Maktab ta'limiga tayyorlashga qo`yiladigan zamonaviy talablar
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng ko`lamli ish bo`lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan ko`rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Xalq ta'limi vazirligi hamda joylardagi ta'lim — tarbiyaga tegishli bo`lgan tashkilotlar va muassasalar talablarni hayotta joriy etish yuzasidan o`z faoliyatini maqsadli yo`nalishda olib boradilar.
Bolalarning bilim, ko`nikma va malakalari har o`quv yilining 9-kunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg`ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6 — 7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorlik darajasi ushbu davlat talablari, ko`rsatkichlari asosida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi.
Davlat talablari ko`rsatkichlariga erishish «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi» asosida bolalarning ilk va 6 — 7 yoshga yetgunga qadar amalga oshiriladi. 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbu Davlat talablari ko`rsatkichlari asosida tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |