Хорижий филология. №2, 2017 йил
74
muvaffaq bo‗lgan. Bashshori Marvaz
iy
qasidasining
qisqacha
mazmuni
quyidagicha:
bir kuni shoir boqqa borib uzum
ishkomlarida ―qorachadan kelgan yashil
sochli‖ kelinchaklar, ya‘ni uzum sinchalarini
ko‗rib zavqlanadi. Shoirning nazarida uzum
sinchalari Zang (qora) shohning qizlari kabi
ko‗rinadi va ularning boshlari yashil ro‗mol
bilan o‗ralgan.Ular har joy har joyda muallaq
turib onalarini emadilar. Shoir havas ila
ularning har biriga qo‗l tekkizib zavqlanadi,
ammo
uzoqdan
bog‗bon
shoirini
―kelinchaklar‖ uzum navdalari bilan birga
ko‗rib oru nomusi qaynab g‗azabga minadi.
Bog‗bon
shamshirni
qo‗liga
olib,
kelinchaklarni latif bo‗ynidan tutib tomirlarini
kesa
boshlaydi.
Bog‗bon
jahl
bilan
kelinlarning yashil liboslarini yirtib, ularni
yerga qarab yotqizadi. Keyin ularni oyog‗i
bilan qattiq tepib, jonlarini sug‗urib olishni
boshlaydi, shunda kelinlarning terilari shilinib
zolim
bog‗bon
qo‗lida
jon
bera
boshlaydilar.Tepib–tepib urishlardan so‗ng
joni chiqqan ―kelinlar‖ tanalaridan qon sizib
chiqib, uzumzor o‗rtasida kovlangan hovuzni
qon bilan to‗ldiradilar. Bog‗bon yana o‗sha
jahl
va
g‗azab
bilan
qatl
etilgan
kelinchaklarning qonlarini katta tosh orasiga
olib borib to‗kadi, o‗sha tosh ustiga muhr
qo‗yib mahkamlaydi va besh oy davomida
ulardan biron marotaba ham xabar olmaydi.
Shu bilan tabiatda bahor ayyomi kelib,
bog‗bon uydan may va gulob isini tuyib,
muhrlagan tosh va undagi ichimlik yodiga
tushib, toshdan borib muhrni oladi.
On xo„shae bin fitoda bar o„ barghoi sabz, Ham didanash xu j
astayu ham xo„rdanash Ro„ze shudam ba raz, ba nazari du chashmi man Xira shud az a j
oibi alvon, ki bingarand. Didam siyohro„yu aro„soni sabzmo„y, K-az g„am dilam ba didani eshon biyoramid. Guf i
, ki shohi Zang yake sabz chodare Bar duxtaroni xesh ba amdan bigustarid. [ 2: 216-217]
Bashshori Marvaziy shu yo‗l bilan
may-sharob tayyorlash jarayonini yuksak
badiiyat bilan bayon etib, oddiy ishlab
chiqarish holatini ajoyib syujetga aylantiradi.
Tashxis va jonlantirish san‘ati X-XI
asrlar boshqa bir qator shoirlari ijodiyotida
ham ko‗p uchraydi. Mazkur davr shoirlari
ijodiyotida tashxis va jonlantirish san‘ati
asosan
tabiat
manzaralarini
tasvirlash
jarayonida foydalaniladi. Masalan, Farrux
iy
Siistoniyning bir g‘azalida shoir tashxis va
jonlantirish san’ati vositasida fazoviy jism-
Oyning
insonga
xos
xususiyatlarini
ifodalab, uni Quyoshga oshiq tarzida
tasvirlaydi
:
Z-oftob j
udo bud moh chandin shab, Hamedavid ba gardun bar oftob talab. Hamida gasht zi hi j
ronu zard gashta zi g„am, Nizor gashta zi ishqu gudoxta zi taab [
6:75.]
Yuqoridagi
baytlarda
Oyning
Quyoshga
oshiq
bo‗lib, sevib qolishi,
ma‘shuqaning ishq hijronida oshiqning g‗amu
g‗ussalarga mubtalo bo‗lish voqeasi bayon
etiladi. Oy o‗z ma‘shuqasi ishqida yonishi
natijasida, ko‗plab uqubatlarga duchor bo‗ladi
va rangi za‘faron bo‗lib, bemor odamga
aylanadi. Mazkur baytlarda shoir tashxis va
jonlantirish san‘ati vositasida tabiiy hodisa
sanalmish Oyning tutilishi va bir necha kun
insonlar nazaridan chetda qolishini yuksak
badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. G‗azalda Oy
o‗z ma‘shuqasi vasliga etib shodu xurram
bo‗lib, ishq sururidan mast bo‗lishi ham
tasvirlangan. Buning natijasida Oyning o‗z
ma‘shuqasi Quyosh diydoriga etishganidan
boshqa fazoviy jismlar, ya‘ni yulduzlar ogoh
bo‗lib, Quyosh va Oy xursandchiligiga
qo‗shilib, ularga hamrohlik qiladilar:
Chu oftobtalab nazdi oftob rasid, Nishot kardu tarab kardu bud j
oi tarab. Furo„ nishast bar oftobu ravshan kard Ba ro„i ravshani o„ chashmi tirai chu shab. Chu mohi dilshuda ba oftobi ro„y Guzor kard bad-in dar hame du ro„zu du shab [ 6:75].