Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116
Ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq
xususiyatlari. Hozirga kelib 
jamiyat taraqqiyoti bosqichlari ham mehnat bozorining rivojlanishiga 
sezilarli ta’sir koʻrsatishi toʻg‘risida xulosa qilsak ham boʻladi. Odatda, 
jamiyat rivojlanishiga hal qiluvchi oʻzgarishlar xuddi shunday ahami-
yatli oʻzgarishlarni mehnat bozorining ishchi va tashqi “qiyofasi”da 
qoldiradi. Chunonchi, jamiyat rivojlanishidagi siyosiy oʻzgarishlar 
mehnat bozoriga darhol ta’sir koʻrsatadi. Bunga misol qilib, 1930–40-
yillarda Yevropadagi siyosiy oʻzgarishlarni keltirish mumkin. Ma’lum-
ki, natsizm yetakchi siyosiy partiya sifatida Germaniya davlati tepasiga 


17 
kelishi bilan mehnat bozorining aksariyat Yevropa va hattoki jahon 
miqyosida harbiylashuvi yuzaga kelgan edi. 
Siyosiy tuzumning almashinishi ham shu xildagi oʻzgarishlar 
uchun zamin hozirlaydi. Bunga misol qilib insoniyat tarixidagi eng yirik 
siyosiy oʻzgarishlar (masalan, demokratik bozor munosabatlarining 
bunyodga kelishi va h.k.lar)ni keltirish mumkin. 
Ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarning mehnat bozori va mehnat 
munosabatlariga ta’siriga sobiq ittifoqning yemirilishi misol boʻla oladi. 
Buning natijasida nafaqat uning tarkibiga kiruvchi davlatlarda, balki 
butun jahon mehnat bozorida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. 
 
Qisqacha xulosalar 
 
Mehnat bozori – ishchi kuchining «mehnatga boʻlgan 
qobiliyatini» sotish va sotib olish tizimi. 
Mehnat bozorining tarkibiy qismlari ishchi kuchiga talab, ishchi 
kuchining taklifi, qiymati va bahosi hamda uni yollashda raqobat 
hisoblanadi. 
Mehnat bozori asosiy vazifalarining bajarilishi talab va taklif 
oʻrtasidagi farqning kamayishiga va aholining ish bilan bandligi 
oshishiga olib keladi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. Mehnat bozorining mohiyati nimadan iborat? 
2. Mehnat bozori nima? 
3. Ishchi kuchining taklifi qanday demografik tuzilishga ega? 
4. Mehnat bozorining tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 
5. Mehnat bozorining qanday asosiy vazifalari bor? 
6. Mehnat bozorining oʻziga hos xususiyatlari nimalardan iborat? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin