QAROR QILADI: 1. “San’atshunoslik” kafedrasining 2023-yil 24-oktabrdagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasining 4 bandi inobatga olinsin.
2. “San’atshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi Tursunov Husniddin va Esonova Marjonalarning “Cholgʻu ijrochiligi” fanidan o’quv qo`llanmasi institut kengashiga tavsiya etilsin.
3. Ushbu masalani ko‘rib chiqish va tasdiqlash Institut kengashidan so‘ralsin.
5.5. “San’atshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi Abdullayev Muhiddinning “Maktabgacha ta’limda musiqa oʻqitish metodikasi” fanidan o’quv qo`llanmasini muhokamasi.
Kun tartibidagi har xil masalalar yuzasidan yig’ilish raisi X.Baratov so’zga chiqib, “San’atshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi Abdullayev Muhiddinning “Maktabgacha ta’limda musiqa oʻqitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv qo`llanmasida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan xolda zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda tuzilgan bo’lib, unda mashg’ulot mavzulariga oid ma’ruza va amaliy mashgʻulotlar va mustaqil ishlarni bajarish uchun nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan. Amalda bu fan boʻyicha oʻquv adabiyotlari mavjud emasligi, shunga oʻxshash fanlar boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar e’tiborga olinib, ushbu oʻquv qoʻllanmada mavzular bo’yicha nazariy ma’lumotlarni keng yoritganligi, o’quv qo’llanmadan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkonini beradi. O’quv qo’llanma unga qo’yilgan talabga javob beradi. Yuqoridagilarni inobatga olib,
Ijtimoiy fanlar kafedrasining 2023-yil 25-oktabrdagi 3-sonli bayonnomasiga asosan , Ijtimoiy fanlar fakulteti kengashi
QAROR QILADI: 1. “San’atshunoslik” kafedrasining 2023-yil 24-oktabrdagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasining 4 bandi inobatga olinsin.
2. “San’atshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi Tursunov Husniddin va Esonova Marjonalarning “Cholgʻu ijrochiligi” fanidan o’quv qo`llanmasi institut kengashiga tavsiya etilsin.
3. Ushbu masalani ko‘rib chiqish va tasdiqlash Institut kengashidan so‘ralsin.
5.5. Mustaqil izlanuvchilarning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasidagi ilmiy tadqiqot ishi mavzusi va ilmiy rahbarini tasdiqlash.
Kun tartibidagi masala yuzasidan san'atshunoslik kafedrasi mudiri M.Ismoilova so‘zga chiqib kafedra o‘qituvchisi Mardonov Ruslanjon Boymurod o‘g‘lining Xalqaro Nordik Universiteti prorektori, pedagogika fanlari doktori professor O.A.Qo‘ysinov ilmiy rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotganligi, amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi sifatida bir qator ilmiy maqolalari nashrdan chiqarilganligi, hamda Mardonov Ruslanjon Boymurod o‘g‘lining 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Texnologiya fani o‘qituvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishda didaktik vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi (PhD) dissertatsiya ishiga pedagogika fanlari doktori professor O.A.Qo‘ysinov ilmiy rahbarlik qilish uchun rozilik xatini berganligi va barcha zarur me’yoriy hujjatlar rasmiylashtirilganligi haqida axborot berdi. Ilmiy rahbar tayinlash masalasi Ijtimoiy fanlar fakulteti kengashi a'zolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.San'atshunoslik kafedrasining 2023-yil 25-sentabrdagi 2-sonli bayonnomasiga asosan , Ijtimoiy fanlar fakulteti kengashi
QAROR QILADI 1. Ijtimoiy fanlar kafedrasining 2023-yil 25-sentabrdagi 2-sonli yig‘ilish bayonnomasidagi 5-masalaning Mardonov Ruslanjon Boymurod o‘g‘li to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar inobatga olinsin.
2. Kafedra o‘qituvchisi Mardonov Ruslanjon Boymurod o‘g‘lining 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Texnologiya fani o‘qituvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishda didaktik vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi (PhD) darajasidagi ilmiy tadqiqot ishi mavzusi va ilmiy rahbar sifatida pedagogika fanlari doktori professor O.A.Qo‘ysinov ma’qullansin.
3. Ushbu masalani ko‘rib chiqish va tasdiqlash Institut kengashidan so‘ralsin.
5.5/1. Homudjonova Feruza Komiljonovnaning “Yengil atletika va uni o`qitish metodikasi” nomli uslubiy qo`llanmasini muhokamasi.
Kun tartibidagi har xil masalalar yuzasidan kengash a’zosi T. Arislonov so’zga chiqib, Jismoniy madaniyat” kafedrasi katta o`qituvchisi Homudjonova Feruza Komiljonovnaning “Yengil atletika va uni o`qitish metodikasi” nomli o`quv qo`llanmasi oliy va o`rta maxsus ta’lim muassasalarining o`quvchi va talabalarining bilim, ko`nikma va malakalarini egallashlarida samarali natija berishini ta’kidladi. Homudjonova Feruza Komiljonovnaning “Yengil atletika va uni o`qitish metodikasi” nomli o`quv qo`llanmasini inobatga olib, nashrga tavsiya etish to’g’risida institut kengashiga tavsiya etish taklifi berildi. Ushbu masala Ijtimoiy fanlar fakulteti kengashi a'zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi kafedrasining 2023-yil -sentabrdagi 2-sonli bayonnomasiga asosan , Ijtimoiy fanlar fakulteti kengashi
Qaror qiladi.
“Jismoniy madaniyat” kafedrasining 2023-yil 15-sentabrdagi 1-sonli yig‘ilish bayonnomasi inobatga olinsin.
“Jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri Homudjonova Feruza Komiljonovnaning “Yengil atletika va uni o`qitish metodikasi” nomli o`quv qo`llanmasi Institut ilmiy kengashiga taqdim etilsin.
3. Ushbu masalani ko‘rib chiqish va tasdiqlash Institut kengashidan so‘ralsin.
5.6. Shahrisabz davlat pedagogika instituti tomonidan «Ma’rifat» gazetasining 2023 yil 19-iyul № 29(9458)-sonida berilgan e’lon bo‘yicha tanlovga hujjat topshirgan nomzodlarni oʻqituvchi (assistent, stajyor) lavozimlariga tanlov o‘tkazish to‘grisida.
2023/2024-o‘quv yilida Institut kafedralaridagi vakant (bo‘sh) joylarga hujjat topshirgan kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent),o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga talabgorlarni tanlovdan o‘tkazish to‘g‘risida"gi masala yuzasidan Fakultet dekani E.R.Tilayev so‘zga chiqib, matbuotga berilgan e'longa asosan "Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ga muvofiq tanlov o‘tkazilishini ta'kidlab o‘tdi. Kengash a'zolarining taklifiga binoan Sanoq komissiyasi soni va tarkibi tasdiqlandi. Kengash kotibi H.Olimov yashirin ovoz berish byulletenlarini Sanoq komissiyasi raisiga topshirdi. Sanoq komissiyasi o‘z ishini davom ettirdi. Kengash kotibi e'lon qilingan lavozimlarga talabgorlar haqidagi ma'lumot, kafedra yig‘ilishida olgan ovozlar va kafedra tavsiyalarini o‘qib eshittirdi.