikvajismoniyshaxslargabeg'arazasosda
beriladigan mol-mulk, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo'lmagan shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasiga hamda
0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga begaraz asosda beriladigan
mol-mulk. 2. Ilmiy izlanishlar, o'qish, davolanish kabi maqsadlarda
korxona, tashkilot va jismoniy shaxslarga pul shaklida yoki boshqa
ko'rinishda beg'araz beriladigan subsidiya. Grantlar innovatsion
xarakterdagi ishlarni maqsadli-imtiyozli moliyalashtirishdir. Soliqqa
tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi ishlatilganda, xorijiy
xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va tashkilotlarga pul
yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini,
o'qitish, davolash va boshqa shunga o'xshash maqsadlarni amalga
oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to'g'risida hisobot berish
sharti bilan beriladigan mablag'lar tushuniladi. Grant mablag'lari
qat’iy maqsadli tayinlanishi bo'yicha foydalaniladi.
GROSSBUX - buxgalteriya hisobida bosh kitob.
GUAN-SZI (m.a. IV asr) - Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar. Unda xo'jalikni
davlat tomonidan tartibga solish tizimlari mukammal yoritilgan.
GUDVTL - (ing. goodwill) nomoddiy aktivbo'lib, korxonanixarid qilish chog'ida
yuzaga keladi va sotib olinadigan korxona uchun haq hamda uning
sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi
(bozor) qiymati o'rtasidagi farqni bildiradi.
GUMANIZM (INSONPARVARLIK) - 1. Insonning qadr-qimmatini yuqori
qo'yishga asoslangan qarashlar majmuyi. 2. Shaxsning har
tomonlama kamol topishi, uning qadr-qimmati va huquqi hamda
erkini himoya qilishga asoslangan ta’limot.
GURUH SAMARADORLIGI - guruhning umumiy maqsadlarini amalga
oshirish darajasidir.
GURUH SAMARADORLIGINING ASOSIY OMILLARI - bularga guruh
hajmi tarkibi, ma’lumotlar topshirig'i, tashqi muhit, rahbarlik
uslubi, jarayonlar va tadbirlar, o'zaro ta’sir usullari, sabab, maqsadni
amalga oshirish, guruhning qiziqishi kiradi.
GURUH
TEXN OLO GIYASI
PRINSIPI
BO'YICH A
USKUNA
J OYLASHISHI - bunda har hil uskunalar ishlanish uslublari
o xshash bo'lgan mahsulotlar to‘liq tayyorlanadigan ish markazlari
yoki texnologik kataklarga guruhlanadi. Bunday joylashish uyali
joylashish deb ham ataladi.
GURUHNING MAQSADI - shaxsiy maqsadlarning bir-biriga mos kelishi va
o'zaro harakatlar induktoridir.
GAROV - olingan qarz evaziga yoki majburiyatning, va’daning bajarilishiga
ishontirish uchun qoldirilgan omonat.
GAROV SHAHODATNOMASI - savdo va tijorat operatsiyalarini amalga
oshirish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan mol-mulkning qarzdor
1
4
Dostları ilə paylaş: |