«Non va suv biz
uchun aziz», «Uy-roʻzgʻor buyumlari», «Oshxona buyumlari”
kabi mavzularda suhbatlar oʻtkaziladi. Shuningdek, inson va iqtisod
haqida tushuncha berishda mehnat inson hayotidagi asosiy faoliyat
ekanligi, kattalar mehnatiga hurmat va qiziqish hissini tarbiyalash,
oʻzbek xalqining milliy hunarmandchiligi, duradgor mehnati, dehqon
mehnati haqida maʻlumotlar beriladi.
4.4.2-rasm. Non mahsulotlari bilan
tanishtirishga doir taʻlimiy oʻyin (Qaysi biri
ortiqcha?)
Bolalarni oʻz tarbiyachisi, enaga, oshpaz, haydovchi, bogʻbon
mehnati bilan tanishtirish jarayonida ularda inson va uning mehnatiga
hurmat hissi shakllantiriladi. Mehnat qurollariga nisbatan ehtiyot
boʻlib, tejamkorona munosabatda boʻlish tarbiyalanadi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mashgʻulotlarida quyidagi:
104
«Duradgor mehnatini kuzatish», «Dehqonlar mehnati haqida»,
«Haydovchi mehnati haqida», «Bogʻbon», «Oshpaz», «Quruvchi”
mehnati haqida suhbatlar oʻtkaziladi. Bolalar xoʻjalik mehnat qurollari
bilan yaqindan tanishtiriladi. Shuningdek, bolalarga bozor, uning
turlari, sotuvchi, xaridor, bozorda oldi-sotdi ishlarini amalga
oshiruychi vosita - pul toʻgʻrisida tushuncha beriladi. Milliy pul, uning
turlari, vazifalari haqida bolalarga maʻlumotlar beriladi.
4.4.3-rasm
Uy-roʻzgʻor va oshxona jihozlari
taʻlimiy oʻyin namunasi (Qaysi biri
ortiqcha?)
Atrof-olam bilan tanishtirish mashgʻulotlarida
: «Doʻkon”
taʻlimiy oʻyini, oziq-ovqat doʻkoniga sayr oʻtkaziladi. Katta guruhda
quyidagi: -Inson va uning hayotiy ehtiyojlari; - Inson va iqtisodiyot; -
Pul, narx, mahsulotlar sotib olish va ayirboshlash; - Ishlab chiqarish,
Hunarmandlar mehnat faoliyati bilan tanishtirish asosida ularga atrof-
olam toʻgʻrisidagi bilimlar beriladi, bolalarga milliy ongni
shakllantirish, mustaqil fikr yurita olish, tabiiy va moddiy
neʻmatlardan toʻgʻri foydalana olish haqida tushuncha beriladi.
Insonlarning tabiiy ehtiyojlari (ichimlik suvi, yerga oʻsimlik va
hayvonotlar dunyosi) va imkoniyatlari, moddiy maʻnaviyat ehtiyoji va
uni qondirish usullari, vaqtni tejash, undan unumli foydalana olish,
suvning inson hayoti uchun zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik,
uni asrash bizning burchimiz ekanligi, Quyosh, Oy va sayyoralar
harakatlari haqida tushuncha beriladi. Insonlarning transport va aloqa
vositalariga boʻlgan ehtiyoji haqida tushuncha berishda «Aloqa
vositalari», «Havo» transporti haqida suhbatlar oʻtkazilib, yengil
105
transport turlari harakati kuzatiladi va AKT yordamida yaqindan
tanishtiriladi.
Maktabgacha taʻlim muassasasi shifokori yoki hamshirasi
mehnati bilan tanishtirilib, bolalar sogʻligʻi uchun barcha sharoitlar
mavjudligi, basseyn va sogʻlomlashtiruvchi jihozlarning bolalar
uchun, ularning sogʻlom oʻsishlari uchun yaratilganligi tushuntiriladi.
Buning uchun quyidagi
Dostları ilə paylaş: |