Sharq mutafakkirlarining tarbiyaga oid qarashlari



Yüklə 261,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix06.10.2023
ölçüsü261,23 Kb.
#152609
  1   2   3   4
1337-Текст статьи-3522-1-10-20221015



Образование и инновационные исследования (2022 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
185
http://interscience.uz
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TARBIYAGA OID QARASHLARI 
O‘QUVCHILAR TARBIYASIDA ASOSIY MANBA
https://doi.org/10.53885/edinres.2022.5.5.033
Xalilov Farhod Furqat o’g’li,
Andijon davlat universiteti 2-bosqich tayanch doktaranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada sharq mutafakkirlarining tarbiyaga oid qarashlari 
to‘langan, tahlil qilingan va o‘quvchilar tarbiyasida tutgan o‘rni asoslangan. 
Shuningdek bugungi kundagi ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun o‘ziga 
xos taklif va tavsiyalar berilgan. 
Kalit so‘zlar: ta’lim, tarbiya, ijtimoiylashuv, muhid, oila sharoiti, ota-ona va bola 
munosabati.
Tarbiya - shaxsni muayyan yo‘nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida 
turli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatdir. Har bir 
ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi 
fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Fan va madaniyat rivojlanishi 
ta’lim-tarbiya ishlarining qay darajada olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy 
aqida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi.
Qadimiy Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur taraqqiyoti zardo‘shtiylik 
dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Zardo‘shtiylik ilohi Axuramazda – ezgulik, 
Axriman esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Zardo‘shtiylik dinini ma’lum 
ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas ki- tobi “Avesto”ni qadimgi ajdodlarimiz 
amal qilgan axloqiy tushunchalar va ko‘rsatmalar majmui, deyish mumkin. Qadimgi 
Yunon allomalari Suqrot, Aflotun, Arastu ta’lim-tarbiya, axloqshunoslik borasida bir 
qator qarashlarni ilgari sur- gan. Arastu antik dunyo fuqarosining an’anaviy fazilatlari 
bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Konfutsiy 
ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha – “jen” (insoniylik)dir. 
Masalan, “Lun yuy” (Hikmatlar) kitobida shunday deyiladi: “Kimki chin dildan 
insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi.”10
Abu Nasr Forobiy Arastu izidan borib, falsafani ik- kiga: nazariy va amaliy 
jihatlarga ajratadi va axloqiy tarbi- yani amaliy falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy 
muammolar uning “Baxtga erishuv yo‘lini ko‘rsatuvchi kitob “Fozil odamlar shahri”11 
kabi asarlarida yoritilgan. Mutafakkirlar o‘z asarla- rida insonni yoshligidan aqliy va 
jismoniy jihatdan tarbiya- lab, sabot-matonatli, ajdodlar an’anasiga bo‘ysunadigan, 
axloqan pok, ezgu niyatli, barkamol bo‘lishiga alohida e’tibor bergan.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida kishi- dagi ijobiy fazilatlar uni 
doimo kamolot sari yetaklashi, inson doimo o‘z tarbiyasiga e’tiborli bo‘lib yurishi 
zarur- ligi uqtiriladi. Shuningdek, unda uyat-andisha, or - nomus, vatanparvarlik, 
xushmuomalalik, shirinso‘z, kattaga hurmat, kichikka izzat, o‘z-o‘zini hurmat qilish, 
ochiq yuzlilik, aqlli va dono, bilimli, xulqi xush kabi – jami 17 ta fazilatlar yoritilgan. 
Jumladan, uning:
Birisi shoshilmoq, biri-ko‘zi och,
Biri jaholatdir, yaqinlashma, qoch.
To‘rtinchi – yovuzlik, buzuq fe’llilik,
Oxirgisi – yolg‘on, qo‘pol tillilik. 
Bulardan tubani yomon fe’l erur, 
Yomon fe’l kishiga alamlar berur. 
Ochiq yuz, shirin so‘z, mayinlik kerak, 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 5)
ISSN 2181-1709 (P)
186
Education and innovative research 2022 y. №5
Fe’l-atvorda moslik, tayinlik kerak,
degan misralarida xalqni g‘iybatdan, yolg‘ondan, tubanlik- dan, qo‘pollikdan 
yiroq bo‘lib, shirinso‘z va chiroyli, mayin muomalada bo‘lishlikka chorlaydi. Zero, 
bunday milliy fa- zilatlarga yondashgan insonning oilasi mustahkam, o‘zi esa baxtli 
bo‘ladi.
Agar Sharq adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, islomiy g‘oyalar negizidagi 
axloqqa oid dastlabki asarlar pandnoma, hikmatlar ko‘rinishida yaratilganining 
guvohi bo‘lamiz. Bu, albatta, islomiy adabiyot olamida inson tarbiyasi masala- 
si qadimdan katta ahamiyatga ega bo‘lganini ko‘rsatadi. Chunki pandnoma va 
hikmatlarda ko‘tariladigan asosiy g‘oyalar shaxs- ning ma’naviy va jismoniy kamoloti 
masalalaridir.
Buyuk ajdodlarimizdan Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Hakim at-Termiziy
Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabi mutafakkirlar o‘zlarining beqiyos 
ma’rifatlari bi- lan umuminsoniy madaniyatning rivojlanishiga ulkan hissa 
qo‘shishgan. Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy ma’rifat- ni ilm, amal, odob bilan 
o‘zaro bog‘liq xislatlar deb hisob- laganlar. Ularning fikriga ko‘ra, kishining odobi, 
xulqi uning ma’rifati, bilimdonligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, inson qanchalik 
ma’rifatli bo‘lsa, uning xulqi shun- chalik yaxshi va mukammal bo‘ladi.
Biz farzand tarbiyasida mutafakkirlarning qarashlari, olimlarning fikrlarini 
o‘rganar ekanmiz, beixtiyor milla- timizga xos bo‘lgan axloqiy, tarbiyaviy fazilatlar 
ko‘z o‘ngi- mizda gavdalanadi. Shuningdek, ilk tarbiya, samimiy muno- sabat, 
go‘zal muomala oiladan ota-onalarimizning namunasi timsolida shakllanadi. Abu 
Nasr Forobiyning: “Inson o‘z baxtiga erishishda go‘zallikni ko‘rishi va his qilishi- 
ning o‘zi yetarli emas, buning uchun go‘zallikni yarata olishi muhimdir”, – degan 
fikrlarida olam-olam ma’no bor. Mu- tafakkirning bu fikrida bugungi ota-onalarimiz 
o‘zlari namuna bo‘lgan holda oilalarida, ishlarida, ro‘zg‘orlarida, uy tutishlarida, 
o‘zaro munosabatlarida, yurish-turishlari- da, kiyinishlarida, salomatliklarida, farzand 
tarbiyasida, ular bilan bo‘ladigan muomalada go‘zallikni yarata olishla- ri zarur
degan g‘oya o‘z aksini topgan. Ajdodlarimiz ham o‘z- lari namuna bo‘lgan holda 
o‘z farzandlariga pandu nasihat- lar qilganlar. Jumladan, Abu Nasr Forobiy: “Har 
inson kasb-korini mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i, yaxshi xulq-atvorga, 
fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak”, — degan ekan. Arab hikmatlarining birida: “Uch 
narsa kishi aqlini pesh- laydi: biri olimlar va keksalar bilan suhbat, ikkinchisi ha- yotiy 
tajriba, uchinchisi chidam va sabot bilan intilish. In- son ikki narsaning qadrini faqat 
yo‘qotgandagina biladi: biri yoshlik, biri sog‘liq”, — deb ta’kidlangani bejiz emas. 
Darhaqiqat, inson odamlar orasida yashar ekan, o‘zaro muomala va munosabatda 
bo‘ladi hamda o‘sha jamiyatdagi insonlarning axloqi, tarbiyasi ko‘zgusida yashaydi, 
unga ko‘nikib ketadi. Jamiyatda xushmuomala, tarbiyali, aqlli, tashabbuskor, faol 
insonlarni hamma yaxshi ko‘radi. Mutafakkirlarimizning tarbiya, ilm, fanga oid 
qarashlarini quyida keltirishdan maqsad, ular farzand tarbiyasida unumli foydalanishda 
oz bo‘lsa-da, yordam beradi, deb umid qilamiz.
Abu Nasr Forobiy (873-950) ilmning turli sohalari- ga oid katta ilmiy meros 
qoldirdi. M.Xayrullayev o‘zining “Forobiy va uning falsafiy asarlari” monografiyasida 
Forobiyning 119 ta asari ro‘yxatini keltiradi. O‘z davri- ning zukko, ilmli mutafakkiri 
Forobiy 70 dan ortiq tilni mukammal bilgan va ko‘pgina tillardagi eng muhim asarlarni 
asliyatda mutolaa qilgan.15 Agar Aristotel Sharqda “Mual- limi avval” degan unvon 
olgan bo‘lsa, Forobiy Aristotel asarlarini targ‘ib qilgani va uning qarashlarini yanada 
ri- vojlantirgani, Aristotel kabi universal ilmga ega bo‘lga- ni uchun “Muallimi 
soniy”16 (“Ikkinchi muallim”) degan nom olgan. Forobiy ijtimoiy-siyosiy masalalarga 



Yüklə 261,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin