Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


-grafik. Lorens diagrammasi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə106/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

7.1-grafik. Lorens diagrammasi.
Haqiqiy va nazariy taqsimot chiziqlari kontsentratsiyalanish egri chizig‘i yoki Lorens egri chizig‘i deb ataladi. Bir tekis taqsimot chizig‘i bilan Lorens egri chizig‘i orasidagi maydon kontsentratsiyalanish me’yori bo‘lib xizmat qila oladi. Shuning uchun kontsentratsiyalanishning eng qulay me’yori bo‘lib tekis taqsimot chizig‘i bilan Lorens egri chizig‘i orasidagi maydon S1 bo‘lmasdan, uning OAV uchburchak maydoni S bilan aniqlanadigan maksimal miqdoriga nisbati xizmat qiladi, ya’ni


K = S1 / S

O‘z-o‘zidan ravshanki maksimal maydon S kontsentratsiyalanish hajmini belgilovchi S1 maydon bilan kontsentratsiyalanish egri chizig‘i ostidagi S2 maydondan tashkil topadi, ya’ni S=S1+S2; bundan


K = S1 / (S1+S2) = S1 / (S-S1) (7.27)


Amaliyotda S2 maydon baholanadi. Buning uchun ayrim guruhlardagi aholi sonini (salmog‘i dn) tegishli guruhning umumiy daromaddagi jamg‘arma (kumulyativ) salmog‘iga (dx) ko‘paytirib, olingan natijalar qo‘shiladi, ya’ni


S2 = dn * dx (7.28)
Maxsus adabiyotda kontsentratsiyalanish darajasini baholash uchun boshqa ko‘rsatkichlar taklif etilgan. Masalan, Italiya matematigi Jini kontsentratsiyalanish darajasini quyidagi formula yordamida baholashni tavsiya etadi.
(7.29).
Taqsimot notekislik darajasini baholashda Gerfindal markazlashtirish koeffitsiyentidan ham foydalanish mumkin:
(7.30)



U yoki bu tarmoqqa muayyan mahsulot turini ishlab chiqarish yuqori darajali kontsentratsiyalashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lsa, bu bozorni monopollashish ehtimoli katta.
Qanchalik tovar assortimentlari turli tuman bo‘lsa, shunchalik ishlab chiqarishni monopollashtirish imkoniyati, boshqa sharoitlar teng holda, oz bo‘ladi. Sifat variatsiyasi, miqdoriy variatsiya kabi, raqobatni yengillashtiradi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning eng sodda ko‘rsatkichi bo‘lib yaratilgan mahsulot hajmida ayrim korxonalar hissasi yoki ularning umumiy korxonalar sonidagi ulushi xizmat qiladi. Ammo bu masalada boshqa taqsimot ko‘rsatkichlarini e’tiborga olmaslik mumkin emas. Shuning uchun korxona va mintaqalarni ixtisoslashtirish darajasini ko‘p o‘lchovli ko‘rsatkichlar asosida baholash ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi.

Ishlab chiqarishni ixtisoslashish darajasining asosiy me’yori determinatsiya koeffitsiyentlariga asoslangan ko‘p o‘lchovli o‘rtacha ko‘rsatkichdir.
Determinatsiya koeffitsiyentlari yordamida olingan ballar obyektiv sharoitga, berilgan ma’lumotlardagi axborotga tayanadi. Masalan, 0 tuman ho‘jaliklari hisobotida keltirilgan ma’lumotlar asosida juft determinatsiya koeffitsiyentlarini aniqlab, eng kichik koeffitsiyent har bir belgi bo‘yicha 1 ball va solishtirma nisbatlari esa tegishli belgi ballari deb qabul qilinadi. So‘ngra ulardan oddiy o‘rtacha arifmetik daromad (ball) hisoblanadi.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin