Tadqiqot ob’ekti: Titan oksidli kiristallar sirtining mogfologiyasining urganishda atom kuch mikroskopi dan foydalanish
2022-2023 o‘quv yili
3 semestr
I.2.
Tadqiqot mavzusini tanlash: Titan oksidli kiristallar sirtining mogfologiyasining atom kuch mikroskopi yordamida urganish Atom kuch mikroskopi (AKM) suyuqliklar va qattiq jism sirt morfologiyasi va teksturasini oʻrganish uchun eng yaxshi va zamoniy qurilmadir. Nanometr oʻlchamdagi sirt topografiyasini bilish biologik jarayonlarning dinamikasi, tribologik xususiyatlari, mexanik ishlab chiqarish va asosiysi yupqa qatlamlar sirtini tadiq etishda atomlarning sirt boʻylab joylashish taqsimoti haqidagi ma‘lumotlarni olish imkonini beradi. Ushbu texnikaning koʻp qirraliligi yupqa qatlam sirtining teksturasini (tuzilishini) va morfologiyasini boshqa mikroskopik metodlarga qaraganda puxta kuzatishga zamin yaratadi. Nominal sirtdan takrorlanuvchi yoki tasodifiy chetlanishlar sirtning sur‘atini shakllantiradi. Sirt teksturasi qoʻpollik, toʻlqinlilik, moddalarning sirtga oʻtirishi (yotish), sirt yuzasida hosil boʻlgan nano oʻlchamdagi choʻqqilar va ularning sirt boʻylab tarqalish taqsimoti, sirt kovaklari kabilarni oʻz ichiga oladi. Talabga mos dasturiy ta‘minotni ishlatish orqali, yupqa qatlamlarning optik, mexanik, sirt, magnetik va elektrik xossalariga ta‘sir qiladigan Skanlovchi tunnel mikroskopi (STM) 1981 yilda G. Binning va X. Ryorer tomonidan ixtiro qilingan. STM ning asosiy elementi – zond, egiluvchan ustunli asosga o’rnatilgan, o’tkazuvchan materialdan tayyorlangan o’tkir uchli, ignadir. Agar igna bilan o’rganilayotgan namuna orasiga siljish kuchlanishi berilsa, unda igna tig’i namunaga 1 nm tartibidagi masofaga yaqinlashtirilganda, ular orasida tunnel toki yuzaga keladi. Bu tokning qiymati igna bilan namuna orasidagi masofaga, yo’nalishi esa berilgan kuchlanish qutbiga bog’liq. Igna tig’i namunadan uzoqlashtirilsa, tunnel toki kamayadi, yaqinlashtirilganda esa ortadi. Shunday qilib, sirtning ko’p nuqtalaridan olingan tunnel toki haqidagi ma’lumotlardan foydalanib, sirt topografiyasining tasvirini tuzish mumkin.
O’lchanayotgan parametrga bog’liq ravishda STM ning ishlashi ikki maromda- tunnel toki yoki igna bilan sirt orasidagi masofa – bo’lishi mumkin.
Igna tig’i o’zgarmas balandlik maromida, igna namuna sirtida gorizontal tekislikda ko’chadi, tunnel toki esa sirtgacha bo’lgan masofaga bog’liq ravishda o’zgaradi (10 - rasm).