Telekonferensiya (teleconferencing) – ikki va undan ortiq guruh qatnashchilarining o’zaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir. Mavzuli fikr almashishlar moderator tomonidan boshqariladi. Telekonferensiya jarayonida ovoz, tasvir yoki kompyuter ma’lumotlari uzatiladi. Telekonferensiyaga jo’natilgan xabar uning barcha qatnashchilariga etkaziladi, ya’ni muloqot bir stol atrofidagi muloqot jarayoniga o’xshaydi. Telekonferensiya o’zida audiokonferensiya (audioconferencing), videokonferensiya (videoconferencing) va kompyuter konferensiyalari (computer conferencing) kabi texnologiyalarni mujassamlashtiradi.
Telekonferensiyalar ikki alohida turga — kompyuterlashgan telekonferensiyalar va videokonferensiyalaiga ajraladi. Videokonferensiyalar jismoniy jihatdan turli joylarda bo'lgan ishtirokchilarga bir-birini ko'rish va eshitish imkonini beradiki, bu hoi xuddi bir joyda mavjud bo'lish tasavvurini uyg'otadi. Aloqa uchun mo'ljallangan umumiy telefon liniyalari yoki to'laqonli televizion tasvirni ta’minlovchi koaksil, optik tolali liniyalardan foydalanilishi mumkin.
Hozirda kompyuter texnologiyalarining taraqqiyoti interfaol telekommunikatsiya texnologiyalarining yangi texnik imkoniyatlari videokonferensiya va audiokonferensiya kabi texnologiyalarning rivojlanishiga olib keldi. Interfaol masofaviy o’qitish tizimining joriy etilishi videokonferensiya texnologiyalari bilan hamohang ravishda istalgan masofada sinxron axborotlar almashinuvini ta’minlaydi.Hozirda fanlarni kompyuterlardan foydalanib o’qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan o’quvchilarni shaxsga yo’naltirilgan rivojlanishini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali foydalanish mumkin.
Pedagoglar kompyuterdan darsga metodik materiallarni tayyorlashdagina emas, balki fanni o’qitishda zarur kompyuter dasturlaridan foydalanishda, o’quvchilar bilan individual ishlash jarayonida ham foydalanadilar. Kompyuter dasturiy vositalariga kiritilgan interfeysning qulayligi, pedagoglarga yangi axborot texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirishlari imkonini yaratadi. Bu bilimlarni uzatishda, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.