« m s & e s x ii* * * - - —
401
—
TANQID - amaldagi faoliyatning takomillashtirilishini ko zlab turib, uning
salbiy jihatlarini ko'rsatish, baho berish.
TANQID QILISH - mehnat faoliyati jarayonida xodimlarning bir-birlari
sha’niga tanqidiy mulohazalar bildirishidir.
TANTEMA - savdo, sanoat, bank, aksionerlar tashkilotlari foydasidan bu
tashkilotlarning boshqaruv xodimlariga to'lanadigan qo'shimcha
mukofot.
TAQCHILLIK (TANGLIK) - xalq iste’mol tovarlari va xizmatlarning aholi
talabini qondirish uchun yetishmasligi.
TAQSIMLANMAGAN FOYDA SOLIG'I - alohida soliq to'lovchi sifatida
tan olingan aksionerlik kompaniyalari, banklar va boshqa institutlar
foydasining dividendlarga taqsimlanmagan qismidan olinadi.
TAQSIMLASH SAMARASI - biror-bir davr mobaynida ishlab chiqarilgan,
ma’lum
miqdordagi
mahsulot
iste’molchilar
o'rtasida
taqsimlanadigan ahvol, bunda bir iste’molchining ahvolini boshqa
iste’molchining ahvolini yomonlashtirmasdan yaxshilab bo'lmaydi.
TAQSIMLOVCHI SCHYOTLAR - ma’lum ishlab chiqarish xarajatlarini
hisobga olish va ularnig kalkulyatsiya obyektlari, hisobot davrlari va
hokazolar bo'yicha to'g'ri taqsimlashni ta’minlash uchun tayinlangan
buxgalteriya hisobi schyotlari. Taqsimlovchi schyotlar ikki turda
bo'ladi. Ularning bir xili hisobot davri davomida egri xarajatlar
smetasining bajarilishi va hisobot davri oxirida kalkulyatsiya
obyektlari bo'yicha taqsimlanishi ustidan nazorat qilish uchun
tayinlangan. Bunday schyotlar yig'uvchi-tarqatuvchi hisoblanadi.
Boshqa taqsimlovchi schyotlar kelgusi davrlar xarajatlari bo'yicha
to'g'ri taqsimlash uchun tayinlangan. Bunday schyotlarga davrlar
bo'yicha taqsimlovchi schyotlar deyiladi. Ular budjet-taqsimlovchi
ham deyiladi.
TAQSIMOT KANALI - bu tovarni savdo joylariga etkazib berishni ta’minlovchi
tizimdir.
TAQSIMOT QATORLARI - to'plam birliklarini ma’lum belgilar asosida
guruhlarga (qismlarga) bo'linishi.
TARAQQIYOT BUDJETI - davlat budjetining tarkibiy qismi, uning kapital
xarajatlari tarkibida shakllantiriladi va investitsion loyihalarni
kreditlashtirish, investitsiyalashtirish va kafolatli ta’minlash uchun
foydalaniladi.
TARBIYA - 1) shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga
muvofiq ta’sir etish; 2) pedagogik jarayonda ta’lim maqsadlarini
amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus
tashkil etilgan faoliyati.
TARG IBO T (PABLISITl) - iste’molchilarda korxona va uning tovari to'g'risida
yaxshiroq tasawur shakllantirish maqsadida ommaviy axborot
vositalari orqali ma’Iumotlar tarqatish va tushuntirish.
TARIF -1 . Korxonalar, tashkilotlar, alohida ko'rsatiladigan turli ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish yo'nalishidagi xizmatlar uchun to'lanadigan haq.
2. Rasmiy belgilangan stavka, soliq, birorta to'lov yig'im, stavkalar
tizimi, masalan: transport tariflari, aloqa bo'yicha, bojxona tariflari.
TARIF KOEFFITSIYENTI - tarif setkasini tasniflovchi tarif tizimining
elementi. U yoki bu razryad tarif stavkasini bir hisobiga qabul
qilinadigan birinchi razryad tarif stavkasiga nisbati. Tarif
koeffitsiyenti ushbu razryadga mansub ishchilar (xodimlar) ish
haqi darajasining eng malakasiz (1-razryadli) ishchilarga nisbatan
ortiqchaligini ko'rsatadi.
TARIF RAZRYADI - ishchi bajaradigan ishlarning murakkabligini va malaka
darajasini tavsiflovchi ko'rsatkich, ta’rif setkasi elementlaridan biri
hisoblanadi.
TARIF SETKASI - ikkinchi, uchinchi va hokazo razryad stavkasiga ega bo'lgan
ishchilarning birinchi razryad stavkasiga nisbatini aniqlovchi
shkala. Yagona tarif setkasini davlat ishlab chiqib, joriy etadi.
Shuningdek, davlat tomonidan belgilangan minimal ish haqi
darajasi tarif setkasiga asosan ish haqini belgilashning asosi bo'ladi.
Keyingi razryadga taalluqli bo'lgan ishchilarning ish haqlari razryad
oralaridagi belgilangan koeffitsiyentga ko'ra hisoblab chiqariladi.
TARIF STAVKASI - ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi
(soat, kun) uchun to'lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda,
tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar
uchun esa birinchi razryad tarif stavkasi qolgan razryadlar tarif
koeflitsientiga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi.
TARIF TIZIM I - ishlab chiqarish turlari, ish sharoiti, ishchining malakasiga
ko'ra ish belgilash uchun qaratilgan normativ hujjatlar jamlanmasi.
Tarif tizimi o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: tarif stavkalari,
tarif setkalari, tarif malaka ma’lumotnomasi.
TARIF-MALAKA
MA’LUMOTNOMASI
-
ishchilarni
tasniflash
(tarifikatsiyalash) va ishchilarga malakaviy razryadlarni berish
uchun foydalaniladigan me’yoriy hujjat. U tarif tizimining elementi
hisoblanadi. Tarif malaka ma’lumotnomasida xizmatchilarning
kasbi va mahoratiga ko'ra tarif setkasidagi qaysi razryadga taalluqli
ekanligi ko'rsatilgan bo'ladi.
- issM
KKaga*»—
—
403
TARIXIY MAKTAB - Germaniyada (vakillari: F. List, V. Rosher,
B. Gildebrand, K. Knis) vujudga kelgan siyosiy iqtisod. Unda
foydalilikva yuqori nafbirinchi o'ringa qo'yiladi. Iqtisodiy qonunlar
inkor etilib, iqtisodiy tarix bilan almashtiriladi.
TARKIBIDA
SHAHARLAR!
BO'LGAN
TUMAN
BUDJETI
-
umumtuman budjeti hamda tuman bo'ysunuvidagi shaharlar
budjetlari.
TARKIBIY INQIROZ - xomashyo, tovarlarning keskin yetishmasligi
natijasida vujudga keladi. Bunga misol qilib energetik resurslarning
yetishmasligini olish mumkin. Oqibatda talab va taklif mutanosibligi
buziladi va xomashyoning bahosi ko'tarilib ketadi. Natijada shu
vaqtgacha yashirin ko'rinishda bo'Igan iqtisodiyotning muhim
tarmoqlarida ortiqcha yig'ilib qolgan kapitallar yuzaga chiqadi.
Ularda ishlab chiqarish vositalarining bir qismida ishlab chiqarish
samarasiz bo'lib qoladi, ishlab chiqarish to'xtaydi, korxonalar
yopiladi, ishsizlik ko'payadi. Tarkibiy inqirozlar davriy xarakterga
ega emas, ammo uzoq muddat davom etishi bilan xarakterlanadi.
Davriy inqirozdan farqli ravishda, tarkibiy inqirozda, masalan, po'lat
qo'yish, ko'mir sanoati izdan chiqib turganda, to'qimachillk sanoati,
kemasozlik va shunga o'xshash ayrim alohida tarmoqlar rivojlanishi
mumkin.
TARKIBIY ISHSIZLIK - iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish oqibatida ishchi
kuchiga talab tarkibida o'zgarish ro'y berishi natijasida yuzaga
keladigan majburiy ishsizlikning ko'rinishi.
TARKIBIY O'ZGARISHLAR - milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror
tarkibiy tuzilishini ta’minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini
izchil ravishda o'zgartirib borish. Tarkibiy o'zgarishlar yangi
tarmoqlami barpo etish, ba’zilarini kengaytirish, ayrim samarasiz,
istiqbolga ega bo'lmagan tarmoqlarni qisqartirish kabi chora-
tadbirlarni o'z ichiga oladi.
TARKIBIY SIYOSAT - milliy iqtisodiyotning fan, texnika va texnologiyadagi
o'zgarishlarga muvofiq tarzda umumiy va alohida ehtiyojlarni
hisobga olgan holda rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
T A R M O Q - 1. Jarayonlarning maxsus bo'limlarga ajratilishi, masalan, “qishloq
xo'jaligi” “yengilsanoat ”/ ‘og'irsanoat”vahokazo. 2. Qo'llanilayotgan
vositalar, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkil qilish xususiyati
hamda mahsulotlardan foydalanish tartibiga ko'ra bir-biridan farq
qiladigan ishlab chiqarishning bir qismi.
TARM O Q TASNIFI - hisobotlarni soddalashtiradi, iqtisodiy jarayonlarni
tahlil qilishga va modellashtirishga imkon yaratadi, iqtisodiy
siyosatni yuritishda qulayliklar tug'diradi.
404
TARMOQLARARO BALANS - MHTning muhim bo'limi bo'lib, uning
yordamida tarmoqlararo aloqalar, oraliq iste’mol, tarmoqlar ishlab
chiqarishi va talabi orasidagi murakkab bog'lanishlar tadqiq qilinadi.
TARMOQLARARO BALANS - tarmoqlararo ishlab chiqarish va ijtimoiy
mahsulotni taqsimlash, iqtisodiy matematik model bo'lib, u
yakuniy natijalar bo'yicha bir-biriga bog'liq bo'lgan (shaxmat
balans), mahsulot taqsimoti balansining ko'paytma ustamasidan
(jadval satrlari) va ularni ishlab chiqarish xarajatlaridan (ustunlari)
tashkil topgan bo'ladi; u tarmoqlarning ishlab chiqarish va
xo'jalik aloqalarini o'zida aks ettiradi. Tarmoqlararo balans pul va
natura shaklida tuziladi. Asosiy ko'rsatkichlari - to'liq xarajatlar
koefitsientlari va bevosita xarajatlar koefiitsientlaridan iborat
bo'ladi. U xorijda “ishlab chiqarish xarajatlari” usuli deb ataladi.
TARTIBGA SOLISH - iqtisodiyotning ma’lum bir holatda bo'lishini ta’minlash.
Iqtisodiyot subyektlari aloqalarini o'zgartirishni yoki quwatlashni
ta’minlovchi, maqsadli yo'naltirilgan jarayonlar. Masalan: sohalar,
pul-kredit, moliya, tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish.
TARTIBGA SOLUVCHI (TARTIBLOVCHI) DAROMADLAR - tegishli
budjetda ko'zda tutilgan barcha xarajatlami to'liq qoplash
maqsadida umumdavlat soliqlaridan quyi budjetdagi biriktirilgan
daromadlarning ustiga yuqori budjetdan beriladigan daromadlar.
Bunday daromadlarning tarkibiga qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar,
korxonalardan olinadigan daromad (foyda) solig'i, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig'i kabilar kiradi. Bu soliqlar
bo'yicha daromadlar quyi budjetlardagi tushumlarni tartibga solish
uchun moliyaviy hisobot davrida (odatda, bir yilda) belgilangan
tartibda tasdiqlangan stavkalar bo'yicha soliqlardan foiz ajratmalari
ko'rinishida foydalaniladi. Tartibga soluvchi daromadlar bo'yicha
ajratmalar bevosita quyi budjetlarga borib tushadi, ajratmalar
stavkasi (normativi) esa davlat budjeti tasdiqlanayotgan paytda
aniqlanadi.
TARTIBGA SOLUVCHI SCHYOTLAR - xo'jalik mablag'lari baholarini
tuzatish (tartibga solish), bu mablag'lar holati to'g'risida qo'shimcha
ko'rsatkichlarni olish, shuningdek, ularning manbalarini aniqlash
uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Har bir schyot
ma’lum asosiy schyotni tartibga solish uchun tayinlangan. Bunda
tartibga soluvchi schyotlarda hisobga olingan summa asosiy schyot
summasiga qo'shiladi, yoki undan olib tashlanadi. Tartibga soluvchi
schyotlami qo'llash zaruriyati xo'jalik mablag'larini baholash
bo'yicha belgilangan qoidalar bilan bog'liq.
405
TARTIBGA SOLUVCHI SOLIQLAR - budjet darajasiga qarab ajratmalar
miqdori belgilanadigan barcha turdagi soliqli daromadlar.
TARTIB-INTIZOM
-
birgalikda
amalga
oshiriladigan
faoliyatning
muayyan turdagi tashkiliy shakllari va qonun-qoidalarini barqaror
saqlab turish uchun xizmat qiladigan o'ziga xos munosabatlar shakli.
TASARRUF ETISH - mulk bo'lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish.
TASDIQLANGAN KAFOLATLAR - kafolatlarni tasdiqlash shaklida
namoyon bo'ladi. Masalan, bank o'z mijozi bo'lgan importyorning
to'lov majburiyatlari bo'yicha kafolat bergan bo'lsa, eksportyorning
banki ham ushbu kafolatlar bo'yicha majburiyatni o'z zimmasiga
oladi. Bu esa, mavjud kafolatlarni tasdiqlash yo'li bilan amalga
oshiriladi.
TASHABBUSKORLIK - tadbirkorlik, yaratuvchanlik, tajribachilik.
TASHABBUSLI AUDITORLIK TEKSHIRUVI - tashabbusli audit har
qanday vaqtda hamda xohlagan hajmda o'tkazilishi mumukin. Uni
o'tkazish hajmi yuridik shaxs bo'lgan xo'jalik subyekt boshqaruv
organi yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy
shaxs bilan auditorlik tashkiloti o'rtasidagi kelishuv asosida
belgilanadi.
TASHKILIY HUQUQIY TIZIM - 1. Biror maqsadning samaradorligiga
erishishni ta’minlash uchun tashkil etilgan boshqaruv va funksional
qismlarning o'zaro munosabati. 2. Korxonaning hajmi, uning
kapitali, mulk shakliga bog'liq bo'lgan, mavjud bo'lgan mamlakat
qonunlarida ko'zda tutilgan korporatsiya, tashkilot, kompaniya
turlari va shakllari.
TASHKILIY INNOVATSIYA - firmaning ish amaliyotiga yangi tashkiliy
uslubni joriy etish.
TASHKILIY JIHATDAN INSON RESURSLARINI BOSHQARISH -
kadrlar bilan ishlashga javobgar bo'lgan shaxslar va institutlar
(masalan, rahbarlar, kadrlar bo'limi, ishlab chiqarish kengashlari,
kasaba uyushmalari va hokazolar) faoliyatidan iborat.
TASHKILIY MADANIYAT - tashkilotning ichida va uning chegarasidan
tashqaridagi munosabatlar asosidagi tashkilotning kattaroq qismi
tomonidan qo'llaniladigan falsafa, qadriyatli mo'ljallar, hulqning
me’yorlari, qoidalar va muhit.
TASHKILIY TEXNIKA - chizma ishlari, hisob-kitob operatsiyalari, hujjatlarni
tayyorlash, ularni ko'paytirish, qayta ishlash, saqlash, avtomatik
qidirish va boshqalar uchun texnik vositalar majmuyi. Uning
tarkibiga yozuv mashinkalari, fakslar, kartotekalar, nusxa olish
406
apparatlari, chizma priborlari, elektron hisoblagichlar va boshqalar
kiradi.
TASHKILIY TUZILISH - awalo an’anaviy ravishda mehnat taqsimoti asos
qilib olingan tamoyildir.
TASHKILIY-MUVOZANATLOVCHI - mazkur uslublarga reglamentlash,
me’yorlashtirish va instruktsiyalash kiradi.
TASHKILOT - 1. Tashkilot, muassasa; idora, uyushma tashkil etish. 2. Tizim
elementlarini tartibga solish va koordinatsiya qilishga qaratilgan
boshqaruvning tarkibiy qismi. Tashkilot odamlarning ma’lum
maqsadlari: boshqaruv vazifalariga erishishni ko'zda tutuvchi
tizimlashtirilgan, ongli birlashmasi.
TASHKILOT STRATEGIYASI - kompaniyaning turgan joyidan erishmoqchi
bo'Igan joyiga qanday qilib o'tkazish mumkin, degan masalani
yechish haqidagi yo'riqnomadir.
TASHKILOT TAJRIBASI YIG'ILISHI - tashkilot amaliy faoliyati yig'ilishi va
uning boshqaruvi, texnologiyalari va injiniringidagi o'zgarishlari
natijasidir.
TASHKILOTCHILIK QOBILIYATI - odamga tashkiliy faoliyat usullarini
egallash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi
shaxsning shaxsiy-psixologik xususiyatlari.
TASHKILOTNING MISSIYASI - tashkilot mavjud bo'lishining ma’nosini
ochib beruvchi shakllantirilgan tasdiq, unda ushbu tashkilotning
boshqalardan farqi namoyon bo'ladi.
TASHQI AUDIT - tashqi auditor bilan ichki auditor faoliyatlari hamda tashqi
audit va ichki auditlarni ajratish uchun qo'llaniladigan termin.
TASHQI BOSHQARUV - bankrotlik holatiga tushib qolgan qarzdor
korxonaning hayotiy layoqatini tiklashga yo ‘naltirilgan chora-tadbir.
Unga ko'ra, qarzdor korxonaning faoliyatini boshqarish mas’uliyati
xo'jalik sudining qarori bilan tayinlangan tashqi boshqaruvchiga
topshirilishi nazarda tutiladi.
TASHQI BOSHQARUVCHI - xo'jalik sudining qarori bilan qonunda ko'zda
tutilgan majburiy chora-tadbirlami amalga oshirish maqsadida
tayinlangan shaxs.
TASHQI DUNYO - shu mamlakatni tashqi iqtisodiy aloqalar olib boruvchi
iqtisodiy agentlar bilan birlashtiruvchi institutsional sektor.
TASHQI DUNYO HISOBI - tashqi iqtisodiy faoliyat shaklida ro‘y beruvchi
va faoliyat natijasi quyidagi to'rt hisobda - tovarlar va xizmatlar
tashqi hisobi, birlamchi daromadlar va joriy transfertlaming tashqi
407
hisobi; jamlashning tashqi hisobi (kapital hisobi, moliya hisobi,
aktivlarda boshqa o'zgarishlar hisobi, baholash hisobi) aktivlar
va majburiyatlarni tashqi hisoblarda o'z ifodasini topadi va turli
mamlakatlarning iqtisodiy aloqasini tavsiflaydi.
TASHQI INVESTITSIYALAR - foyda olish maqsadida chet el investorlari
tomonidan
boshqa
davlat
iqtisodiyotiga
qo'yiladigan
investitsiyalardir.
TASHQI MABLAG LARNI JALB QILISH - davlat tomonidan aktivlarni
xorij manbalardan - chet el davlatlaridan, norezident yuridik
shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan jalb etish hamda buning
natijasida O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki
qarz oluvchi rezidentlarning o'z kreditlarini - qarzlarini to'lashiga
kafil sifatidagi majburiyatlari yig'indisining yuzaga kelishidir.
TASHQI NODAVLAT QARZLAR - mamlakatdagi xususiy shaxslar
(moliya muassasalari, korxonalar va aholi) tomonidan boshqa
mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy
mablag'larining jami hajmi.
TASHQI QARZ - mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik
korxonalariningboshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan
qarzga olgan moliyaviy mablag'larining jami hajmi.
TASHQI QARZNI RESTRUKTURIZATSIYA QILISH - qarzni qaytarish
va u bo'yicha foizlarni to'lash muddatlarini uzaytirish.
TASHQI SAVDO - chet mamlakatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yuritish, xorijga
tovar chiqarish (eksport) va xorijdan tovar kiritish (import)ni o'z
ichiga oladigan savdo.
TASHQI SAVDO AYLANMASI - mamlakat, mamlakatlar guruhi tashqi savdo
faoliyati hajmining pul ko'rinishidagi ifodasi bo'lib, muayyan vaqt
oralig'idagi (masalan, yil davomidagi) eksport va import hajmining
yig'indisiga teng bo'ladi.
TASHQI SAVDO AYLANMASI SALDOSI - mamlakat eksporti va importi
hajmlari o'rtasidagi farq, tafovut.
TASHQI SAVDO BALANSI - ma’lum davr mobaynida (oy, chorak, yil) eksport
va import qiymati o'rtasidagi nisbat. Tashqi savdo balansiga,
naqd to'langan va kredit hisobiga amalga oshirilgan tovar bitimlar
kiritiladi. Savdo balansi ikki turga bo'linadi: a) aktiv balans, bunda
eksport importdan ortiq va mamlakatga tashqaridan valyuta
oqib kelib, moliyaviy ahvoli faollashadi; b) passiv balans, bunda
import eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta chiqib keta
boshlaydi, moliyaviy ahvol zaiflashadi. Eksport va import nisbati
408
quyidagilarga bog'liq bo'ladi: a) oldi-sotdi qilinadigan tovarlarning
turi va miqdoriga; b) tovarlarning narxiga. Savdo balansi holati
mamlakatdagi milliy ishlab chiqarish darajasiga, mamlakatning
xalqaro savdodagi ishtirokiga, mamlakat tovarlarini dunyo bozorida
raqobatlasha olishiga bog'liqdir. Savdo balansi holati mamlakatga
valyuta kirib turishini izohlaydi, mamlakatning to'lov balansini
shakllantiradi.
TASHQI SAVDO SIYOSATI - bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib
borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga
teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish ko'zda tutiladi.
Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan
olib boriladi.
TASHQI SAVDO AYLANMASI DIVERSIFIKATSIYASI - eksport va
importning tovar nomenklaturasi va hamkor davlatlar sonining
kengaytirilishi.
TASHQI XARAJATLAR - ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun
tashqaridan keltirilgan xomashyo, ishlab chiqarish vositalari yoki
texnologiyalari uchun sarf etiladigan qiymat shaklidagi xarajatlar.
TASNIFIY BAHOLASH MODELI - kreditni baholashning balli modeli
(reyting uslubi) va bankrotlikni bashorat qilish (MDA - Multiple
Discriminate Analysisga asoslangan statistik baholash) modellariga
asoslanadi.
TASODIFIY HODISA - sinov natijasida ro'y berishi yoki ro'y bermasligi
mumkin bo'lgan har qanday fakt.
TASODIFIY M IQ D O R - sinov natijasida, awaldan e’tiborga olib bo'lmaydigan
tasodifga bog'liq holda, o'zining mumkin bo'lgan qiymatlaridan
birini qabul qiladigan (aynan qaysi ekani awaldan ma’lum
bo'lmagan) o'zgaruvchi tushuniladi.
TASODIFIY MIQDORNING TAQSIMOT QONUNI - tasodifiy miqdor
qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlari bilan ularning mos
ehtimollarini bog'laydigan biror munosabat.
TASODIFIY TALAB - to'satdan paydo bo'lib, qondiriladigan talab.
TAVAKKALCHILIK - biron ish bilan shug'ullanish oqibatida zarar ко'rib
qolishdan qutulib qolish imkoniyati.
TAVAKKALCHILIKKA BEFARQ QAROVCHI SHAXS - kutiladigan
daromadda u kafolatlangan daromad bilan tavakkal daromaddan
qaysi birini tanlashga befarq qaraydigan shaxs.
TAVAKKALCHILIKKA MOYILLIK - kutiladigan daromadda kafolatlangan
natijaga ko'ra ko'proq tavakalchilik bilan bog'liq bo'lgan natijani
ustun ko'radigan shaxs.
409
TAVAKKALCHILIKKA QARSHI INSON - kutilgan daromadga nisbatan
kafolatlangan daromadni ustun ko'radigan inson.
TAVAKKALCHILIKLARNI QO'SHISH - ushbu usul tasodifiy yo'qotishlarni
o‘zgarmas
xarajatlarga
aylantirish
orqali
tavakkalchilikni
kamaytirishga qaratilgan (mulkni sug'urtalash).
TAVAKKALCHILIKNI TAQSIMLASH - ushbu usulga ko'ra zarar ko'rish
ehtimoli bilan bog'liq bo'Igan tavakkalchilik qatnashuvchi
subyektlar o'rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir
subyektning kutiladigan zarari nisbatan kichik bo'ladi. Yirik moliya
kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni tavakkalchilikdan
qo'rqmasdan moliyalashtiradi.
TAYYOR MAHSULOT - korxonada ishlab chiqarishi tugatilgan, belgilangan
standartlarga yoki texnik shartlarga to'g'ri keladigan mahsulot.
Tayyor mahsulot texnik nazoratchi tomonidan qabul qilinib,
belgilanganhujjatlarbilanrasmiylashtiriladivaomborgatopshiriladi.
Ayrim hollarda tayyor mahsulotlar omborga topshirilmasdan,
mol oluvchilarga jo'natiladi. Tayyor mahsulotning har bir turiga
kartochkalar ochiladi yoki daftarlarda bir necha betlar ajratiladi.
Kartochka yoki daftarda mahsulot nomi, uning nomenklatura
nomeri, razmeri, markasi, o'lchov birligi, har birining bahosi
ko'rsatiladi. Tayyor mahsulotlarning buxgalteriya hisobi, odatda,
saldo usulida yuritiladi. Tayyor mahsulotlar joriy hisobda reja
tannarxida yoki korxonaning ulgurji bahosida baholanadi. Oy
oxirida tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanib, shu
bahoda buxgalteriya balansida ko'rsatiladi. Ayrim tarmoqlarda
mahsulotlarning haqiqiy tannarxi har oyda emas, yil oxirida
aniqlanadi.
TAYYORGARLIK VAQTI (QAYTA TAYYORLASH VAQTI) - uskunalarni,
ma'lum bir mahsulot turini ishlab chiqarishga tayyorlash uchun
lozim bo'ladigan vaqt
TEBRANUVCHI TALAB - talab darajasining dambadam o'sib va pasayib turish
holati.
TEHNOLOGIK PRINSIP BO'YICH A USKUNA JOYLASHISHI -
shunday joylashtirish uslubiki, bunda o'xshash uskunalar bir
joyda joylashadi. Bu uslub funksional prinsip bo'yicha uskuna
joylashtiruvi yoki mayda seriyali jarayon joylashtiruvi deb ataladi.
TEJAMKORLIK - jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muayyan darajasida
barcha resurslardan tejamli foydalanish bo'yicha iqtisodiy
munosabat bo'lib, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashning
asosiy omili hisoblanadi.
410
TELEKOMMUNIKATSION
INFRATUZILMA
-
kompaniyaning
telekommunikatsion infratuzilmasi - bu turli axborotlarni:
avtomatlashgan boshqaruv tizimlari ma’lumotlari, elektron xabarlar,
internet-grafika, turli fayllar hamda “ovoz” va video ko'rinishidagi
axborotlarni uzatish vazifasini hal qiluvchi o'zaro aloqador
tizim chalar majmuasidir.
TELEKOMMUNIKATSIYA - simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit
tizimlardan foydalanib, signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki
boshqa ko'rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov
berish jarayoni. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida
ma’lumotlarni masofadan uzatish jarayoni.
TELEMARKETING - marketing turi bo'lib, uni amalga oshirish potensial
iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash
va xarid qilish imkonini beruvchi telekommunikatsiya vositalari va
Internet tarmog'idan foydalaniladi.
TENDENSIYA - xo'kiz yoki ayiq tendensiyalarini tavsiflovchi grafikdagi trend
chizig'i.
TENDENSIYA FAZALARI - trendning ko'tarilayotgan yoki pasayib
borayotgan yo'nalishlarini tavsiflaydi.
T E N D E R -1) yozma taklif, oferta, talabnoma; 2) qimmatli qo'g'ozlar, savdo uchun
obuna bo'lish haqidagi ariza; 3) muddatli shartnomaga ko'ra tovarni
yetkazib berish to'g'risidagi xabarnoma; 4) bozorda obligatsiya va
g'azna vekselini taklif etish vositasi; 5) xalqaro savdo shakli. Savdo
tashkilotchilari tomonidan qatnashuvchilar orqali ma’lum tovarni
yetkazib berish yoki ma’lum xizmatlarni bajarish taklifi qayd etilgan
qo'g'oz (blank); 6) biror-bir ishni amalga oshirish uchun e’lon
qilingan tanlov. Xaridor yoki buyurtmachi eng awalo tanlov e’lon
qilib, tanlov shartlari bilan tanishtiradi. Tanlovda ishtirok etish
niyatini bildirgan firmalar, korxona va tashkilotlar o'z takliflarini -
tenderlarni buyurtmachiga ko'rib chiqish uchun yuborishadi.
TENDER KOMISSIYASI - tenderdagi takliflarni baholovchi va golibni
aniqlovchi doimiy yoki vaqtinchalik tarkibga ega organ.
TEST - l ) standart shakldagi topshiriqlar bo'lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat, bilim
va malakani aniqlash maqsadida o'tkaziladigan sinovdir; 2) aniq
sotsiologik tadqiqotlardan foydalaniladigan tarqatma material,
savolnoma; 3) shaxs ruhiyati va xulqini aniq miqdoriy va ma’lum
sifat baholarini oldindan berilgan ba’zi standart - test me’yorlari
bilan qiyosiy o'rganishga mo'ljallangan psixologik tadqiqotlarning
standartlashtirilgan metodi.
TEXNIK QAYTA QUROLLANTIRISH - ishlab
chiqarish alohida
uchastkalarining texnik imkoniyatlarini zamonaviy darajaga
chiqarish jarayoni.
TEXNIK TAHLIL - tendensiyalami o'rganishga asoslangan moliyaviy tahlil usuli.
TEXNIK YO'NALISHLAR - diagrammada chiziladigan yoki joylashtiriladigan
chiziqdir.
TEXNOLOGIK ISHSIZLIK - insonlarni mashinalar bilan almashtirish
natijasida vujudga kelgan ishsizlik turi. Masalan, yog'-moy zavodida
10 kishi chigitni vagonlardan tushirar edi, zavod 2 ta avtoyukortgich
sotib oladi, natijada 10 kishi bajaradigan ishni 2 kishi bajaradi, 8 tasi
ishsiz qoladi.
TEXNOLOGIK JARAYON - ishlab chiqarishning asosini tashkil etib,
xomashyolarni
ishlab
chiqarish
(iste’mol)
mahsulotlariga
aylantirish jarayonida sarflanadigan ishlar majmuyidan iboratdir.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlatilayotgan xomashyolar,
qo'llanilayotgan jihoz va usullaming turli xilda bo'lishi texnologik
jarayonning ham turlicha bo'lishini taqozo etadi.
TEXNOLOGIK KARTA - ayrim ekin turlari bo'yicha mahsulot yetishtirish
bilan bog'liq ishlarni tashkil qilishda korxonaning mashina va
uskunalarga, ishchi kuchlari va mehnat xarajatlariga, yoqilg'i va
moylash materiallariga bo'lgan talabi, mexanizatsiya ishlarining
hajmi, traktor va qishloq xo'jaligi mashina va uskunalariga bo'lgan
talab rejalashtiriladigan ish hujjati.
TEXNOLOGIK KARTA - biror buyumga ishlov berish uchun mo'ljallangan
operatsiyalarning qay tartibda bajarilishi, qanday asboblar
ishlatilishi, ish rejimlari va shu kabilar aks ettirilgan texnologik
hujjat.
TEXNOLOGIK PARK - iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda keng
tarqalgan yangi ilmiy kashfiyotlar asosidagi texnologiyalarni,
joylarni iqtisodiyotga joriy etishga yordam beruvchi ilm-fan, maorif
va ishlab chiqarish tizimlarining o'zaro integratsiyasini ifodalovchi
hududiy birlashmalar shakli.
TEXNOLOGIK USUL - ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda
foydalaniladigan mehnat vositalari: homashyolar, energiya va
axborotlar yig'indisi ishlab chiqarish texnologik usulini ifodalaydi.
TEXNOLOGTYA - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida
(xomashyo, material yoki yarim fabrikatlarga ishlov berish,
tayyorlash) qo'llaniladigan usul va usullar majmuyi; shunday
usul va usullarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan.
—
—
412
—
Dostları ilə paylaş: |