Sh. Sodiqova


M aktabgacha ta ’hm m uas-



Yüklə 140,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/175
tarix07.01.2024
ölçüsü140,78 Kb.
#207132
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   175
Sodiqova Sh kitobi

M aktabgacha ta ’hm m uas-

. . .
. . . .
• rida bolalar faoliyati mazmumm tahlil 
sasaland a huquqiy tarbivani 
. . 


,
tashkil etish 
etish, ularda о z faoliyatlariga msbatan
tanqidiy yondashuvni qaror toptirish, shu­
ningdek, o 'z faoliyatlarini real baholashga o ‘rgatib borish talab etiladi.
B olalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, fuqarolik jam iyati asoslari, m illiy davlat tuzilishi, davlat 
organlari tizim i, vakillik hokim iyati organlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti, R espublika Vazirlar M ahkam asi, vazirliklar va davlat q o ‘- 
m italari, m ahalliy boshqaruv organlari, fuqarolarining o ‘zini o ‘zi bosh­
qarish organlari, Q oraqalpog‘iston R espublikasi Vazirlar Kengashi kabi 
organlar faoliyati haqida ilk tushunchalarni o'rganish, shuningdek, 
0 ‘zbekiston R espublikasi ichki va tashqi siyosati m ohiyatini o ‘zlashtirish, 
xalqaro huquqiy m unosabatlarni y o ‘lga q o ‘yilishi tartibi bilan tanishib, bu 
haqida ham ilk tasavvurlarga ega b o ‘ lib borar ekanlar, ayni vaqtda ularda 
nafaqat huquqiy ong, balki siyosiy ong ham shakllanadi. Zero, jam iyat 
tizim i, uning amal qilishi uchun asos b o ‘lgan g ‘oya va qarashlar o ‘z 
navbatida huquqiy g ‘oya v a qarashlarning vujudga kelishini ta ’m inlaydi.
M a’lumki, 1989-yil 20-noyabrda B M T Bosh Assam bleyasi tom o­
nidan «Bola huquqlari to ‘g ‘risida konvensiya» qabul qilingan b o ‘lib, 
0 ‘zbekiston Respublikasi m azkur konvensiyaga 1992-yil 9-dekabrda 
qo ‘shilgan va R espublikam iz uchun konvensiya 1994-yil 29-iyuldan 
boshlab qonuniy kuchga kirgan. 2008-yil 7-yanvarda 0 ‘zbekiston Res-
171


publikasining «B ola huquqlarining kafolatlari to ‘g ‘risida»gi Qonuni 
qabul qilindi. Q onunda 18 yoshga to ‘lgunga qadar shaxslarni bola deb 
tushunish, ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va hom iylar 
bolalarning qonuniy vakillari hisoblanishi, ota-ona qaram og‘idan mah- 
rura b o ‘lgan bolalarning ta ’minotini ta ’minlash, ta ’lim -tarbiya berish, hu­
quq va m anfaatlarini him oya qilish uchun 14 yoshga to ‘lm agan voyaga 
yetm aganlarga vasiy v a 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lg an voyaga yetm a- 
ganlarga hom iy tayinlanishi, yetim , jismoniy, aqliy va ruhiy nuqsonli, ijti­
m oiy him oyaga muhtoj bolalarning davlat tom onidan him oya qilinishi 
belgilab q o ‘yildi.«Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to ‘g ‘risida»gi 
konvensiyani ratifikatsiya qilish to ‘g 'risid a 2008-yil 4-aprelda, «Bolalar 
m ehnatining o g 'ir shakllarini ta ’qiqlash va y o ‘q qilishga doir shoshilinch 
choralar to ‘g ‘risida»gi Jeneva konvensiyasini ratifikatsiya qilish to 'g 'r i- 
sida 2008-yil 8-aprelda Q onunlar qabul qilindi.
M azkur konvensiyalarni ratifikatsiya qilish to ‘g ‘risida Q onunlar 
qabul qilinganligi m unosabati bilan 0 ‘zbekiston R espublikasi Vazirlar 
M ahkam asi tom onidan 2008-yil 12-sentyabrda 207-sonli qarori qabul 
qilinib, M illiy harakat rejasi tasdiqlandi va bolalar m ehnatining og‘ir 
shakllarini ta ’qiqlash, y o ‘q qilishga doir chora-tadbirlar k o ‘rildi. 2008 
yil 16-aprelda voyaga yetm aganlar huquqlarini him oya qilishga doir qo­
nun hujjatlariga o ‘zgartish va q o ‘shim chalar kiritish m unosabati bilan 
O ‘zbekiston R espublikasining «Fuqarolam ing o ‘zini-o ‘zi boshqarish 
organlari to ‘g ‘risida»gi Qonuni va O ila kodeksiga o ‘zgartishlar kiritilib, 
fuqarolam ing o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta ’lim, davolash va bosh­
qa m uassasalam ing m ansabdor shaxslari ham da fuqarolarga ota-onalar 
qaram og‘idan m ahrum b o ‘lgan bolalar haqidagi m a’lum otlarni vasiy- 
lik va hom iylik organiga taqdim etish m ajburiyati yuklatildi. O ta-ona 
qaram og‘idan m ahrum bo‘lgan bolalar to ‘g ‘risidagi m a’lum otlarni va- 
siylik va hom iylik organiga xabar qilmaslik, ularni joylashtirishda 
qonun talablarini buzganlik uchun m a ’m uriy javobgarlik belgilandi. 
Oliy M ajlis Senatining o ‘n oltinchi yalpi m ajlisida bolalar savdosi, bo­
lalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasi am aliyotidan bolalarni 
him oyalash, bolaning sog‘lig‘iga x av f tu g ‘dirish yoki ta ’lim olishiga 
m onelik qilish yoxud uning salom atligiga, jismoniy, aqliy, m a ’naviy, 
axloqiy va ijtim oiy kam ol topishiga zarar-zahm at yetkazishi mum kin 
bo‘lgan iqtisodiy ekspluatatsiyadan ham da har qanday ishni bajarishdan 
Jiimoya qilish m aqsadida « 0 ‘zbekiston R espublikasining B ola huquqlari
172


to ‘g ‘risidagi konvensivaga doir, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi 
va bolalar pom ografiyasiga taalluqli Fakultativ Protokolga (Nyu-York, 
2000-yil 25-mav) qo ‘shilishi haqida»gi O ‘zbekiston Respublikasi Qo- 
nuni qabul qilingan. R.M ahmudov huquqiy m adaniyatning asosini tash­
kil etuvchi qismlar moddiy, m a’naviy, huquqiy, axloqiy, estetik va boshqa 
mafkuraviy omillardan iborat ekanligini, demakki. moddiy ham da m a’­
naviy xususiyatga ega b o ‘lgan asosiy, bir-biriga muvofiq qismlarni ajratib 
k o ‘rsatadi. Huquqshunos olimlar Sh.O ‘razaev, M .Qoriyevlar esa huquqiy 
m adaniyat huquqiy bilimlam i egallash, huquqiy m e’yorlam ing amaliyotda 
o ‘z isbotini topishi ham da boshqa mualliflardan farqli ravishda huquqning 
obro‘si va qonunning ijtimoiy hayotdagi o‘rni bilan belgilanishini qayd 
etib o'tadilar: «H uquqiy madanivat tushunchasi - huquqning rivojlanish 
darajasi, aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunchilikning ahvoli, 
huquqning obro‘si va shu singari unsurlardan tashkil topadi»37.
A.F. N ikitin esa shaxs huquqiy m adaniyati tarkibini tushunishga o ‘zi- 
ga xos tarzda yondashadi ham da shaxs huquqiy m adaniyatini m urakkab 
psixologik hodisa deb baholaydi. U chunonchi, uning tarkibiy qismlarini: 
huquqiy bilim lar va ulam i am aliyotda q o'llay olish k o ‘nikm asi; qonunga 
nisbatan shaxs m unosabati va nihoyat shaxsning huquqiy m azm unga ega 
b o ‘lgan vaziyatlardagi faoliyatidan iborat»deb ta ’kidlaydi38.
Demak, shaxs huquqiy m adaniyati negizida quyidagilar aks etadi:
1) huquq va huquqiy tizim borasida yetarli m a ’lum otga ega b o ‘lish, 
huquqiy bilim asoslarini o'rganish, ularni o ‘rganishga b o ‘lgan ehtiyoj va 
qiziqishning hosil b o ‘lishi, egallangan nazariy-huquqiy bilim lam i ama- 
liyotga tadbiq etish borasidagi k o ‘nikm ani shakllantirish ham da m ala- 
kaga e g a b o ‘lish;
2) ijtim oiy-siyosiy, iqtisodiy, m adaniy m unosabatlarni uyushtirish 
chog‘ida o ‘z faoliyati tim solida huquqiy m adaniyat unsurlarini nam oyon 
etish, ijtim oiy-siyosiy ham da huquqiy faollikni yuzaga keltira olishda 
k o ‘rinadi.
Shaxs huquqiy m adaniyatini quyidagi ikki asosiy qism ga ajratish 
mumkin;
1) huquqiy ong; 2) huquqiy faoliyat.
37. Tadjixanov., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 2-tom lik.-Toshkent, 
0 ‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1998-182-Ьет..
38. Никитин А. Отвецтвенност несовершеннолетних. - М осква, Просвещение, 
1 9 9 0 ,- 109-с.
173



Yüklə 140,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin