Sharof rashidovni tariximizdagi o’rni



Yüklə 41,04 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü41,04 Kb.
#190115
ANVARJONOVA KAMOLAXON ZOHIDJON QIZI ADPI





SHAROF RASHIDOVNI TARIXIMIZDAGI O’RNI


ANVARJONOVA KAMOLAXON ZOHIDJON QIZI
Andijon davlat pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston SSR kompartiyasi birinchi kotibi, atoqli davlat arbobi, iste’dodli adib Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada Sharof Rashidovichning faoliyati davridagi o’ziga xos qiyin boshqaruv shakli, undagi xalqni og’ir ahvolga solib qo’yuvchi ma’muriy buyruqbozlik tizimlarining ayrimlari haqida hikoya qilindi.
Kalit so’zlar: Sharof Rashidov, Jizzax viloyati Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax cho’llari, „qoʻshib yozish“ , „Oʻzbek ishi“, “Toshkent ruhi”, Toshkent metropoliteni,
„Boʻrondan kuchli“, „Kashmir qo’shig’i“.
O‘zbek xalqining sevimli farzandi, atoqli davlat arbobi, taniqli adib Sharof Rashidov 1917-yil 6-noyabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan. Jizzax pedagogika texnikumini bitirib, maktabda o‘qituvchilik qila boshlaydi. Samarqand viloyati gazetasida kotib, muharrir bo‘lib ishlaydi [Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi]. U Samarqand Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kiradi. 1941-yilda o‘qishni tugatgan Sharof Rashidov Ikkinchi jahon urushiga safarbar qilinadi, biroq 1942-yilda og‘ir yarador bo‘lib qaytadi. Samarqand viloyat gazetasida muharrir, Samarqand viloyati qo‘mitasining kotibi vazifalarida ishlaydi [
Xalqimizning otashqalb farzandi Sharof Rashidov atoqli davlat va jamoat arbobi, iste’dodli adib sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Fashizmga qarshi Ikkinchi jahon urushida shaxsan qatnashib, urush haqida asarlar yozgan. Rashidov yozuvchi sifatida xalq e’tiborini qozondi. 1949—1950-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo‘lib ishladi. O‘zining «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli to‘lqin», «G‘oliblar» romanlari bilan yozuvchilar qatoridan munosib o‘rin oldi





[Q.Usmonov., M.Sodiqov 235-236 b.]. 1950-yillardan boshlab Sh. Rashidov faoliyatida yanada mas’uliyatli davr boshlandi. U 1950-yilda O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosatining Raisi etib saylandi. Sh. Rashidov 1959-yildan e’tiboran to umrining oxirigacha respublikaning birinchi rahbari sifatida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasini boshqardi. U qariyb chorak asr davomida respublikaga yetakchilik qildi. Sh. Rashidov faoliyatiga nazar solar ekanmiz, avvalambor, o‘sha davrning o‘ta murakkabligini, ziddiyatliligini inobatga olish lozim bo‘ladi.
Eng og‘ir sharoitlarda ham Sh. Rashidov xalqiga farzandlik burchini ado etdi. Markazdan kelgan buyruqlarni yumshatishga, Markaziy hokimiyatdan yurt obodonligi, farovonligi uchun butun choralar bilan foydalanishga harakat etardi. O‘zbekistonda 60— 80-yillarda bunyod etilgan ko‘plab sanoat korxonalari, yirik inshootlar Sh. Rashidov nomi bilan bog‘liqdir. Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax, Yozyovon, Surxon—Sherobod cho‘llarining o‘zlashtirilishida uning xizmatlari katta. Kechagi cho‘l-u biyobonlar bog‘- rog‘larga aylantirildi, yuz minglab yurtdoshlarimiz u yerlarda o‘zlarining rizq-ro‘zlarini topdilar.
Sh. Rashidov rahbarligi davrida O‘zbekistonda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Yangiyer va Guliston kabi yirik shaharlar, o‘nlab boshqa shahar va tumanlar barpo etildi. Sh. Rashidovning davlat va jamoat arbobi sifatida o‘zbek xalqini dunyoga tanitishdagi xizmatlari beqiyosdir.
Jahonda «Toshkent ruhi» sifatida 1966-yilda vujudga kelgan mashhur tushuncha Sh. Rashidov nomi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu Toshkentda tuzilgan xalqaro harakatdir. Sh. Rashidov Osiyo va Afrika yozuvchilari hamkorligi harakatining, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro kinofestivalining, Hindiston va Pokiston o‘rtasida tinchlik sulhi imzolanishining tashabbuskoridir. U o‘zbek nomini ulug‘lash uchun uning eng yuksak fazilatlarini namoyon qilishga jonini fido etgan insondir. Shu tufayli ham bu hurmatli inson xalqimiz yuragidan munosib joy olgan va uning mehriga sazovor bo‘lgan

O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Sharof Rashidov haqida quyidagi so’zlarni aytib o’tgan: «bu murakkab shaxs, bir tarafdan, milliy manfaatlarni o‘ylashga, ikkinchi tarafdan, Markazdan kelgan, tub manfaatlarga zid buyruqlarni hayotga tatbiq etishga majbur bo‘lganini unutmasligimiz zarur. Uning umri sandon bilan bolg‘a o‘rtasiga qo‘yilgan edi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi


Sharof Rashidov davrida 1966-yilda Toshkentda zil-zila bo’lishi va undagi vayronagarchiliklarni bartaraf etish yo’lidagi harakatlati, Toshkent metorpolteni qurilishi ham aynan ushbu shaxs nomi bilan bog’liq holda, taqsinga sazovordir. Toshkent metropolitenining dastlabki 9 bekati ishga tushishi 1977-yilda amalga oshiriligan.
Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati „qoʻshib yozish“ (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Oʻsha „qoʻshib yozishlar“ 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi.
Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos „oʻzbek ishi“ degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi. Gdlyanning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. „Oʻzbek ishi“ natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi
M. Gorbachyovning yordamchisi, KPSS MK boʻlim boshligʻi V.Boldin Sh. Rashidov faoliyati davrini shunday eslaydi.
“Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti oʻziga erk berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib Oʻzbekiston rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, koʻndirishga harakat qilardi: „Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim yil ketadi”. Gorbachyov esa: “Baribir koʻproq topshiringlar”
Sharof Rashidovning ilmiy faoliyatiga ham biroz to’xtalsak, 1945-yili Sharof Rashidovning — „Mening nafratim“ nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi.
„Gʻoliblar“ povestida (1951) xalqning dehqonchilik yerlari uchun kurashi tasvirlanadi; xuddi shu mavzu „Boʻrondan kuchli“ romanida (1958) ham rivojlantiriladi. 1964 yilda nashr qilingan „Buyuk toʻlqin“ romani sovet jangchilarning Ikkinchi Jahon urushida koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. „Kashmir qoʻshigʻi“ romantik povestida (1956) hind xalqining ozodlik kurashi koʻrsatiladi. 1950-yili Rashidovning publitsistik maqolalaridan iborat „Tarix kelishuvi“ nomli toʻplami, 1967-yili „Doʻstlik ramzi“ nomli kitobi nashrdan chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb jihatlarini o’zida qamrab olgan edi[Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi.].
Sharof Rashidovich Rashidov Respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralandi
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, ushbu murakkab shaxs o’z faoliyati davrida oqilona boshqaruvni amalga oshirgan bo’lsada, o’limidan so’ng, uning nomi qora

bitiklarga bitildi. “Sharod Rashidovchilik” degan uydurma so’zlar “markaz” tomonidan to’qib chiqarildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oqlandi. Birinchi prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyi meʼmoriy majmuasi uchun qurilish gʻoyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994).


2016-yil 23-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori bilan Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga „Sharof Rashidov tumani“ nomi berildi. 2017- tavalludining 100 yilligini keng nishonlash haqida“gi qarori qabul qilindi. Shu yilning 6- oktabr kuni Jizzax shahrida Sharof Rashidovning haykali ochildi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.Islom Karimov. Xalqimizning otashqalb farzandi. O‘zbekiston gazetasi. 1992. 2.Shavkat Mirziyoyevning Sharof Rashidov haykali ochilishi marosimidagi nutqidan https://www.uzavtoyul.uz/uz/post internet sayti
3.Q.Usmonov., M.Sodiqov O’zbekiston tarixi (1917-1991). Toshkent. 2010. 4.Shamsutdinov R. Karimov Sh. Vatan tarixi 3-kitob. Toshkent. 2010.
5.Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent. 2000. 6.www.uz.wikipedia.org. internet sayti.







Yüklə 41,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin