Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi fani



Yüklə 181,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü181,15 Kb.
#186864
  1   2
SHaharsozlik va landshaft arxitekturasi



SHaharsozlik va landshaft arxitekturasi fani 
- Qadimgi Misr bog‘larining rejaviy yechimlari qanday me’moriy kompozitsiyaga asoslangan?
Tayanch iboralar; (sug‘orish, yaxlit) 
Qadimgi Misr bog‘larining rejaviy yechimlari sug‘orish tizimiga asoslangan yaxlit assimmetrik 
rejaviy kompozitsiyaga asoslangan. 
- Qadimgi Misr bog‘larida qanday o‘simliklar ekilgan? Tayanch iboralar; (gul, manzara) 
Qadimgi Misr bog‘larida manzarali daraxtlar va gullar ekilgan. 
- Bobil «Osma bog‘lari»ning tashqi ko‘rinishi qanday bo’lgan? Tayanch iboralar; (pog'ona, qiya) 
Bobil «Osma bog‘lari»ning tashqi ko‘rinishi qiyalikda joylashgan pog'onasimon bog` ko'rinishida 
bo’lgan. 
- «Chorbog‘»lar dastlab qachon va qaysi mintaqalarda vujudga kelgan? Tayanch iboralar; (Markaziy, 
Tehron) 
«Chorbog‘»lar dastlab eramizgacha VI-IV asrlarda, Eron va Markaziy Osiyoda vujudga kelgan. 
- «Chorbog‘» uslubining ilk kelib chiqish asoslarini to‘g‘ri ko‘rsating. Tayanch iboralar; (unsur, 
sug'orish) 
«Chorbog‘» uslubining ilk kelib chiqish asoslari «Chor unsur» falsafasi va bog' hududini tejamli
sug'orish tizimiga asoslangan. 
- Sharq mamlakatlarining o‘rta asrlar bog‘-parklarini nechta va qanday guruhlarga ajratish mumkin? 
Tayanch iboralar; (Sharq, Osiyo) 
Sharq mamlakatlarining o‘rta asrlar bog‘-parklarini to'rtta guruhlarga ajratish mumkin: Yaqin Sharq,
O'rta Sharq, O'rta Osiyo va Uzoq Sharq bog'-parklariga. 
- Boburiylar bog‘-park san’atiga qanday yangilik kiritgan? Tayanch iboralar; (chorbog', shahar, 
obidalar) 
Boburiylar bog‘-park san’atiga chorbog'ni shahar tashqarisidan shahar ichkarisiga me’moriy
obidalar turkumiga olib kirgan, maqbar boglar yaratgan. 
- Agradagi Toj-Mahal maqbara bog‘-saroyining qurilishida an’anaviy «Chorbog` uslubiga qanday 
o‘zgartish kiritilgan? Tayanch iboralar; (maqbar, markaz, an’ana) 
Agradagi Toj-Mahal maqbara bog‘-saroyining qurilishida an’anaviy «Chorbog` uslubiga bog‘-saroyi, 
ya’ni maqbara an’anaviy tarzda bog‘ markazida emas, balki bog` to'rida qurilgan. 
- Lahordagi Shalimar bog‘iga xos xususiyatlarni aniqlang? Tayanch iboralar; (to`rtburchak, uch) 
Bo`ylama o‘qli to`g`ri to`rtburchakli muntazam simmetrik rejadagi, uch qismdan iborat pog`onali 
chorbog` ko`rinishidagi istirohat bog‘i mavjud. 
- «Maydoni shoh» xiyoboni qanday maqsadlarda qurilgan? Tayanch iboralar; (marosim, dam, milliy) 
«Maydoni shoh» xiyoboni jamoa markazi - park, milliy marosimlar, tantanalar o`tkazishga, dam olish 
uchun qurilgan. 
- «Shahar bog‘», «Maydoni shoh»dan qanday farq qiladi? Tayanch iboralar; (tashqari, shahar) 
Shahar-bog‘ shahar ichida, Maydoni-shoh esa shahar tashqarisida qurilganligi bilan farq qiladi 


- Eron o‘rta asr bog‘-park san’atining ilg‘or tajribalari uning qaysi ob’yektlarida o‘z aksini topgan? 
Tayanch iboralar; (xiyobon, Shahar) 
Eron o‘rta asr bog‘-park san’atining ilg‘or tajribalari uning Isfaxondagi «Maydoni-shoh» va
«Shahar-bog‘» bog‘-saroylari va xiyobonlarida o‘z aksini topgan. 
- Arab geografi Ibn Xaukal X asrda Samarqand bog‘-park san’atiga doir qanday narsani ko‘rgan? 
Tayanch iboralar; (unsur, uslub) 
Arab geografi Ibn Xaukal X asrda Samarqand bog‘-park san’atiga doir bog'lar «Chorbog`» uslubida
shakllanganligini ko‘rgan. 
- Amir Temur yaratgan bog'lar avvalgi Samarqand bog‘laridan qanday farq qilgan? Tayanch iboralar; 
(tashqari, saroy) 
Amir Temur yaratgan bog'lar avvalgi Samarqand bog‘laridan shahar tashqarisida joylashgan ulkan
bog'-saroylari bilan farq qilgan. 
- «Bog‘i Dilkusho» bog‘-saroyining devorlariga qanday mavzudagi tasvirlar ishlangan? Tayanch 
iboralar; (manzara, Hind) 
«Bog‘i Dilkusho» bog‘-saroyining devorlariga Amir Temurning Hindiston yurishiga doir jang
manzaralari mavzusidagi tasvirlar ishlangan? 
- Amir Temur qurdirgan «Bog‘i Bo‘ldu» bog‘ining nomi nimani anglatgan? Tayanch iboralar; (alloma, 
uchrashuv) 
Amir Temur qurdirgan «Bog‘i Bo‘ldu» bog‘ining nomi bog'ninng allomalar, olimlar bilan
uchrashuvga mo‘ljallanganligini anglatgan. 
- Tillodan ishlangan sun’iy daraxt Temurning qaysi bog‘ini bezagan? Tayanch iboralar; (kesh, 
Shahrisabz) 
Tillodan ishlangan sun’iy daraxt Temurning Shahrisabzdagi Oqsaroy majmuasi qoshidagi bog'ini 
bezagan. 
- Temuriylar bog‘-saroylariga qanday mahalliy manzarali daraxtlar xos bo‘lgan? Tayanch iboralar; 
(chinor, sarv, majnun) 
Temuriylar bog‘-saroylariga tol, chinor, sarv, archa, majnuntol, mirzaterak kabi manzarali
daraxtlar xos bo‘lgan. 
- Bog‘lardagi ochiq yashil muhit deganda nimani tushunasiz? Tayanch iboralar; (yashil, maysa, gul) 
Bog‘lardagi ochiq yashil muhit deganda bog‘lardagi gulzorlar, yashil maydonlar va maysazorlarni 
tushunamiz. 
- Temur bog‘laridagi saroylar qanday joylarga qurilgan? Tayanch iboralar; (baland, tabiat) 
Temur bog‘laridagi saroylar tabiiy yoki sun’iy tepaliklar ustiga qurilgan. 
- Bog‘larni me’moriy-kompozitsion tuzilishiga emas, balki lirik xususiyatlariga qarab turlarga bo‘lish 
qaysi mamlakatga xos xususiyat? Tayanch iboralar; (qadimiy, eng uzun qal’a devor bilan o’ralgan) 
Bog‘larni me’moriy-kompozitsion tuzilishiga emas, balki lirik xususiyatlariga qarab turlarga bo‘lish 
Xitoy mamlakatiga xos xususiyat. 


- Allomalar yoki adabiyotlar bog‘lari qaysi mamlakatga xos bog‘lardir? Tayanch iboralar; (janubiy) 
Allomalar yoki adabiyotlar bog‘lari Koreya mamlakatiga xos bog‘lardir. 
- Xitoyda hordiq chiqarib tinch dam olish, o‘yga cho‘mish, aql-zakovat, 
erkin tafakkur bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan bog‘lar qanday nom bilan atalgan? Tayanch 
iboralar; (axloq, odob) 
Xitoyda hordiq chiqarib tinch dam olish, o‘yga cho‘mish, aql-zakovat, erkin tafakkur bilan 
shug‘ullanishga mo‘ljallangan bog‘lar adabiyot bog'lari degan nom bilan atalgan. 
- Yaponiya bog‘-parklariga xos bo'lgan asosiy me’moriy-landshaft uslubini ko'rsating. Tayanch 
iboralar; (tog‘, asimmetr) 
Yaponiya bog‘-parklariga xos bo'lgan asosiy me’moriy-landshaft uslubi tog‘u toshlardan tuzilgan
asimmetrik kompozitsiyani tashkil etadi. 
- Yapon milliy bog'ining go'zalligi qanday g'oyalarga asoslangan? Tayanch iboralar; (tosh, tog‘) 
Yapon milliy bog'ining go'zalligi tog‘u toshlardan turli xil kompozitsiyalar yaratish g'oyasiga 
asoslangan. 
- «Ban-say» san’ati ilk bor qaysi mamlakat bog'larida shakllanib vujudga kelgan? Tayanch iboralar; 
(kichkina, mitti, tuvak) 
Ban-say» san’ati ilk bor Yaponiya mamlakat bog'larida shakllanib vujudga kelgan. 
- Eski toshlardan turli kompozitsiyalar, chiroqlar, bog' o'rindiqlari va boshqa tashqi muhit bog'-pakr 
elementlari dizaynlarini yaratish san’ati qaysi mamlakat bog'lariga xos xususiyatdir? Tayanch iboralar; 
(orol, sharq) 
Eski toshlardan turli kompozitsiyalar, chiroqiar, bog' o'rindiqlari va boshqa tashqi muhit
bog'-pakr elementlari dizaynlarini yaratish san’ati Yaponiya bog'lariga xos xususiyatdir. 
- Zamonaviy Yapon bog‘lari rel’yefining holatiga ko‘ra qanday turlarga bolinadi? Tayanch 
iboralar; (past, tekis, qir) 
Zamonaviy Yapon bog‘lari rel’yefining holatiga ko‘ra qirlik, tekis va past-baland bog'larga 
bolinadi. 
- Yaponiyada mo‘jaz bog‘larning qanday yangi turlari mayjud? Tayanch iboralar; (tom, erker, ko'cha) 
Yaponiyada mo‘jaz bog‘larning, bino tomlari ustidagi bog'lar, balkon va erker bog'lari, piyodalar 
ko'chalari bog'lari, xususiy hovli bog'lari kabi turlari mayjud. 
- Yaponiya bog‘lariga xos asosiy o‘simliklar turini ko‘rsating. Tayanch iboralar; (saku, kamel, safo) 
Yaponiya bog‘lariga xos asosiy o‘simliklar turlari Yapon sosnasi, klyon, sakura, kameliya, azaliya,
magnoliya, safora, bambuk, banan. 
- Xalqaro landshaft arxitektorlari federasiyasi - IFLA qachon va qayerda tashkil etildi? Tayanch 
iboralar; (yevropa, Kembr, XX) 
Xalqaro landshaft arxitektorlari federasiyasi - IFLA 1948-yilda Angliyaning Kembridj shahrida tashkil 
etildi. 
- Landshaft arxitekturasining asosiy vazifalariga nimalar kiradi? Tayanch iboralar; (eko, inson, 
muhofaza) 


Landshaft arxitekturasining asosiy vazifalariga insoniyatning ekologiya ta’siridan muhofaza qilish,
muhitni o'zgartirish yoki qayta yaratish, yangi landshaftlami yaratish kabilar kiradi. 
-
Landshaft maydonlarini tashkil etish darajalarini to‘g‘ri ko'rsating. Tayanch iboralar; (hudud, 
mikromaydon) 
Landshaft maydonlarini tashkil etish darajalari mamalakat (region)ni, shaharni, mahalliy hududni va
mikromaydonlarni landshaft tashkil etish darajalaridir. 
- Maxsus maqsadlarga mo'ijallangan ko'kalamzorlar hududi qanday me’yorlanadi? Tayanch 
iboralar; (qoida, shaharsozlik) 
Maxsus maqsadlarga mo'ijallangan ko'kalamzorlar hududi shaharsozlik normalari va qoidalariga qarab 
me’yorlanadi. 
- Ko'kalamzorlar vazifasiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi? Tayanch iboralar; (o'rmon, massiv) 
Ko'kalamzorlar vazifasiga ko'ra yashil massivlar, o'rmonzorlar, xiyobonlar, maysazorlar kabi 
turlarga bo'linadi. 
- Ekzotik o'simliklar deb qandy o'simliklarga aytiladi? Tayanch iboralar; (dekor, o'zga, yowwoyi) 
Ekzotik o'simliklar deb yuksak manzaraviy dekorativ sifatlarga ega bo'lgan, odatda, o'zga yurtlardan 
keltirilgan va mahalliy sharoitlarda yowwoyi holda o'smaydigan 
o'simliklarga aytiladi. 
- Ko'kalamzorlarning elementlariga nimalar kiradi? Tayanch iboralar; (gulzor, maysazor) 
Ko'kalamzorlarning elementlariga daraxtlar, butalar, lianalar, gulzorlar, maysazorlar kiradi. 
- Qanday gulzorlar erkin tabiiy kompozitsiyalarga ega boiadi? Tayanch iboralar; (guruh, robat) 
robatkalar, guruhlar, porterlar erkin tabiiy kompozitsiyalarga ega bo’ladi. 
- «Topiar bog‘» deb qanday bog‘ga aytiladi? Tayanch iboralar; (sun’iy, dekorativ) 
«Topiar bog‘» deb daraxt va butalar qirtishlanib sun’iy shakllar berilgan dekorativ 
kompozitsiyalarga boy bog'larga aytiladi. 
- Me’moriy landshaft tuzilishi bo‘yicha muntazam stilidagi bog‘ fransuz stilidagi bog‘dan qanday farq 
qiladi? Tayanch iboralar; (topiary, san’at) 
Me’moriy landshaft tuzilishi bo‘yicha muntazam stilidagi bog‘ fransuz stilidagi bog‘dan shunisi bilan 
farq qiladiki, muntazam stilda topiar san’ati bor, fransuz stilida esa yo‘q. 
- Rus tipidagi bog‘larga xos bolgan xususiyatlarni ko‘rsating. Tayanch iboralar; (meva, peyzaj) 
Muntazam va peyzaj tipidagi rejaviy landshaft kompozitsiyalarining uyg'unlashuvi, mevali
xo‘jalik bog‘larining mavjudligi Rus tipidagi bog‘larga xos bolgan xususiyatlardir. 
- Dekorativ maysazorlarning turlarini to‘g‘ri ko‘rsating. Tayanch iboralar; (omma, mavritan) 
Parter maysazorlar, ommaviy maysazorlar, lugoviy maysazorlar, mavritan maysazori Dekorativ 
maysazorlardir. 
- Maysazorlami yaratish usullarini to‘g‘ri ko‘rsating. Tayanch iboralar; (ekish, ko'paytirish) 
Tuxumini ekish, chimlashtirish, ajrig'idan ko'paytirish, gidroposev usullari maysazorlarni yaratish 
usullaridir. 


- Bolalar bog‘chalari va umumta’lim maktablari hududlarida qanday o’simliklarni ekish man etilgan? 
Tayanch iboralar; (shipovnik, barbaris) 
Bolalar bog‘chalari va umumta’lim maktablari hududlarida boyarishnik, barbaris, mojjevelnik 
kazaskiy, davna, sumax, shipovniklarni ekish man etilgan. 
- Zamonaviy landshaft arxitekturasida tabiiy va antropogen landshaft tushunchalari nimani anglatadi? 
Tayanch iboralar; (inson tegmagan, inson o‘zgartirgan) 
Geografik tushunchada landshaft bu tabiiy chegaralar bilan o‘ralgan bir jinsli quruqlik maydoni bo‘lib, 
bu chegaralarda landshaftning tabiiy elementlari1 o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqada bo‘lgan yagonalikni 
tashkil etadi. Bir jinsli hududlar – tayga, tropik, o‘rmonlar, tundra landshaftlarida mayda tabiiy birliklar - 
geografik landshaftning tarkibiy qismlari mavjud. Zamonaviy landshaft arxitekturasida tabiiy va 
antropogen landshaft tushunchasi ajratiladi 
Ammo yer yuzida inson tegmagan tabiiy landshaftlar juda kam. Xo‘jalik faoliyati jarayonida ayrim 
tabiiy komponentlarni birinchi navbatda o‘simliklar, tuproq, suv, hayvonat dunyosini o‘zgartiradi. 
Bunday o‘zgartirishlar landshaftda qaror topgan aloqalar va tabiiy komponentlar o‘zaro ta’sirlarni 
buzadi. Hududlarni o‘zlashtirish zarurligi va insonning tabiat ichiga singib borishi landshaftning 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, yo‘llar tarmoqlari va elektr uzatish liniyalari, zavodlar, posyolkalar vujudga 
keladi. Ya’ni insonning aralashuvi bilan tabiiy landshaft antropogen – inson o‘zgartirgan landshaftga 
aylanadi. Antropogen landshaftlar insonning xo‘jalik faoliyati mavjud bo‘lgan davrlardan beri bor. 
Dastlab ular yer landshaftlarini shakllanishining aralashuvi bilan o‘zgarib ketdi. Bu hodisalar 
jadallashmoqda va o‘zgarish jarayoni hamda biogen landshaftlardagi o‘zgarishlar ob’yektiv muqarrardir.
- Markaziy park loyihasi urbanizatsiyalashgan tuman markazida tegilmagan tabiat bo‘lagini saqlab 
qolish g‘oyasini amalga oshirgan, o‘zini «landshaft arxitektori» deb atagan, XIX asr o‘rtalarida Nyu-
York Markaziy parki konkurs loyihasini yutib chiqqan muallif kim? Tayanch iboralar; (peyzaj tarhi, 
konkurs, Lav) 
XIX asr o‘rtalarida landshaft arxitekturasi rivojlanishida keskin burilish yasadi. Birinchi marta 
insonning atrof-muhit bilan munosabatlarini tartibga solish masalasi qo‘yildi. Landshaft arxitekturasi 
rivojlanishi, avvalo Frederik Lav Olmsted nomi bilan bog‘liq. Maxsus bilimga ega bo‘lmay turib, u 
1858-yili Nyu-York Markaziy parki konkurs loyihasini yutib chiqdi, u o‘zini «landshaft arxitektori» deb 
atadi. Markaziy park loyihasi urbanizatsiyalashgan tuman markazida tegilmagan tabiat bo‘lagini saqlab 
qolish g‘oyasini amalga oshirdi. Uning peyzaj tarhi «ingliz» bog‘idan tamomila farq qiladigan 
xarakterda edi. 
- Frederik Lav Olmsted g‘oyasi tabiiy peyzajni qanday tashkil etishdan iborat edi va bu g‘oya nimani 
tashkil etishga asos bo‘ldi? Tayanch iboralar; (qo‘riqxona, vodiy, qulay ko‘rinish) 
Ingliz bog‘ining tamoyili romantik peyzajni sun’iy shakllantirish bo‘lsa, Olmsted g‘oyasi tabiiy 
peyzajni saqlab qolish va uni qulay ko‘rinish nuqtalaridan tomosha qilishni tashkil etishdan iboratdir. Bu 
g‘oya AQShning Кaliforniya shtatidagi Yosemit vodiysida birinchi tabiiy qo‘riqxona tashkil etishga asos 
bo‘ldi. Uning hududida eng jozibali, qulay ko‘rinish nuqtalarini ko‘rsatishni ta’minlash va tashrif 
buyuruvchilarning dam olishini tashkil etish bo‘yicha qator tadbirlar o‘tkazildi. 
G‘oya 1864 yilda tug‘ildi, ammo oradan 50-yil o‘tdi. 1916-yilda AQSh milliy parklar xizmati 
tuzilmaguncha. Ularni loyihalash landshaft arxitektorlari faoliyatining yangi sohasiga aylandi. XIX 
asrning ikkinchi yarmi nafaqat tabiiy landshaftlar qimmatini tushunish bilan, balki shaharlarda bog‘ va 
parklar qurilishining anchagina kengayganligi bilan xarakterlanadi. Yangi parklar o‘zining ko‘rinishi, 
stilistikasi, vazifasi bo‘yicha har xil edi. Bog‘larni «Fransuz», «ingliz», «italyan» bog‘lariga bo‘lish 


yo‘qoldi. Geometrik shakl va to‘g‘ri chiziqlar suv havzalari va yo‘lkalar egri chiziqlari bilan 
uyg‘unlashgan rejalar parklar qurilishida yetakchilik qildi. 
- AQSh Xarvard universitetida landshaft arxitektorlarining birinchi maktabi ochilishiga nima sabab 
bo’ldi? Uning amaliyotda qo’llanganligiga misollar keltiring. Tayanch iboralar; (kitob, yirik shaharlar, 
qishloq xo‘jaligi yerlari, shahar-bog‘lar kompaniyasi) 
1898-yildayoq E.Xovard o‘zining mashhur «Shaharning kelajak bog‘i» kitobini nashr ettirdi, unda 
tabiatning shahar muhitiga keng doirada kirib borishi g‘oyasini ilgari surdi. Xovard nazariyasi bo‘yicha 
yirik shaharlar qishloq xo‘jaligi yerlari yashil belbog‘i bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. Undan keyin yashil 
belboqqa bog‘ shaharlar halqasi tutashishi, ular o‘zaro va markaz shahar bilan temiryo‘l tizimi orqali 
bog‘lanishi kerak
Shundan so‘ng, mutaxassislarni maqsadga muvofiq tayyorlash ehtiyoji tug‘ildi va 1901-yil AQSh 
Xarvard universitetida landshaft arxitektorlarining birinchi maktabi ochildi. AQSh yangi kasbni 
o‘zlashtirishda yetakchi o‘ringa chiqdi. Landshaft arxitekturasi o‘z faoliyati doirasini tezlik bilan 
kengaytira borib, yanada kengroq ochiqlikni o‘zlashtira bordi, ularning muhitini tashkil etishda turli 
yechim bilan shug‘ullandi. Xovard nazariyasi ko‘p tarafdorlarga ega bo‘ldi va 1903 yilda Angliyada 
«Birinchi shahar-bog‘lar kompaniyasi» paydo bo‘ldi. U, London atrofida Lechvort shahrini qurishni 
boshladi. Ishlar juda samarli bordi, 1914-yilga. kelib Angliya aholisining soni 9 ming kishiga yetdi. 
Lekin shahar bog‘lari keng rivojlanmadi. Xususiy yer egalari va o‘sha davrning kapitalizm sharoitlarida 
qurilishlarning borishiga ishonch kamroq va qiyin edi. Griffin loyihasi asosida 1920-yilda qurilishi 
boshlangan shahar-bog‘ g‘oyasi Avstraliyaning poytaxti Кanberra shahri rejasida o‘zining to‘la ifodasini 
topdi.
- Ikkinchi jahon urushidan so‘ng landshaft arxitekturasi rivojida qanday bosqich boshlandi? Uning 
tabiiy muhitga ta’siriga misollar keltiring. Tayanch iboralar; (an’anaviy, tropik o‘rmon, degradatsiya) 
Ikkinchi jahon urushi oxirigacha landshaft arxitekturasi asosan an’anaviy bog‘-park san’ati doirasida 
amal qildi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng landshaft arxitekturasi rivojida yangi muhim bosqich 
boshlandi. U insonning tabiiy muhitga ta’sirining keskin o‘sishi xavfi bilan bog‘liq tropik o‘rmonlarning 
yo‘q bo‘lib ketishi, qumli cho‘llarning bostirib kirishi, jahon okeanining ifloslanishi va boshqalar. 
Ayniqsa, tabiiy muhitning degradatsiyasi gigant (ulkan) shaharlarda keskin yuzaga keladi. Bu 
sharoitlarda landshaft arxitektorlarining roli turli xil landshaft muhitlarini shakllantirish va o‘zgartirishda 
yanada kengroq qatnashuvida ifodalanadi. 
1948 yili Angliyaning Кembridj shahrida 9 mamlakat vakillari Xalqaro landshaft arxitektori 
federatsiyasiga – IFLAga asos soldilar. Bu kasb tan olindi va BMT qoshidagi Xalqaro mehnat tashkiloti 
rasman kasblar ro‘yxatiga kiritilgan. Hozir IFLA faoliyatida barcha kontinentlardan 50 dan ortiq 
mamlakat vakillari ishtirok etmoqda, ularning ko‘pchiligida landshaft arxitektori tayyorlanadi. Har yili 
IFLA kongresslari o‘tkaziladi, ularning har biri dolzarb zamonaviy muammolardan biriga bag‘ishlanadi.
- Hozirgi zamon landshaft arxitekturasida nechita yo‘nalish mavjud? Birinchi yo‘nalishni tariflab 
bering. Tayanch iboralar; (inson, ekspluatatsi, dam olish, turizm) 
Hozirgi zamon landshaft arxitekturasida 4 yo‘nalish mavjud. 
«Landshaft rejalashtirish» juda katta ahamiyatga ega, u turli xildagi landshaft muhitlari bilan 
tegilmagan qo‘riqxonalar tabiatdan inson tomonidan intensiv ekspluatatsiya qilinayotgan tabiiy 
tumanlarga uzviy bog‘liqdir. Landshaft rejalashtirishda shug‘ullanadigan masalalar doirasiga yana 
quyidagilar kiradi: buzilgan landshaftlarni tiklash, yo‘l va yo‘l inshootlarini trassalash va loyihalash, 
sanoat va qishloq xo‘jaligi hududlarini, dam olish, turizm va boshqalar landshaftini tashkil etish. Кeyingi 
yillarda hududiy landshaftni rejalashtirishga qiziqish ancha o‘sdi. Masalan, landshaft-rekreatsion 
rivojlanishini tumanni landshaft tizilmalariga bo‘lishdan boshlanadi. 


- Hozirgi zamon landshaft arxitekturasidagi ikkinchi yo‘nalishni tariflab bering. Tayanch iboralar; 
(tadqiqot, Sovet Ittifoqi yetakchi, ko‘kalamzorlashtirish, Chandigarx) 
Landshaft arxitekturasining ikkinchi yirik yo‘nalishi bo‘lib shaharlar va urbanizatsiyalashgan 
tumanlarning landshaft tarkibini shakllantirish oldinga chiqdi. Bu yo‘nalish anchagina xususiy 
muammolarni keltirib chiqardi. Ularda shaharlarning effektiv ko‘kalamzor tizimini yaratish markaziy 
muammodir. Xovardning ishlari bu sohada tadqiqotlar o‘tkazishni boshlab berdi. Bu yerda Sovet Ittifoqi 
yetakchi (pioner) bo‘lib chiqdi. Moskvaning 1920, 1935, 1975 yillardagi bosh tarhlarida takliflar 
shaharni ko‘kalamzorlashtirishga tizimli yondashib, prinsipial ahamiyatga ega bo‘ldilar. Hattoki, 
dunyoning yirik shaharlaridagi – Chandigarx va Braziliya shaharlarida loyihalangan ko‘kalamzor 
tizimlarini hayotda amalga oshirishning iloji bo‘lmadi. Sovet Ittifoqida esa o‘nlab shaharlarni 
ko‘kalamzorlashtirish tizimini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Ularning orasida Leningrad, Кiyev, 
Minsk, Yerevan shaharlari o‘zlarinig me’moriy jihatlari bilan ajralib turadilar. 
- Hozirgi zamon landshaft arxitekturasidagi uchinchi yo‘nalishni tariflab bering. Tayanch iboralar; 
(bog‘ va park, vazifasiga qarab, tuproqda, tomda,) 
Landshaft arxitekturasining uchinchi eng keng yo‘nalishi deb turli vazifali alohida hududlarni 
loyihalashni hisoblash mumkin. Avvalambor bu bog‘ va parklarni loyihalash. Bog‘ va parklar o‘zining 
funksional vazifasiga qarab farqlanadi (botanika, zoologiya, bolalar, sport, tematik va h.k.). Ular texnik 
xususiyatlarga ko‘ra, masalan: tuproqda, tomda, yopiq makonda, sun’iy xom ashyolardan qurilganiga 
ko‘ra ham ajratiladi. Zamonaviy bog‘ va parklarning barcha xillarini sanab o‘tish qiyin. Bog‘larni 
loyihalash bilan alohida imoratlarning landshaft atrofini va me’moriy komplekslarining landshaft tarkibi 
ustida ishlash ham uzviy bog‘liqdir. G‘arb mamlakatlarida landshaft arxitektori barcha ahamiyatli 
ob’yektlar guruhining asosiy a’zosi va muallifi bo‘lib hisoblanadi. 
- Hozirgi zamon landshaft arxitekturasidagi to’rtinchi yo‘nalishni tariflab bering. Tayanch iboralar; 
(Кichik, sun’iy, mustaqil me’moriy kasb, ochiq muhitini takomillashtirish) 
Landshaft dizayni, bu landshaft arxitekturasining eng ommabop zamonaviy yo‘nalishlaridan biridir. 
Кichik hududlar, burchaklar va boshqa lokal hududlar ularni bezatishga sun’iy landshaft dizaynerlik 
yondoshuvini talab qiladi. Shunday qilib, hozirgi kunda landshaft arxitekturasi butun dunyoda o‘zining 
rivojida yangi darajalarda turibdi. U muhim mustaqil me’moriy kasb sifatida tan olindi va unga inson 
hayotining ochiq muhitini takomillashtirish kabi katta ishlarni qilish va muammolarni yechish talab 
etiladi. 
- Landshaft arxitekturasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? Tayanch iboralar; (arxitektura 
vositalari, ekologik, estetik, yashil arxitektura, shahar qurilishi maqsadlari bilan) 
Aholining ko‘payishi va inson faoliyatining har tomonlama rivojlanishi yashash muhitning doimiy 
ravishda o‘zgarib turishi bilan o‘zaro bog‘liqdir yashash muhitini yaxshilashning landshaft arxitektura 
vositalari bilan yaxshilashning asosiy tajribalari bevosita insonning atrofigagina taalluqli bo‘lmay, balki 
barcha hududlarga, shaharning mahalliy hududidan boshlab mamlakat va sayyora miqyosigacha 
taalluqlidir. Bundan, landshaft arxitekturasining asosiy maqsadi atrof-muhitning ekologik, estetik va 
funksional sifatlarini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Biroq har qanday o‘zgarishlar tasodifan va birdan yuz 
bermaydi – bu evolutsion jarayondur. Jamiyat rivojining mazkur bosqichida landshaft arxitekturasining 
asosiy vazifasi urbanizatsiyalashgan muhitni rejalash va «yashil arxitektura» dizayni hamda hududni 
obodonlashtirish elementlari vositasida uyg‘unlashtirishdir. Mazkur maqsad jamiyatning hayot 
faoliyatining moddiy fazoviy muhitini shakllantiruvchi shahar qurilishi maqsadlari bilan yaqin 
bog‘langandir. Shuning uchun landshaft arxitektura va shahar qurilishi maqsadlari bir-biriga chirmashib 


ketgan va hududni o‘zlashtirishning taksonomik darajalariga muvofiq tabaqalashtiriladi (bo‘laklarga 
ajratiladi.
Landshaft arxitekturasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1 – muhofaza qilish;
2 – o‘zgartirish yoki qayta yaratish (qayta qurish);
3 – yangi landshaftlarni yaratish. 
- Muhofaza qilinuvchi (qo‘riqlanuvchi) landshaftlar deganda nimani tushunish kerak? Tayanch 
iboralar; (tabiiy, milliy parklar, tabiat haykallari, Zomin, Кitob) 
Muhofaza qilinuvchi (qo‘riqlanuvchi) landshaftlar davlat tomonidan qo‘riqlanadiganlar ro‘yxatiga 
kiritilgan tabiiy landshaftlar turlari hisoblanadi. Bular-qo‘riqxonalar, buyurtmaxonalar, tabiiy va milliy 
parklar hamda tabiat haykallari hisoblanadi. O‘zbekistonda tabiiy landshaftlardan 20 birlikdan ortiqrog‘i 
qo‘riqlanadi, ular orasida eng yiriklari quyidagilar: Chotqol, Xisor, Zomin, Кitob qo‘riqxonalari, Ugam-
Chotqol milliy parki va boshqalardir. Madaniy landshaftlar ham qo‘riqlanadi, masalan, Toshkentdagi 
«O‘zbekiston milliy bog‘i», Xorazm viloyatidagi qo‘riqxona Xiva shahri va boshqa ob’yektlar. 
- O‘zgartirilgan (shakli almashtirilgan) landshaftlar deganda nimani tushunish kerak? Tayanch 
iboralar; (qishloq xo‘jaligi, shahar landshaftlari, dam olish zonalari) 
O‘zgartirilgan (shakli almashtirilgan) landshaftlar deb inson (jamiyat)ning faoliyati natijasida 
o‘zgartirilgan tabiiy yoki ikkilamchi landshaftlar (ularni yana madaniy landshaftlar deb ham ataladi) 
hisoblanadi. Masalan, bu – qishloq xo‘jaligi va shahar landshaftlari, dam olish zonalari yoki bazalari, 
parklar va boshqalar bo‘lib, ular tabiiy landshaftni o‘zgartirib, landshaftning yangi shakli bo‘lib 
qolishadi. Umuman olganda, landshaftni o‘zgartirish jarayoni cheksizdir. Har bir avlod ma’lum darajada 
atrof-muhitni o‘zgartiradi, keyingi avlod esa avvalgisini o‘zgartiradi. Masalan, «O‘zbekiston milliy 
bog‘i» shahar landshaftida XX asrning 50- yillarida yaratilgan, holbuki ko‘rinishiga ko‘ra u shahar 
muhitida saqlanib qolgan tabiiy landshaft asosida yaratilganga o‘xshaydi. Parkning butun landshafti 
sun’iy ko‘l, relyef, o‘simliklar bilan birga arxitekitorlar, muhandislar, ko‘kalamzorlashtiruvchilar va 
boshqa mutaxassislarning ijodlari mahsulidir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, park tabiiy ob’yekt sifatida 
emas, balki madaniy meros ob’yekti sifatida qo‘riqlanadi. Bu tabiiy landshaftlarni qo‘riqlash va madaniy 
landshaftlarni qo‘riqlash degan tushunchalar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. 
- Yevropada landshaftlarni o‘zgartirish bo‘yicha yetakchi o‘rinni qaysi Davlat egallaydi? Tayanch 
iboralar; (metall rovonlar, quvurlar, qiziqarli hududlar, tashlandiq fabrikalar, zavodlar) 
Yevropada landshaftlarni o‘zgartirish bo‘yicha yetakchi o‘rinni Germaniya Davlati egallaydi. 
Jumladan, Germaniyaning Disbur shahrida (avvalgi ko‘mir qazib olinadigan markazda) ko‘mir qazib 
olish va uni qayta ishlash bo‘yicha sobiq ishlab chiqarish majmuasida «Landshaft parki» yaratilgan. Bu 
parkining o‘ziga xos xususiyati shundaki, nemislar ishlab chiqarish inshootlarining tashqi to‘siqlarini 
olib tashlab, ularning texnologik konstruksiyalarini saqlab qolgani holda (domna pechlari, metall 
rovonlar, quvurlar va boshq.), ularning o‘rtasida turli xil mavzudagi bog‘lar, attraktiv qurilmalar, sport, 
trenajor o‘yinlar maydonchalari va boshqa ko‘pgina qiziqarli hududlari bo‘lgan park barpo qilishdi. 
Natijada, avvalgi sanoat hududi shaharning eng sevimli joyiga aylandi, u yerda yilning istalgan faslida, 
doimo, har xil yoshdagi dam oluvchilar bo‘ladi. Landshaft parklarning yaratilishi-industriallashtirish 
davrini boshidan kechirgan mamlakatlarda juda ham ommaviy tus olgan. 
Yevropa mamlakatlarida «o‘z umrini yashab bo‘lgan» tashlandiq fabrikalar, zavodlar va ishlab 
chiqarish ob’yektlari juda ko‘p. Yangi ishlab chiqarish texnologiyalariga o‘tish munosabati bilan bu 
ob’yektlar keraksiz bo‘lib qoldi. Landshaftlar Germaniyaning ko‘pgina shahar va shahar tashqarisidagi 
maydonlarida joylashtirilgan bo‘lib, ularning landshaft o‘zgarishlari umuman mamlakat landshafti 
o‘zgarishlariga ta’sir etadi. Bundan tashqari, «Barqaror rivojlanish»ga jiddiy yo‘naltirilmaganlik 


oqibatida shahar, qishloq va boshqa joylarda (bunga shaharlarning jamoatchilik markazlari, tura rjoy 
qurilish hududlari, rekreatsion, texnik va boshqa hududlar ham kiradi) landshaftlarning eskirib qolgan 
shakllarining 80%gacha landshaftni faol o‘zgartirish bilan qamrab olingan. Natijada, Germaniya 
mamalakat hududini makro-, mezo- va mikro-landshaft o‘zgartirishlar sohasida dunyoda va Yevropa 
Ittifoqida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. 
- Landshaftlarni qayta tiklash deganda nimani tushunish kerak? Tayanch iboralar; (Tabiiy, qo‘l bilan 
yaratilgan, xayvonot dunyosi, tuproq, suv) 
Landshaftlarni qayta tiklash – bu eskirgan landshaftni qayta tiklashdir. Tabiiy landshaft ham, qo‘l bilan 
yaratilgan landshaft ham ana shunday bo‘lishi mumkin. Biroq, agar tabiiy muhitda landshaft va uning 
elementlari (o‘simlik, xayvonot dunyosi, tuproq, suv) insonning aralashuvisiz yangilanib borsa, u holda 
qo‘l bilan yaratilgan landshaftda (bog‘, park va boshq.) uning rivojlanishiga qarab turish kerak bo‘ladi. 
Ayniqsa bu yashash davri qisqa bo‘lgan o‘tlar va gulli ekinlarga tegishlidir, chunki ular, hatto mavsum 
davri «ichida» ham keraklicha parvarish qilinmasa so‘liydi va buziladi. Tarixiy bog‘larda va parklarda 
landshaftning dastlabki manzarasini tiklash uchun deyarli hammasini almashtirish kerak: yer qatlamining 
sirtida xizmatini o‘tab bo‘lgan qari daraxtlar va butalar, kichik shakllar, muhandislik qurilmalari, 
shuningdek suv havzalarini tozalash va hatto bioharxillikni tiklash kerak. Bu ayniqsa landshaft 
ob’yektini yaratilagan davrga xos usulda maksimal tiklash talab qilinganda juda muhimdir. Bu 
muntazam usulida yaratilgan landshaftlarda to‘la erishsa bo‘ladi, u yerda kompozitsiya geometriyasini, 
o‘simliklarini qirqib turishni, gulzorlarning ornamentini (bezalishini), suv qurilmalarini, yer 
qoplamalarini va kichik me’moriy shakllarni loyihalar, chizmalar, rasmlar va fantomateriallar mavjud 
bo‘lganda qayta tiklash mumkin. Biroq landshaftning erkin o‘suvchi daraxtlari, butalarining, suv 
havzalarining va boshqa elementlarining aniq nusxasini peyzaj usulidagi bog‘larda va parklarda qayta 
tiklash landshaft ijodiyotining eng murakkab jarayonidir. Uni dastlabki ilmiy izlanishlar va aniq 
nusxalarni qayta tiklagandan so‘nggi restavratorning juda nozik ishi bilan taqqoslash mumkin. 
- Bog va parklarni qayta tiklash sohasida ilg‘or mamlakat qaysi mamlakat hisoblanadi? Tayanch 
iboralar; (sharq, rekonstruksiya, qarimaydigan landshaft) 
Bog va parklarni qayta tiklash sohasida ilg‘or mamlakat Yaponiya hisoblanadi. Bu yerda, restavrasiya 
va rekonstruksiyaning boshqa sohalaridagi kabi maydaychuyda narsalar yo‘q. Yaponiyaning tarixiy 
bog‘larida va parklarida rekonstruksiya qilish ishlari amaliy jihatdan to‘xtatilmaydi, shu sababli 
qarimaydigan landshaft ko‘rinishi yaratiladi. Bu yangilanishni talab qiluvchi joylarni juda diqqat bilan 
ko‘zdan kechirish bilan erishiladi.
Masalan, hatto yo‘lga terib to‘shalgan toshlardan yeyilib ketgani yoki yorilgani ham, «Yo‘sinlar 
bogi»dagi zangori gilamning ma’lum bir qismidagi qurigan yo‘sin, yoki ariqdagi singan bambuk kabi 
arzimagan kichik narsa ham tegishli nusxasi bilan almashtiriladi. Ular maxsus qayta tiklash 
ustaxonalarida yoki ko‘chatzorlarda tayyorlanadi, u yerda yangi toshlar sayqalanadi va «eski» holatiga 
keltiriladi, yo‘sin, bambuk va boshqa o‘simliklar esa parvarish qilib yetishtiriladi va aslini iloji boricha 
aniq almashtirish uchun modellashtiriladi. 
- Yangi landshaftlar deganda nimani tushunish kerak? Tayanch iboralar; (ilk holatida, vohalar, 
tog‘larda rekreatsion majmualar, buzilgan, noqulay) 
Yangi landshaftlar – bu tabiatning ilk holatida «noldan boshlab» yoki buzilgan tabiat asosida yaratgan 
landshaftlar hisoblanadi. Shu tarzda sahroda shahar – vohalar, tog‘larda rekreatsion majmualar, buzilgan, 
noqulay va boshqa yerlarda yangi landshaftlar paydo bo‘ladi. Bu jihatdan, Amerikaning Florida shtatida 
1898- yilda shakllangan Burchatovlar oilasining bog‘lari namunasi juda ajoyib misoldir. Hayron 
qoldiradigan joyi shundaki, bu go‘zal bog‘lar buzilgan landshaft o‘rnida qurilgan, ya’ni sement sanoati 
uchun xomashyo qazib olish bo‘yicha karyer o‘rnida. Bog‘larni qurishga 1898 yilda Emma Burchat asos 


soldi, uning avlodlari esa bog‘ni shu darajada takomillashtirishdiki, «Burchatov bog‘lari» xalkaro turizm 
ob’yektiga aylandi. 
- Hududlarni landshaftli tashkil etishni tushuntiring. Tayanch iboralar; (shahar, qishloq muhiti, 
geografiya asoslari, ekologiya, tuman rejalashtirish, rekreatsion) 
Hududlarni landshaftli tashkil etish darajalari Landshaft arxitekturasining maqsadlari va vazifalarini 
aniqlashdan tashqari landshaft arxitektori uning keng amaliyotida nima bilan shug‘ullanishini tasavvur 
etish juda muhimdir. Landshaft loyihalash muhitini insonning bevosita o‘rab turishidan shahar, qishloq 
muhitidan to mintaqaviy maydonlarni landshaft-ekologik, landshaft-rekreatsion va landshaft-estetik 
sifatlarga yetkazishgacha bo‘lgan maqsadni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan loyihalashning turli 
darajalarida hududlarni arxitektura landshaftli tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash zarur. 
Regionning (mamlakatning) landshaft-rejalashtirish darajasi – bu yerda landshaft arxitektorining 
faoliyati iqtisodiy geografiya asoslarini, ekologiyani, tumanni rejalashtirishni, hududlarni landshaft-
rekreatsion tashkil etishni va estetik rejalashtirishni mukammal bilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bugungi 
kunga kelib O‘zbekistonda landshaft rejalashtirish masalalari rayon rejalashtirish sxemasining tarkibiy 
qismiga kiradi. Biroq ekologiyaning ortib borayotgan muammolari tabiiy hamda yer resurslarini 
qo‘riqlash, muhofaza qilish zarurligi, shuningdek buzilgan yerlarni tiklash va noqulay yerlarni 
o‘zgartirish landshaft rejalashtirish muammolarini chuqur o‘rganish zarurligini va ularni O‘zbekiston 
Respublikasining atrof-muhiti barqarorligini yaxshilashga qaratilgan kasbiy faoliyatning mustaqil turiga 
ajratilishi zarurligini aktuallashtiradi. Landshaft rejalashtirishida muhitning ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik 
va estetik qulayligini oshirish muhim rol o’ynaydi. 
- Shaharning landshaft-rejalashtirish darajasi deganda nima tushuniladi? Tayanch iboralar; (ekologik, 
estetik, funksional, tashkil etilishining muvozanatini izlash, ochiq va qurilgan fazolar parametrlari, qulay 
munosabatlar) 
Shaharning landshaft-rejalashtirish darajasi – landshaft loyihalash shahar qurilishi tuzilmasi bilan jips 
boglangan, shaharning landshaft-rejalashtirishi unga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, ekologik, estetik, 
funksional – rejalashtiruvchi omillarni hisobga olishi kerak. Bu yerda landshaft arxitektori shahar 
muhitining dizayni bilan shug‘ullanmaydi, uning vazifalari ko‘kalamzorlashtirilgan fazolarning ishlab 
chiqarish – rejalashtirilishini tashkil etilishining muvozanatini izlash, ochiq (qurilmagan) va qurilgan 
fazolar parametrlarining qulay munosabatlarini aniqlash hisoblanadi. Mazkur ishning natijasi 
ko‘kalamzorlashtirilgan fazolar sistemasining asosiy vazifalarini ajratib, bir tekis taqsimlash va 
funksional zonalarga ajratish, hamda shahar ochiq fazolarini landshaft-rekreatsion tashkil etish sxemasi 
hisoblanadi, shuningdek shahar fazolarining ekologik reabilitatsiya sxemalari, shaharni landshaftestetik 
tashkil etish sxemalari, gulzorli bezatilish sxemalari hisoblanadi. 
- Landshaft arxitekturasinig darajasi deganda nimani tushunish kerak? Tayanch iboralar; () 
Landshaft arxitekturasinig darajasi – rekreatsion ob’yektlarning: parklar, dam olish zonalari va bazalari, 
turistik majmualar, kurort majmualari va boshqa ochiq maydonlar landshaftini loyihalashtiradi. Bu 
yerda, landshaftni rejalashtirish masalalari bilan bir qatorda, hududni landshaft-rekreatsion tashkil etishi 
muhim o‘rinni egallaydi. Bu yerda landshaft arxitektor yoki landshaft dizayner maydonlarni landshaft 
dizayning yuqorida aytib o‘tilgan vositalaridan foydalaniladi. 
- Landshaft dizayni darajasi deganda nimani tushunish kerak? Tayanch iboralar; (inson, maydon, ochiq 
mikromaydonlar, soxillar, piyodalar) 
Landshaft dizayni darajasi-insonni bevosita o‘rab turgan maydon (shahar ochiq mikromaydonlari: 
xiyobonlari, bulvarlar va soxillar, piyodalar yuradigan va transport kuchalar, turar joylardagi bog‘lar, 
binolar atrofidagi maydonlar va h.k. landshaft elementlarini -yerni geoplastikasini, o‘simliklar 


kompozitsiyasini, suv qurilmalari va yerning qattiq qoplamalari-mikro-loyihalashtiradi, kichik 
arxitektura, badiiy shakllari va installyatsiyalardan foydalanadi.
- Shaharlar va aholi turar joylarini landshaft rejalashtirish deganda nimani tushunasiz? Tayanch 
iboralar; (arxitektura vositalari, shahar muhitini shakllantirish, turli xil, qulay va hayotiy modellar) 
Shaharlar va aholi turar joylarini landshaft rejalashtirish Aholi punktlarini landshaftli rejalashning 
maqsadi ko‘kalamzorlashtirish va landshaft arxitektura vositalari bilan yaxlit, garmonik (uyg‘un) shahar 
muhitini shakllantirish hisoblanadi. Bunda bosh vazifa atrof-muhitning tabiiy va sun’iy komponentlari 
orasidagi optimal munosabatni uning barcha iyerarxik sathlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib, bunda 
tabiatning insonga sog‘lomlashtiruvchi ta’sirini kuchaytirish va sanoat hamda qurilishning tabiatga 
salbiy ta’sirini minimumga keltirishdir. Shaharda va uning atrofida ayrim tabiiy majmualarni oddiygina 
ajratish va saqlab qolishning o‘zi yetarli emas. Shahar quruvchilari tashqi muhit omillarining doim 
o‘zgarishiga qaramay, tabiat bilan aloqalar susaymasdan, aksincha kuchayib boradigan shahar va uning 
atrofi rivojini belgilab beruvchi turli xil, qulay va hayotiy modellarini nazorat jihatdan, keyin esa amaliy 
jihatdan topishlari va sinab ko‘rishlari zarur. (

Yüklə 181,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin