Natural va tovar x o ‘jaligining bir-biridan farqlanishi
№
Asosiy jihatlar
Natural x o ‘jalik
Tovar x o ‘jaligi
1 M oddiy n e’matlarni
ishlab chiqarish
maqsadi
Shaxsiy ehtiyojlarni
qondirishda foydalanish
Boshqa tovarlarga
ayirboshlash, bozorda
oidi-sotdi qilish
2
Ishlab chiqariladigan
mahsulot tarkibining
aniqlanishi
Ehtiyojlar va
imkoniyatlardan kelib
chiqqan holda oldindan
aniqlanadi
Bozordagi muayyan talab
va ishlab chiqaruvchining
xususiy manfaati asosida
aniqlanadi
3
Iste’molchini o ‘ziga
jalb etish uchun
kurash
Bunday kurash mavjud
emas
Bunday kurash mavjud va
tovar xo‘jaligining
rivojlanishi bilan kuchayib
boradi
4
Ishlab chiqarilgan
mahsulotning iste’mol
qilinishi darajasi
Barcha ishlab chiqaril
gan mahsulotlar
to ‘laligicha iste’mol
qilinadi
Ishlab chiqarilgan
mahsulotlar ayrim turlari
va qismlarining sotilmay
qolishi, ya’ni iste’mol
qilinmasligi
5
Ishlab chiqarish
jarayonida ishchi
kuchining ishtirok
etish tamoyillari
Ishlab chiqarish
jarayonida faqat o‘zi va
oila a ’zolarining ishchi
kuchidan foydalaniladi
Ishlab chiqarish jarayonida
yollanm a ishchi kuchidan
ham foydalanish mum kin
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar
o‘rtasidagi munosabatlarning mehnatini o'lchash va uni jamiyatning
jami mehnati tarkibiga kiritishning o'ziga xos usulidir. Natural xo'jalikni
siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy
mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo'jaliklaming
tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o‘tish yo‘li bilan boradi. Ayrim turdagi
/
22
mahsulotlami ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo‘yadi. Ixtisoslashuv
esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, natijada vaqtni va
moddiy resurslarni tejash tovar xo‘jaligi rivojlanishining harakatlan-
tiruvchi kuchiga aylanib boradi. Demak, tovar ayirboshlash faqat zarur-
gina emas, balki foydali bo‘lib boradi.
Dastlabki davrlarda tovar xo‘jaliklari jamoalar, quldor latifundiya-
lari, feodal va dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida aloqalar o'rnatilishiga yordam
berib, ishlab chiqarish va um um an jamiyatning rivojlanishi uchun
qo‘shimcha imkoniyatlar ochgan. M a’lum tarixiy davrlarga kelib, tovar
munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tom onlarini keng va
chuqur qamrab oladi.
Tovar munosabatlarining bunday uzoq davom etishi nima bilan
izohlanadi, buning sababi nima? Awalo, bu ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar o'rtasidagi munosabatlar mehnatni hisoblash va uni jamoa-
ning jami mehnatiga kiritishning maxsus uslubidir. Bu ishlab chiqa
rishning o‘zida emas, ayirboshlash doirasida oldi-sotdi yo'li bilan amalga
oshiriladi. Agar natural ishlab chiqarish bevosita umumiy aloqalar bilan
xarakterlansa, tovar-pul munosabatlari bevosita ishlab chiqaruvchilar
o‘rtasidagi o‘zaro umumiy aloqalar, shuningdek, ular va iste’molchilar
o ‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Tovar munosabatlari vujudga kelishining ikki sababi bor:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqa-
ravchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Ixtisoslashuv, o‘z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni
mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati
bilan aniqlanadi;
2) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda
ular o ‘z mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik
xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi
hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni
zarur qilib qo‘yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisob
lanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun,
sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar
ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.
Tovar ishlab chiqaruvchilarning holati qarama-qarshi: bir tomondan,
uning mehnati umumiy xarakterga ega, u jamiyatga uning tovariga
talab borligi uchun zarur, boshqa tomondan, uning mehnati o‘ziga
xos bo‘lib, o ‘z shaxsiy hisobiga olib boriladi va nom a’lum iste’molga
23
mo'Uallangan. Mehnatning umumiy ahamiyati tovar savdosi bilan
tAldlqlanishi kerak, buning uchun bozorda xaridorni topishi lozim.
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish
uchun uning asosiy unsuri bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |