Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm


Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 91,46 Kb.
səhifə2/16
tarix15.01.2022
ölçüsü91,46 Kb.
#51279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
KURS ISHI Raxmanov Xusniddin

Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon
bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga
olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul
qilishimiz zarur.”- deb ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan holda, raqobat bozor iqtisodiyotini
harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida
maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni
kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab
chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni
yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni
rahbatlantrish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Jumladan, to‘qimachilik sanoatida eksportbop raqobatdosh mahsulotlar
tayyorlashga yo‘naltirilgan, yakuniy ishlab chiqarish shakliga ega bo‘lgan yangi,
zamonaviy to‘qimachilik komplekslarni rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi
zarur. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining
eng muhim istiqbolari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olar ekanmiz, biz ichki
ehtiyojning o‘sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi,...shundan kelib
chiqqan xolda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan
ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial
sohani rivojlantirish, mehnatga haq to‘lashni yanada oshirish xizmat ko‘rsatish
sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va komunikatsiya
loyixalarin amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir”.
Yuqoridagi xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu mavzu dolzarb
masalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Dolzarbligidan kelib chiqqan holda kurs ishida
uchun bir qator vazifalar belgilab olindi::
- raqobatning jamiyatdagi va xo‘jalik sohasidagi o‘rnini nazariy tomondan
yoritib berish;
-iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishning mohiyati va mamlakat
raqobatdoshligini oshirishdagi rolini yoritib berish;
- raqobatning turlari, mohiyati va usullarining mazmuni yoritish;
-tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va ularni baholash;


Yüklə 91,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin