Page 173
Asosiy qism. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik,
estetik, pedagogik va psixologik yo'nalishlari mavjud. Pedagogik yo'nalishda ekologik
ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda, aholiga berilishi lozim
bo'lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi
tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini
tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham turli yoshdagi kishilarda
atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik savodxonlik va madaniyat ta'lim-tarbiya
muassasalari va oilada amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik
tarbiya berishda milliy xususiyat va tomonlarga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Bular:
suv, yer, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz: «Suv – tabiat in'omi,
hayot manbai», - deb bejiz aytishmagan. Maktabda o'quvchilarni ekologik tarbiyalashda
bunday ma'lumotlarni berib borish o'qituvchilarning asosiy vazifasi bo'lmog'i darkor.
Atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e'tiborsiz bo'lish butun sayyoraga jiddiy zarar
yetkazishi ma'lum. Inson bilan tabiat o'rtasidagi muammolarni yechish zaruriyati
tug'ildi. O'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiat, atrof-muhit bilan
qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarb
muammoga aylandi. Ayniqsa, umumta'lim maktablarida maktab partasidanoq tabiatga
muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishish zarur. Ta'lim muassasalarida
ekologik tarbiya berish mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi: -atrof-muhit va uning
shaxs ma'naviy dunyosiga ta'siri; -tabiat va uning ahamiyatini anglash; -tabiatga
muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi; -o'z tumani, shaharini,
qishloq va maktab hovlisini ko'kalamzorlashtirishda, hatto sinf xonasidagi o'simliklarni
ham parvarishlashga qiziqtirish; -oiladagi, maktabdagi tabiatni, o'simliklar va hayvonot
dunyosini e'zozlashga o'rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish; -yoshlarni
ekologik tarbiyalashda milliy an'ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e'tiborni
kuchaytirish. «Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo'yicha quyidagi tadbirlar
belgilangan: "Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki
yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash
qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir. Ota-bobolarimiz
azalazaldan tabiatga yuksak mehr ko'rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko'chalarni,
hovlilarni sarishta qilishgan." Bundan ko'rinadiki, azaldan tabiatga munosabat milliy
qadriyatlarimiz bilan uyg'unlashib ketgan. Maktab o'quvchilari ekologik tarbiya
jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur: -tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy
omillar va ular orasidagi bog'lanish; -tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va
ularni muhofaza qilish; -atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash; -tabiatni kelajak
avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.
Xulosa. Umuman, maktab o'quvchilarining ekologik ta'lim-tarbiyasi quyidagi
tuzilish va tizimda olib borilsa, uning samaradorligi ta'minlanadi: ekologik his-tuyg'u,