Shajarai tarokima [Abulgʻozi Bahodirxon]



Yüklə 201,55 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü201,55 Kb.
#161857
1   2
O\'rta osiyo shajarasi tarixi

Avvaldin to oxirgʻacha biz sababli yaxshi va yomondin yigirma ming choqlik kishilari oʻldi, aning ichinda gunohkorlari ham bor erdi va begunohlari ham bor erdi. Paygʻambar aytib tururlar kim-qalan nabiyyu alayhissalom adxalassururi fi qalbia moʻminni xayr min ibodatis saqalini ma’nisi bu turur kim agar bir kishi bir musulmon kishining koʻnglini xushhol qilsa, aning savobi barcha Odam farzandlarining va jinlarning tangriga bandalik qilgʻan savobindin koʻp turur. Bas necha ming kishilar mening bu soʻz aytqanimgʻa bilmaganlarin bilib koʻngillari xush boʻlaturur. Xudoyi taolodin umidim bor ki muning savobi agar ul qatl’omda gunoh boʻlgʻan boʻlsa, angʻa gʻolib kelgay teb va taqi ul kim bir kun bir kishi bu kitobni oʻqub bilmaganini bilsa, bizning ruhimizga fotiha oʻqugʻay teduk taqi kitobni aytmaqqa ruju’ qilduq taqi bu kitobgʻa «Shajarayi tarokima» teb ot qoʻyduq.

  • Avvaldin to oxirgʻacha biz sababli yaxshi va yomondin yigirma ming choqlik kishilari oʻldi, aning ichinda gunohkorlari ham bor erdi va begunohlari ham bor erdi. Paygʻambar aytib tururlar kim-qalan nabiyyu alayhissalom adxalassururi fi qalbia moʻminni xayr min ibodatis saqalini ma’nisi bu turur kim agar bir kishi bir musulmon kishining koʻnglini xushhol qilsa, aning savobi barcha Odam farzandlarining va jinlarning tangriga bandalik qilgʻan savobindin koʻp turur. Bas necha ming kishilar mening bu soʻz aytqanimgʻa bilmaganlarin bilib koʻngillari xush boʻlaturur. Xudoyi taolodin umidim bor ki muning savobi agar ul qatl’omda gunoh boʻlgʻan boʻlsa, angʻa gʻolib kelgay teb va taqi ul kim bir kun bir kishi bu kitobni oʻqub bilmaganini bilsa, bizning ruhimizga fotiha oʻqugʻay teduk taqi kitobni aytmaqqa ruju’ qilduq taqi bu kitobgʻa «Shajarayi tarokima» teb ot qoʻyduq.

Odam Alayhissalomning Zikri Xudoyi taolo farishtalarga aytdikim, turpaqdin kishi yasab, jon berib, yer yuzinda oʻz oʻrnumgʻa xalifa qilib qoʻya tururmen tedi ersa, farishtalar aytdilar: anlar yuqorigʻi toʻshak birlan quyigʻi toʻshakni zabt qila bilmaslar. Ul sababdin senga osiy boʻlurlar, yaratgʻaning oʻla turur tedilar. Xudoyi taolo aytdi: men bilganni sizlar bilmassizlar, baringlar! Turpaqdin bir kishining suratin yasanglar tedi. Azroil alayhissalom xudoyning amri birlan barcha yer yuzingdagi har turpaqdin olib, Makkayi Muazzama birlan Toifning orasinda turpaqni balchiq qilib, Odamning suratini yasab yotgʻuzdilar, bir necha yillar oʻtgandin soʻng Xudoyi taolo anga jon berdi va ming yil dunyoda turdi.

  • Odam Alayhissalomning Zikri Xudoyi taolo farishtalarga aytdikim, turpaqdin kishi yasab, jon berib, yer yuzinda oʻz oʻrnumgʻa xalifa qilib qoʻya tururmen tedi ersa, farishtalar aytdilar: anlar yuqorigʻi toʻshak birlan quyigʻi toʻshakni zabt qila bilmaslar. Ul sababdin senga osiy boʻlurlar, yaratgʻaning oʻla turur tedilar. Xudoyi taolo aytdi: men bilganni sizlar bilmassizlar, baringlar! Turpaqdin bir kishining suratin yasanglar tedi. Azroil alayhissalom xudoyning amri birlan barcha yer yuzingdagi har turpaqdin olib, Makkayi Muazzama birlan Toifning orasinda turpaqni balchiq qilib, Odamning suratini yasab yotgʻuzdilar, bir necha yillar oʻtgandin soʻng Xudoyi taolo anga jon berdi va ming yil dunyoda turdi.

Odam demaklik arab tili turur, arab terini odam der, har nimarsaning toshini teri derlar, farishtalar turpaqni yerni qazib, ichindin olmadilar toshindin olib, (8-bet) Odamning suratini yasadilar, aning uchun odam tedilar anlarning behishtgʻa borgʻanlari va andin chiqqanlari va yer yuzinda yurganlarining hikoyatlari xalq ichinda mashhur turur, aning uchun aytmaduq. Odam oʻlar boʻldi ersa, Shis otli oʻgʻliga aytdi kim, mendin soʻng, sen mening oʻrnoʻmgʻa oʻlturub oʻgʻlonlarimgʻa bosh boʻlgʻil, teb koʻp nasihatlar qildi. Bu dunyodin ul dunyogʻa ketdi. Andin soʻng Jabroil alayhissalom Xudoyi taolodin Shisga kitob olib keldi. Shis ham paygʻambar va ham podshoh boʻlub, elga adolat qilib, toʻquz yuz oʻn ikki yil bu dunyoda turub, jannat saroyigʻa ketdi. Shisning ma’nisi Xudoyning haybati demak boʻlur. Shis oʻlar vaqtida oʻgʻli Anushni oʻrninda oʻlturtub ketdi. Anush taqi otasi va ulugʻ otasining shari’atigʻa amal qilib ul taqi otasitek toʻqquz yuz oʻn ikki yil bu manzilda oʻturub, ul manzilga ketdi.
Oʻgʻuzxonning Dunyogʻa Kelganining Zikri Qoraxonning ulugʻ xotinidin bir oʻgʻli boʻldi. Koʻrki oy, kundin ortiq, uch kecha-kunduz onasini emmadi, har kecha ul oʻgʻlon onasining tushiga kirib aytur erdi: ey, ona musulmon boʻlgʻil, agar boʻlmasang, oʻlsam oʻlarmen, sening emchakingni emmasmen teb erdi, onasi oʻgʻlini qiya bilmadi taqi Tangrining birlikina imon kelturdi va andin soʻng ul oʻgʻlon emchakni emdi va onasi koʻrgan tushini va musulmon boʻlgʻanini kishiga aytmadi taqi yashurdi, aning uchun kim turk xalqi Yofasdin to Alinchaxon zamonigʻacha musulmon erdilar. Alinchaxon podshoh boʻlgʻandin soʻng xalqning boshi va moli koʻp boʻldi, davlatga esirdilar taqi Tangrini unutdilar va barcha el kofir boʻldilar va Qoraxon zamonida kofirlikda andagʻ mahkam erdilar kim, agar otasi musulmon boʻlgʻanin eshidsa oʻgʻli oʻlturur erdi va oʻgʻlining musulmon boʻlgʻonin
Qoraxon elga savun soldi taqi ulugʻ toʻy qildi, toʻy kuni oʻgʻlonni ma’raka ichiga kelturub Qoraxon beklarga aytdi: bizning bu oʻgʻlimiz bir yoshigʻa yetdi, emdi mungʻa na ot quyursiz teb, beklar javob bermasdin burun oʻgʻlon aytdi: mening otim Oʻgʻuz turur teb, oʻshal bir yoshar oʻgʻlon anda ravon kelib (14-bet) tilga, tedi: bilinglar ayon, otim turur Oʻgʻuz, Xisrov nomvar, bilinglar yaqin barcha ahli hunar, toʻygʻa kelgan ulugʻ va kichik barcha oʻgʻlonning bu soʻziga tong qoldilar taqi aytdilar kim bu oʻgʻlonning oʻzi otini ayta turur, mundin yaxshi ot boʻlurmi teb, otini Oʻgʻuz qoʻydilar taqi aytdilar kim bir yoshar oʻgʻlonning mundaq soʻzni soʻzlaganini hech zamonda hech kim eshitgan va koʻrgan yoʻq turur teb ani irim etib aytdilar, kim bu uzoq umrli va ulugʻ davlatli uchi (avji) oʻzagʻan va yoni yonlagʻan boʻlgʻusi turur tedilar.
Oʻgʻuzxonning Turon Va Hindistongʻa Yurganining Zikri Oʻgʻuzxon tamom moʻgʻul va tatar elining lashkarini jam’ qilib, Talash va Sayramgʻa keldi, Toshkend, Samarqand va Buxoro podshohlari saf tortib, urusha bilmadilar, ulugʻ shaharlarga va mahkam qal’alargʻa berkindilar, Oʻgʻuzxon Sayram va Toshkentni oʻzi qabab oldi. Turkiston va Andijonga oʻgʻlonlarini yibardi, Olti oyda Turkiston birlan Andijonni olib, otasi xizmatigʻa keldilar. Oʻgʻuzxon bu aytilgʻan viloyatlarning barchasigʻa darugʻalar qoʻyub, Samarqand sari yurdi taqi Samarqandni olib, darugʻa qoʻyub Buxorogʻa bordi, Buxoroni ham olib darugʻa qoʻyub, Balx bordi, Balxni ham olib darugʻa qoʻyub, Gʻur viloyatining ustiga yurdi, qish erdi, kunlar yomon sovuq erdi, Gʻurning togʻlarigʻa qor koʻp tushub erdi, lashkar halqi yurmakka qiynaldilar, xon hukm qildi kim (22-bet) hech kim mendin qolmasun teb, borib Gʻurni oldi ersa, yel kelib yoz boʻldi. Lashkarning sonin oldi, bir necha kishi kam keldi, onlarni soʻrdi hech kim bilmadilar.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!


Yüklə 201,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin