Вергунов А.П. Архитектурно-ландшафтная
организация крупного города. Л., Стройиздат, 1982.
) Aholi turar joylari, xususan shaharlar va
asosan yirik shaharlar turli funksional hududlarga bo‘linadigan maydonlardan iborat. Bular markaziy,
chetki, sanoat, rekreatsion hududlar, tashqi transport hududlari va boshqalar. Bu hududlarni landshaftli
tashkil etish aniq funksional vazifaga ham, rejali va fazoviy tashkil etishning o‘ziga xos jihatlarini
belgilovchi tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, sanitariya-gigiyenik, shahar qurilishi va boshqa omillarga
bog‘liq. Bunda shaharni landshaftli rejalashtirishga asosan ikki guruh omillar ta’sir ko‘rsatadi;
landshaftli (yoki tabiiy) va shahar qurilishi (funksional rejalash).
Landshaft omillari, shu jumladan, tabiiy-iqlim vaziyati, shaharning qay tarzda rivojlanayotganiga –
ixcham tashkil bo‘lgan joy yoki chiziqli tashkil bo‘lgan joy ekaniga belgilovchi ta’sir ko‘rsatadi. U
o‘zining tashqi atrofiga keng ochilgan bo‘ladimi yoki go‘yo unga teskari o‘girilgan bo‘ladimi, bu
joyning gidrografik tarmog‘ining tavsifiga; balandliklarning mavjudligiga; qurilishni o‘zlashtirish uchun
yaroqsiz hududlarga, harorat, shamol, insolatsion tartiblarga, tuproqning unumdorligiga, o‘simlik
massivlarining joylashishiga va hokazolarga bog‘liq. Bu landshaft omillarining ta’siri, ayniqsa, yangi
shaharlarda va uncha katta bo‘lmagan shaharlarda sezilarli bo‘ladi. Yirik va juda katta shaharlarda
landshaft omillar, o‘z qiymatini saqlab qolsa-da, uncha yaqqol bo‘lmaydi. Bunda shaharning ayrim
tumanlari turli xil landshaft sharoitlarida bo‘ladi va o‘z-o‘zicha rivojlanadi. Landshaft omilining ta’siri u
yoki bu landshaft dominanta orqali yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, daryo, balandlik,
pastlik va boshqalar. Yangilik shundaki, yirik shaharning kattalashayotgan o‘lchamlari- gorizontal va
vertikal – joyning landshaft o‘ziga xosligini bosadi va nivelirlaydi. Agar balandliklar, daryolar, o‘tloqlar,
terrasalar, ongli shakllanayotgan landshaft sistema – suv ko‘kalamzor fazolar tarkibiga kiritilsa, ular
shahar muhitining tabiiy komponentlari rolini o‘ynashda davom etadi. Bunda markaziy shahar
tumanlarini shahar tashqarisidagi tabiiy landshaftlar (ko‘k diametrlar, o‘rmon – park hududlari, dengiz
va daryo ekvatorlari) bilan bog‘lashga qodir bo‘lgan uning elementlari alohida qimmatga ega.
Boshqa an’ana noqulay tabiiy sharoitlarni o‘zgartirish va buzilgan yerlarni tiklash hisoblanadi.
- Landshaft sistemasini sun’iy shakllantirishning rivoji haqida tushuncha bering. Tayanch iboralar;
(nisbatan, katta bo‘lmagan, maydonlar, rekrasion vazifalar, daryo va kanal bo‘ylari)
Landshaft sistemasini sun’iy shakllantirish borgan sari kengayib bormoqda. Navoiy, Zarafshon va shu
kabi boshqa shaharlar jonsiz yarim sahro (cho‘l) sharoitida odam tomonidan to‘liq yaratildi. Bu
sistemalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, nisbatan uncha katta bo‘lmagan maydonlarda ular turar
joy yaqinida, shaharning jamoatchilik markazlarida, piyodalar o‘tadigan yo‘llarda joylashgan va shuning
uchun juda samaralidir. O‘rmoni bo‘lmagan tumanlarda joylashgan shaharlarda, qimmatli qishloq
xo‘jaligi ekinlari orasida landshaft sistemasining rivoji xo‘jalik vazifalarining rekrasion vazifalar bilan
olib borish yo‘li bilan yuz beradi. Landshaft omillar shaharning rivojiga «bevosita» yoki «bilvosita»
ta’sir etadi. Shamol rejimi noqulay bo‘lgan shaharlarda shamoldan himoya qiluvchi 26 mintaqalar katta
ahamiyatga
ega
bo‘ladi.
Ortiqcha
insolatsiyali
tumanlarda
joylashgan
shaharlarda
ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlarning yetakchi elementlari chiziqlar – bulvarlar, ko‘chalarga
o‘tkazilgan daraxtlar, daryo va kanal bo‘ylari, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirilgan turar joy hovlilari,
savdo markazlari bo‘ladi, ya’ni shaharning piyodalar oqimi to‘planadigan yo‘nalishlari va nuqtalari
bo‘ladi.
- Shahar qurilishi omillari haqida tushuncha bering. Tayanch iboralar; (rivojlangan xarakterga ega
bo‘lib, o‘nlab va yuzlab elementlarga ega, botanika bog‘i, zoopark)
Shahar qurilishi omillari-shaharning o‘lchamlari, funksional va me’moriy – rejalovchi tuzilmasi xalq
xo‘jaligi bo‘yicha yo‘nalish tabiiy sharoitlarining ma’lum darajada hosilalari bo‘lib, ularga o‘z navbatida
teskari effekt ko‘rsatadi. Ular ochiq maydonlar sistemasida ham aks etadi. Yirik va juda yirik shaharlarda
ko‘kalamzorlashtirish sistemasi hududiy va funksional jihatdan kichik va o‘rtacha shaharlarga nisbatan
yanada rivojlangan xarakterga ega bo‘lib, o‘nlab va yuzlab elementlarga ega. Agar uncha katta
bo‘lmagan shaharlarda, odatda bitta park (polifunksional), bitta yoki bir nechta bog‘, bulvar va
xiyobonlar bor bo‘lsa, u holda yirik va juda yirik shaharning ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlari
tarkibiga botanika bog‘i, zoopark (hayvonot bog‘i), o‘rmonpark, bir qancha madaniyat va dam olish
bog‘lari va hokazolar kiradi. Shaharning xalq xo‘jaligi bo‘yicha yo‘nalishi ko‘kalamzorlashtirilgan
maydonlarning tashkil etilishiga bevosita va rejalashtiruvchi tuzilma orqali ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat
shaharlarida
sanitariya-himoya
qilish zonalari katta o‘rin egallaydi. Shahar kurortlarida
ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar bitta yoki bir nechta kurort parklarda va dam olish uylari,
sanatoriylar huzuridagi bog‘larda quriladi.
- Qimmatli qishloq xo‘jaligi yerlari orasida joylashgan shaharlarda va Qazib olish bilan bog‘liq sanoat
shaharlarida ko‘kalamzorlashtirilgan joylar haqida tushuncha bering. Tayanch iboralar; (rayonlar,
posyolkalar o‘zining parklari, bog‘lar, sanitariya-himoya mintaqalar)
Qimmatli qishloq xo‘jaligi yerlari orasida joylashgan shaharlarda ko‘kalamzorlashtirilgan fazolar
yuzalari, odatda uncha katta bo‘lmagan mevali bog‘lar massivlari katta rol o‘ynaydi. Qazib olish bilan
bog‘liq sanoat shaharlarida ko‘pincha bo‘lib-bo‘lib rejalanuvchi tuzilmalar shakllanib, mos ravishda
ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar bo‘lingan ko‘rinishni qabul qiladi. Alohida turar joy va rejalanuvchi
rayonlarda, posyolkalarda o‘zining parklari, bog‘lari, sanitariya-himoya mintaqalari va shu kabilar
yuzaga keladi. Bu ob’yektlarning takrorlanishiga va ko‘kalamzorlashtirish sistemasini maydalashishiga
olib keladi. Rejalangan tuzilmasi bo‘lingan shaharlarda yirik ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar (ko‘k
ponalar, diametrlar) shahar qurilishining yagona massivini bo‘laklarga ajratadilar. Ixcham shaharlarda
ochiq maydonlar sistemasi chetga chiqish xarakteriga ega – yirik parklar va o‘rmon parklar shahar
chetiga siqib chiqarilgan. Shunday sharoitlarda landshaft rejalashtirishning bosh muammosi markaziy
rayonning tabiiy atrof-muhitdan ko‘kalamzorlashtirilgan ponalar kiritilishi, diametrlar, mintaqalar
yordamida ajratishning oldini olish (kompensatsiya) hisoblanadi. Nihoyat chiziqli tuzilmaga ega
shaharlar uchun odatda ikkita yoki bitta cho‘zilgan ko‘kalamzor mintaqadan iborat ochiq maysalarning
chiziqli sistemasi ham xosdir. Ayrim hollarda bu mintaqalar ko‘ndalang joylashib, chiziqli shaharni u
yoki bu uzunlikdagi kesmalarga ajratadi
- Istalgan o‘lchamdagi va vazifadagi har bir ko‘kalamzorlashtirilgan maydon aslida qanday vazifalarni
bajaradi? Tayanch iboralar; (sanitar, muhofaza qiluvchi, estetik,)
Istalgan o‘lchamdagi va vazifadagi har bir ko‘kalamzorlashtirilgan maydon aslida bitta emas, balki
ma’lum to‘plamdagi vazifalarni bajaradi: rekratsion, sanitariya-gigiyenik, mikro-iqlim, estetik, tabiatni
muhofaza qiluvchi, rejalash – regulativ, xo‘jalik-texnik. Alohida ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar
o‘zida qanchalik ko‘p vazifalar majmuyini bajarsa, shahar landshaftli sistemasining umumiy
samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Кo‘kalamzorlashtirilgan har qanday maydonni loyihalashga
kirishayotganda u qo‘shma, yuqori va quyida yotgan sathlar uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lishini
aniqlash kerak. Masalan, ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar faqat mikrorayon, turar joy hududi
darajasida qanday «ishlayotgani»ning o‘zini emas, balki ularning shahar va shahardan tashqari
darajadagi ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar bilan aloqasi uchun qanchalik samarali ekanini
aniqlashtirishi zarur. Ya’ni mikrorayondagi bog‘ yoki park turar joy rayonidagi xiyobon yoki bog‘
qo‘shni mikrorayonlardan shahardagi parklar va shahar atrofidagi ko‘k hududlarga piyodalar tranzitini
qanday o‘tkazadi. Shuning uchun hozirgi paytda chiziqli suv ko‘kat maydonlari va albatta «tranzit»,
ya’ni bog‘lovchi ahamiyatga ega bo‘lgan ixcham ko‘katli maydonlar borgan sari kattaroq ahamiyatga
ega bo‘lmoqda
- Кo‘k o‘simliklar sistemasining bosqichli tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvur o‘z vaqtida qanday
ahamiyatga ega? Tayanch iboralar; (parklar, bir tekis taqsimlanishi, kapillyarlar)
Кo‘k o‘simliklar sistemasining bosqichli tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvur o‘z vaqtida ijobiy ahamiyatga
ega bo‘ldi, chunki shahar rejasida bog‘lar va parklarning bir tekis taqsimlanishiga imkon berdi. Ammo
endi bu yetarli emas, ko‘k ekinlarni landshaft maydonlarining yagona uzluksiz sistemasi doirasida
loyihalash zarur, ularda «kollektorlar» (suv-ko‘kat diametrlari, ponalar, mintaqalar turidagi) asta-sekin
magistral «kanallarga» o‘tadi (keng ko‘kalamzorlashtirilgan mintaqalar) va undan so‘ng «kapillyarlar»
bo‘yicha ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlarning dastlabki (birlamchi) shahar qurilishi birliklariga yetib
boradi.
Ancha yuqori darajadagi ochiq maydonlar sistemalari («kollektorlar») shahar tumanlariga toza havo
oqimi kelishi uchun katta o‘lchamlarga ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun shahar massivining yaxshiroq
aeratsiyasi uchun shahar atrofi landshaftlariga chiqishlarni haddan ortiq toraytirmaslik zarur. Bundan
tashqari, yuqori darajalarda ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlarni izchil kengaytirishga shahar
markazlarining tabiiy atrofi bilan kompozitsion aloqasi ham yaxshiroq hal etiladi hamda
ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlarni taqsimlashda tartib bo‘ladi.
- Yangi shaharlar va qishloqlarni barpo qilishda ularning joylashishini tanlash nimaga bog’liq?
Tayanch iboralar; (muhit, qurilish, tekis va tog‘li hududlar)
Yangi shaharlar va qishloqlarni barpo qilishda ularning joylashishini tanlash atrof-muhit omillariga
bog‘liq, qurilishning o‘zi ham tabiiy muhit ko‘rinishining muhim omili va elementi bo‘ladi va unga
muhim o‘zgarishlar kiritadi. Tabiiy muhit tuzilishi qonunlarini mufassal o‘rganish shahar yoki
qishloqlarning landshaft rejasini to‘g‘ri ijodiy tushunishga impuls imkon beradi. Bu maqsadga erishishga
yondashuv tekis va tog‘li hududlarda turlichadir. Tekis joylarda aholi punktlarini shakllantirishda
landshaft rejalashtirish ko‘proq erkin harakat qilish huquqiga ega. Past-baland joylardagi aholi
punktlarini landshaft rejalashtirishda hisobga olish zarur bo‘ladigan bir qator holatlarga ega. Past-baland
joylarning ayrim qismlari qimmatga ega, boshqalari esa bo‘ysunuvchi ahamiyatga ega. Bu ko‘p darajada
joyning landshaft muhitida aholi punktining joylashishini belgilaydi. Bu ayniqsa relyefi keskin
ifodalangan joylarga taalluqli
- Rayonda sanoat majmualari qurilayotgan hollarda mahalliy landshaftning xilma-xilligi saqlanishi
uchun nimakar qilish kerak? Tayanch iboralar; (uyg‘un, dominant, landshaftning elementi, aglomeratsiya
)
Tabiiy shakllarning o‘ziga xos xususiyatlari, plastiklik va mahalliy landshaftning xilma-xilligi
saqlanishi kerak. Bu ayniqsa, rayonda sanoat majmualari qurilayotgan hollarda muhimdir. Ular atrof-
muhitning umumiy manzarasi bilan albatta uyg‘unlashib ketishi kerak. Buning zarurligi shundaki,
qurilishlar va texnik ob’yektlar atrof-muhit uchun begona bo‘lmasdan, balki madaniy landshaftning
elementi va dominanti singari ishtirok etishi kerak.
Shahar ko‘kalamzorlarini tashkil etish tamoyili Bog‘ va parklar rivojlanishi kelajagi shaharning
umumiy ko‘kalamzor hududlari tizimisiz to‘g‘ri baholanishi mumkin emas. Avvalo, ko‘kalamzor
hududlar tizimi tarkibining murakkablashuv jarayonini aytib o‘tish kerak. Bunga sabab uning yangi
elementlarining paydo bo‘lishi, shahar va aglomeratsiyalarning hududiy rivojlanishidir. Кo‘kalamzor
tizimlarning rivojlanishi turli xil shaharlarda turli yo‘llar bo‘yicha ketadi.
- Tarkib topgan shaharsozlik va tabiiy sharoitlar kompleksiga ko‘ra, ko‘kalamzorlarni fazoviy tashkil
etish qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? Tayanch iboralar; (joylashgan, o‘rmon park, pannolar)
Tarkib topgan shaharsozlik va tabiiy sharoitlar kompleksiga ko‘ra, ko‘kalamzorlarni fazoviy tashkil
etish turli xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Unda qurilmalar massivida bir tekisda joylashgan alohida yashil
«dog‘lar», bir necha yirik o‘rmon park pannolari shahar markazigacha yetishi mumkin, ya’ni suv-park
diametri (shaharni daryo, kanal yoki suv ombori bo‘yicha kesib o‘tadigan parklar va qirg‘oqlar lentasi),
qurilmalarga parallel yoki yondashib joylashgan ko‘kalamzorlarning keng yo‘llari (shahar chiziqli
rivojlanganda), ko‘kalamzorlarning chiziqli-yo‘lak joylashuvi, shaharning ajralgan tumanlarini o‘rab
turuvchi ko‘kalamzorlarning tashqi massivlari.
Shaharlar ko‘kalamzorlar tizimini qurish shaharsozlik omillari (shaharning kattaligi va profili, uning
ahamiyati, tarixiy rivojlanishi) va tabiiy sharoitlar, iqlim, tuproqlar, mavjud o‘simliklar, relyef xarakteri,
suv havzalari bilan belgilanadi. Shaharning kattaligi ko‘kalamzor tizimlar ob’yektlar tarkibiga, ularning
o‘lchamlariga, funksional-landshaft tashkil etishiga ta’sir etadi.
- Aholi joylari hududi joylashuviga qarab, ko‘kalamzorlar necha kategoriyaga bo‘linadi? Tayanch
iboralar; (suv manbalari, memorial qabriston, skverlar, bolalar bog‘chalari, yo‘llari)
Aholi joylari hududi joylashuviga qarab, ko‘kalamzorlar besh kategoriyaga bo‘linadi:
1-A – tabiatni qo‘riqlash vazifasini bajaruvchi ko‘kalamzorlar bunga qo‘riqxonalar, tabiat
yodgorliklari, suv manbalarini sanitar qo‘riqlash qismlari, daryo va kanallarni qo‘riqlash yo‘laklari.
2-B – madaniy meros ko‘kalamzorlariga – tarixiy bog‘lar, dendrologik, botanika va zoologiya bog‘ va
parklar; memorial qabristonlar.
3-D – umumiy foydalanish ko‘kalamzorlari shahar va tuman parklari, skverlar, maydonlardagi skverlar,
piyoda ko‘chalar, qirg‘oq bo‘ylari, shahar tashqarisidagi dam olish joylari.
4-E – cheklangan foydalanish ko‘kalamzorlari turar joy tumani va kichik tuman bog‘lari, individual
qurilmalardagi ko‘kalamzorlar, bolalar bog‘chalari, maktablar, ma’muriy va boshqa binolar, oliy o‘quv
yurtlari va sport kompleksi ko‘kalamzorlari.
5-F – maxsus vazifali ko‘kalamzorlar avtomobil yo‘llari, ko‘chalar bo‘lib, sanoat korxonalari va
ularning sanitar-himoya qismlari, pitomniklar, oranjereya, qabristonlar, shosse va temir- yo‘l
ko‘kalamzorlari.
- O‘zbekiston aholi joylari ko‘kalamzorlari tizimini me’yorlash Shaharning ko‘kalamzor hududlari –
landshaft arxitekturasi ob’ektlarini shakllantirish shaharlarda qanday o‘tgan? Tayanch iboralar;
(an’anaviy, ko‘kalamzorlar, bir tekis, ariq,)
O‘zbekiston aholi joylari ko‘kalamzorlari tizimini me’yorlash Shaharning ko‘kalamzor hududlari –
landshaft arxitekturasi ob’ektlarini shakllantirish turli xil shaharlarda turlicha o‘tgan. O‘zbekiston tarixiy
shaharlari misolida O‘rta Osiy regioni uchun an’anaviy ko‘kalamzorlar tizimini tashkil etish
tamoyillarini ko‘rib chiqish mumkin. Yuqoridagi rasmlardan ko‘rinib turibdiki, barcha tarixiy shaharlar-
Samarqand, Buxoro, Xiva ko‘kalamzorlarni joylashtirishning bir tekis, suv ta’minoti tizimi – ariq,
hovuzlar bilan uzviy bog‘liq tarkibga ega bo‘lgan. Hozirgi vaqtda ko‘kalamzorlarni ber tekis
joylashtirish tizimi ko‘rinishida tashkil etishning tarixiy tamoyillari yo‘qotilgan. Shaharlarning bir tekis
va uzluksiz ko‘kalamzorlar tizimini tashkil etish ehtiyoji allaqachon e’tirof etilgan. Landshaft
arxitekturasi va landshaft shaharsozligi sohalarida tadqiqotlar bu tamoyillarni shaharsozlikda amalga
oshirishga o‘tish kerak.
- «ToshkentBoshplanloyiha» va Toshkent Arxitektura-qurilish institutining ilmiy izlanish ishlari va
loyihalari haqida nimalarni bilasiz? Tayanch iboralar; (shaharlar, landshaft, takliflar)
Shuni aytish lozimki, «ToshkentBoshplanLoyiha» va Toshkent Arxitektura-qurilish institutining ilmiy
izlanish ishlari va loyihalari asosida Toshkent (1984, 2002-yy.), Chirchiq (2006-y.) va boshqa shaharlar
landshaftini tashkil etish va ko‘kalamzorlashtirish sistemasi rivojlanishiga qator takliflar kiritilgan. Biroq
bu takliflarni amalga oshirish yanada detallashtirishni va amaliyotga tatbiq etishni taqozo etadi.
- O‘zbekiston aholi joylari ko‘kalamzorlar tizimini yanada takomillashtirish uchun nima lozim?
Tayanch iboralar; (shahar, posyolka, elemenlar, me’yorlash, ko‘kalamzorlar maydoni)
O‘zbekiston aholi joylari ko‘kalamzorlar tizimini yanada takomillashtirish uchun me’yoriy asos lozim,
u shahar va posyolkalar hududida ko‘kalamzorlar tizim elemenlarining son jihatidan nisbatini nazarda
tutadi. Toshkent Zonal ilmiy tadqiqot va eksperimental loyihalash institutida (TashZNIEP) o‘tkazilgan
tadqiqotlar asosida O‘zbekiston aholi joylari ko‘kalamzorlarini me’yorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqilgan, ular real loyihalash va shaharsozlik amaliyotiga asos qilib olinishi mumkin. O‘zbekiston
shaharlarining nisbiy ko‘kalamzorligi qurilmalarning umumiy maydoniga nisbatan barcha funksional
ahamiyatdagi ko‘kalamzorlar summasidan iborat deb baholandi. Bu nisbat shaharda qurilgan
maydonlarning kamida 50%iga yetishi lozim, barcha ko‘kalamzorlar maydoni esa 1 ta odamga kamida
50-60 m2 ga yetishi kerak.
- Shahar markazlarining ochiq maydonlarini funksional-landshaft tashkil etish deganda nima
tushuniladi? Tayanch iboralar; (bulvarlar, maydonlar, skverlar, piyodalar)
Shahar markazlarining ochiq maydonlarini funksional-landshaft tashkil etish Zamonaviy shaharlar
markazlari hududini bog‘lar, parklar, maydonlar, skverlar, piyodalar ko‘chalari, xiyobonlar, bulvarlar,
qirg‘oq bo‘ylari, qurilmalarning fon muhitini yagona bog‘-park sistemasiga birlashtiruvchi o‘zaro
bog‘liq piyodalar hududi sistemasi tashkil etadi.
- Markazlarning landshaft tashkil etilishiga qo‘yiladigan muhim talablar nimalardan iborat? Tayanch
iboralar; (bosqich, uslub, texnologiya, shou)
Markazlarning landshaft tashkil etilishiga qo‘yiladigan muhim talablar loyihalashning ma’lum
bosqichlariga va uslublariga rioya qilish hisoblanadi. Markazdagi ochiq maydonlarni funksional
zonalash landshaftni loyihalashning muhim bosqichi hisoblanadi. Har bir funksional zona
foydalanishning va mos ravishda landshaft tashkil etilishiga talab qo‘yuvchi hududni tashkil etishi o‘ziga
xos texnologiyasiga ega. Shuning uchun markazning piyodalar fazolarining landshaft tashkil etilishida
quyidagi zonalarni ajratish maqsadga muvofiq: tranzit harakat; rekreatsiya va bo‘sh vaqt; ovqatlanish;
ommaviy tadbirlar (bayramlar, shou, konsertlar, diskotekalar)
- Tranzit zona qaysi davrda hududda qancha vaqt davomida bo‘lishiga mo‘ljallangan bo’lishi kerak v
anima sababdan? Tayanch iboralar; (diagonal tarmoqlanish, oz, gulpushta )
Tranzit zona faqat harakat davrida hududda qisqa vaqt davomida bo‘lishiga mo‘ljallangan. Tranzit
harakatga mo‘ljallangan shakllar bu to‘g‘ri shakldagi xiyobon va yo‘laklar hisoblanadi. Hududda
ularning rejali joylashtirilishining samaradorligidan o‘tish uchun sarflanadigan vaqtning davomiyligiga
bog‘liq bo‘ladi. Mazkur holda diagonal tarmoqlanishi elementlari bilan ortoganal rejalash eng maqsadga
muvofiqdir. Tranzit harakat zonasi gulpushta va boshqa qurilmalar bilan bo‘linmasligi kerak.
- Shaharning landshaft rekreatsion tizimi deganda nimani tushunasiz? Tayanch iboralar; (park, plyaj,
bog‘)
Shaharning landshaft rekreatsion tizimi deganda dam olish zonalari va bog‘-parklar, plyajlar tizimini
tushunamiz.
- Alpinariya deganda nimani tushunasiz va u qanday muhitda qo’llaniladi? Tayanch iboralar; (tosh,
tog‘,ichki)
Alpinariya deganda tabiiy toshlardan va baland tog‘ o'simliklaridan tuzilgan mo'jaz bog‘ tushuniladi
va u ichki va tashqi muhitda qo'llaniladi.
- Arabeska deganda nimani tushunasiz? Tayanch iboralar; (klumba, manzara, gul, tosh)
Arabeska deganda parter va klumbalarda qo‘llaniladigan manzarali barglar va
gullovchi o‘simliklardan yoki mayda toshlardan terib ishlangan geometrik naqsh tushunamiz.
- Geoplastika deganda nimani tushunish zarur? Tayanch iboralar; (pandus, otkoslar, badiiy)
Geoplastika bu zinopoyalar, panduslar, tirgak devorlar, terassalar, otkoslar va joy relyefiga
badiiy ishlov berish san’atidir.
- Modulli bog` deb nimaga aytiladi va u nimalardan tashkil topadi? Tayanch iboralar; (shakl, geometr,
gul)
Modulli bog` bu geometrik to‘g‘ri shaklli elementlardan tashkil topgan gul kompozitsiyasi, gullar
bog'idan tashkil topadi.
- Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishning asosiy prinsiplarini to ‘g‘ri sanang. Tayanch iboralar;
(funksion, mutanosib, eko)
Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishning ekologik, funksionallik, mutanosiblik kabi asosiy prinsiplari
mavjud.
- Parklarda tuzilishi jihatidan qanday ko‘rinishdagi ko‘kalamzorlar bo‘lishi
lozim? Tayanch iboralar; (gul, maydon, maysa)
Parklarda tuzilishi jihatidan gulzorlar, maydonlar va maysalar ko‘rinishdagi ko‘kalamzorlar bo‘lishi
lozim.
- Parklarning ommaviy madaniy tadbirlar zonasida qanday bino yoki
inshootlar bo`lishi kerak? Tayanch iboralar; (favvora, maydon,)
Parklarning ommaviy madaniy tadbirlar zonasida tadbirlar uchhun binolar va attraksionlar, favvoralar,
ochiq maydonlar kabi inshootlar bo`lishi kerak.
- Madaniyat va istirohat bog‘larida qanday xiyobonlar va yo‘laklar mavjud? Tayanch iboralar; (katta,
bosh)
Madaniyat va istirohat bog‘larida bosh xiyobon, katta va kichik sayr qilish xiyobonlari va
yo'laklari mavjud.
- Landshaft arxitekturasi tarixi qanday ma’lumotlarga asoslanib o‘rganiladi? Tayanch iboralar;
(qadim, tasviriy, bezak)
Landshaft arxitekturasi tarixi qadimiy qo'lyozmalar, tasviriy san’at naqsh-u bezaklari va
arxeologik topilmalarga asoslanib o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |