Shanxay hamkorlik tashkiloti-mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Xitoyning Shanxay shaxrida 6 mamlakat — Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (15-iyun 2001-yil). SHHTning vujudga kelish tarixi „Shanxay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bogʻliqdir. Dastlab Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari („Shanxay beshligi“) uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Unda chegaradosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996) va qoʻshma chegarada qurolli kuchlar va qurolyarogʻlarni qisqartirish (1997) toʻgʻrisida 2 ta bitim imzolangan edi.1998-yildan „beshlik“ mamlakatlarining oʻzaro hamkorligi sobiq Sovet Ittifoqi — Xitoy chegarasi boʻylab harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirish masalalaridan mintaqaviy xavfsizlik va koʻp tomonlama iqtisodiy hamkorlikni taʼminlash choralariga oʻtishga qaratildi. SHHTning Dushanbe (2000) sammitida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi marta kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va principlarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning Sankt-Peterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat.Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi 1-yanvar 2004-yildan faoliyat koʻrsata boshladi. Mazkur tuzilma zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qoʻmitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orkali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Shu maqsadda tuzilma tarkibida kengash va ijroqoʻm faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Kengashga 6 davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining vakillari kiritilgan. Ijroqoʻmda esa oʻzaro tasdiqlangan lavozim oʻrinlariga muvofiq SHHTga aʼzo davlatlardan vakillar ishlaydi. SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻg'risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.
SHHT aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. Iqtisodiy hamkorlik borasida oldinda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xom ashyo zaxiralarini oʻzlashtirish, suv energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid va boshqa masalalar bor.
15-16 sentabr kunlari tarixiy Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning Davlat rahbarlari sammiti boʻlib oʻtishini taʼkidlagan Narov ushbu yigʻilishda tashkilotni rivojlantirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilinishi kutilayotganini alohida taʼkidladi.
Rossiya, Xitoy, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Pokiston va Hindiston aʼzo boʻlgan Shanxay hamkorlik tashkilotining soʻnggi sammiti 2021-yilning 17-sentabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan edi.
Sammitda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. ShHT Davlat rahbarlari kengashining Samarqand deklaratsiyasi tadbirning bosh yakuniy hujjati bo‘ldi.
Jami 44 ta hujjat - bitim, konsepsiya, dasturlar va boshqa qarorlar qabul qilindi. Bu tashkilot tarixida rekord ko‘rsatkichdir. Jumladan:
– ShHTga a’zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichiligi, do‘stligi va hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini 2023-2027 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasi to‘g‘risida;
– ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va samarali transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha konsepsiyasi to‘g‘risida;
– «ShHTning ezgu niyat elchisi» faxriy unvoni to‘g‘risidagi nizom to‘g‘risida;
– ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro hisob-kitoblarida milliy valutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” to‘g‘risida;
– Eronning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolangani to‘g‘risida;
– Belarus Respublikasini ShHT a’zoligiga qabul qilish jarayonini boshlash to‘g‘risida;
– Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Kuvayt Davlatiga ShHTning muloqot bo‘yicha sherigi maqomini berish to‘g‘risida;
– Varanasi shahrini (Hindiston) 2022-2023 yillarda ShHTning turizm va madaniy poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risida;
– ShHT kotibiyati va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha BMT (YuNeSKO) o‘rtasida memorandumni imzolash to‘g‘risida;
– ShHT Bosh kotibining tashkilotning o‘tgan yilgi faoliyati hamda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining 2021 yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari haqida;
– ShHT Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida;
– ShHT faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, ShHT Davlat rahbarlari kengashining:
– iqlim o‘zgarishiga nisbatan javob harakatlari to‘g‘risida;
– ishonchli, barqaror va diversifikatsiyalashgan yetkazib berish zanjirlarini ta’minlash to‘g‘risida;
– global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida;
– energetik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi bayonotlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
– Eronning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum;
– ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida xizmatlar savdosi sohasidagi hamkorlikning hadli asoslari;
– ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari o‘rtasida muzey ishi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– ShHT mamlakatlarining vakolatli organlari o‘rtasida o‘simliklar karantini sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– ShHT mamlakatlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hamkorligi dasturi;
– ShHT mamlakatlarini infratuzilmaviy rivojlantirish dasturi;
– ShHT mamlakatlarining ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi;
– Raqamli savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha ShHT dasturi;
– ShHTga a’zo davlatlarning sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha hamkorligi dasturi;
– ShHTga a’zo davlatlarning tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolash masalalarida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;
– ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlardagi ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha harakatlar rejasi (2022-2025 yillarda);
– ShHTda mintaqa ichidagi savdoni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi;
– ShHT mamlakatlarining telemeditsina sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;
– ShHT mamlakatlarining «aqlli» qishloq xo‘jaligi va agroinnovatsiyalarni joriy etish sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi;
– ShHT va Arab davlatlari ligasi kotibiyatlari o‘rtasida memorandum;
– ShHT kotibiyati va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha BMT (YuNeSKO) o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum;
– ShHT kotibiyati bilan Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum va boshqa hujjatlar imzolandi.
Dostları ilə paylaş: |