Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy 1075-yil 19-martda Xorazm viloyatining Zamaxshar qishlog‘ida dunyoga keldi. O‘g‘lidagi ilmga bo‘lgan zo‘r ishtiyoq va havasni sezgan otasi uni madrasaga beradi. U madrasada o‘qitiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egallaydi. Xattotlik san’atini mukammal o‘rganadi.
Az-Zamaxshariy hayoti davomida Marv, Nishopur, Shom, Bag‘dod, Hijoz va ikki marta Makkada bo‘ladi. Bu yerlarda dunyo ilmining ulug‘ bilimdonlaridan turli fan sirlarini o‘rganadi, ilmiy ishlarini davom ettiradi, arab tili grammatikasi, lug‘ati, mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari, urf-odatlarini chuqur o‘rganadi, geografiyaga doir ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullanadi. Az-Zamaxshariy 1144-yil 14-aprelda vafot etadi. Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunosligi, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid ellikdan ortiq ilmiy asarlar yaratgan.

Bu asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. Uning “Al-Mufassal” asari arab tili morfologiyasi va sintaksisini o‘rganishda yirik qo‘llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G‘arbda ham katta shuhrat topgan asarlaridan hisoblanadi. Az-Zamaxshariy o‘zining “Muqaddimat ul-adab” asarida ham o‘sha davr arab tilining iste’molda bo‘lgan barcha so‘zlari, iboralarini qamrashga intilgan, ularning etimologiyasiga katta e’tibor qilgan. Bu asar fors, o‘zbek, turk, fransuz, nemis tillariga tarjima qilingan.