Shakllanishi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#38771
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
komp ling

Grafematik  tahrir  bosqichida  matndagi  xatboshi, raqam, punktuatsion  va  

boshqa    ramziy    belgilar    aniqlanadi,  ya’ni    so‘z    va    so‘zshakllarga    qadar  

tekshiruvni    amalga    oshiradi.  Grafematik    tahrir    bosqichining    maqsadi  – 

matndagi  eng  kichik  birliklarni  ham aniqlash  va  tasniflashdan  iborat. Bunday  

birliklarga    quyidagilar    kiradi:  so‘z,  xatboshi,    tinish    belgilari,    sanalar,    pul 

birliklarining    ramzlari,  so‘z-raqamli    birikmalar,  sonlar,  IP-manzillar    va    fayl  

nomlari,  telefon    raqamlari.  Grafematik    tahrir    ko‘p    bosqichli    tahrir    qilish  

dasturining    ilk    bosqichi    hisoblanib,  u    keyingi    bosqichlarning    to‘laqonli    va  

samarali  bo‘lishi   uchun  asos  yaratadi. 

Morfologik    tahrir    bosqichi    asos    va    shu    asosdan    yuzaga      kelgan  

so‘zshakllarni    tekshiradi.  Morfologik    tahrirning    maqsadi  –  faqat    orfografik  

xatolarni    tekshirishdan    iborat,  deb    hisoblash    uning    vazifa    ko‘lamini  

toraytiradi.  Ushbu    bosqichda    kiritlayotgan    so‘zshaklning    qanday    asosiy  

shakldan    qaysi    lingvistk    parametrlardan    yuzaga    kelganini    aniqlaydi.  Bu  

keyinchalik  bir  so‘zning  barcha  shakllari  ustida  ishlashga  emas, balki  asosiy  

shaklning    qanday    lingvistik    parametrlarni    olish    imkoniyatiga    egaligi    ustida  

ish    olib    borishga    turtki    beradi.  Masalan,  ot    turkumidagi    kitob    so‘zining  

qanday    shakl    hosil    qiluvchi    va    sintaktik    shakl    yasovchi    qo‘shimchalarni  

qabul  qilishi  hamda  ularning  kombinatsiyasini  biriktirib, so‘zshakllarni  hosil  

qilish    imkoniyati,  ya’ni    parametrlari    dasturning    bazasiga    kiritiladi.  Natijada  

kitobso‘zining    barcha    shakllari      kiritilib,  dastur    ta’minotidan    katta    hajm  

egallanmaydi,  balki    asosiy    shakl    va    unga    birikishi    me’yoriy    hisoblangan  

lingvistik   parametrlar  kiritilib, hajm   iqtisod  qilinadi. 

Sintaktik    tahlilbosqichi  –  matn    tahririning    eng    qiyin    bosqichi.  Uning  

asosiy  vazifasi    so‘zlarning    o‘rnini    va    ularning    o‘zaro    birikishini    aniqlash  

hisoblanadi.  Shu    bois  ushbu    bosqichni    tahrir    bosqichi    deb  emas,  balki  

lingvistik  tahlil  bosqichi,  deyish  mumkin. Bir  so‘zshakl  bir  qancha  so‘zning  

grammatik  shakliga  to‘g‘ri  kelishi  mumkin. Bunday  hollarda  so‘zlarni  farqlash  




 

 

37 



uchun    matn    kiritiluvchiga    shunday      so‘zlar    varianti    ko‘rsatiladi    va    matn  

teruvchi    so‘zlardan    muvofig‘ini    tanlab    qo‘yadi.  Ushbu    jarayon    morfologik  

tahrirda    ham    kuzatiladi.  Ya’ni    so‘zning    xato    yozilgani    aniqlangach,  matn  

teruvchiga    tanlab    qo‘yish    imkonini    beruvchi    so‘zlar    variantini  taklif    etadi. 

Sintaktik  tahlilda  asosiy  maqsad  so‘zlarning  asosiy  maqsad  so‘zlarning  o‘zaro  

bog‘lanish me’yorlarini  e’tiborga  olishdir.  

Matnlarni    grammatik    tahrir    qilishda    (Grammar    checking)  kompyuterga  

kiritilayotgan    matndagi    gap    strukturasining    grammatik    jihatdan    to‘g‘ri  

tuzilganligini  tekshiradi. Buning  uchun  dasturga  gaplarning  kombinatsiyalarini  

kiritish    talab    etiladi.  Shunda    gapni    dastur    kiritilgan    ko‘plab    me’yoriy  

kombinatsiyalar    doirasida    tekshiradi.  Agar    gap    tuzilish    kombinatsiyalariga  

muvofiq    kelmasa,    dastur    uni    xato    deb    hisoblaydi    va    foydalanuvchiga    bu  

haqda  xabar  beradi. Grammar  checking  dasturida  faqat  grammatik  me’yorlar  

emas, balki  semantika, so‘zlarning  ma’nosi  hamda  mantiqiyligiga  ham  e’tibor  

beriladi. Masalan, Qush  uchmoqdaOdam  uchmoqda. Devor  uchmoqda  gaplari  

Grammatik  jihatdan  to‘g‘ri  yozilgan, ya’ni  ega+kesim  munosabati  mavjud (III 

shaxs, birlik). Ammo  semantikasiga  e’tibor  bersak, gaplar  xato  tuzilgan. Chunki  

odamning    qanoti    yo‘q,  faqat    badiiy    matndagina    insonning    uchishi    uchishi  

haqida  yozish  mumkin. Matnlarni  kompyuter  vositasida  qayta  ishlashda  ilmiy, 

rasmiy-idoraviy, axborot  doirasidagi  matnlar  ham  e’tiborga  olinadi

17

.Keltirilgan  



devor  uchmoqda  gapining  semantikasi  esa  noto‘g‘ri  va  gap  hech  bir  uslubga  

mos    kelmaydi.  Chunki    devor    muqim    bir    joyda    turuvchi,  binoning,  uyning  

tomini  ko‘tarib  turuvchi  yoki  xonalarga  ajratuvchi  tik  ko‘tarilgan  qismi

18

.  



Matnlarni    semantik    tahlil    qilish    bosqichida    tushunchaga    ega    so‘zning 

o‘rinli    qo‘llanilayotgani    tekshirib    boriladi.  Buning    uchun    dastur  ta’minotiga  

tezaurus    lug‘atlarni    kiritish    talab    qilinadi.  Tezaurus  (  yunoncha    thesaurus  – 

xazina, boylik) lug‘atning  o‘ziga  xos  maxsus  ko‘rinishi  bo‘lib, unda  lug‘aviy   

                                                           

17

Абжалова  М.А. Ўзбек  тилидаги  матнларни  автоматик  таҳрирлашда  услуб  масаласи// Таълим  



тизимидаги  ижтимоий-гуманитар  фанлар, №2, Т.: 2013, 141-145-бетлар.  

18

Қаранг: Ўзбек  тилининг  изоҳли  луғати. 1-жилд. Т., 2006., 588-б. 




 

 

38 



birliklar    o‘rtasida    semantik    munosabat  (sinonimlar,  antonimlar,  paronimlar, 

giponimlar, giperonimlar  va  boshqalar)  ko‘rsatilgan  bo‘ladi.  

Zamonaviy    texnologiyalarning    kundalik      turmushimizda    muhim    o‘rin  

egallashi    va    ilm-fanning    rivojlanishi      avtomatik  tahrir    va    tahlilning  

ahamiyatini  oshirmoqda. Avtomatik  tahlil  faqat  matnlardagi  mexanik  xatolarni  

bartaraf  etibgina  qolmay, matnning  savodli  yozilishini  ham  ta’minlaydi, matn  

kirituvchiga  jumlada  xato  so‘z  borligi  haqida  xabar  berib, uni  xatoni  bartaraf  

etishga  undaydi, natijada to‘liq  lingvistik  me’yorlar  darajasidagi  matnni  yuzaga  

keltirishda  vaqt  tejaladi.  

Bunday    imkoniyatga    erishish    uchun,  albatta,  o‘zbek    tili    asosida    ko‘p  

bosqichli    avtomatik    tahrir    dasturining    lingvistik    ta’minotini    mukammal  

darajada  ishlab  chiqish  talab  etiladi.  




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin