Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
52
SHARQ MUTAFAKKIRLARI VA PEDAGOG OLIMLARNING BOLA TARBIYASI
TO`G`RISIDAGI QARASHLARI
Z.I.
Qayumova
1
, G.B. Tosheva
2
Maqolada sharq mutafakkirlari va pedagog olimlarning bola tarbiyasi
to`g`risidagi qarashlari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so`zlar: ta’lim, tarbiya, bola tarbiyasi, estetik tarbiya, mehnat tarbiyasi.
Sharq mutafakkirlarining merosida ta’lim - tarbiya masalalari muhim o`rin
egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu
Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning
asarlarida oilada bola tarbiyasi masalalari va ularni hal etish yo`llari ko`rsatib berilgan.
Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib
borilmog`i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo`lmog`i lozim degan xulosaga
kelgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari Abu Ali ibn
Sino merosida yoritilganini ko`rishimiz mumkin. Beruniy ota –onalarning bolalari bilan
birga harakat qilishlari, turli o`yinlar uyushtirishlari, ular bilan o`zaro
suhbatlar
o`tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy tarbiyaning maqsadi va
vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish to`g`risidagi fikrlarining zamirida
insonparvarlik g`oyasi yotadi. U har bir ota –ona o`z farzandlariga ana shu g`oyani
singdirishi zarur degan xulosaga keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini muhim uyushtirish, ularni vaqtdan
to`g`ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota – onalar o`z farzandlariga
o`qtirishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari bo`yicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir
almanozil” nomli asarini yozgan. Unda olim ota – onaning
bolalarni tarbiyalashdagi
vazifalarini yoritilgan. Asarda oilada onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga
to`xtalar ekan, ayniqsa ota –onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham
kasb va xunarga o`rgatish borasida muxim fikrlar bayon etadi.
Yusuf Xos Xojib “Qtudg`u bilig” asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga
ham katta e’tibor beradi. Ota –onalar nazoratda bo`lgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj
topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota –onaning mavqyei alohida ahamiyatga
egadir. Ular tanlagan to`g`ri yo`l farzandlarining kelajakni, kamoloti uchun
psixologiyasida muhimdir. Mirzo Ulug`bekning qarashlarida bolaning bilim olishga
bo`lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o`rin tutadi.
Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida o`z farzanding
sening haqingda qanday
bo`lishini istasang, sen ham ota –ona haqida shunday bo`lg`il deb yoshlarni ota –onasini
hurmat qilishga e’zozlashga, mehr –oqibatli bo`lishga da’vat etadi. Bola tarbiyasi
masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o`rin egallaydi. U
o`zining qator asarlarida ta’lim –tarbiya masalalari umuminsoniyg`oya ekanligini
ta’kidlaydi.
Ya.A.Komenskiy o`zining “Onalar maktabi” kitobini maktabga tayyorlash bobida,
shunday yozadi, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab
qiladi. Komenskiy ota –onalar uchun quyidagi vazifalarni ko`rsatadi: 1.
Bolalarda
maktabga borganda o`z tengdoshlari bilan o`qigan va o`ynagan xursandchilik hissini
tug`dirish; 2. Bolalarni maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi
faoliyat turlari bilan tunishtirish; 3. Bolalar bo`lajak o`qituvchilarga nisbatan hurmat va
ishonchni shakllantirish.
Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo`lishi ma’lum darajada
nasliy omillar bilan ham bog`liqdir. Bolalar o`z temperamenti xususiyatlariga ko`ra ham
bir –birlaridan ajralib turadilar: xushchaqchaq, sergap, quvnoq,
xayotning
o`zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar sangvennik tipreramentga
mansub; qo`shimcha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgan, sust bolalar –
1
Qayumova Zarifa Islom qizi - Shofirkon tuman 6-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyachisi (Buxoro, O`zbekiston).
2
Tosheva Gulbahor Bayozovna - Shofirkon tuman 6-son davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti psixologi (Buxoro, O`zbekiston).
Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)
53
melanxolik temperamentga kiradilar; xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar
–flegmatik; jaxldor, betoqat, serzarda, xarakatchan bolalar –xolerik hisoblanadilar.
Bolalar kattalarning yordamiga muxtoj bo`lishiga ham qarab bir –birlaridan farq
qiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti- harakatni bajarishni bir necha marta ko`rsatish,
tushuntirish kerak. Bolalar o`zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir –
birlaridan ajralib turadilar. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va
mukammal bo`lib rivojlangan bo`lishi darkor. Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak,
o`ylaymizki ular kelajakda Vatanga sadoqat ruhida, yetuk inson bo`lib yetishadilar.
Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy his –tuyg`ularni
tarbiyalash uchun hamma
vosita va metodlarni qullasa, yaxshi xulq namunalarini o`rgatish ancha oson kechadi.
Bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama jumladan ma’naviy
axloqiy, aqliy estetik, jismonan va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi
samara beradi. Ma’naviy tarbiyani bolaga o`tmishda Vatan ravnaqi, el –yurt tinchligi va
faravonligi yo`lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, mustaqillik,
qadriyat va an’analarimizni o`rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya
jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadigan,
boshqa hyech qaysi
tarbiya ob’kti oiladagidek yuqori natija bermaydi.
Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim o`rni bor. Oila
davrasida qo`shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davriasida o`qish, birga
spektakl va kino ko`rish va tahlil qilish va hokazolar bolani estetik tarbiyasini
shakllantirishdagi jihatlardir.
Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Mehnat bolalarda uyushqoqlik,
diqqat, saramjom – sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va
matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Bola hayotining kun tartibi,
odatda sog`lom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab kun tartibiga va butun
dars davomida o`zida jo`sh o`rib turgan g`ayratlarini tiyib jim o`tirishga tezroq
ko`rinadi. Bolani maktab kun tartibiga tayyorlashda, uning sog`ligini mustahkamlashda
ertalab ma’lum vaqtda o`rindan turish, ovqatlanish va
uyquga yotishga aniq rioya
qilinishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Kozlova S.A., Maktabgacha pedagogika: Kurs kitobi - Moskva: Akademiya, 2006. - 416 p.
©
Z.I. Qayumova, G.B. Tosheva
, 2022.