«sharq» na sh riyo t-m atbaa a k siyado rlik kom paniyasi bosh tahririyati



Yüklə 6,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix20.11.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#165695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kecha va kunduz

Q a sh q a r d a n
ham olis qish kechasi- 
ni qanday o'tkazam an? Uyqu — umrning tanobi!» deydi; 
bu buyuk falsafa loyiq va munosib kishilarga aytiladi. 
Bechora oila a ’zolari, um um an, xotin-xalaj bu uyqu fal- 
safasini bilishdan mahrum!
Shaharda bo‘lsa, o ‘z uyidan boshqa joyda bir kecha 
ham yotmaydi. Eshon boboning qaysi bir to ‘yida, tong 
otishga yaqin, uyiga kelib yotgan ekan... Shahardan 
tashqariga yurishi kam. Faqat eshon bobo bilan birga 
(faqat o ‘sha kishi bilan!) to ‘ylarga, katta ziyofatlar, 
qovun va meva sayillariga boradi. Unda, albatta, besh- 
to ‘rt kun uyidagi ko‘rpa-to‘shagi sovuydi. Qurbonbibi- 
ning so‘zicha, «dam oladi», Zebining ta ’rificha, «yayray- 
di». Bir marta qaysi bir to ‘y bir haftaga cho‘zilib ketgach, 
oltinchi kuni bizning so‘fi eshondan so‘ramay qochib
13


kelgan! 0 ‘shanda eshon bobo bir necha vaqtgacha soTi- 
dan dilgir bo‘lib yurganlar.
Shu munosabat bilan Qurbonbibi yana bir m arta oldi:
— H ast1 eshon bilan birga borib, u kishi tufayli shun- 
cha izzat-ikrom ko‘rib, n o z-n e’matga serob b o ‘lib... hast 
eshondan burun qochib kelganingiz nimasi? Shaharda 
ochilmagan d o ‘koningiz yo to ‘xtab qolgan objuvozingiz 
bormidi?
SoTi yana past toifa oldida muborak og'zini ochib, 
aziz tilini qaldiratmoqqa majbur b o id i.
— Badbaxt Fitna! Q o‘yasanmi, qo‘ymaysanmi, axir? 
«Hubbil vatani minal-imon», deganlar — «vatanni sevish 
imondan», axir! Bilmasang bekor-da, Vatani yo‘q — 
dunyoda lo‘li, xolos. M eni bevatan, deb bildingmi?
SoTi bir oz qizib ham ketdi:
— Bu hovli-joy otangdan qolgani uchun o ‘zimniki 
deysanmi yo? U nday desang, boshput olib, o ‘rusvoyning 
religa2 tushib, «hayt!» deb... M akkatulloga jo ‘nab qola- 
man! Hovling boshingdan qolsin, Fitna!
Bu safar Qurbonbibi yalinib-yolvorib zo‘rg‘a tinchitdi.
Chinakam, soTida hajga borish niyati kuchli. H ar yili 
javraydi. Bir-ikki marta pasport ham oldi. Faqat, nima 
uchundir, oyog‘ini o ‘z shahrining tuprog‘idan uza ol- 
maydi.
Bu to ‘g‘rida ham — «vatanni sevish imondan», deb — 
«vatani»dan kechib ketolmaydimi? H ar qalay, bir siri 
bor.
Uning m a’lum bir kasbi, hunari yo'q. N a savdo-sotiq 
qiladi, na dehqonchilikka urinadi, na kosib-hunarm and- 
lik peshasini tutadi. Shu bilan birga, dasturxoni nonsiz, 
qozoni issiqsiz qolmaydi...
Qaysi bir yil olis bir qishloqdan o ‘gay akasi kelib, 
u c h -to ‘rt kun qo‘nib ketgan edi. U ham o ‘ziga o ‘xshagan 
m o‘m in-m usulm ongina chol boig an id an juda topishdi- 
lar. H ar kun xonaqoga birga borardilar.
— So‘fi, bir kasb peshasini tutm ay o ‘tib ketayotir- 
siz-a? — dedi unga akasi xonaqoga keta turib.
' H a s t — «hazrati» s o 'z in in g aytilishi
2 «Reis» so 'z id a n o lin g an . p oezd d em akdir.
14


— Е-е, — dedi so'fi cho‘zib va o ‘zidan xursand bir 
kulimsirash bilan kulimsiradi: — mening davlatim hech 
kimda yo‘q, aka! Eshon bobo xudoyimning sevgan quli, 
nozu ne’mat to 'rt tarafdan suvday oqib turadi. Daryo 
bo‘yidamizu chanqaymizmi? G ‘alati ekansiz!
Shu kulimsirash bilan yana bir oz borgandan keyin, 
bu safar jiddiyroq qilib, dedi:
— Ahliyamiz ham uchchiga chiqqan chevar, xudoga 
shukur. Ojizamiz ham d o ‘ppi tikishga «farang» bo‘lib 
chiqdi! Ro^zg'orning ko‘p-kam larini o ‘zlari bitirishadi. 
M en bohuzur tasbihimni aylantirib yotsam bo‘la beradi!
So‘fining o ‘sha akasi o ‘tgan yil kuzakda yana keldi. 
Ammo bu safar jiddiy bir masalani ko'tarib kelgan edi. 
Bir-ikki kun m ehm on b o ‘lgandan so‘ng gap ochdi:
— 
So‘fl, o ‘zingiz «vatan», 
«vatan» deysiz-u, 
vataningizni bilmaysiz.
So‘fi shu «bilmaysiz» degan narsaga tutoqib ketdi:
— Nega bilmas ekanm an, aka! Bilib gapirsangiz-chi!
— Jahlingiz chiqmasin. Bilib gapirayotirman. Vata- 
ningiz — ota-onangiz o ‘tgan, o ‘z kindigingizdan qon 
to ‘kilgan, ota-ona arvoyiga sham yoqiladigan joy emas- 
mi?
So'fi jim qoldi. H atto, ko‘zlariga yosh kelganday 
b o ‘ldi.
— Nimaga indamaysiz? — deb so‘radi akasi.
— Haq gapga nim a deyman? Qiziqsiz...
— B oim asa, vataningiz — o'sha o'zim izning qishloq.
— Ha, o'sha qishloq...
Ikkovi ham bir nafas jim qolishdi. So'fi misvagini 
qinidan chiqarib yana sekingina solib qo'ydi. Choi tizza- 
siga tushgan xazon bargini sopidan ushlab pildiratarkan, 
dedi:
— Men sizni o ‘sha qishloqqa olib ketay, deb keldim. 
Siz, axir, men bilan bir shapaloq yerni talashib, shu 
to ‘g‘rida nari-beri bo‘lishib, shu tufayli shaharga kelib 
qolgan edingiz...
So‘fi xo'rsinganidan ovozi qaltirab, dedi:
— Eski gaplarni q o ‘zib nima qilasiz? B o la r ish bo‘lib 
o ‘tdi... Yeri ham qursin, merosi ham...
— Yo‘q, soTi! Unday demang!
15


Akaning bu so‘zi keskin ovoz bilan, qo'm onda singari 
aytilgan edi. So‘fi boshini ko‘tarib, akasining yuziga ti- 
kilib qoldi, akasi davom etdi:
— Yerdan aziz hech narsa yo‘q! Otamiz rahmatlik, 
bobolarimiz, undan naridagilar — hammasi bir shapaloq 
yerdan rizqini chiqarib kelgan... Rostmi?
S
0
T
1
eshitilar-eshitilmas qilib:
— Rost... — dedi.
— Siz nega yerdan qochasiz?
So‘fi bu to ‘g‘ri savolga boshqa javob eplay olmadi.
— Yer qani menga? — dedi. — Bir shapaloq yeringiz 
bor, o'zingizga yetmaydi...
Akasi dadil javob berdi; javobga boshlarkan, uning 
yuzlari kulgan, tishsiz — kemtik og‘zi sevinch bilan 
ochilgan edi:
— Soyning narigi yuzidagi d o ‘ngni sekin-sekin olib 
tashlab, yer qildim. Yana bir shapaloq suvlik yer bo‘ldi. 
Endi, odam danu dastm oyadan qiynalayotirman...
— N im a qilay? — dedi so‘fi, ovozi juda past edi. — 
Q o‘lim dan nim a keladi?
Akasi bu safar jiddiylashdi:
— Shaharni tashlang!
So'fi akasining so'zini bo‘lib, allanim a dem oqchi 
bo‘lgan edi, u qo'ymadi:
— Siz shoshmang! G apni eshiting!
So'fi jim bo'ldi. So'ngra akasi davom etdi:
— Shaharni tashlang! Bu hovlini soting! Shaharda 
hovli-joyni yaxshi pulga oladi. Qisliloqdan kichkina bir 
hovli olamiz — muning yarim puliga yoki uchdan biriga. 
Qolganiga asbob olamiz. 0 ‘z yerimizning yoni-beridan 
bir parcha yana yer topamiz... U ni ham olamiz. Hali 
bardamsiz, birgalashib ishlaymiz. Durustmi?
So'fi indamasdi; oq do'ppisini boshidan olib, buklab 
o'ynardi...
— Qani, bir narsa deng!
So'fi hech narsa demay, o 'rnidan turdi. Yana dam ini 
chiqarmasdan, ichkariga tom on bir-ikki qadam bosdi. 
Keyin yana orqasiga qayrilib, dedi:
— M en salla-to'nim ni kiyib chiqay. Jum ani xonaqo- 
da o'qiymiz. Kech qoldik...
16


Akasi xonaqoga ketayotib, yana shu gapni qo‘zg‘at-
di:
— Xo‘p, deng. Qishloqqa ketaylik! 0 ‘lim — haq! 
0 ‘lar vaqtda bir-birim izdan yiroq tushib, bir-birimizga 
tashna bo‘lib o ‘lmaylik...
SoTi bir uloqchi toyni ko‘rsatdi:
— Jonivor-e, zab ot b o ‘libdimi? Bay-bay-bay!
Jimlik cho‘kdi. Keyin yana gap boshlandi:
— N im a dedingiz? Gapiring? Kam pir ham jon deb 
turibdi...
— Ana u, Umarali shig‘ovilning ham m om i... Yuz 
yetm ish yil b o ‘lgan em ish.. H ali ham bir g ‘ishti 
ko‘chgani yo‘q... Ichiga kirsang, jaranglaydi...
Akasi o ‘z gapini yedirolmagach — Qurbonbibi bilan 
maslahat qilib turib — masalani eshon boboga arz qildi.
Eshon aw al:
— So‘fi o ‘zi qani? — deb so‘radi.
SoTming akasi:
— Uyda qoldi... Sal tishi og‘ribdi... — dedi.
Eshon kuldi:
— Tishi og‘ribdimi? — dedi. — Bay-bay! Tish og‘rig‘i 
yom on narsa. Boring, ayting: kapponning burchidagi sar- 
taroshga borsin, om bir solib, darrov olib tashlaydi. 
Tinchiydi-qoladi... Boring, omin ollohu akbar!
Shu bilan soTming akasi noum id bo‘lib, qishlog'iga 
ketdi. U otiga otlanib, xay r-m a’zur qiiganda, soTi 
ichkarida «Hikmat» o ‘qib yotardi. Lokisini yuziga tutib, 
darvoza oldigacha Qurbonbibi chiqdi. U zun yengi bilan 
k o ‘z yoshlarini artib, qishloqi m ehm onni uzatdi. 
Qurbonbibining yonginasida turib, tiniq ovozi bilan: — 
«Xayr endi! Adolatxon opam lar kelishsin. Tuhfachani, 
albatta, olib keling», deya sayragan Zebi, m ehm on 
ko‘zdan yo‘q b o ig ach , onasidan so‘radi:
— Nega otam uzatgani chiqmadi?
Qurbonbibi kaltagina javob berdi:
— Otangning fe’li qursin, bolam! — dedi va ichkariga 
burildi. 


Q urbonbibining bundan boshqa tashvishlari ham
yetib ortardi. M ana bu qishloqi m ehm onning kelishi 
yana ortiqcha bir tashvishni qo‘zib ketdi. Chinakam, be-


chora Qurbonbibi kiyim-kechak, ayniqsa, yolg‘iz qizning 
sepi xususida ko'p tashvish tortadi. Shunday tashvishlar 
ustida, u chidolmay ketib, ba‘zi-ba‘zida so‘figa xarxasha 
ham qilib ko'radi. Unday xarxashalarga soTming sira to- 
bi yo‘q: «Xudo yetkazadi!» deb, ovozi boricha baqirish 
bilan javob qiladi.
Qurbonbibi ham odam emasmi — chidolmaydi.
Bir kun u so‘zlanib berdi:
— Xudo yetkazadi, albatta! Shunda ham bandasi 
harakat qilsa, qimirlasa yetkazadi-da! Xudo «sabab»ni 
hal qilgan emasmi, axir? Eshonoyim bir kun Eshon so‘fi- 
d an 1 o'qib berib, kasb-korning farzligini aytdilar-ku!
Bu kuyinishlarga Razzoq so‘fi javob ham bermadi. 
Indamasdan, teskari burilib oldi. Qurbonbibi so‘zdan 
to'xtam ay, balki ovozini yana ham ko‘tara tushgan edi, 
so‘fi o'zining odatdagi kalta so‘zlaridan bittasini arang 
og‘zidan chiqardi, lekin chiqarganga yarasha birakay 
qilib — jahl bilan, baqirib chiqardi:
— Bo‘ldi, deyman, itvachcha!
* * *
Otasi kirib kelganidan keyin Zebining k o ‘nglida 
o ‘ynagan iztirob va hayajonlar Razzoq soTming «Nima 
bu qiyomat!» degan qiyom atidan q o ‘rqinchliroq edi. 
Sovuq bir so‘fining nazdida, bu qadar vahimali bo‘lib 
ko‘ringan oddiy va tabiiy bir bolalik o ‘yini qafas 
darichasining ochilishini kutgan vaqtida darichaga kat- 
takon bir qulf urilayotganini ko‘rgan bir qushning iz- 
tirobidan kam bo'larm idi?
Ikkala qizning, ayniqsa, Zebining ko'nglidagi iztirob, 
zotan, so‘fi kirgandan so‘ng avj olishi kerak edi. Chunki, 
qizlar sho‘xlik va o ‘yinga berilib ketib, ham ma narsani 
esdan chiqargan emasmidilar? Qorong‘i qish kunlaridan 
qolgan dog‘lar, to ‘rt devor orasida yashashdan kelgan chi- 
qindilar, otalardan o ‘tgan ztrimlar, sovchilardan yetgan 
tashvishlar barham yemaganmidi? Yoshlikning quvvatli 
to ‘lqinlari ularning barchasini bir bahor yom g'iri kabi 
yuvib ketm aganm i-di? Shunday o ‘rtoqning shunday
'D in iy ah lo q k ito b in in g m uallifi S o ‘fi O llo y o rn in g xalq orasidagi ismi.
18


shirin muomilalari oldida shunday teskari, shunday o ‘jar 
va qaysar otaning borligi ham unutilgan em asm idi? 
U yidan «Bir zum da borib kelaman», deb chiqqan Salti 
ham bergan va’dasini, uyini va ota-onasini unutib, qo ‘lida 
maymoq va tullagan bir supurgi bilan qolib ketmaganmidi?
G ‘aflatda qolganlarning boshiga tushadigan tayoq 
yom on zil ketadi, deydilar. Bu ikkala qiz o ‘yin va 
sho'xlik havasi bilan g'aflatda edilar. SoTming og‘ir zarbi 
bilan o ‘zlariga kelgach, oldilarida zo‘r bir tog‘ turganini 
ko‘rib, ixtiyorsiz cho‘chib ketdilar. Bu tog‘dan o ‘tish 
kerak edi, holbuki, bu tog‘ — m unaqa yosh bolalar o ‘ta 
oladigan tog‘lardan emasdi. Ikkalasi ham iztirobning bu 
og‘ir yukini bir-birlarining ko'zlarida o ‘qidilar...
SoTming baqirishidan so‘ng bir oz shoshib turgach, 
ular yugurgancha uyga kirdilar va o ‘zlarini eshikli de- 
razaning panasiga olib, Razzoq soTming harakatlarini 
kuzata boshladilar. K o‘zlari soTida b o ‘lsa, quloqlari 
Qurbonbibining og‘zida edi. Uning gapiradigan gaplari 
ularning ko‘ngillarida tugilgan og‘ir va chigal tugun- 
chakni yo yechib yuborajak, yoki yana battaroq chigal- 
lashtirib, ikki yosh narsani — yana necha oy! — bir-biri- 
dan ajratib tashlayajakdi.
SoTi bular uyga kirib olguncha eshik oldida bo‘zarib- 
gezarib turdi. Bular uyga kirganlaridan keyin sallasini 
Qurbonbibiga uzatib, ustidagi malla yaxtagini olisdan 
turib kartga irg‘itdi va o ‘zining oddiy ovozi bilan:
— Qanjiqlar! — deb baqirdi.
— Yosh narsalar o ‘ynashsa, nim a b o ‘libdi? M uncha 
endi zabtiga oldingiz? — dedi Qurbonbibi.
— G apirm a, eshak!
Qurbonbibi jim b o ‘ldi. SoTi kart tom onga qarab yur- 
di. Kart ustiga dasturxon yozilib, bir mistovoq non bilan 
piyolada qiyom qo‘yilgan edi. So‘fi kartga chiqib o ‘tir- 
gandan keyin Qurbonbibi o ‘choqdan choyni olib keldi.
SoTming bu avzoyini ko‘rgandan keyin ikki qizning 
borqadar um idi ham uzilib b o ‘ldi. Zebi bu umidsizlikni 
yashirolmadi:
— 0 ‘ynashmay o ‘laylik, endi otam hech qayerga 
chiqarmaydi...
Salti ham o ‘z tashvishini anglatdi:
19


— N im a qilamiz endi? Siz bormasangiz, m en ham 
bormayman... Enaxon toza koyiydi-da.
— Тек o'tirgan b o isak ko'ngli yumsharmidikan? — 
dedi Zebi.
Salti indamadi. Bir ozdan so‘ng yana o ‘zi ilova qildi:
— Ko‘ngli o ‘lsin, ynmshagan vaqtini ko‘rganim yo'q! 
K atta-katta xarsangtoshlarni soy b o ‘yiga devlar tashlash- 
gan, deydi... Eng kattasini otam ning ko‘kragiga tashlab 
q o ‘yib, « Man a shu sening ko‘ngling!» deganm ikan, 
yashshamagurlar!
Bu gap Saltiga ta ’sir qildi shekilli, «pix-x» eta kulib 
yubordi.
Zebining munga chinakam achchig‘i kelgan edi, 
q o ‘lini uzatib, o ‘rtog‘ining og‘zini to ‘sdi.
— Voy, anovi qizni! Yana besh battar qilasiz ishni! — 
dedi.
Salti zo‘r bilan o ‘zini bosib oldi. Ikkalasi yana— 
ko‘zlarini miltillatib — chol bilan kampirga tikildilar.
Boyadan beri eriga qarab jim o ‘tirgan kam pim ing 
endi astagina kulimsirashi bularga jon kirgizdi. «Ko‘r- 
dingizmi?» deganni qilib ikkalasi bir-biriga qarab 
olishdi.
Chinakam , Qurbonbibi, so‘figa yoqadigan bir so‘z 
topganday, dadillik va bemalollik bilan kulib turib gap 
boshladi:
— M en Zebini bir joyga jo ‘natib yotirman...
So‘fi bu safar baqirmasa hamki, dag‘al bir ovoz bilan 
so‘radi:
— Qayerga? Nega?
— Oydinko'ldagi Xalfa eshonimizning kichik qizlari 
bir-ikkita o ‘rtog‘ini «Bahorlashib ketinglar», deb chaqir- 
tirgan ekanlar. Shularning bittasi Zebi, yana bittasi uning 
o‘rtog‘i Saltanatxon ekan. Saltanatxon aravani qo‘shtirib 
qo'yib, o ‘zi Zebini aytgali kelibdi. «Yo‘q», desak qanday 
bo‘ladi?
Xotini nim a desa, «yo‘q» deydigan so'fi bu safar bir- 
daniga «yo‘q» 
dem asdan, 
xayolga 
ketdi. 
Qizlar 
Q urbonbibining bu tadbiridan xursand b o ‘lib, yana 
um idlana boshlagan edilar.
— Qurvon xolam bopladi! — dedi Salti.
2 0


— Enam gapga usta. Eshondan tushganini ko‘ring. 
«Eshon», desangiz, otam o ig a n in i ham bilmaydi... Xudo 
muni eshonlar uchun yaratgan.
Salti Zebining bu gaplarini eshitgandan keyin soTi- 
ning «хо'р» deb javob berishiga ishonib ketdi. Bir qo‘lini 
o ‘rtog‘ining bo'yniga tashlab, uni quchoqlar ekan:
— Bo‘ldi, o ‘rtoq, endi! Jo ‘naymiz! — dedi.
— Sanamasdan sakkiz demay turing hali! O tam oson- 
lik bilan m a’qul gapga ko‘nadigan odam emas. Jim turib 
qolishini ko‘ring: hali ham churq etmaydi.
Sukut uzoqqa cho‘zilgandan keyin Qurbonbibi endi 
bu safar jiddiy bir chehra bilan:
— Nimaga indamaysiz? X o‘p, deng! Katta odam, 
uyat bo‘ladi. Bir yaxshi xotinlari, bir otincha qizlari bor- 
ki... 0 ‘zlarini bo‘lsa, o'zingiz bilasiz, — dedi.
So‘fi negadir:
— Bilaman, Fitna, bilaman! — deb qo‘yib, yana jim
b o ‘ldi.
Endi Qurbonbibi yana ham jiddiylashdi:
— Bo‘lmasa, «yo‘q», deng. Saltanatxonga javob be- 
ray, ketsin! Azonda kelgan edi.
Shundan keyin soTming tili aylandi:
— Shoshma, Fitna, «yo‘q», dema, mayli, bora qol- 
sin... Qachon keladi?
— Indinga erta bilan yo kechqurun.
— Eshon oyimning raylariga qarasin.
SoTi o ‘rnidan turdi. Kartdan tushib, kavshini ki- 
yarkan:
— Ovozim bor, deb ashulaga zo‘r bermasin, — dedi. — 
N om ahram larga ovozini eshitdirsa, rozi emasman.
Bu safar odam ga o ‘xshash gapirib, Qurbonbibini 
quvontirgan Razzoq soTi shu so‘zlardan so‘ng yana o ‘z 
jimligiga qaytdi. Bir oz so'ngra sallasini kiyib, yaxtagini 
qo‘liga olgandan so‘ng:
— Xurjinni ber, Fitna! Bo‘lmasa, ikkita qop ber! — 
deb qoldi.
Qurbonbibi qopni uzatarkan, erining q o iig a shu top- 
da bir oz pul tushganini, endi kattaroq xarid qilish uchun 
bozorga ketayotganini va haligi zo 'r iltifotning ham pul- 
ning kuchi bilan bo‘lganini angladi...
21


SoTi tom oq qirib eshikdan chiqarkan, uydagi ikki 
sho‘x qiz yana bir-biriga chirmashgan edi.
* * *
Qafasning darichasi ochildi!
Endi qushlarga qanotlarini rostlab turib: «pirr» eta 
uchm oqdan, keng ko‘klarga, fazolarga parvoz qilmoqdan 
boshqa narsa qolmadi. Paranjini yopinib o ‘tirmasdan, 
shundoq bosh ustiga tashlab, 
chim m atni 
«xo‘ja 
ko‘rsin»ga tutgan bo‘lib yugurish kerak, xolos...
Faqat unda darichaning ochilganiga kim sevinadi? 
Shodlikni kim qiladi? Erkinlikning lazzatini kim totiydi? 
Shu qadar qaysar bir odam ni bu qadar ustalik bilan 
yo‘lga solgan onaning hurm atini, kim o ‘rniga keltiradi? 
Uni kim quchoqlab, kim o ‘padi?
Ikkala qizning uydan yugurib chiqib, bab-barobar 
Qurbonbibining bo‘yniga osilishlari ana o ‘sha ne’m at- 
ning shukronasi edi. Qizlar o ‘zlarining behad sevinch- 
larini yuzaga chiqarmoq bilan birga, onaga bo'lgan min- 
natdorliklarini ham tegishicha izhor qilmoqqa oshiqar- 
dilar. U lar kampirga shu qadar osilib, erkalik qilib, u 
bilan shu qadar qattiq o ‘ynashdilarki, kampir holdan 
ketib, kartga dumaladi... Bular qiyqiriq solishib, tobiga 
kelgan 
choydishdek 
sharaqlashib... 
kam pir bilan 
o'ynasharkan, u charchab entikkanidan zo‘rg‘a-zo ‘rg‘a 
nafas olib:
— Bas, qizi qurg‘urlar... bas, deyman, b o ‘ldi endi... 
Yo‘lingdan qolasan!.. — deya so‘zlanardi.
Kampir yolvorgan sari bular avj olishar, biri qo‘yib, 
biri:
— Shunaqa ekanmi? Voy, tow o-ey! Xalfa eshonning 
qizi chaqirtirgan ekanmi? Voy, tow o-oy... — deb uning 
eng qitig'i keladigan joylariga chang solishardi.
Nihoyat, o ‘zlari ham o ‘lgudek charchab, kampirdan 
qo‘1 tortdilar va «uh!» deb ikkalasi ikki tom onga o ‘tirdi- 
lar.
Bular taraq-turuq eshik ochib, shoshilib ko'chaga 
chiqqan vaqtlarida, paxta zavodining ingichka tovushli 
jing‘irog‘i soat o ‘n ikki bo‘lganini bildirib qichqirardi.
22


Saltilarnikida kechgacha safarga tayyorlanib — bir 
ozgina patir bilan somsa yopib, ko‘cha eshigining chap 
biqinidagi katta kundadan aravaga hatlagan vaqtlarida 
kun botib borardi. Arava shahar ichidan chiqib, dala 
yo‘liga kirganda, kechaning qora pardasi yer betini o'ra- 
gan edi. Qor ostidan chiqqan yerlar, bahorning salqin 
havosi va yoqimli shabadasi ostida mudrashib yotardilar. 
Oy hali chiqm agan; faqat kechaning qorong'isiga 
o ‘chakishgan sanoqsiz yulduzlar tepada turib m ash’alla- 
rini yondirganlar, xuddi peshona oldida ko‘ringan eng 
yorug1 bir yulduz, piyoz to ‘g‘rab yotgan kelinchakning 
ko‘zlariday, pirpirab yonardi.
Qizlar jim edilar. Aravakash zerikdi shekilli, astagina 
ashula boshladi. Uning ashulasi ham xirgoyidan nariga 
o'tm aganidan keyin Salti ko'tarildi:
— 0 ‘lmasxon, bormisiz? D urustroq aytsangizchi!
Saltining yana bir o ‘rtog‘i — Qumri uning so'zini
quw atladi:
— Ha, rost, shunday yaxshi ovozingiz bor ekan, 
sho ‘x -sh o ‘x 
aytmaysizm i? 
Keng 
dalada 
qancha 
cho‘zsangiz, shuncha ketadi varanglab...
Yigitcha kuldi. U, qorong‘ida sekingina orqasiga 
qayrilgan edi. Orqa safdagi qizlar chim m atini ko‘tarib 
o'tirganlaridan ularning yuzlarini sal-pal ko‘rsa bo‘lardi. 
Kulimsirab turib, qizlarga bir oz qaragach:
— Orangizda dong'i ketgan ashulachingiz bor turib, 
menga osilganlaring qiziq! — dedi. — Biz, «suv bo'l- 
masa tayammum»ga yaraydigan ashulachilardan...
Qizlar hammasi Zebiga qarashdilar. Har tom ondan 
har xil ovozlar chiqdi:
— Ha, rost!
— Chinakam, indamay o ‘tirganimizni qaranglar-a!
— Ashulachi oramizda-ku.
Zebi «churq» etmasdan o ‘tirardi. Uning munday qi- 
lishi ham shu xil taklifdan qo‘rqqanidan edi. Albatta, 
yosh narsaning ko'nglida o ‘ynash, kulish va xushvaqtlik 
qilish mayllari boshqa har narsadan ko'ra kuchlik keladi. 
Lekin Zebi shunday bir otaning qizikim, uning qo‘lida
II
23


har qanday kuchli mayllarini ham yuganlab tutm oqqa, 
ko'ngilning har bir havas va tilagini ko‘ringan joyida 
bo‘g‘ib tashlamoqqa to ‘g‘ri keladi ham. Zebi shunday 
qilishga o'rganib qolgan. Shuning uchun ham yigitning 
og'zidan o ‘z ismini eshitgach, badani durkirab ketdi. 
So‘ngra qizlar tom onidan aytilgan so‘zlar uni iztirobga 
tushirdi. N im a deyishni bilmas edi. 0 ‘ylabroq javob 
berrnoq uchun ko‘ngilning talvasaga tushmasligi darkor. 
Holbuki, ko'ngil tashvishda va shu sababli talvasada...
Aravakash u yog‘dan turib:
— Ha barakalla, bor ekansizlar-ku! 0 ‘rtaga olinglar 
ashulachini! — degandan keyingina Zebining tillari 
qaldiradi:
— Gaplashib ketaylik. Shunday qorong‘ida...
— Jin urarmidi? — dedi bittasi.
— Yaxshi emas, shunday zim -ziyo qorong'ida... 
Gaplashib ketaylik... shirin-shirin gaplardan...
Aravakash uning so‘zini ilib oldi:
— Shirin-shirin gap o'rniga shirin-shirin ashuladan 
bo‘lsin, opa. T a’rifmgizni eshitib, jigarlarimiz laxta-laxta 
qon b o iib ketgan...
Salti tegishdi:
— Voy, tow a-ey! Laxta-laxta qon boiganm i? Jabr 
bo‘lgan ekan...
Aravakash ham bo‘sh kelmadi:
— Qon b o ‘lgan yuraklarni bir nafasda yozish sizlar- 
ning qo'lingizda, opalar! Biz ham dunyoga kelib bir 
yayraylik-da!
Yana indamasdan o ‘tirgan Zebiga endi bu safar Salti 
yalindi:
— O 'rtoqjon, bir narsa desangiz-chi. H am m a baravar 
tashna ekan...
Zebi o ‘rtog‘ini astoydil koyib berdi:
— Sizdan kelgan gap shumi, hali? Otam ning aytgan- 
larini o ‘z qulog‘ingiz bilan eshitib edingiz-ku! Eshitib- 
netib qolsa, nim a bo iad i? Bilib turib...
Salti o ‘rtog‘ini to ‘xtatdi:
— Bilaman, o ‘rtoqjon, bilaman! Otangizning gaplari- 
ni bir emas, ikki qulog‘im bilan eshitdim. Odamlar ichi- 
da, ko‘pchilik orasida qistasam, m endan xafa bo iin g . Bu
24


yer dala joy b o ‘lsa, odam asari bo‘lmasa, kechasi — 
qorong‘i bo‘lsa, bir-ikki juft aytib bermaysizmi?
— N om ahram ga eshitdirib-a?
Zebi bu so‘zni chin ko‘ngildan chiqarib va jerkib turib 
aytgan b o ‘lsa ham , qizlar ham m asi birdan kulishib 
yubordilar. Yana har xil ovozlar ko‘tarildi.
— Shu ham nom ahram bo‘libdimi?
— Shu 0 ‘lmasjon-a?
— N om ahram o ‘la qolsin...
Zebi chinakam ranjigan edi. YigMamsirashga yaqin 
bir ovoz bilan Saltiga:
— M unaqa qilishingizni bilsam, kelmas edim... — de­
di.
Qizlar ishning bu tom onga aylanganiga hayron 
bo‘lishib jim qoldilar. Aravakash:
— Ey, tovba! Ey, tovba! — deb o ‘z -o ‘ziga so‘zlanib, 
otni qattiq-qattiq besh-olti qamchiladi.
Ot qadam larini ildamlatib, aravani guldur-guldur 
g‘ildirata boshladi. Ham m a jim bo‘ldi. Faqat Salti bilan 
Zebi ikkovi bir-birlari bilan pichirlashib so‘zlashardilar. 
Bu pichirlash natijasida, Salti o ‘rtog‘ini tinchlatishga 
muvaffaq b o ig a n , buning ustiga yana, qizlar «yor-yor» 
boshlaganda, uning qo‘shilajagi to ‘g‘risida so‘z olgan edi. 
Bir marta boshlangandan keyin undan narisi o ‘zi keta 
beradi, deb o ‘ylardi Salti.
Darrov qizlarga tom on burildi:
— Qani, qizlar, o'zim iz «yor-yor» boshlaymiz!
— Ha, balli! — dedi aravakash.
Qizlardan javob kutib o ‘tirmasdanoq Salti o ‘zi bosh- 
lab yubordi.
Uzun-uzun arg‘amchi-yo...
Qizlar qo ‘shilishdi:
...Halinchakka,
Chakan ko‘ynak yarashar 
Kelinchakka,
Chakan ko‘ynak yengiga 
Tut qoqaylik...
25


Bir-ikki bayt o ‘tgandan keyin Zebining tiniq, g‘ubor- 
siz, jonon piyoladek jaranglab chiqadigan chiroyli va 
o ‘tkir ovozi qo'shildi. Bu ovoz, peshona ustida pilpilla- 
gan eng yorug1 yulduz singari, boshqa ovozlardan ochiq 
ajralib turardi. Shu choqqacha «yor-yor»ga quloq berib, 
indamasdan, asta-asta otini qamchilab ketayotgan ara­
vakash bu ovoz chiqishi bilan og‘ir bir «uh» tortdi, 
qo'lidagi qam chisi daraxtdagi kuzgi yaproq singari 
zo‘rg‘a-zo‘rg'a barmoqlariga osilib qoldi.
Saltining didi to ‘g‘ri chiqqan edi; endi, Zebi «yor- 
yor»ni o ‘zi yolg‘iz aytardi. Aravakash bilan birga, qolgan 
qizlar — hammasi bir quloqqa aylangan edilar. Ot bu 
go‘zal ovozning shirin kuylari ostida boshini quyi solib, 
bo'ynini asta-asta likillatib bitta-bitta qadam bosardi... 
«Yor-yor»lar bitib, boshqa har xil kuylarga 
0
‘tildi, endi 
Zebini to ‘xtatm oq m um kin emasdi. Z o tan , uning 
to ‘xtashini kim istar edi, deysiz? Dalalarning keng qu- 
choqlaridan uchishib kelgan mayin shabadalar qiz og‘zi- 
dan chiqqan unlarni o ‘z qanotlariga mindirib, allaqayer- 
larga, olislarga olib ketardilar. Hov... yiroqlarda lipillab 
ko‘ringan qishloq chirogiari ham, tepadagi yulduzlar 
singari, shabada qanotlari bilan kelgan chiroylik unlar- 
ning zavqi bilan mast bo‘lib yonardilar...
Zebi yuragida tugilib yotgan zo‘r tugunni yechib 
yuborgan edi. Razzoq soTming sovuq yuzlari uning ko'z- 
laridan yiroqlashganlar; nasihat yo‘li bilan minglarcha 
marta aytilgan va ta ’kidlangan so‘zlar unutilgan; sovuq 
soTilarning «harom» degan d a’volari sinib, parcha-par- 
cha bo‘lgan; «nomahramlik» safsatalari ot oyoqlari osti­
da yanchilgan; to ‘rt devorning bu tutqun qizi o ‘ziga 
o ‘xshagan tutqunlardan boshqa hech bir guvoh va tilchi 
boim ag an shu keng dalaning quloch yetmas bag‘rida 
yillardan beri tugilib kelgan alamlarini kuyga aylantirib, 
cheksiz bo‘shliqlarga yoyib yuborgan edi.
Arava yakka qanotli kichkinagina bir eshik oldida 
to ‘xtab, aravakash bola qamchi sopi bilan eshikni qoq- 
qanda va ichkaridan bir kampirning ingichka va jonsiz 
ovozi «Kim u?» deb so‘raganda, odam lar bir uyquni ur- 
gan edilar...
26


* * *
Kampirchaning so‘rog‘iga aravakash hazillashib javob 
berdi:
— Shahardan bir arava m ehm on olib keldim, ena! 
Uyingiz kuydi toza! Ikki kunda bor-yo‘g‘ingizdan ajralib 
qoqlanasiz endi! Qani, bo‘ling, eshikni oching! Qornimiz 
o'lgudek och...
Qizlar kuldilar. Kampir qizlarning kulishini eshit- 
ganidan keyin m ehm onlarning kimligini angladi:
— H a-a-a, Saltanatxonlardir? — dedi u.
Shu so‘z bilan birga kichkinagina zanjirining shiriqlab 
tushgani va eshikning g'ichirlab ochilgani eshitildi. 
Kampircha eshikni ochar-ochm as sevinchilamoq uchun 
ichkariga yugurgan edi.
Aravakash:
— Qani, tushinglar endi, opalar! — deb muzaffarona 
bir ovoz bilan qichqirdi.
Faqat uning bu chaqirig‘i foydasiz edi. Chunki zan- 
jirning zaif shiriqlashi quloqlarga kirar-kirmas, qizlar 
o‘zlarini aravadan tappa-tappa tashlay boshlagan edilar. 
Yorug‘idan ko‘ra tutuni va buruqsashi ko‘p fonarchani 
ushlagan kampir bilan birga Zebilar tenglik bir qiz «Voy, 
o'layin, -uxlab qolibman! Voy, o'layin, ko‘zim uyquga 
ketibdi!» deb, h o ‘... allaqayerdan uzr aytib chiqib keldi. 
Bu yoqdan:
— Voy, aylanay! Enaxon! Jonim o ‘rtog‘im! Bormi- 
siz? — deb paranjisini q o iig a olib Salti yugurdi. 
Quchoqlashib ko'risha ketdilar. Boshqa qizlar bilan na- 
ridan beri qo‘l uchini tekkizib ko‘rishgach, Enaxon yana 
Saltiga yopishdi va ikkalasi qo‘ltiqlashib ichkariga tom on 
yurdilar. lkkala o ‘rtoqning sharaq-sharaq gaplashgan, 
bir-birlariga sevinch bildirishgan quvnoq va baland ovoz- 
lari boshqa ham m a unlarni bosib ketdi...
Faqat ko‘chada — arava ustida boshqa hangomalar 
bo‘layotgan edikim, bulardan haligi ikki baxtlining hech 
bir xabari yo‘g‘idi:
Saltining onasi bilan katta onasi uni o ‘zi tenglik yosh 
qizlar bilan birga olis joyga yuborarkan, ehtiyot tom oni- 
ni ham unutm agan edilar. Uning oyisi o ‘z qaynonasiga:
— Yosh qizlarning o'zlarin i yuborib, b o ia d im i,
27


qalay? Bitta-yarimtamiz birgalashmasak b o ‘lmas? — deb 
o ‘zining eslik xotin ekanini bildirgan vaqtida, qaynonasi 
juda keskinlik bilan javob bergan edi:
— A lbatta, aylanay! 0 ‘zlari yolg'iz borishadigan 
bo‘lsa, javob yo‘q!..
Tandir oldida kuyib-pishib, shabnam donalariday 
yirik-yirik terlarga botib, Zebi bilan birga patir yopayot- 
gan Saltiga bu maslahat juda yom on qattiq tekkan va u 
ham darhol o ‘z ovozini eshittirgan edi:
— Bizni bo'ri yermidi? Yosh narsalaga qarilam i ara- 
lashtirib nim a bor? Siqilib o ‘lmaydimi odam?..
Katta ona nevarasining bu erkaligiga faqat erkalik 
debgina qaragan, shu uchun:
— Aylanay, bolam, patiringni yop! Kechga qolayotir- 
siz. Bu siz aralashadigan ish emas! — deb q o ‘yib yana 
o ‘zining «eslik» kelini bilan maslahatini davom ettirgan 
edi.
Maslahat natijasida qaynona bilan kelin uyda qoladi- 
gan b o iib , ikki-uch oydan beri bularnikida yashaydigan 
qarindoshlardan Savribibi degan kam pir qizlarga ko'z- 
quloq qilib berilgan edi.
Bu qari kam piming qo‘shilganiga qizlar xafa b o ‘lma- 
gan, balki, aksincha, sevingan edilar. Bu kampir, arava- 
ga oyoq qo‘yar-qo‘ymas, qizlarning o'rtasiga joylanib 
olib, Zebining tizzasiga bosh qo‘ygani holda uyquga ket- 
gan va shu bo‘yicha qishloqqa kelib yetganda ham ko'zi- 
ni ochm agan edi...
Qizlar o'zlarini tappa-tappa aravadan tashlab, eshik­
dan ichkariga kirarkan, Zebi sekingina kampirni uyg‘otdi:
— Enajon, turing, kelib qoldik!
Enajondan javob bo‘lmadi. Zebi o'sha past ovoz bilan 
yana bir uyg'otdi, enajon hali ham jim edi. Aravaning ol­
di tom onidan kelib, aravakash ham yordamlashdi:
— H o‘... xola, turing, kelib qoldik!
Erkak kishining kuchlik ovozi bilan kampir ko'zini 
ochdi, lekin uyqusirab turib:
— H ozir aylanay... xo‘p, turam an... — degandan ke­
yin yana uyquga ketdi.
Zebi kamoli hayron bo'lganidan aravakashning no- 
mahramligini ham unutib, haligi tangriqosh nazari bilan
28


unga qaradi. Bu vaqtda oy anchagina yuqori ko‘tarilib 
qolgan edi. Aravakash yumshoqqina kulimsiradi. Yosh 
yigitning bu yosh shirin tabassumini oy yorug'ida alayna 
ko'ra oigan yosh qiz butun badanlaridan muloyimgina 
durkirash kechganini payqadi va qizarib, teskari qaradi... 
U qarash aravakash yigitchaga ham boshqacha ta ’sir qil- 
gan bo'lsa kerak, kam pirni turtib uyg'otm oq uchun q o ii-
ni yuqori uzatdi. Shunda kampirning boshidagi qo‘1 
boshqa bir qo‘lning o ‘ziga kelib tekkanini boyagidan 
kuchliroq bir durkirash bilan sezdi. Erkak zoti bilan bi­
rinchi m arta bu xilda uchrashgan yosh qiz shu paytda bir 
oz gangragan edi. Shuning uchun qo'lini darrov tortib 
olmasdan, o'ziga kelganidan keyin, birdaniga jerkib tort- 
di. Faqat yosh yigitning kuchli q o ilari uni mahkam ush- 
lab, kampirning boshidan pastroq tushirdi va ikkala yosh, 
shu bo'yicha, turgan joylarida turib qoldilar...
lchkarida o'tirgan baxtli mehm on o'zidan baxtli iz- 
m on bilan birga, h o ‘... ancha vaqt o'tgandan so'ng 
yo'qolgan ikki m ehm onni izlab, ko‘chaga chiqqan vaqti- 
da, ko‘chadagi ikki yosh vujud q o ilarin i bir-birlaridan 
hanuz ajratib ololmagan edilar. Kampir esa ikki yoshning 
bu talvasali uchrashuviga quruq gavdasi bilan guvoh 
bo'lib, hali ham shirin uyquda dang qotib yotardi...
Q izlarning bu «itdek» poyloqchisini ko'plashib 
uyg‘otdilar, ko'plashib aravadan tushirdilar. U Salti bilan 
Enaxonning q o itig 'ig a kirib, ko'zi uyquda, davdiray- 
davdiray ichkariga yo‘l soldi. Zebi ham boshqa o'rtoqla- 
riday, aravadan o ‘zini «tapp!» etib tashlamoqchi bo ldi, 
faqat qamchili yigit kelib, yana qo'lini uzatdi va shuning 
uchun shuncha baland aravadan o ‘zini tashlagan eng 
so‘nggi m ehm onning oyog' tovushi hech kim ning 
qulog'iga qoqilmadi...
M ehm onlar osh-suv taraddudiga yo‘l qo‘ymasdan, 
sut-qatiq bilan quruq choy ichib, darhol o ‘tirgan joylari- 
ga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar- 
uzanmas uyquga ketdilar.
Aravakash ichkaridan chiqqan ikki non bilan bir pi- 
yola qatiqni ichib oldi-da, otni tashqariga bogiab, o ‘zi 
arava ustiga ch o ‘zildi. Uyqusi qochgan edi... Miyasida, 
umrida birinchi m artaba o ‘laroq, ajib va shirin xayollar
29


aylanardi. K o‘kdagi oyga qarab, yerdagi oyni o ‘ylar va 
boyagiday shirin-shirin kulimsirardi...
Ichkaridagilar ham dong qotdilar. Faqat, oralarida, 
xuddi ko‘chadagi yosh yigitcha singari, uyqusi ochilgan, 
ko‘kragidagi yangi, begona va shirin hislarni anglayol- 
masdan xayron b o lg an birov bor edi. U ham k o ‘kdagi 
oyga qarab, yerdagi «toy»ni o ‘ylar va yuzlari anorday 
qizarardi...
Shu topda, qishloqning darbadar itlari avjga kelgan, 
har tom ondan hurishlarini yuksaltirganlar; tor ko'cha- 
ning tugalishidagi soy ham m a uxlab jim bo‘lganda, hay- 
batli ovozini boricha qo'yib yuborib, och yo‘lbarsday 
«guv-guv» bo ‘kirardi...
I ll
Enaxon yo‘qsul bir oilaning qizi edi. Otasi muning 
yoshligida o ‘lib ketgan, onasi ikkovi birgina akaning bo- 
qimiga qarab qolgan edilar. Akasi Xolmat esini tanigan- 
dan beri m ehnat peshida chopadi. Hali eng o ‘yinqaroq 
bola vaqtlarida ham butun qishloqning podasini boqib, 
oilaning ehtiyojlariga biror narsa qo‘shib turardi. Uning 
podachi b o ‘lgan vaqtlarini hali ham qishloq odamlari 
havas bilan eslashadi. K o‘ch a-k o ‘yda unga yo‘liqqanlar:
— 
Podamizni yetim qilib qo‘yding-da! — deb bosh- 
larini afsus bilan chayqab o'tishadi.
Tez-tez b o ‘lib turadigan bu xil gaplar uning yuzini 
kuldirib, ko‘nglini ko‘taradi, tinm asdan ishlash uchun 
bilagiga darm on va qu w at beradi. Uning o ‘z bisotida bir 
shapaloqqina sholipoyasi bor; u ham m arhum qaynatasi- 
dan tekkan, bor kuchini shunga sarf qiladi; ham m adan 
burun ish boshlab, ham m adan kech tugatadi va ham ­
m adan ko‘p urinadi. Shu bilangina olti jondan birikkan 
katta bir oilani naridan-beri tebratib keladi. Onasi qarib, 
mukchayib qolgan, bir qizi bilan bir o ‘g‘li hali yosh 
go‘dak, ro ‘zg‘orning butun ishi xotini bilan singlisining 
bo‘ynida. U ikkovi dala ishlarida unga yordam berishdan 
ham bosh tortmaydilar, ularning dalada ham foydalari 
ko‘p tegadi. Xolmat o ‘zi shuncha tirishib ishlab, katta 
ro‘zg‘orni yolg‘iz boshila tebratgani uchun xotini ham,
30


singlisi ham uni boshlariga ko‘taradilar. H ar to ‘g‘rida 
uning talablariga xursandlik bilan ko‘nib, hech bir ishda 
ko‘nglini qoldirmaslikka tirishadilar. M ehnatdan boshqa 
hech narsani bilmagan bu yo‘qsil yigitning qanday zo‘r 
talablari bo‘lar edi deysiz? Butun havaslar, talablar va 
o ‘ylar — har nechuk b o ‘lsa ham shu oilani tebratib o ‘tish 
tegrasida aylanadi... Albatta, kelin ham, qiz ham — yosh 
narsalar; yoshlarning nozlari, injiqliklari b o ‘lmaydi 
emas... Ularning injiqliklarini butunlay haqsiz deyish 
to ‘g‘ri b o im asa kerak. Chunki ular ham yoshlar, boshqa 
o ‘z tenglari kabi, ularning ham orzu-havaslari bor, 
ko‘ngillari ko‘p narsani tusaydi... Zindondagi bandini 
hech bir xayol surmaydi, deb kim aytadi? Gadoy pod- 
shoh bo‘lmoq istasa, yomonmi? Ba’zan shu xil kuchli 
talablar yo kelinda, yo qizda ko‘rilib salgina yuzaga chiqa 
boshlasa, ko'pni ko‘rgan ziyrak kam pir darrov payqaydi 
va oldini oladi. Xolmatga sal og‘ir keladigan bir ish 
bo‘lsa, unga yetkizmasdan, o ‘zi bir ish qilib bitiradi; joyi 
kelganda, muloyim gapirib, joyi kelganda, po‘pisa qilib, 
qizi yoki kelinining ko‘nglida ko‘tarilgan havas olovla- 
riga suv sepadi, u olovlarni avj olmasdan turib so‘ndira- 
di. Ularning talablari juda o'rinli bo‘lsa, o ‘zi ilojini qilib, 
qondiradi. Ularning ko‘nglini oladi, Xolmatni ortiqcha 
tashvishlardan qutqazadi.
Shahardan Saltilarning bir arava b o iib kelishlari ham 
Enaxonning shu xil havaslaridan biri edi. Saltanatlar 
oilasi bilan Enaxonlar oilasi orasida ota-bobodan qolib 
kelgan bir do‘stlik, qadrdonlik hukm surardi. Bu ikki oila 
kishilari yilda bir-ikki marta bir-birlari bilan ko‘rishib tu- 
rardilar. 0 ‘tgan kuz, xirm onlar olingandan keyin, 
Enaxon bilan kelin Saltanatlarnikida bir haftacha turib 
kelgan edilar. Shunda Enaxon o ‘z o ‘rtog‘ini bir-ikkita 
tengdoshlari bilan birga bahorda qishloqqa chaqirib ket- 
gan, bahor kelib tabiat jonlangach, shaharga tushgan bir 
odam dan yana aytdirib yuborgan edi. Kampir qizining 
bu talabini, albatta, o ‘rinli topardi. Enaxonning yonida 
bola-chaqasi bilan birga bir necha kun yayrab kelgan ke­
lin ham qizning fikriga jonu dilidan qo‘shilgach, kampir- 
ga hech bir gap qaytarish o ‘rni qolmagan edi.
— Gaplaring juda m a’qul! — dedi u shu to ‘g‘rida
31


maslahat boshlanganda. — Buning ilojini o ‘zimiz qi- 
lishimiz kerak. Xolmat bechoraga hech bir og‘iri tush- 
masin. Iloji b o isa, unga bildirmaylik. M ehm onlar kel- 
ganda bilar.
Enaxon kelinga qaradi. Kelin Enaxonning bu 
qarashidan «Qani, gapiring nima deysiz?» deganini ang- 
lagan b o isa d a , qaynana oldida birinchi b o iib gap 
ochishni ep ko‘rm asdan, jim qoldi. Shundan keyin 
Enaxon bir narsa demakka majbur edi.
— Mayli, siz o ‘zingiz bilasiz, oyi. Chaqirish kerakligi- 
ga «yo‘q» demadingiz. M ehm on deganni n on qoqiga 
chaqirib bolm aydi. M uni o ‘zingiz bilasiz. Kelin shu yer­
ga kelganda, bir og‘izgina so‘z bilan aralashib qo‘ydi:
— A lbatta, ayniqsa, shuncha joydan keladigan 
mehmonni.
— Xo‘p, yaxshi bilaman! — dedi kampir. U kelini- 
ning og‘zidan gapini uzib olganday tez gapirardi. — 
Kuzda ikkalang borib bir hafta turib kelding. Bechorahol 
bo‘lsalar ham senlarni xo‘p xursand qilib jo ‘natishdi. 
Ikkalang ham anchagacha gapirib yurding...
— Rostda! — dedi Enaxon. — Uning otasi ham , ni- 
hoyati bir ayronchi, yer-suvi y o 'q , dastgohi y o ‘q. 
Ro‘zg‘or katta... Shunday b o ‘lsa ham bizga deb ni- 
malarni qilishmadi-a?
So‘nggi savolni kelinbibisiga bergan edi. U ham:
— Ha, nimasini aytasiz, — deb darhol tasdiq qildi.
Shu bilan ham malari jim bo‘ldilar. Kampir iloj ax-
tarib, o ‘yga botgan edi. U sekin-sekin og'il tomiga yotqi- 
zilgan shotining ikkinchi pog‘onasiga o ‘tirdi. Qiz bilan 
kelin yerga c h o ‘nqaydilar. K am pir shotining yon 
yog‘ochini silab o ‘ynar, Enaxon og‘zidan olgan saqichni 
qo ‘lida ezib, «soqqa» yasar, kelinchak bo‘lsa, bir ch o ‘p 
bilan yerni chizg‘alar, uchalasi ham shu ravishcha o ‘yga 
botgan edilar. Kampirning butun xayoli haligi to ‘g‘rida 
bo‘lsa ham , ikki ko‘zi bularda; bular esa dam bir-birlari- 
ga, dam kampirga qarar, dam yerga tikilardilar.
Sukutni kampir buzdi:
— Kambag‘allik o'lsin, kambag‘allik! — dedi u va 
chuqur bir «uh» tortdi. — Hech bir ilojini topib bo‘lmay- 
di...
32


Biroz jim qolgach, birdaniga ovozini ko'tarib:
— Shuncha yerdan bizning so‘k oshimizni ichgali ke- 
lisharmidi? U ch -to ‘rt kun turishadi. D urustroq bir narsa 
qilib qo‘ymasak bo‘ladimi? — dedi.
Ular ikkovi ham uyg'onganday bo'ldilar:
— Albatta, albatta! — deyishdi ikkalasi.
Xuddi shu vaqtda somonxonaning yonida Xolmat ko‘- 
rindi. Bular unga qayrilib qaragali ulgurmasdan, uning:
— Oyi, bormisiz? — degan ovozi eshitildi.
Kampir suhbatni b o ‘lib, o ‘rnidan turarkan:
— Shoshmanglar, biroz o ‘ylaylik, ertagacha biror 
iloji topilib qolar, — dedi va yugurib Xolmatning yoniga 
ketdi.
Kechqurun, yotar paytda, kam pir ikkovini yoniga 
chaqirib, o ‘z fikrini aytdi:
— 0 ‘y lab -o ‘ylab q o iim d a n kelgani shu b o id ik i, 
0
‘limligimga atalgan narsalardan birozroq ajratdim. Endi, 
Ena, sen ham bisotingda boridan bir-ikki narsa ajrat, ke­
lin, siz ham bir narsa qo‘shing, ertalab bitta-yarim tani bo- 
zorga tushiraylik, shularni sotib, ul-bul olib chiqsin.
Kampir o'limligiga atalgan narsalardan ajratgandan 
keyin gap tam om edi.
— Bo‘libdi, oyi! — dedi Enaxon. — Mening bor- 
yo‘g‘im o 'z qo‘lingizda, o ‘zingiz ajratib olarsiz. Xayr, 
mayli, o ‘zim ham bir o'ylab ko‘ray...
— M en erta bilan sizga topshiram an, — dedi kelin.
Kampir turib, yotog‘iga ketdi, ikki yosh o'sha joyda
o ‘tirib qolib, nima ajratish va nim a berish to'g'risida 
maslahatlashdilar. Bisotdagining mazasi bo‘lmaganligi- 
dan bu maslahat ancha uzoq cho‘zildi.
H ar qalay, erta bilan kampirning qo‘lida m o‘jazgina 
bir tuguncha bor edi. Tugunchani xurjunning bir ko‘ziga 
solgan bola yag‘ir otni yo‘rtdirib shaharga tom on yo‘l 
soldi.
0 ‘sha kuni Saltanatlarga ikkinchi chaqiriq yetkizilgan 
va katta xurjunning ikki ko‘zi to ‘lib qaytgan edi.
* * *
M ehmonlarga qo‘lidan kelgancha yaxshi dasturxon 
solib, qo‘n i-qo ‘shni qizlar va kelinchaklarni chaqirtirib,
2
-
3084
33


allaqaylardan tori uzilgan dutorlarni topdirib kelgan va 
ularni xursand qilmoq uchun tirishib-tirmashgan Enaxon 
o ‘z ko‘nglida yana xijolat tortishdan qutulmadi. Qadrli 
m ehm onlarini yana allaqanday ziyofatlar, m ehm on- 
garchiliklar, takalluflarga ko‘mib tashlamoqchi b o ‘lardi. 
U n ch a narsa b o im a g a n d a ham , odam lar singari, 
tuzukroq bir siylab yuborishni, albatta, lozim, deb o ‘ylar- 
di. 0 ‘z q o ‘lida bunday qudrat yo‘qligini o'ylab, noum id- 
likka tushar, bo‘g‘ilardi... Yuragi yomon g‘ash b o ‘lib ket- 
ganidan keyin chiday olmasdan, kampirga aytib ko‘rdi:
— O iganim yaxshi mening! — dedi u. — K o‘n- 
gildagidek bir siylay olmasam mehmonlarimni!
O datda yum shoq gapiradigan kam pir bu gapga 
achchiglandi...
— Bo‘lm asa, o ‘zingni bozorga olib chiqib sot! 
K o‘ngildagidek mehmon qila olasan... — dedi.
— Sizga odam ko‘ngildagi hasratini ham ayta olmas 
ekan-da, — dedi Enaxon; ko‘zlariga yosh olib, onasidan 
uzoqlashdi.
Xuddi shu hasratini tom orqa-hovlichadagi ariq b o ‘yi- 
da o ‘tirib, kelinbibisiga aytganida, u darrov buning fikri- 
ga qo‘shildi:
— Shunday yaxshi narsalarki! Bularga qancha qilsan- 
giz oz! Zebixonni qarang, Zebixonni! Kuzda biz borga- 
nimizda ko'rm agan edik-a?
— Otasi o ‘lgur, sovuq so‘fi, javob bermagan ekan...
— M uncha ham ovozi chiroyli bu qizning!... Ashula 
aytsa, qulog'ing mast b o iib , o ‘ladi odam... Nafasi bun- 
cha issiq, m uncha mazalik! M uncha ta ’sirlik!
— Shuni aytam an-da. Suyuq osh qildik, oshqovoq 
somsa qildik, palov qildik... bo‘ldi! Bundan ortig‘iga 
m ana shu kambag‘allik o ‘lgur yo‘l qo‘ymaydi...
Shu yerda chuqur bir «uh» tortdi Enaxon. So‘ngra 
yana so‘zida davom etdi:
— Varaqi somsalar qilsak, oq unlardan g‘alati m anti- 
lar, chuchvaralar qilsak, boylarnikida b o ‘ladigan dimla- 
ma qo‘g‘urm alar qilsak...
Birdan tajanglanib, o ‘rnidan turdi:
— «Oshqovoq somsa»! «Oshqovoq somsa»! Kam- 
bag‘allik qursin, ilohim! «Kambag‘al — xudoyimning
34


suygan bandasi», deydilar, shum i suygan bandaning 
holi?!
Boyadan beri shu to ‘g‘rida o ‘ylanib, oqqan suvga 
xashak tashlab o ‘tirgan kelinning yuzlarida xuddi shu 
paytda bir yoqim li kulim sirash paydo b o ‘lgan edi. 
0 ‘rnidan turib, haligi shirin kulimsirashi borgan sari 
ochilgani va yoyilgani holda Enaxonga yaqin bordi:
— Xafa bo‘lmang, aylanay! — dedi. — M en ilojini 
topdim . Boylarnikiga o ‘xshagan g ‘alati ziyofat qilib 
jcfnatam iz mehmonlarimizni!
Enaxon bu ilojning nimaligini anglayolmaganidan 
hayron bo ‘lib kelinbibisiga qarar, hali yuzi kulmas edi.
— Nechuk? — dedi u va kelinbibisining ko‘zlariga 
baqrayib tikilgani holda uning ikkala qo‘lini q o ila ri 
orasiga oldi.
— 0 ‘zimizning kuchimiz yetmasa, teng-to‘shlarimiz, 
o ‘rtoqlarimiz bor. Ularga aytib chaqirtiramiz...
Enaxonning yuzi birdaniga ochildi. Lablariga keng bir 
tabassum yoyildi. U kelinbibisi topgan ilojni anglagan edi:
— M ingboshining qiziga aytm oqchim isiz? 0 ‘sha 
chaqirsin, deysizmi?
— Yo u, yo b o ‘lmasa kichik xotini Sultonxon-chi?
— Bo‘larmikin?
Shu yergacha ular ikkovi bir joyda to'xtashib so‘z- 
lashmoqda edilar. Keyin:
— Bo‘ldirishni menga qo‘yib bering. Ishingiz bo‘l- 
masin. Ishqilib m ehm onlarni xursand qilsam, b o id i- 
mi? — dedi.
Shundan so‘ng ikkalasi bel ushlashib, uyga tom on 
yura boshladilar.
— Yaxshi maslahat! Jon, kelinbibi, bir ish qiling! — 
dedi Enaxon kelinbibisini mahkam roq quchoqlab.
Kelin birdaniga to ‘xtab:
— U larnikidan hech kimni chaqitirdikmi? — deb 
so‘radi.
Enaxon ham yetgan joyidan to ‘xtab:
— Yo‘q! — deya javob berdi. — Kim biladi, deysiz, 
m uni? «M ingboshining falon-falonlari bizni k o ‘ziga 
iladimi?» deb xabar ham qilmabmiz. Endi qanday bo‘lar 
ekan?
35


— 
Biz shu kechaga mingboshi tog'aning qizi bilan 
kichik xotinini chaqirtiraylik. Kecha chaqirtirganimizda 
kelmasalar, bugun chaqitirsak, albatta, kelishadi. Siz n i­
ma deb o ‘tiribsiz! Zebixonning ovozi, ashulalari undan 
kattaroqlarni ham sudrab keltiradi. Siz xotiqam b o ‘ling. 
M en o ‘zim g‘izillab chiqib kelaman. Bu kecha bitta- 
yarimta ashula eshitib, suhbatni ko‘rishsa, ertaga, albat­
ta, chaqirtirishadi.
Ikkalasi, yuzlari yulduzday charaqlagani holda, 
darichadan ichkariga hatlagan vaqtlarida Zebining «Qora 
sochim» kuyiga aytayotgan ashulasi quloqlarni shirin- 
shirin qitiqlamoqda edi...
* * *
Bir tom chi suv dengizga aylangan bir kecha b o id i. 
Shu kambag‘al, bebizat oilaning issiq va halol quchog‘iga 
qishloq qizlari va yosh juvonlarning ham masi deyarlik 
to ‘plandi. Bevosita q o ‘shni b o ‘lgan xonadonlarning 
«oshini oshab, yoshini yashagan» kam pirlari ham
chiqishdilar. Bu kecha, hatto, shahar qizlariga poyloqchi 
b o iib kelgan uyquchi kampirga ham jon kirdi. Uning 
jonlanganini ko‘rganlar ixtiyorsiz yoyilib kular va chin 
ko‘ngildan sevinardilar. Bir emas, ikki dutor va ikki 
yaxshi dutorchi, bir nechta o ‘yinchi, Zebixondan boshqa 
yana ikkita ovozi durustgina yosh juvonlar kelishdi. 
Dasturxonga qaragan kishi b o im ad i; hech kirn bu faqir 
va sodda hasham at ichida takalluf axtarmas, ko‘ngilning 
xursandliklarga b o ‘lgan ketsiz maylini qondirish bilangi- 
na ovora edi. Shuning uchun b o ‘lsa kerak, dasturxon 
ustida duv-duv gaplashib, ayvonni ovozga to id irib o ‘tir- 
gan qiz-juvonlardan hech biri o'ng biqinida yonm a-yon 
o ‘tirib, zo ‘rg‘a dasturxonga q o ‘l uzatgan mingboshi 
oyim larning «shu ham m ehm ondorchilikm i?» degan 
m a’nida bir-biriga qarab lab burishtirganlarini payqam a- 
di. Dasturxon yig‘ilgandan keyin bazm boshlandi; shun- 
dan keyin ham m a o ‘zini unutdi, ham m a yosh bolaga ay- 
landi.
U ch ovozlik qizga yana bir nechtasi qo‘shilib, yalla 
ohangi ko‘klarga ko‘tarilgandan keyin qishloqning past- 
past, yiqiq-yoriq devorlaridan osongina oshib o ‘tib, bit-
36


ta-yarim ta yigit-yalang ham to ‘plana boshladi. U lar xira 
yongan chirog‘chaning yorug‘i zo‘rg‘a-zo ‘rg‘a yetadigan 
joylarda — ayvonning ikki yonida ch o ‘nqayib o ‘tirishgan, 
nafaslarini ichlariga olgan edilar. U lar orasida Xolmat bi­
lan aravakash bola ham bor, ular ikkovi katta tut 
yog‘ochiga suyanib, tikka turardilar. Xolmat havas bilan 
qiziqib qarasada, uning ko‘ngli tam om betaraf edi, faqat 
aravakash yigit shuncha to ‘polon-yalla orasida Zebining 
ovozidan boshqa ovozlarni, nechikdir, farq etolmasdi. U 
ovozni eshitish bilan ko‘nglining chuqur joylaridan xuruj 
qilib kelgan allaqanday totli bir sevinchini yashirolmadi:
— Zebinisaning ovozini aytaman, Xolmat aka... — 
dedi u, o ‘zi shu so‘zni aytganidan keyin, negadir, bir oz 
qizara tushib, yerga qaradi.
— Chakki emas! — dedi Xolmat. So‘ngra so‘radi: — 
Oti Zebinisami?
— Ha, Zebinisaxon!
Y igitchaning shu «хоп» degan q o ‘shim chasida 
«mening Zebinisam» degan m a’noda bir maqtanish, bir 
g‘urur ohangi bor edi. Bu ohang juda ochiq eshitilgan 
bo‘lsa kerakki, Xolmat darhol fahmiga bordi va «a, haro- 
m i-еу!» deganday qilib unga qaragach:
— Yurakdan urgan ekan-a!.. — dedi.
Yigitcha bu so‘zdan o ‘ng‘aysizlandi va tona boshladi:
— Yo‘g‘-e, ovozi soz deym an-da, ovozi! — dedi, 
lekin tili gapirgani bilan yuragi «yolg‘on, yolg'on» deb 
turganini o ‘zi ham bilar, Xolmatning ishonmasligiga aqli 
yetardi. Shuning uchun masalani chuqurlashtirmasdan, 
so'zni boshqa tom ongaroq burishni ep ko‘rdi: — Ovoziga 
nim a deysiz, chinakam qiyom at-a? — dedi Xolmatga
— Ha, ovozi joyida. Saltanatxondi o ‘rtog‘imi?
— Eng yaqin o ‘rtog‘i.
— Kimning qizi o ‘zi?
— Razzoq so‘fi degan bir odamning...
— Razzoq so‘fi?
— Ha, Razzoq so‘fi. Xudo bergan lekin so‘figa!
— Xaridori ham ko'pdir?
— Sovchining ko'pligidan ostonasi yeyilib ketgan, 
deydilar... Bilmadik, qaysi tolei balandga nasib b o ‘lar 
ekan!
37


— Xudodan tilab turing, «noumid shayton», degan 
gap bor...
Shu so‘zlarni ayta turib, Xolmat ham yigitchaga shay­
ton qarashi bilan qaradi.
Bu vaqtda ashulachi qizlar yalladan to'xtadilar, in- 
gichka-yo‘g ‘on ayol ovozlaridan iborat kuchlik bir xor- 
ning:
— Bor bo'lsinlar! — degan olqishi yuksaldi.
Erkaklar o ‘z olqishlarini ichlarida saqlamoqqa maj-
bur edilar. Ularning to ‘planganlarini bir-ikkita kampir- 
dan boshqa hech kim bilmas edi. Yalla bitgach, b a’zi 
qizlar o ‘rinlaridan turib, u yoq-bu yoqqa jilishdilar, 
b a’zilari o ‘choq boshiga choy olgali ketdilar, b a’zilari 
joylarini almashtirib, yaqin ko‘rgan o ‘rtoqlarining yon- 
lariga o ‘tib o ‘tirdilar. Endi erkaklar ham o ‘zlarini 
orqaroq olmoqqa majbur edilar, ular ham jilishdilar. 
M ehm onlardan Q um rixon birdaniga tutning tagiga 
borib qolib, u yerda ikki erkakning o ‘ziga qarab kulib 
turganini ko‘rgach, «voy, o ‘la qolay!» deb, uyalib orqa- 
ga qaytdi. Yana Saltining yoniga borib o ‘tirgach, 
pichirlabgina:
— Tevaragimizni shundoqqina qishloq yigitlari o ‘rab 
olishibdi. Bilmasdan tutning tagiga borib qolsam, ikkitasi 
m enga qarab baqrayib turibdi... Bittasi o ‘zim izning 
aravakashmi...
Bu vaqtda bu ikkala qizning nim alar deb pichir- 
lashayotganidan vasvasaga tushgan Zebi sekingina b o ‘y- 
nini ch o ‘zib, gapga quloq soldi. U faqat Qumrining 
so‘zini — «bittasi o ‘zimizning aravakash...» degan so‘ng- 
gi so‘zini eshitib oldi. Yuragi o ‘ynadi... va darhol burilib 
tashqariga qaradi. Chirog‘ning xira yorug‘ida kampir- 
larning ivirsib yurganlarini ko‘rdi. Boshqa hech narsa 
ko‘rinmasdi. Yurak o ‘ynashi bosilmadi. Lablari titra- 
moqqa boshlagan edi... Birdaniga o ‘rnidan turdi; qizlar 
yo‘l bo'shatdilar, ularni oralab o ‘tdi. Ayvondan chiqib 
olguncha ham m aning ko‘zi unda edi, ayvondan sahnga 
tushgach, qizlar yana o ‘z suhbatlariga mashg‘ul b o ‘ldilar. 
Sahnda uni poyloqchi kam pir qarshi olib, peshonasidan 
o ‘pdi:
— Ilohim, yom on ko‘zdan saqlasin, bolam! — dedi.
38


Ikkala ko‘zidan yana bir m artadan o ‘pgach, ichkari uyga 
tom on burildi.
— Ha, xola, uyda nim a qilasiz? — deb so‘radi 
Zebi.
— Uxlayin, bolam, m en qari narsa, yarim kecha- 
gacha o ‘tirolam anmi? Sizlar yosh-yalang, o ‘ynab-kulib 
ko‘ngillarni yozinglar. Men orom olay...
Poyloqchining bu xislati ham m aga m a’qul edi. 
Ayniqsa, shu topda ko‘ngli allaqaylarga tortayotgan Zebi 
uchun bir xil ezma kam pirlardan ko'ra bu — kamgap, 
seruyqu kam pir yaxshi edi.
Yuragi urgan holda bitta-bitta bosib, qorong‘ilikka 
kirdi. U ham tut tagiga — katta soTming yoniga bora- 
yotir edi. Q orong'ida turgan aravakash yigit yorug1 
tom ondan kelayotgan qizni tanidi, birdaniga:
— Ana, o ‘zi kelayotir! — deb qichqirdi.
U ning 
bu 
qichqirishi 
ixtiyorsiz 
b o ig a n
edi. 
Allaqachonlar masalaning fahmiga borib qolgan Xolmat 
shu topda yigitchadan yiroqlashuvni ep ko‘rdi. Unga 
m a’nolik qarash bilan kulimsirab qarab, yelkasiga bir-ik­
ki urgach:
— «Umidsiz shayton», dedim -ku, uka... M ana, biz 
ketdik... — dedi va quyuq qorong‘ilikka kirib, yo'q 
bo‘ldi.
Yigit esa Xolmatning bor-yo’g'ini farq etolmaydigan 
holdaydi. Shunday paytlarda og'izdan ixtiyorsiz chiqishi 
lozim bo‘lgan «bor bo‘ling», «oim ang» kabi m innatdor- 
lik so‘zlari ham esga kelmasdi. U , yuragini hovuchlagani 
holda, ixtiyorsiz, qari tutning yo‘g‘on badaniga yopish- 
di...
Zebi yigitchaning «Ana, o ‘zi kelayotir!» degan 
so'zlarini eshitgan edi. Agar esi o'zida bo‘lsa, u ham 
Qumri singari «Voy, o ‘la qolay!» deb qaytib ketishi kerak 
edi. Holbuki, u o ‘zini bilmasdan va hech narsa o ‘ylayol- 
masdan, telba qadam lar bilan bitta-bitta bosib, ilgari 
yurardi... Uning oyoqlari allaqanday yom on bir kuchning 
afsuniga ilashganlar, o ‘sha kuchning sudragan tomoniga 
borardilar. Yosh qiz o ‘z ko'nglining birinchi marta o ‘zi- 
ga begonalashganini, o ‘zidan boshqa bir kuchning ko‘ng- 
liga egalik qilganini sezardi...
39


Zebi tegrasiga bir ko‘z yugurtib olgach, qadam bo- 
sishini sekinlatib, katta tutning o ‘ng tom onida to ‘xtadi. 
Yigitcha chap tom onda edi.
Ikkalasi ham anchagacha jim qoldilar. Qaysi biri 
oldin gap boshlashni va nim a deyishni bilm asdi. 
N ihoyat, yigitcha bir gap topgan b o ‘ldi.
— Bugun sahar... aravani qo‘shamanmi?
— Nimaga?
— Ketmaymizmi?
Zebi javob berolm ay qoldi... Bu savolga javob 
bo‘lgunday bir so‘z uning shu topda juda yom on g‘ovlab 
ketgan miyasiga yaqin kelmasidi. So‘zga-so‘z qaytarmoq 
uchungina:
- - Shoshiltirib nim a qilasiz? — dedi va so‘zlarning o ‘z 
og‘zidan uzilib tushib borganini sezdi. Shu topda o ‘z 
ovozi ham o ‘ziga yot edi, shu so‘zlarni aytayotgan ovoz 
uning o ‘z qulogiga soyning narigi betidan kelayotganday 
eshitilardi.
Yigitcha o ‘zini to ‘xtatib olgan edi. Endi u dadillanib 
va kulib turib, q o iin i tutning o ‘ng tom oniga uzatdi. 
Faqat ikkalasining orasi ancha yiroq b o ‘lganidan boshqa 
bir qo‘l uning qo‘liga urinmadi. Holbuki, Zebi birovning 
qo‘l uzatganini payqaydigan holda emasidi. Yigitcha 
Zebidan muqobala ko‘rmagach, q o ‘lini tortib oldi va en­
di, bu safar bo‘ynini egib, ikki ko‘zi bilan qizni ax- 
tararkan, quvnoq bir ovoz bilan.
— Hali bir-ikki kun o ‘ynaymizmi? Otga dam be- 
ramizmi? — dedi.
Zebidan javob bo‘lmagach, ilova qildi:
— Xayr, mayli, sizlar qachon «qo‘sh», desanglar 
shunda q o ‘shaman.
Zebi tutga suyangan, o ‘zining qayda turganini unu- 
tayozgan, shuncha gapga bir og‘iz javob bermasdan, og‘ir 
o ‘ylarga tolgan edi. U shu topda o ‘zining yaqin kela- 
jakdagi qora kunlarini, qay rangda ko‘rinishi m a’lum 
bo‘lmagan baxti, toleini o ‘ylardi. U ning butun baxti 
Razzoq so‘fining johil vujudiga bog'li emasmi? 0 ‘sha 
sovuq so‘fi shu quvnoq jonni va sayroq qushchani istagan 
vaqtida baxtli yoki baxtsiz eta olmaydimi? U ning bir 
og‘iz «ha» yoki «yo‘q» deyishi qiz bechoraning behad
40


quvnab yayrashiga yoxud, xazon yaprog‘iday, bir nafasda 
so‘lib, nobud bo‘luviga yaramaydimi? Qiz sho‘rlik, u bir 
umr qovog‘i, o ‘yig‘liq va yuzi kulmas otadan hech bir 
xayriyat kutmaydi. Otasi to ‘g‘risida o ‘ylagan vaqtida 
o'zini o ‘limga mahkurn bir odam , otasini mahkumaning 
jallodi kabi ko‘radi... va titraydi! Bu qishloq sayohati, 
aravakash yigitcha bilan tasodifan tanishib qolishi, shu 
tanishuv orqasida ko'nglida sezgani besaram jonliklar 
bechora qizni haligidek qora o ‘ylarni o ‘ylashga majbur 
qilgan edi. U xil qora o ‘ylar uning uchun yangi emas, 
albatta. Yoshi balog‘atga yetib uylari sovchilarning qat- 
nov yo‘llariga aylanganidan beri u sho‘rlikning qora 
o ‘ylarga botm agan kuni yo‘q! Faqat shirin bir umid bi­
lan, ko‘zda ko‘rilib, qo‘lda tutilgan — naqd bir umid bi­
lan birga kelgan qora o ‘ylar qiz bechorani yom on ezib 
tashlaydi! Bir-ikki kundan beri ashula, o ‘yin deganda 
o ‘zini bilmas darajada berilib ketishi, shu iztiroblarning 
hordig‘ini chiqarish uchun emasmi?
K o‘ngliga og‘ir tashvishlar solgan yigitchaning shun­
day yonginasida juda shirin xayollar bilan birga juda qo­
ra o ‘ylarga botib turgan vaqtida birdaniga ayvon tom on- 
dan bir ovoz eshitildi:
— Hay, nim a bu hammayoq jimjit b o iib qoldi? 
Zebinisaxon qanilar? Saltanatxon, aylanay, o ‘rtoqjo- 
ningizni topmaysizmi?
Yana bir ovoz eshitildi:
— Rost-a, hammayoq muzlab ketdi! Hay, qizlar, siz- 
ga nima bo‘ldi?
Birdan bir necha ovoz ko‘tarildi:
— Zebinisaxon, Zebinisaxon!
Qizlar o ‘rinlaridan turib, u yoq-bu yoqqa yurishib 
qoldilar.
Bu qichqirishlar har qanday og‘ir uyqudan uyg‘otish- 
ga yarardilar, Zebi ham yarim mastlik holatidan seskanib 
uyg‘ondi va apil-tapil javob qildi:
— M ana men... H ozir boraman... hozir...
Faqat bu safar uning ovozi kasal odam ning ovozi sin- 
gari darmonsiz va jonsiz chiqardi. Yigit buni angladi va 
tezgina:
— Boring, bemalol o ‘yin-kulgingizni qiling! Hech
41


narsadan qo‘rqmang, hech bir g ‘am yeya ko‘rmang! — 
dedi. So‘ngra darhol o'zini tutning panasiga oldi.
U yoqdan bir-ikki qiz yugurib kelib, Zebini yetaklab 
ketishdi. Shularning biri mingboshining kichik xotini 
Sultonxon edi.
Bu safar faqat o ‘yin bo‘ldi. Yosh juvonlar va qizlar­
ning ham m asini deyarlik tortdilar. Shaharliklardan 
yaxshi o ‘ynagan Qumri b o id i. Qishloq qizlaridan ikki- 
uchtasi yaxshi o ‘ynadilar. H atto kampirlarni ham to rt­
dilar. Enaxonning onasi, o ‘zi pakana va uning ustiga 
bukchaygan kampir, o'yin qilgan b o iib ham m ani kuldir- 
di. Enaxonni ko‘ndira olmadilar. U «men xizmatlaring- 
daman», degan bahonani qildi. Mingboshining qizi bir- 
ikki aylanib to ‘xtadi, kichik xotini esa ko‘nmadi, uni 
ko‘p ham zo‘rlay olmadilar. Zebi esa dutorchilar va 
ashulachilar bilan birga yengil-engil yallalar qilib turdi. 
0 ‘yin tam om bo'lib, palov dasturxoni yozilganda, oy an- 
cha balandga ko‘tarilgan edi. Oshdan so‘ng qishloq qiz­
laridan o'ziga durustroq bir dehqonning qizi o ‘rnidan 
turib:
— Ertaga m ehm onlarni biz kutamiz, — dedi.
S hundan 
keyin 
m ingboshining 
kichik 
xotini
Sultonxon katta kundoshining qizi bilan gapni bir joyga 
qo‘yib, o'rnidan turdi va Enaxonga tom on yuzlanib:
— B o im asa, m ehm onlaringiz indinga biznikida 
b o ‘lishadi, — dedi, — tuzukmi? Endi bizga ruxsat!
U kundoshining qizi bilan birga ayvondan pastga 
tushib, kavshini kiya boshlagach, boshqa qizlar ham bit- 
ta-bitta o ‘rinlaridan turdilar. Shunday qilib, bu qiyomat 
yig'in kecha yarim bo‘lganda, «guv-guv» bilan tarqaldi.
IV
Kundoshining qizi bilan apoq-chapoq b o ‘lib, uyiga 
qaytgan Sultonxon, m ingboshining shaharga ketgan 
bo‘yicha qaytmaganini bilganidan keyin, o ‘z uyiga kirdi 
va joy solib, yechinib o ‘tirm asdan, shundoqqina 
to'sh ak chan in g ustida birgina yostiqqa bosh qo'yib 
uyquga ketdi.
Ertalab uyqudan ko‘zini ochganida, bosh tom onida


4
yon qo‘shni xotinlardan Umrinisabibi o ‘tirardi. Tez-tez 
chiqib, mingboshi oilasining ro‘zg‘or ishlariga qarashib 
ko‘rpa va to ‘nlari bo‘lsa, qavib, paxtalarini savab beradi- 
gan o ‘rta yoshlardagi bu xotin shu y o i bilan kichik qiziga 
sep orttirardi. Katta qizini bundan ikki yil burun chiqar- 
gan, endi bu qizi odam ko‘ziga ko‘rinib kelardi.
Sulton ko‘zini ochar-ochm as:
— Yaxshi chiqibsiz, Umrinisa xola, — dedi, — o ‘zim 
ham chaqirtirmoqchi edim. Ertaga Enaxonlarnikidagi 
shaharlik m ehm onlar chiqishadi. Osh-suvga qarashib 
bermasangiz b o ‘lmaydi. Bugun bir-ikki tandir patir yopib 
olsak, deyman.
— Men ham shu to ‘g‘rida siz bilan gaplashgali chiqib 
edim, — dedi Umrinisabibi.
— Juda yaxshi b o ‘libdi. N onushtani qilib xamirga uri- 
na beraylik bo'lmasa. Bir-ikki joyga borib, dutor-m utor 
so‘rab keladigan ishlaringiz ham bor hali.
U m rinisabibi o ‘tirgan ko‘yi surinib Sultonxonga 
yaqin keldi:
— M en sizga boshqacha m aslahat bilan chiqib 
edim... — dedi.
Bu so‘zlar yarim pichirlash bilan va ham ko‘zlar ikki 
tom onga alanglab turib aytilganidan kelinchakning 
ko‘ngli duv etib ketdi. U ham Umrinisabibi tom onga 
o ‘girildi:
— Nimaga pichirlab gapirayotirsiz? N im a dem oq- 
chisiz? Yaqinroq kelsangizchi! Imillamay qoling, ilo- 
him! — dedi.
U m rinisabibi endi kelinchakning xuddi qulog‘iga 
egildi:
— Shaharlik m ehm onlarni ertaga chaqiribsiz, eshit- 
dim. Kecha kechqurun mening Bahrim o ‘sha yerdaydi...
Shu so‘zni aytgach, u bir nafas jim qoldi. Kelinchak­
ning kichkina, qop-qora va o ‘ynoqi ko‘zlari keng ochilib, 
qo‘shni xotinning og‘ziga tikilgan edi. Umrinisabibi yana 
bir qur ko‘zlarini jalanglatib olgach:
— Kishi degan o ‘z tomiriga bolta chopadimi? — de­
di. — Kechasi bilan uxlayolm asdan, shuni o ‘ylab 
chiqdim...
Sultonxonning rangi o ‘cha boshlagan edi, ikki betida-
43


gi shapaloqday qiziliga so‘lg‘anlik yugurdi. Og‘zi yarim 
ochilgan, ko'kragi bir yotib-bir turm oqda, darm oni 
tanidan uzoqlashib borardi.
— Gapiring tezroq... N im a demoqchisiz? — dedi u 
hansirash bilan.
Umrinisabibi bo‘ynini imkon boricha cho‘zib turib, 
ochiq eshikdan tashqariga qaradi. So‘ngra, yana kelin­
chakning qulog'iga'fcgilib, dedi:
— Kelin bo‘lib kelganingizga endi besh oy bo‘ldi. 
H alitdan boshingizga yangi kundosh orttirmoqchimisiz? 
Eringizning qayliqbozligini bilardingiz-ku!
Sultonxon:
— Voy, o ‘la qolay!.. Jinni bo‘libman men! — deb 
qichqirdi va yuzini yostiqqa q o ‘yib, chap q o ii bilan 
boshiga mushtladi...
— Yoshlik qilibsiz, aylanay. Bilmabsiz. U ashulachi 
qizning dovrug‘i dunyoni bosdi... H am m aning og‘zida 
o ‘sha. Eringizday uchiga chiqqan xotinboz u bulbulniki- 
day ovozni o ‘z qulog‘i bilan eshitsinu darrov sovchi 
qo‘ymasin — b o iad im i, qalay?
K elinchak 
birdaniga 
yotgan 
yeridan 
turib, 
Umrinisabibining yelkasiga osildi:
— Nimasini aytasiz, xolajon? M en esimni yebman, 
esimni!.. Endi nima qildik, endi? Aytsangizchi, nima 
qildim endi men?
Umrinisabibi uning boshini m uloyim-m uloyim siladi:
— Endi hovliqmang, — dedi u, — bo‘lar ish b o ‘ldi. 
Bir ish qilib zarar yetadigan tom irini kesaylik!
— Endi iloji bormi, qalay?
— Shoshmang, o ‘ylaylik. Bir maslahat topilib qolar.
Ikkalasi jim qolib, o ‘yga botdilar. Umrinisabibi oq
doka ro‘molining uchini tugimlab o ‘ylanar ekan, kelin­
chak esa qo‘lidagi tilla uzugini barm og‘idan olib, o ‘sha 
bilan o'ynarkan, xayol surardi. Birdaniga tilla uzukni o ‘zi 
ko‘zi oldiga olib bordi, u yoq-bu yog‘ini aylantirib, xo‘p 
qaragandan 
keyin 
sekingina 
q o ‘l 
uzatib, 
uni 
Umrinisabibining sinchalag'iga kirgizib qo‘ydi. Bu vaqt- 
da zo‘r berib o ‘y o ‘ylamoqda va tadbir axtarmoqda 
bo‘lgan Um rinisabibi tilla uzukni o ‘zga q o ‘ldan o ‘z 
qo‘liga o ‘tganini ikki ko‘zi bilan ko‘rib tursa-da, bu kat-
44


ta topishning qim matini payqayolg‘ani yo‘q edi. Keyin 
uzukka qarab turib, uning qanday qim matli narsa ekani- 
ni, qizi Bahri uchun zo‘r bir davlat qozonilganini esla- 
gach, sevinchdan yuzlari alvon tovlab ketdi va tezgina 
uzukni barm og‘idan chiqarib, 
ro ‘m olning uchiga 
mahkam tugib qo‘ydi.
— Qani, gapiring, xola!
— N im a deyishimga hayronm an... M ehm onlarni 
chaqirib qo‘yibsiz. Endi, bir iloj qilib, qaytarish kerak. 
K undoshlaringizga bildirm asdan ish tutish kerak. 
Xayriyatki, kundoshingizning qizi chaqirm abdi. U 
chaqirganda, yomon b o ‘lardi.
— M en o ‘lgur, o ‘sha kuni Zebixonning ovoziga mast 
bo‘lib, hech narsani o ‘ylayolmabman-da! Kundoshim - 
ning qiziga: «Siz chaqirsangizmikan, men chaqirsam- 
mikan?» deb m aslahat solibm an-a! M eni qarang! 
Xayriyat, u qiz eslilik qilib: «Men buvimdan beruxsat 
m ehm on chaqirmayman. Siz kattasiz, o ‘zingiz chaqi- 
ring», dedi...
— Aslini o ‘ylaganda, u ham esipastlik qilibdi. Lekin 
uning bu esipastligi — sizning foydangiz.
Umrinisabibi bir ozgina jim qolgach, yana kelin- 
chakning qulog‘iga egildi:
— Endi siz, bir ish qilib tobingiz qochgan b o ‘lasiz-u, 
men borib, Enaxonga aytaman. «Boshini ko‘tarib qolsa, 
m en o'zim xabar qilaman», deyman. Shu bilan qolib ke- 
tadi... M ehm onlar bugun-erta qaytib ketishar emish. 
Zebixon juda soTi odam ning qizi ekan. Otasi bir-ikki 
kunga bazo‘r ijozat bergan emish...
K elinchak hali ham o ‘ziga kelm agan edi, yana 
Umrinisabibining bo‘yniga osildi:
— Qanday b o ‘lar ekan? Juda xunuk bo iadid a. Butun 
qishloqqa gap tarqaladi... Bu kundoshlarim, deng, tar- 
qatmay qo‘yishadimi? Boshqa bir ilojini topsak, yaxshi 
b o iard i.
Kelinchak Umrinisabibining ko‘zlariga bir oz tikilib 
turgach:
— Shu topda onam notob bo'lib chaqirtirsa, xafa 
bo‘lmas edim! — dedi.
— Bo‘lmasa, onangizni kasal qilaylik. U sizni jadal-
45


latib chaqirtirsin. Siz uzr aytib, jo ‘nay bering... Shu sha- 
harlik qizlar ketguncha onangiznikida turganingiz ham 
yaxshi.
— Buni qanday qilamiz?
— Bu oson. Men hozir paranjimni yopinib, siz- 
larnikiga jo'naym an. H am m a gapni onangizga uqtirib, 
tezdan qaytaman. Orqamdan dum m a-dum odam keladi, 
siz keta berasiz. Kech payt men o'zim kirib, Enaxonga 
aytib q o ‘yaman.
Kelinchak bu maslahatga tam om qoyil b o ig a n edi. 
Umrinisabibining ko'zlaridan o ‘pdi:
— Bu yaxshiligingizni bir um r unutm aym an, xola,- 
dedi. — Qizingizni, xudo xohlasa, o ‘zim to 'y qilib, o ‘zim 
uzataman! Siz darrov jo'nang! Ana, mistovoqda non, 
likopchada mayiz bor, nondan, mayizdan olib, yo‘lga 
tushing! Tez bo'ling, jo n xola!
Umrinisabibi irg‘ib o'rnidan turdi, non bilan ma- 
yizning hammasini ro'molchasiga tugib, uydan chiqdi. 
Uning uydan chiqib, o ‘z hovlisiga tom on ketayotganini 
kelinchak eshik oldida kuzatib turdi.
Tashqarida kundoshlardan biri Umrinisabibidan nima 
qilib yurganini so‘ragan bo 'lsa kerak, u kichkina 
darichani ochib, bir oyog'ini o 'z hovlisiga qo'yarkan, ba- 
land ovoz bilan:
— Sultonxon ertaga m ehm on chaqirtirm oqchi ekan, 
shunga qarashib beray, deb chiqib edim! — dedi.
Bu baland va keskin ovoz Sultonxonning qulog'iga 
juda xush yoqar edi...
* * *
Ashulachi qizning o'zlarinikiga m ehm on bo‘lib kela- 
jagini eshitgandan beri mingboshining o ‘rtanchi xotini 
Poshshaxon juda xursand edi. Faqat erining shaharga 
ketib, 
bedarak yo'qolganiga achinardi, 
Shaharda 
bo ‘lmasdan shu yerda bo'lsa, bir ish qilib, shaharlik qiz­
ning ovozini unga eshittirish va shu yo‘l bilan kundosh- 
ning ustiga kundosh keltirish qiyin emasligini yaxshi bi- 
lardi. Erining xotinbozligi esa bir unga emas, butun dun- 
yoga m a’lum edi. Zebini bir ish qilib mingboshiga olib 
berish ustida o ‘zining burungi dushmani, ya’ni katta
46


kundoshi Xadichaxon bilan ittifoq boshlashdan ham
tortinm asidi. Shuning uch un b o ‘lsa kerak, bugungi 
nonushtani uning uyida qildi, eng mahram sirlarini ayt- 
gan bo'lib, uni o ‘ziga moyil qildirishga urindi.
— Eringizdan shu choqqacha darak yo‘q-a? — dedi u 
kulib turib.
— Ha, eringiz shaharda qolib ketdi. Bilmadim, yana 
bitta-yarimtaga nazari tushdimikin?
— Nazarlari qursin u kishining? Hadeb tusha berar 
ekan-da...
— Siz-biz «tushmasin», deganimiz bilan tushmay qo- 
larmidi? Xudo o ‘zi tushadigan qilib yaratgan ekan-da.
— Xudovandi karim bu erkaklarni m uncha yaxshi 
ko‘rar ekan, a...
— 0 ‘zimizdan qiyos-da... Oramizda erkakni yaxshi 
ko‘rmaydigan kim bor?.. N ondan oling! Qiyomga qarab 
o ‘tirsangiz-chi...
— N on bilan qiyom har kun bor. Boshqa dardlardan 
gapirishaylik.
— N on bilan qiyom har kimnikida yo‘q. Bu ham 
bornikida bor. Shukur qilsak b o ‘ladi...
— Ming qatla shukur-ku-ya... 0 ‘z boshingizdan 
o ‘tgan, bilasiz, ko‘ngilni timtalagan bir narsa bor...
— M ening k o ‘nglim tim talanib-tim talanib, ado 
bo‘lgan, aylanay... K o‘nglimdagi olovning quruq kuli 
qolgan, xolos. Endi xudoning taqdiri bilan, mening kun- 
larim sizning boshingizga tushibdi. Insof qilganda, ay­
lanay, bu kunni xudo hech bir bandasining boshiga 
keltirmasin. N ondan olib o ‘tiring...
Poshshaxon 
o ‘z 
kundoshining 
bu 
gaplaridagi 
achchiq kesatmalarni to ‘p p a-to‘g'ri o ‘z bag'riga borib 
sanchiladigan 
nayzalar 
bilib 
va 
sezib 
o ‘tirardi. 
Chinakam, bir zam on o ‘zi shu bechora xotinning usti- 
ga kundosh bo‘lib kelib, uning yuragini timtalagan, uni 
rashk va ko‘rolmaslik 
olovlarida yondirgan edi. U 
vaqtda o ‘zi — kuldi, ochildi, quvondi, gerdayib, os- 
m ondan qarab qadam bosdi... Xadichaxon esa ezildi, 
kuydi, o ‘rtandi, xo‘rlanib-xo‘rlanib achchiq-achchiq 
yigiadi. Faqat hali bo‘yida bo ‘lmay turib, o ‘zining 
peshonasiga ham kundosh bitdi. Butun g'ururi sindi,
47


gerdayishi poymol bo‘ldi, sevinchi so‘ndi, yuzi so ld i, 
lablari xazon rangiga bo‘yaldi, umidlari uzildi, oyoqlari 
zo‘rg‘a-zo‘rg‘a sudralib jiladigan holga keldi. Sultonxon 
kelgandan beri uning lablari ikki tishi orasidan chiq- 
mas, ko'zlari sal narsaga yosh olib yuborar, ko‘kragi- 
dagi devlar irg‘itgan og‘ir toshlardan biri ko‘ndalang 
kelib yotardi... Durust, qorni to ‘q, ust-boshi joyida, 
qavat-qavat sarpo, og‘ir m ehnat yo‘q... Lekin yongi- 
nasida boshqa bir yulduz charaqlab, ko‘zlarini qa~ 
mashtirib turgandan keyin bu davlatlardan nim a foy- 
da?
X adichaxonning bu haqli kesatishlaridan keyin 
cho‘kkan og‘ir bir jimlik ichida faqat og'izlargina quruq 
nonni chaynashdan chaloplar ekan, Poshshaxon bu nar- 
salarni o ‘ylardi. Bugun o ‘zining eski dushmani oldida 
dushmanning haq ekanini iqror qilish, albatta, yengil 
emasidi. Faqat narigi — kichik kundosh, mingboshining 
kumush kamarida eng a ’lo naqsh bo‘lib yonib turganda, 
bu zararsiz kundoshing haqligini iqror qilib va uning 
siniq ko'nglini ovlash, shu bilan uni q o lg a olmoq, hozir 
ikkala xotin uchun baravar kundosh bo'lgan kichik 
xotinga qarshi o ‘t ochm oq lozim edi. Bo‘shalgan piyo- 
lani chertib, uzatarkan:
— Aytganingiz rost, — dedi Poshshaxon, — aytgan 
gaplaringiz achchiq bo'lsa hamki, rost. Bu to ‘g ‘rida men 
sizga hech narsa deyolmayman, ayniqsa, men kelganda 
bolalik edingiz siz... Bilaman.
Kundoshining q o iid an sovibroq qolgan bir piyola 
choyni oldi-da, bir-bir ketin ikki-uch ho‘plab, bo‘shal- 
gan piyolani yana qaytardi. So‘ngra davom etdi:
— U yog‘ini o ‘ylaganda, na sizda ayb bor, na menda. 
Qaysi birimiz bu odamga o ‘zimiz xohlab tegibmiz? 
H am m am izni o ta-o n am iz bizdan so ‘ram ay-netm ay 
uzatgan. Bizning ko‘z yoshlarimizga kim qaragan, dey- 
siz?
Shu yerda Xadichaxon e ’tiroz qildi:
— Yo‘q, unday demang. M en, o ‘zim xohlab tekkan- 
man. U vaqtda kuyovingiz yosh edi, m uncha katta amal- 
dor emasidi, nihoyati ellikboshi edi. Birinchi xotinidan 
bola bo‘lmagan ekan, ikki-uch yil um r qilishganlaridan
48


keyin xotini o ‘lib ketgan. M eni olgan vaqtida: «Sen ko‘z 
ochib ko‘rganimsan», derdi... M ening hech bir nolivdi- 
gan yerim yo'q edi. Toleim dan xafa emas edim, bu ora- 
da m ana bu Fazilat tug'ildi. Bola degan ota-onani bir- 
biriga bog‘laydi... Fazilat tug‘ilgandan keyin men juda 
xursand edim. Xuddi o ‘sha paytlarda onam oMdi. Otam 
hajga ketib, u yerda qoldi. Shuncha musibatlarni qiynal- 
masdan o ‘tkazdim. Nimaga desangiz, uyimdan ko‘nglim 
to ‘q edi...
Shu yerga kelganda, Xadichaxon ko'ziga yosh oldi, 
shapaloq gulli obiravon ko‘ylagining uzun yengi bilan 
ko‘zlarini artdi. So‘ngra yoshli ko‘zlari bilan tashqarida- 
gi so‘rida ochiq-sochiq yotgan va boshiga oftob tushib 
qolgan Fazilatga qaradi. C hoynakdagi so‘nggi ikki 
ho'plam choyni quyib, bir ham lada ichib bitirib, choy- 
nak-piyolani narigi yoniga olib qo‘yganidan keyin so‘zi- 
da davom qildi:
— Buningiz am aldor b o ‘lgandan keyin aynidi. 
Mingboshilik yom on hovliqtirdi. 0 ‘z qishlog'ini tashlab, 
bu yerga ko‘chdi. Bu katta hovlini sotib oldi. M ana bu 
katta im oratlarni soldirdi. Bog‘-ro g ‘ qildi, yer-suv 
ko‘paytirdi. Ko‘ngli boshqa savdolarga, o ‘zga ko‘ylarga 
tushdi... Bola ham ko'ziga k o ‘rinm adi, xotin ham. 
Yoniga «haybarakallachilar» kirishdi. Xotin topadigan, 
maslahat beradiganlar ko'payishdi. Bir haftaning ichida 
to ‘y qilib, mening ustimga sizni keltirib qo‘ydi...
Shu yerga kelganda, Poshshaxon chidayolmadi:
— M en xohlab kelgan bo‘lsam ekan... Oyog'imdan 
bog‘lab, bir ch o ‘riday olib keldilar. Tug‘ilganimga, yosh- 
ligimda kasal bo‘lib o ‘lib ketmaganimga o ‘kina-o‘kina 
kelganman.
— Bilaman, aylanay, bilaman... U yog‘ini so‘rasan- 
giz, bu ayol toifasining ko‘pi ota-onaning zo‘ri bilan er- 
ga tegadi. Shunday bo‘lsa ham siz menga kundosh bo‘lib 
kelgansiz-da...
— Kelmay o 'la qolay men! Sizga kundosh bo ‘lib 
necha yil, necha oyim rohatda o ‘tdi? Sizku besh-olti yil 
rohat ko‘ribsiz, armoningiz yo‘q... M en sho‘rlik bir yil 
ham yayraganim yo‘q... Bir kechaning ichida to ‘y ovozi 
chiqdi-yu, ertasi kuni nam ozshom da Sultonxon kirib
49


keldi... O'lganim yaxshi emasmi bu kunimdan? Otam 
o ig u r muning yer-suviga, davlatiga qiziqdi, «yax»1 deb 
turib oldi. Bu davlatlardan unga nima foyda?..
— Davlati qursin, davlati!.. Enaxonning kelinbibisiga 
rashkim keladi... Davlat asari yo‘q. Ro‘zg‘orlari zo'rg'a 
o ‘tadi. Q o‘zichoqday ikki bolasi bor. Eri hamisha yoni- 
da... Kundosh alami yo‘q...
— Nimasini aytasiz...
Ikkovi ham jim b o idilar. Bir ozdan so‘ng gapni yana 
Poshshaxon boshladi:
— M en chidolmayman aslo, men chidolmayman! 
M en aslo chidolmayman bu alamga!
So‘ngra jalanglab tevaragiga qarab olgach, dasturxon 
ustidan kundoshiga egilib, dedi:
— Yana bittani olib berib, m ana bu yashshamagurni 
qonqora qaqshatsam ... Kibru havolarini sindirsam ... 
shashtini qaytarsam... Hovliqishini bossam... U ndan 
keyin sizning dasturxoningizni solib, q o ‘lingizga suv 
berib, qizingizning choklarini tikishib, xizmatingizni 
qilib yotardim! Xoh ishoning, xoh ishonmang!..
— Shu topda siz alamzadasiz, yolg‘on aytmaysiz...
Kundoshlik olovlari, zotan, so‘nib bitgan bu bolalik
xotinga kechagi dushmanning bu kungi xushomadlari 
shirin eshitildi, Sultonxonning ustiga yana biri kelsa, de- 
mak, to'rtinchisi b o la d i va kundoshlik alami yana ham 
yiroqlashadi. Shuni o'ylab, Xadichaxon kechagi kun- 
doshining bugun yordam so‘rab uzatgan q o lin i qabul 
qilishga yo‘q demas edi. Faqat Poshshaxonning yana 
ham ochiqroq va aniqroq gapirishini, to ‘g‘rid an -to ‘g‘ri 
birlik taklifida bo‘lishini kutardi. Kundoshi kutdirmadi:
— Qars ikki q o ‘ldan chiqar ekan! Ikkalamiz bir 
boisak, Sultonni tuzlaymiz. U ndan keyin kundoshlik 
alami, sizdan ikki pog‘ona, m endan bir pog'ona yiroq­
lashadi. Ikkovimiz ham xotirjam bo‘lib, opa-singil tuti- 
namiz. Shu davlatni, qancha kerak, o ‘z qoiim izga olib, 
o‘rtada baham ko'rishamiz. Yoshligimiz shamolga ketib 
b o ‘ldi... Endi davlatdan bir narsa olib qolaylik. 
Qariganimizda asqotadi...
'«Yo‘ q».
50


Xadichaxonning kutgan so‘zlari shu edi. Zotan, u 
so‘zlar uning o ‘z ko‘nglidagi so'zlarning xuddi o‘zi emas- 
midi? 0 ‘zi doim yolg'iz qolgan vaqtlarida doim shu 
to 'g ‘rida o ‘ylab, shu xil tilaklarda bo'lm asm idi?? Demak, 
bugun ikkala kundoshning yuragi bir zarb bilan uribdi! 
Ikkala kundosh bugun bir-birlarini anglab, bir-birlariga 
qo‘l uzatibdilar! M undan yaxshi nim a bor? Bir kishi 
qilolmagan ishni ikki kishi qila oladi. Ikki kishi qilolma- 
ganini uch kishi qiladi. G ap o ‘sha uch kishining bir-biri- 
ga qo‘l uzatib, maslahatni bir qilishida!
— Soz bir qizni to ‘g‘ri qilsangiz, hali ham yo‘q de- 
maydi u fosiq! O 'ylashaylik, b o im a sa ... — dedi 
Xadichaxon.
Kundoshi birdaniga o ‘rnidan turib, uning yoniga 
o ‘tdi va, xuddi jonajon o ‘rtoqlarday, qo‘lini yelkasiga 
tashlab, betlaridan o ‘pib-o‘pib oldi. Bu o ‘pish riyokor va 
aldamchi o ‘pishlardan emasidi. Balki, aksincha, chi­
nakam va astoydil edi. Shu topda Poshshaxonning butun 
vujudini kundoshlik olovi o'rab olgan, ko‘zlari olovning 
alangalari ila chaqnab yonmoqda, ikki yuzi uning haro- 
rati bilan qip-qizil cho'qqa aylanganidi...
Shu osilish va o'pishlar bilan o ‘zining astoydilligini 
bildirgandan keyin, Poshshaxon irg ib o ‘rnidan turdi, 
yugurib borib, eshik va derazalam i qarab keldi-da, dedi:
— 0 ‘ylab o ‘tirish nega kerak? Dunyoning eng soz 
qizi o ‘z oyog‘i bilan qishlog‘imizga kelib o'tiribdi... U 
qizning o ‘zini ham m ehm on qilib chaqirsak... tamom!
— Siz kimni aytayotirsiz?
— Enaxonning shaharlik m ehm onlaridan Zebixon 
degan ashulachisini...
Xadichaxon tan berganday qilib kundoshiga qaradi- 
da, dedi:
— Topibsiz-а!.. Esingizga qoyilman! U qizning ta ’rifi- 
ni men ham eshitdim. Balo emish...
— Shunday bo'lgandan keyin bizning ishimiz yana 
ham yengillashadi. U qizni eringizga maqtab eshitdiradi- 
ganlar bizdan boshqa ham ko'p topiladi. Men bilan 
Sultonni maqtab yedirganlar shunday qizni aytmadi, 
deysizmi?
Tashqaridan yo‘talgan ovoz eshitildi. So‘rida yotgan
51


Fazilat o ‘rnidan turib kelayotir edi. Ikkalasi ham bu suh- 
batni shu joyda uzib, m ayda-chuyda ro‘zg‘or gaplariga 
ko‘chdilar.
Bir ozdan so'ng b et-qo‘lini yuvib, Fazilat kirdi. U os- 
tonaga qadam qo‘yar-qo‘ymas, onasi:
— Bet-ko‘zingni yuvdingmi? — deb so‘radi.
— Ha! — dedi qiz.
— Bo‘lmasa, o ‘choqda kichik choynakda choy bor, 
ola kir. N onushtangni qilasan.
Qiz choyni keltirib qo‘yib, dasturxonga o ‘tirar-o ‘tir- 
mas, gap boshladi:
— 
Kechasi 
charchab kelib, 
uxlab qolibm an. 
BoMmasa, sizlarni uyg‘otib, ko‘rganlarimni gapirib berar 
edim.
— N im alarni ko‘rding? — deb so'radi onasi.
— Qani, gapirib bering-chi, — dedi Poshshaxon.
— Nimasini aytasiz! Zebixon degan bir ashulachi ke- 
libdi, ovozini eshitsangiz, mast bo‘lasiz!
Bular ikkalasi bir-birlariga qarashib, miyig‘larida 
kulib qo‘ydilar.
— Yana kimlarni ko‘rding?
— Zebixon bilan kelgan boshqa qizlar ham biri-biri- 
dan yaxshi, biri-biridan soz, biri-biridan ochiq, biri-biri- 
dan quvnoq...
Onasi, «pix-x» etib, kulib yubordi va eshitilar-eshitil- 
mas qilib:
— Pog'onani yana ham nariga cho'zsak b o ‘lar ekan!
— dedi.
— N im a deb yotirsan, oyi? — deb so‘radi qiz.
— Hech, — dedi onasi. — O 'zim cha bir narsa dedim. 
Sen eshitmay qo‘ya qol...
Bu hazilni o ‘rtanchi xotin anglagan va quvonib kulish 
bilan muqobala qilgan edi.
— M ehm ondorchilik qanaqa b o ‘ldi? — deb so‘radi 
onasi.
— Ha, dasturxondan keling, — dedi Poshshaxon.
— K am bag'alning dasturxoni nim a bo'lardi? N on, 
patir, mayiz, o ‘rikqoqi... savzi qiyom... O xiridazig‘iry o g ‘i 
palov... bitta-yarim ta go‘sht uchrasa bor, bo‘lmasa yo'q...
— Voy, o ‘la qolsin! — dedi Poshshaxon.
52


— На-уа! — dedi qizning onasi.
— D asturxonga kim qarabdi, deysiz? — dedi 
Fazilat. — H am m aning aqli-hushi o'yinda, ashulada, 
qizlarda, haligi Zebixonda b o ‘ldi. To yig‘in tugalguncha 
hech kim jilmadi. H ech kimning jilgisi kelmadi. Yarim 
kechadan keyin qaytib keldik. Biz kelganda, hammangiz 
dong qotib uxlagan edingiz...
— Dasturxoni m uncha yom on ekan, sen chaqirmab- 
san-da, m ehm onlarni. Biz bu yerda qiyom at qilib 
kuzatardik...
— Shuni ayting-a! — dedi Poshshaxon.
— M en sizdan so‘roqsiz chaqirishga botinolmadim. 
Ikkovimiz maslahat qilishdik, ertagi kunga Sultonxon 
ayam chaqirib keldi.
Ikkala kundoshning ko‘zlari birdaniga, o ‘g‘il ko‘rga- 
nini xabar olgan otaning ko‘zlariday, ravshan bir olov bi­
lan charaqladi. Ko‘z himoyasi bilan bir-birlariga sevinch- 
li xabar uzatishib oldilar. Ikkalasi bir-birini ko‘z uchida 
qutladi.
— Sultonxon ayang? — deb so‘radi onasi.
— Ha, Sultonxon ayam.
— M uncha eslik ekan Sultonxon ayang!
— Shunga ham es kerakmi? — dedi qiz.
Xadichaxon ko'zlarini ayyorlik bilan o ‘ynatib turib,
kundoshiga qaradi:
— G apni eshitayotirsizmi? — dedi. — Ertaga bizniki- 
ga shaharlik m ehm onlar kelishar ekan! Sultonxon oyim 
chaqiribdilar. Sultonxon oyim...
Poshshaxon azaldan ayyor b o ‘lgan ko‘zlariga besh 
barobar ravnaq berib turib, muqobala qildi:
— Mingboshi dodhoning suygulik xotinlari bo'lga- 
nidan keyin nim a qilsa ta ’bida! — dedi u. — Kim nima 
deya olardi? H addi bormi, qalay?..
— M uncha eslik ekan bu Sultonxon ayang! — deb 
takror qildi Xadichaxon. — M uncha eslik ekan!..
Ikki kundosh o ‘sha ayyor ko‘zlar bilan bir-birlariga 
qarashib, m a’nolik-m a’nolik kulishdilar.
Qiz bechora, bu kulishlarning nimaligini anglayol- 
masdan, hayron b o ‘lib, dam onasiga, dam kichik buvisi- 
ga qarardi...
53


* * *
M a’lum bazm kechasining ertasi kuni Enaxon bilan 
mehmonlari qorong‘i tushganda, mehmondorchilikdan 
qaytib keldilar. M ehm on qilib chaqirgan xonadon 
qishloqning narigi chekkasida yashaganidan bular ancha 
charchagan edilar. Zebi ham m adan orqada qolib, 
qo'lidagi nasibani aravakashga berib kirgach, Enaxon- 
ning onasi o ‘z qizini xoli topib, Zebi to ‘g‘risidagi fikrni 
izhor qildi:
— Bu Zebinisa o ‘rtog‘ing topilmaydigan qiz ekan, 
bolam. Bir rahmdil, bir oq ko'ngil, bir ilinchakki, bu za- 
monning yosh-yalangi orasida kam topiladi. Shuncha 
joydan olib kelib, shuncha kundan beri poylab yotgan 
bechora aravakash bolani boshqa qizlarning bittasi ham
esga olmadi, yo‘qlamadi. Doim yo‘qlab, xabar olib tur- 
gan Zebixon bo‘ldi. 0 ‘zining q o ‘shnisi b o ‘lib turib Sal- 
tanatxon ham sira yo'qlam adi...
Bu so‘nggi jum lani kampir past bir ovoz bilan yarim 
pichirlab aytgan edi, Enaxon:
— Rost, oyi! — dedi. — Zebixon o ‘rtog‘im bu to ‘g‘ri- 
da topilmaydigan, lekin...
Bu so‘zlam i aytib turib, Enaxon o ‘zini tutolm adi va 
kulib yubordi. Kampir hayron bo‘lib:
— Nimaga kulasan? Yo bilmay gapirdimmi? — dedi.
— Y o‘q, — dedi Enaxon yana kulib turib, — juda 
bilib gapirdingiz. M en boshqa narsani o'ylab kulayotir- 
man...
Qorong‘ida paranji yopinib o ‘tirmasdan, ro'm olini 
pana qilib, asta-sekin kirib kelayotgan Umrinisabibini 
eng ilgari Enaxon ko‘rdi, yuzlarida hanuz o'sha kulish- 
ning alangasi ila tovush bergani holda, uni qarshi olgali 
yugurdi. Zotan, Umrinisabibiga Enaxondan boshqa hech 
kimning darkori ham yo‘q edi. Qizning qo‘ltig‘iga kirib:
— Yuring bu yoqqa, aylanay, sizga ikki og‘iz gapim 
bor, — dedi.
Enaxon uni ayvonga taklif qilib, bir piyola-yarim 
piyola choy ichishga va m ehm ondorchilikdan kelgan 
qatlam adan nasiba olishga chaqirsa ham sira ko‘nmadi. 
Ikkalasi birga h o ‘... narigi, qo‘shni devoriga yaqinlash- 
ganlaridan keyin Umrinisabibi qizni to ‘xtatib, dedi:
54


— Aylanay, qizim, bu gapni sizga qandoq qilib eshit- 
tirishga hayronman. Oraga tushmay o ia y in men...
Bu muqaddimadan keyin Enaxonning ko‘ngli sovuq 
bir narsa sezganday bezovta bo‘la boshlagan edi.
— N im a gap o ‘zi? — deb so‘radi u, tovushida ochiq 
bilinib turgan bir talvasa bilan.
— Meni Sultonxon yubordi...
Shuni aytgandan keyin Umrinisabibi so‘zdan to ‘xtab, 
qizning yuziga qaradi. Qizning yuzi qorong‘ida uncha 
ochiq ko‘rinmasa ham, u haligi so‘zning qizga qanday 
ta ’sir qilganini anglamoqchi va shunga qarab so‘z yurit- 
moqchi bo'lardi. Qiz, yana ham orta tushgan talvasa bi­
lan, boyagi savolni takror qildi:
— N im a gap o ‘zi?
— Sultonxonning onasi birdaniga yotib qolibdi... Hali 
hozir otliq odam kelib, uni olib ketdi. Men erta bilandan 
beri o ‘shalarnikida osh-suvlariga qarashib yurib edim, 
birdan munaqa hoi b o lib qolgandan keyin meni chaqirib 
olib, «Endi men ketayotirman, noilojman, tezlik bilan 
borib, Enaxonga mening uzrimni aytib qo‘ying», dedi... 
Paranjimni ham yopinmasdan, yugurib sizning yoningiz- 
ga chiqdim.
— Endi, ertaga mehm onlarni chaqirish yo‘qmi?
— Sultonxon o'zi boMmagandan keyin kim ham 
chaqiradi? U hovlida undan boshqa odamshavanda kim 
bor? O'zingiz bilasiz-ku, aylanay...
Bu sovuq xabar Enaxonga yom on ta ’sir qildi. U nima 
deyishini bilmasdan, o ‘ylanib qoldi. Bergan xabarning 
yomon ta ’sirini ko'rgan Umrinisabibi u ta’sirni kamaytir- 
moq uchun so‘z to ‘qib ko‘rdi:
— O'rtoqlaringiz om on-esonlik b o isa , yana kelishar- 
ku. 0 ‘shanda Sultonxon ertaning hissasini chiqarmay 
qo‘ymaydi... Yaxshi bola u... Yotig‘i bilan Saltanatxonga 
aytib qo‘ysangiz, eslik qiz, o ‘zi tushunadi...
— G apni c h o ‘zish nim a kerak, xola? — dedi 
Enaxon. — B o‘lar ish bo‘libdi, mening sho‘r peshonam 
ekan, mayli!
— Unaqa demang, aylanay! Hali yoshsizlar, talay 
suhbatlarni, talay bazm larni, talay to ‘y-tom oshalarni 
ko‘rasizlar. Sultonxonning achinganini aytmaysizmi?
55


— Endi achingandan nim a foyda! B o ia r ish bo‘lib- 
di... Mayli endi.
— B olm asa, yaxshi qoling, men boray. Supralar, 
xam irlar shundoq ochiq-chochiq qoldi. Borib yig‘ishtirib 
q o ‘yay. Kundoshlari, o ‘zingiz bilasiz, qayrilib qarash- 
maydi...
— O 'tirib ketardingiz...
Enaxonning bu so‘zlari labining uchidan chiqqan, 
muni Umrinisabibi ham payqagan edi.
— Yaxshi qoling, bo‘lmasa! — dedi Umrinisabibi. 
So‘ngra ayvon tom onga borib o ‘tirmasdan, devor b o ‘ylab 
tezgina ko‘zdan yo‘qoldi.
Enaxonning kechadan beri tortgan rejalari va qurgan 
xayollari buzilgan edi. Endi sevgili o ‘rtoqlarini ko‘ngilda- 
gidek xursand qilib jo ‘nata olmasidi. H ech kimga hech 
narsa dem asdan, kelinbibisini chaqirdi va bo‘lgan vo- 
qeani unga anglatdi. U ham Enaxonning xafaligiga 
qo ‘shildi, lekin boshqa biror iloj ko‘rsatishdan ojizlik 
qildi.
Ikkalasi juda uzoq gaplashdilar, har xil yo‘llarni ax- 
tarib, har turli maslahatni qilib ko‘rdilar, hech biri 
epaqayga kelm adi. O xirda, ertaga erta bilan haligi 
xabarni sekingina Saltanatga bildiradigan, agar m ehm on- 
lar o ‘zlari ketm oqchi bo‘lsalar, «yo‘q» demasdan, ularga 
ijozat beradigan bo'lib, shu m aslahatda to ‘xtaldilar.
Faqat ertalabgacha m ehmonlarga hech narsa dem adi- 
lar. U lar borgan joylaridan charchab kelishib, o ‘tirgan 
o ‘rinlarida shundoqqina uzanib qolgan edilar.
Erta bilan nonushta chog‘ida Enaxonning onasi 
qiziga qarab:
— Qizim, bugun m ehm onlaringni Sultonxonlar- 
nikiga olib chiqarsan-a? — deb qolmasinmi! Bu savol 
qizni ham , kelinni ham shoshirib q o ‘ydi, chunki 
kechagi xabar hali hech kimga eshittirilmagan edi. U ni 
nonushtadan keyin Saltanatxonning o ‘zigagina izhor 
qilm oqchi emasmidilar? Endi bu sodda kam pir u 
«dard»ni ko‘pchilik oldida ochib qo‘ydi. Qiz, tal- 
vasasini berkitishga tirishgani holda, kelinbibisiga qara- 
di. Kelinbibisi bu qarashning m a’nosini darhol angla- 
di va kampirga javob qaytardi:
56
— Sultonxonlarniki sal chuchm al b o ‘lib turibdi... 
Endi, mehmonlarimiz qayerni xohlasalar, o ‘sha yerga 
olib boram iz-da... Bo'lmasa, shu yerning o ‘zida yana 
yozilishib o ‘tiramiz.
Kam pir o ‘rinsiz savoldan yana to ‘xtamadi:
— Sultonxonlarniki nega chuchm al b o ‘ladi?
Enaxon bilan kelin endi haqiqatni ochm oqqa majbur
edilar. Enaxonga qarab olgach, kelin davom etdi:
— Sultonxonning onasi birdan notob b o ‘lib qolibdi, 
qizini kecha oldirib ketgan ekan. 0 ‘zi u yoqda, qanday 
b o ‘lar ekan, deb turibmiz.
Saltanat endi og‘iz ochdi:
— Biz aravani qo‘shtirib jo ‘nasak ham b o ‘lar edi.
Shaharlik qizlardan ikkitasi bu fikrga qo‘shilishdi.
F aqat Zebi Saltanatning yelkasiga turtib, qulog‘iga 
sekingina shivirladi:
— M uncha shoshilasiz? N imangiz qolibdi shaharda? 
N echa yildan bir kelib ham tuzukroq yozilmaylikmi?
Shu vaqtda, salom berib, m ingboshining qizi 
Fazilatxon kelib kirdi. Yoshlar uni o ‘rinlaridan turib 
qarshi oldilar-da, dasturxonga taklif qildilar. Qiz 
ko‘nmadi, ayvonning yonginasiga kelib to ‘xtadi-da, tik 
turgani holda dedi:
— M en m ehm onlarni aytgali chiqdim. Sultonxon 
ayam onalari kasal b o ‘lib, ketib qoldilar. Oyim bilan 
Poshshaxon ayam m ehm onlarni o ‘zlari chaqiradigan 
bo‘lishdi. Bugun kechqurun, albatta, chiqasizlar!
So‘ngra xayrlashib, chiqa boshladi.
U ni 
to 
k o ‘cha 
eshigigacha 
uzatib 
chiqqan 
Enaxonning besaranjom ko‘ngli yana o ‘rniga tushgan, 
tashvishlik yuzlariga sevinch qizilliklari yugurgan edi.
V
Akbarali mingboshining belida kumush kamari, yoni- 
da kumush sopli qilichi, ustida zarbof choponi bo‘lmasa, 
hech kim uni am aldor demaydi. Oddiy kiyimda ko‘rgan- 
lar yo oddiy bir qishloq boyi, yo Yettisuv bilan aloqasi 
bor qo‘ychi, yo b o lm asa, yaylov tom on bilan ish ko‘ra- 
digan tuyachi, deb o ‘ylaydilar. Chakka suyaklari turtib


chiqqan, peshona — bo‘yiga tor, eniga keng va ham 
uzun-uzun uch chuqur ajinga ega.. Burun o ‘rtacha, lekin 
qanshari past... K o‘z qisilibroq kelgan, parda tom irlari- 
dan ikki-uchtasi va ham ikkala ko‘zining bir yonida jin- 
dak joyi ham m a vaqt qizil, bir ko‘zida picha shapagiiq 
asari ham bor... Iyak — keng, jag‘ — sergo‘sht. Juda 
siyrak b o lg an soqol iyakning o'rtasigagina to'planib, 
echkiniki singari, pastga tom on sangillab tushgan. 0 ‘zi 
qoraroq xotin uchrab, bir chang solsa, hech narsa qol- 
maydi! M o‘ylov ham soqol singari siyrak. Usta T o‘xtash- 
ning «asrdiyd» do‘kati ikki kunda bir qirib turganligidan 
lab ustidan kalta va tekis bo‘lsa ham, um um an o'zi, 
yarmidan ko‘pi yiqitilgan daraxtzor singari, xunuk ko‘ri- 
nadi, ikki uchida oltitadan o ‘n ikkita uzun qil, sichqon- 
ning dum iday, ingichka b o ‘lib pastga c h o ‘zilgan... 
D o‘kat bilan ikkala tom onga ikki marta qo‘l tegizilsa, u 
sichqon dumlaridan asar qolmaydi, shu bilan m o ‘ylov 
masxaraboz kepatasidan chiqib, odam nusxasiga kiradi. 
San’atiga berilgan usta T o‘xtash taassuf berilgan narsani 
yig'ishtirib qo‘yib, «san’at san'at uchun» degan nazardan 
qarab... Akbarali mingboshiga m o‘ylov to ‘g‘risida haligi 
taklifni qilgan bo‘lsa-da, shunday katta bir am aldor ham 
xalqning ta ’nasidan qo‘rqib, usta T o‘xtashning taklifmi 
rad qildi. Shu bilan u masxara m o‘ylovlar ayanch bir 
kepatada sangillagancha qolib ketdilar... Mingboshini bu 
baland darajalarga ko‘tarib, uning vositasi bilan o ‘z di- 
m og‘larini ham chog1 qilib turadigan shahardagi to'ralar, 
uning ikki chakkasida sangillab turgan u ingichka 
«kokiblarni «ikki osilganlar», deb piching qilardilar... Bu 
soddadil «sart» am aldori m uningdek pichinglarga 
tushunmasa ham, piching qiluvchi to'ralarning o ‘zlari 
m ashhur rus adibining1 «Yetti osilganlari»dan ham
so‘zda, ham ishda juda yaxshi xabardor edilar...
Akbarali mingboshi o ‘zi yolg'iz qolib «vijdoni» bilan 
qarshim a-qarshi kelgan vaqtlarida, Miryoqubning ulug‘ 
xizmatlarini insof bilan esga olar, unga har to ‘g‘rida m in- 
natdor bo'lganini o 'z «vijdoni» oldida iqror qilardi. 
Chinakam, burungi mingboshiga yaxshi bir uloqchi otni
'L e o n id A n d reyevning «Yetti osilg an lar qissasi» n a za rd a tutilyapti.
58


bekorga olib bergani uchun ellikboshilikka istihqoq qo- 
zonganidan keyin, rosa olti yillik umri o ‘z qishlog‘i bilan 
mingboshining mahkamasi o ‘rtasida daftar ko'tarib, ot 
chopish, qishloqdan odam haydab chiqib, katta yo‘lga 
suv septirish bilan o'tdi. Bu olti yilning mobaynida bir 
uloqchi otning emas, necha uloqchi otlarning hissasi 
chiqarilgan, burungi besh-to‘rt tanob yerga yana bir 
necha besh-to‘rt tanob yer qo‘shilgan bo‘lsa-da, ellik- 
boshilik, har qalay, m ehnat, urinish va yugurib-yo‘rtish- 
ni talab qiladigan amallardan edi... Shu chun mingboshi 
bir yil kuz faslida Ostanaqul boyning katta bir qovun sa- 
yil qildirganini sira esidan chiqarolmaydi, Miryoqub bi­
lan o ‘sha sayilda uchrashib tanishgani uchun sayilni es- 
dan chiqarishga «vijdoni» yo‘l qo‘ymaydi...
Bu orada ko‘p narsalar mingboshining xotiridan faro- 
mush bo‘lganlar... U, faqat, qovun sayildan ikki kun 
keyin Miryoqubning uyiga ikki arava qovun-tarvuz bilan 
ikki zambar uzum, ikki chorakkina qayroqi bug‘doy 
yuborganini eslaydi. Agar xotirasi yanglishtirmasa, shun- 
dan keyin biror oy o ‘ta r-o ‘tmas, bir kun erta bilan ku- 
mush kam ar bog lab uydan chiqqanini, undan bir kun 
burun, kechasi darvozasi oldida shon-shalopli bir mir- 
shabning poyloqchi b o iib chiqqanini biladi. Mingboshi 
bo‘lganidan keyin oz fursatda Miryoqub turgan qishloq­
dan hozirgi hovlini sotib olib, u yerga ko‘chib bordi. 
Boshqa gaplar allaqachon esidan chiqib ketgan...
Yurtning keksa odamlari o ‘zaro so'zlasharkan, bu 
mamlakatda hech bir xon va xonvachchaning m uncha 
uzoq yurt so‘ram aganini so‘zlaydilar. M allaxonlar, 
Xudoyorlar, Nasriddinbeklar yurt ustidan bahor bulutlari 
kabi kelib ketgan edilar. Akbarali mingboshi, mana, o ‘n 
uch yildan beri shu masnadida o ‘tiradi, davlati, obro‘si, 
nufuzi tobora oshsa oshadiki, kamimaydi.
— Xudo bergan-da, xudo! — deyishadi keksalar. — 
Xudoyo «ol, qulim», desa, hech gap emas.
Shundayda ba‘zi bir yosh-yalanglar:
— Xudo hadeb shunaqa insofsizlarga berar ekan-da! 
Biz, bechoralarga ham bir narsa uzatsinchi! — deb qo- 
lishadi.
Buni eshitgan keksalar tayoq ko‘tarib, yosh-yalang
59


ustiga yugurishadi, bechora yoshlar tayoqdan o ‘zlarini 
olib qocharkan, bir-birlariga qarab piching otishadi:
— Nimaga qochasan? Xudo senga ham berayotir, ol- 
maysanmi?..
Yurtning keksalari butun bu davlat, hukum at va 
ulug‘likning — bir og‘iz gapini silliq va yoqimli qilib 
gapirolmaydigan sodda va to ‘ng odamga birdaniga «nasib 
va ro ‘zi» bo‘lib qolishida Miryoqub akaning katta hunari 
bor ekanini yaxshi bilishadi. Shu uchun M iryoqub aka 
ko‘cha-kuyda ko‘ringanda, unga beriladigan salom va 
qilinadigan ta ’zimlar, mingboshinikidan kam bo‘lmaydi. 
Faqat shu qadarisi borki, mingboshi u yoq-bu yoqqa ju ­
da kam yuradi, yursa ham mirshablarini orqasiga er- 
gashtirib, kechasi yuradi; kunduzlari bo'lsa, faqat sha- 
hardagi ulug‘vor chaqirtirganda, zarbof choponlarini ki- 
yib va tatti samanni yo‘rg‘alatib o ‘tadi. Unga salom 
berish va ta ’zim qilishdan bellarga og‘irlik kehnaydi: 
chunki oyda bir, o ‘n kunda bir egilib qo'yish hech gap 
emas. Ammo M iryoqub akaning yurishi ko‘p! U , aksari, 
piyoda yuradi, yurganda ham negadir shoshilib yuradi. 
«Assalomu alaykum!», deb d o n a-d o n a qilib salom
bersangiz, shoshilganidan bo'lsa kerak, «vass...», debgina 
q o ‘yadi. Shu bilan birga, siz tom onga b o ‘ynini 
qiyshaytirib, juda kichiklik bilan alik oladi, doim kulim- 
sirab turgan ko‘zlarini siz tom onga qiyagina bir tashlab 
olib, yo‘rg‘alaganicha ketadi... Jinqarchaday hammavaqt 
va har qayda ko‘rinib qoladigan bu «asl mingboshi»ga sa­
lom berm oqdan bellaringiz toladi...
D o ‘konidan har narsa topiladigan bir baqqolga 
«farang baqqol» deb nom qo ‘ygan keksalar har ishda 
qo‘li b o ig a n bu odamga «Miryoqub epaqa» laqabini 
berib, xato qilm aganlar. O 'zlari ham bu laqabning 
to ‘g‘riligini osongina isbot qiladilar:
— U aralashmagan ish epaqaga kelmaydi...
Mingboshining yer-suvi shu qadar ko‘pki, hisobini
o ‘zi ham bilmaydi. Lekin xudo bu sevgili quliga davlatni 
ikki qo‘llab uzatsa-da, farzand to ‘g‘risida bir oz o ‘ksitib 
qo ‘ygan. D arhaqiqat, katta x o tinidan b o ig a n qizi 
Fazilatdan boshqa uning farzandi yo‘q. M uncha katta 
davlat kimga qoladi? Yetti yot begonalarga, zurriyoti
60


yo‘q ayollargami?.. Mingboshi, m ana shu amalga iloj ax- 
tarib bo‘lsa kerak, bir-ikki yil ichida yosh xotin oldi. 
Boladan darak yo‘q... Shu chun, ba’zida, o ‘zi yolg'iz 
qolib, mehmonxonaga berkinganida va hatto o ‘z soya- 
sining ham eshitmoq ehtimoli qolmaganda:
— 
«Bu qiz o ‘lgur ham boshqadan bo‘lmasin...», deb 
qo‘yadi...
Miryoqub uning yoshi anchaga borib qolganda, 
bunday xotinparast b o iib ketishiga shu farzand 
xususidagi noum idlik sabab b o ‘lmaydiriiikan? deb 
ba’zi-ba’zida o ‘ylab qo‘yadi. Bir kun noyib to ‘raniki- 
da (uezd hokimining o ‘rinbosarinikida) ichkilik qilib 
o ‘tirishgan edilar, ichkilik quyilmasdan oldinroq no- 
yibning onasi o ‘z nevarasini olib kirib qoldi. U — tilla 
sochli, tarvuzday dumaloq, o ‘zi lo ‘ppigina va oppoq 
mom iqday bir bola edi. Mingboshi bolani darhol 
q o iig a oldi va, 
o ‘z aqidasicha, 
«kofir»ning va 
«o‘rus»ning bolasi ekaniga qaramay, mahkam bag'riga 
bosib 
o ‘pdi... 
Bola 
m ingboshining 
basharasidan 
qo'rqqan bo‘lsa kerak, jon achchig‘ida yig‘lay boshla- 
gan edi... Bolani olib chiqib ketdilar. Shundan so‘ng 
mingboshi bir-bir ustun quyib icha berdi, icha berdi... 
Miryoqubning imolari, ishoratlari, uy egalariga eshit- 
tirmay qilgan tanbehlari, hatto do'qlari... hech bir 
ta ’sir qilm adi. M ingboshi tam om m ast b o ‘lgach, 
«Bolani olib kelinglar», deb so‘radi. Bolaning onasi bu 
badmast odamga o ‘z to ‘qlisini bermoq istamas edi. 
Nihoyat, mingboshi yalinib-yolvorib so'ram oqqa maj- 
bur bo‘ldi. H atto ko‘zlariga yosh oldi... So‘ngra no- 
yibning amri bilan bolani uyg‘otib keltirdilar. Faqat bu 
vaqtda mingboshi o ‘zidan ketib, divanga ag‘anagan 
edi...
Farzanddan va esdan m ahrum , lekin yer-suv, pul va 
boshqa boylikka ko‘milgan bu odam ning butun borligi 
Miryoqubning q o iid a edi. Yerdan chiqqan hosilning 
qanchasi o ‘z q o iig a kirib, qanchasi Miryoqub omboriga 
to ‘kilganini mingboshi o ‘zi hech qachon bilgan emas. 
Kerak b o ‘lganda, mingboshi M iryoqubdan pul so‘rab 
olar, un, gurunch, go‘sht, yog‘ va ro‘zg‘orning boshqa 
keraklarini b o is a ichkarining talabiga qarab yana
61


Miryoqub tayyorlab berar, shu uchun jonning rohatidan 
boshqani bilmagan mingboshi undan narisini surishtir- 
mas edi.
Miryoqubning topishi yolg‘iz shu mingboshi orqali 
bo‘lsa, unga «epaqa» nom ini qo‘yish to ‘g‘ri b o ‘larmidi? 
M iryoqubning qilmagan ishi yo‘qligidan shu nom ni 
bergan edilar. Qishloqda ikkita baqqollik, bitta qassoblik 
d o ‘koni, guzarda ikkita samovar bor. Bilgan odam lar bu 
besh muassasadan to ‘rti M iryoqubning kuchi bilan ay- 
langanini so zlaydilar. Shaharda katta y o in in g bo'yiga — 
qo‘rg‘on tashqarisiga bir yangi paxta zavodi tushdi, za- 
vodning kattakon bir paxta saroyi ham borki, paxta terim 
vaqtida uch tarozi bilan paxta oladi. Ana o ‘sha zavodga 
ham Miryoqubni sherik, deydilar. Voqean, uning ikki 
g'ildirakli sariq faytonchasi va sariq yo‘rg‘asi aksar zavod 
oldida bogiangan b o ‘ladi. Shahardagi katta bankalardan 
birida «uchyot qo‘mitasi»ning a ’zosi, haftada bir majlis 
o ‘tkazadi... Shu bilan birga, uning biror joyga chaqa soliq 
to ‘laganini, biror kasbga biror m arta «qizil qog'oz» 
(patent) olganini hech kim bilmaydi.
M ingboshining boshiga ne qora kunlar kelmadi! 
Yaxshi advokatlar tom onidan bitilgan g‘alati arizalar 
qanday tergovchilarni keltirmadi! Qanday zo‘r to ‘ralar 
chaqirib so‘ramadilar! Hokim necha martalar g‘azab b i­
lan chaqirtirmadi! U nday vaqtlarda mingboshi M iryo­
qubning ta ’limi bilan ham m a savollarga «bilmayman», 
deb javob berar yoki biror ayb-isnod qilinsa, tonib tura 
berardi. Rasmiy so‘roqlar bu xilda borganda, orqadan 
Miryoqub g‘ayrirasmiy yo‘llar bilan so‘roq berar, bir-ik- 
ki kun shaharda qolib, qishloqqa qaytganida, ming­
boshining ustidan har qanday og‘ir tog‘ ham ag'anagan 
b o ia rd i. 
M ingboshi qaysi bir to ‘ranikiga borsa, 
Miryoqub, albatta, birgalashib boradi; «bu nimaga ke­
rak?» deb so‘ragan odam yo‘q. Axir, Miryoqub am aldor 
b o ‘lm asa, loaqal m ingboshiga m irza yo tilm och 
b o ‘lmasa, o ‘zi o ‘rus tilini tuzuk-quruq bilmasa... nega 
m unaqa mingboshining ketidan elchib yurardi? Nega?
M iryoqubning ko‘p um ri mingboshinikida o ‘tadi, 
o ‘zining hovlisi ham shu qishloqning o ‘zida-ku, lekin 
chekkaroq joyda. Kechalari uning hovlisida bir-ikki mir-
62


shabning poyloqchilik qilib chiqqanini gapiradilar, faqat 
muni o ‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishi yo‘q, bo'lsa ham ochib 
gapirmaydi, yo... gapirolmaydi!
* * *
Bir kun Miryoqub noyib to ‘raning uyida edi. Bu safar 
olib borgan hadyasi to'raga nihoyat darajada yoqib ket- 
gan b o is a kerak, to ‘ra uni uzoq olib o ‘tirib, ko‘p 
narsalarni gapirib berdi. T o ‘raning tili charchab, 
Miryoqubning og‘zida birinchi esnash asarlari ko‘ringan 
ediki, tashqaridan bir odam kirib keldi. Ikki tom on 
yoqasiga tilladan bolg‘a surati o ‘rnatilgan, novcha bo‘yli, 
mosh-birinch soqolli, xushmo‘ylov va bir ko‘zi jindak 
g ‘ilaydan kelgan bu kular yuzli odam m a’ruf injenerlar- 
dan edi. Noyib to ‘ra bilan betakalluf ko‘rishdi, Miryoqub 
bilan k o ‘rishib o ‘tirm asdan, to ‘p p a -to ‘g ‘ri stolning 
to ‘g‘risiga o ‘tirdi va yumshoq kursini bir q o ii bilan qat- 
tiqqina qimirlatib ko'rgandan keyin, aw al bilagidagi tilla 
soatga qaradi, so‘ngra «da-da» deb cho‘zib qo‘yib, kursi- 
ga o ‘zini tashladi.
Shundan keyin noyib to ‘ra Miryoqub tomonga isho- 
rat qilib va yangi m ehmonga tom on burilib:
— 
Bizning M iryoqub bilan tanishm isiz, azizim? 
Noyob odamlardan! — degach, u odam o ‘tirgan o ‘rnida 
sekingina bosh silkib qo‘ydi.
Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir za- 
harxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini 
ham no'qtalab oldi. M uni noib to ‘ra yaxshi payqadi 
shekilli, Miryoqubga xuddi mehribon otaning sevimli bo- 
lasiga qaraydigan qarashi bilan iliq va muloyim kulib 
qaradi. Miryoqub ham erka o 'g ‘ildek muqobala qildi. 
Shu bilan bu suhbatning Miryoqub aralashgan ko‘rinish- 
lariga parda tortildi-da, ikkala bilimdon so‘zga tushdi. 
Injener, bulbul singari, sayray ketdi, sayray ketdi!
Miryoqub advokat xalqining mahmadonaligini bilardi 
bu odamning advokat emas, injener b o iganini ham ajra- 
ta olardi. Shu uchun boshda ularning tobora qizishayot- 
gan suhbatlariga u ham qiziqib qaradi. Keyincha to ‘ra 
ham, — m ehm ondan yuqdimi nima? — tillarini burro 
qilib so‘zlashga, m ehm onning ko‘p d a ’volarini aksi
63


d a ’volar bilan sindirm oqqa tushib ketgach, bizning 
Miryoqub sekingina q o ‘l uzatib, stolning bir chetida tu r­
gan katta bir kitobni oldi. Kitob surat bilan liq to 'la edi, 
hech sharpa qilmasdan, uni bitta-bitta varaqlay boshladi.
T o ‘ra Miryoqubni unutdi, go‘yo u bu yerda yo‘q 
kabi... Injenerning og‘zidan, ba’zi-ba’zida sartlarga og‘ir 
keladigan so‘zlar chiqib ketganidagina, to ‘ra boyagi 
qarash bilan Miryoqubga qarab qo‘yar, lekin unday fur- 
satlarda uning ikki ko'zi kitobda bo'lsa ham ikki qulog‘i, 
avrashga tushgan ilonday, dikkayganini to ‘ra bilmas edi.
Uzoq cho‘zilgan bu suhbatda M iryoqubning qulog‘i 
bir marta juda g'alati dikkaydi, hatto uning qop-qora 
chiroyli ko‘zlarida allaqanday sehrli olovlar yondi. Uning 
boshi ham kitobdan ko‘tarilib, yuzlaridan yengil bir qizil- 
lik yoyilib o ‘tdi. 0 ‘sha joyda sartlarni kamsitadigan gap 
o ‘tmaganligidan bo‘lsa kerak, to ‘ra ham uzr so‘ragan 
qarash bilan Miryoqubga qaramadi. Ikkala suhbatdosh 
o ‘sha joyda M iryoqubning quloqlarini dikkaytirgan 
so‘zlarni unga va u mansub bo‘lgan xalqqa aloqasiz bir 
narsa deb qaradilar, shekilli, xuddi Miryoqub shu yerda 
bo‘lmaganday, o ‘z oralaridagina o'tkazib yubordilar...
Injener turib chiqib ketgandan keyin M iryoqub 
o ‘m idan turdi va ketishga ijozat so‘radi. T o 'ra u bilan 
xayrlasharkan, injenerning boyagi kamsitishlari uchun 
yana-tag‘in uzr so'ragan bo‘ldi. Miryoqub faqat kulibgi- 
na qo‘ydi, boshqa hech narsa demadi. T o‘ra bu kulishni 
M iryoqubning xursand va rozi ekaniga yo‘ydi va ko‘ngli 
o ‘rniga tushdi.
Faqat M iryoqubning ko'ngli bir necha kungacha 
o ‘rniga tushgani yo‘q. Bir injenerning (u, axir, noyib 
to ‘ra singari katta am aldor emas!), nihoyati bir injener­
ning bir-ikki m arta sartlarni kamsitishi M iryoqubni 
shuncha bezovta qildimi? Yo‘q, unaqa kamsitishlar har 
qadam da bor! Hammasiga bezovta bo‘la bersa, Miryoqub 
bechora to ‘rt kunda sil bo‘lib qolmaydimi? Yo‘q, yo‘q! 
Kamsitishlar o ‘sha onning o'zidayoq unutilgan, o ‘tgan 
yilgi qordek erib yo‘q bo‘lgan, bahordagi yomg‘ir kabi 
asari ham qolmagan...
Injener o ‘sha suhbatda yangi — hali sir bo‘lgan bir 
xabarni aytib edi: shu shahardan boshlab falon-falon joy-
64
larga poyezd yo‘li tushar ekan. Bir shirkat planlarini 
Peterburgdagi katta mahkamalarga topshirgan, ular tas- 
diq qilishga va’da berganlar. Allaqaysi bir bankka pul 
bermoqchi bo‘lgan, tekshirish uchun yaqin orada inje- 
nerlar chiqar ekan. Im orat — bino ishlariga o ‘sha inje- 
nerni chaqirganlar.
M iryoqub poyezdning qayerlardan o 'tish in i bilib 
olgan edi. 0 ‘sha suhbatda uning qulogM bir dikkaydi, 
juda ajoyib dikkaydi, lekin! Ana o ‘shanda poyezdning 
o ‘tish joylarini miyasiga joylashtirgan edi.
Oradan bir hafta o ‘ta r-o ‘tmas, bezovtalik harakatga 
va ishga aylandi. Bir oyga yetar-etm as, o ‘sha kelajak 
poyezd y o li b o ‘ylaridan Miryoqub juda ko‘p — bir 
necha yuz desatin yer sotib oldi. Yerlarning hammasi 
deyarlik suvsiz, noobod, tashlandiq yerlar edi. Shuncha 
ko‘p yerga qancha oz pul ketdi. K o'plar bu shoshilinch 
savdoni bilmadilar; bilganlar M iryoqubni «jinni bo‘lib- 
di», dedilar.
Shirkat poyezd yo‘li solishga ijozat olib, tayyorgarlik- 
larga kirishgandan keyingina, Miryoqub qilgan ishini 
noyib to'raga aytdi.
— 
Sen xuddi bir amerikalikka o ‘xshaysan, Miryo­
qub! — dedi to ‘ra. — Lekin ko‘nglingga og‘ir olma, 
chakki shu sartiya ichida tug'ilib qolgansan!
Miryoqub ko‘ngliga og‘ir olish tugul, bu gapga sevin- 
di balki, yuzlariga yana o ‘sha yengil qizillik yugurdi.
Yangi y o in in g allaqaysi bir joyida ko‘z ilg‘amas bir 
cho‘l bor edi. C h o i, qup-quruq c h o i... Suv — pastda, 
chuqurda. Atrofdagi dehqonlardan ba’zilari u yerni ekin 
yeriga aylantirish uchun turli davrlarda yakka-yakka 
urinib ko‘rgan, lekin ham m a qilgan mehnatlari bekor 
ketib, u yerdan xafsalalari pir bolgandi. Hali ham u 
ch o ‘lda unumsiz qolgan odam m ehnatining asarlari, 
to ‘g‘risi, xarobalar ko‘rinadi: ariqlar, ekin pollari, 
marzalar, bir necha tup qurigan tut daraxtchalari...
Miryoqub oz pul, ko‘p ustalik sarf qilib o ‘sha c h o ln i 
o ‘z nomiga o ‘tkazdi. Faqat bu vaqtlarda poyezd yo'lining 
rejalari tortila boshlaganligidan, odam lar Miryoqubni 
«jinni» demadilar, balki «bu — bir narsani bilib qiladi», 
dedilar.
3
-
3084
65


Poezd y o ii solinib bitmasdan turib, u cho‘lga necha 
tegirmonlik katta suv chiqdi. A w alo o ‘z cho‘ntagining, 
qolaversa, otaxon mingboshining yordami bilan ch o in in g
o ‘rtasidan katta bir ariqni o ‘tkazib qo‘ydi. Shundan keyin 
yersiz dehqonlarga chek b o iib bera boshladi. K o ‘p 
o ‘tmay, u yerda bir qishloq paydo bo‘ldi va suv chiqargan 
odam ning shahardagi otaxoni nomiga atalib «Parpi cheki» 
b o id i (noyib to'raning nomi Fyodor, sartlar «Parpi to ‘ra» 
deydilar.) Keyincha ch o in in g bir chetiga poezd stansiyasi 
tushdi, yoni-beriga choyxonalar, d o ‘konlar, saroylar soli- 
na boshladi. Poezd y o ii ochilgandan keyin o ‘sha joydan 
paxta zavodi uchun yer tanladilar. Bolgariyalardan iborat 
uch kishilik bir shirkat yana o ‘sha joydan ancha yer sotib 
olib, kattakon bir mevalik bog‘ va zo‘r bir sabzavot polizi 
vujudga keltirdi.
H ar qalay, poezd o ‘tgandan keyin, bir necha yil 
orasida Miryoqubning q o iid a juda oz yer qoldi, ham - 
masi har kimga o ‘tib ketdi. Miryoqub yerni uncha sev- 
maydi, yer q o id a n chiqsa, xafa boim aydi. Shuncha yer 
q o id a n chiqqan b o isa, uning baravariga qancha davlat 
q o ig a kirgandir, muni xudo biladi-yu xudoning sevimli 
bandasi qorako'z Miryoqub biladi!..
* * *
Mingboshi o ‘zining rus mirzasi Sokolov, inoq mir- 
shabi M irzabobolar bilan birga saman yo‘rg‘a ustida o ‘z 
darvozasiga kelib to ‘xtaganda, q o ro n g i tushgan, ko‘cha- 
da o ‘ynovchi bolalarning onalari eshik tagiga chiqib, 
«Bemahalda bas endi», deya tergay boshlagan edilar. 
Mingboshining oti to ‘x tar-to‘xtamas, tashqaridagi mir- 
shablar yugurishib borib, darvozani ochdilar, katta dar- 
vozaning bir qanotidan chiqqan ingichka qiytillash ovozi 
muazzinlarning xunuk va qo‘pol tovushlariga qorishdi... 
Bu ovozlar orasida bolalariga qovushgan sigirlarning og'ir 
m oiashlari bilan onalarini sogingan buzoqlarning erka 
m a’rashlari mungli va yoqimli eshitilardi. Mingboshi, ot- 
dan tushar-tushm as, so‘radi:
— M iryoqub keldimi?
M ingboshining musulm on mirzasi Hakimjon q o i
qovushtirib turib, javob berdi:


— Ha, shu yerda. M ehm onxonada uxlab yotibdi. 
Mingboshi o ‘zidan xursand, kuldi:
— Noinsofning kech kirganda uxlashini qarang! Bor, 
uyg'otib chiq!
Ikki mirshab mingboshini yechintirm oqqa bosh­
ladi. Mingboshi hali ham boyagi kulishida davom 
etardi:
— Obbo betavfiq-ey. N am ozshom da uxlaganini! 
M ehm onxonadan ko'zlarini uqalay-uqalay Miryoqub
chiqib keldi. U , hali ayvondan tushmay turib:
— H ormang, xo‘jayin! — deb qichqirdi.
Mingboshi yana o ‘sha kulish bilan o'tirgan joyida un­
ga tom on evrildi:
— Ha, xudo bexabar! N im a bu bemahal uyqu?? 
N amozshom paytida-ya!
— Ha, xo‘jayin, shunaqa... Sizni kutib o ‘tirib, uxlab 
qolibman.
— Q achon kelib eding?
— Kech peshinda. Shundan beri yo‘lingizga ko‘z 
tutib o ‘tiribman.
— Qani o ‘tirganing? Uyquni uribsan-ku! Qani, nima 
gaplar bor? Yangi gaplardan gapir.
— Yangi gapni sizdan eshitamiz. Shaharda edingiz. 
Kimlarni ko‘rdingiz?
— Kimni ko‘rardim? Noyib to 'ran i ko‘rdim.
— N im a gap ekan?
— N im a gap b o iard i. Beriroq kel!
Mingboshining bu amri bilan unga tom on borayotgan
Miryoqub mirshablarga ishorat qildi, ular uzoqlashdilar. 
Shundan so‘ng mingboshi ovozini pasaytiribroq so‘zlay 
boshladi:
— Qumariqning paynovidagi dehqonlar mening us- 
tim dan ariza berganga o ‘xshaydi. Aftidan: «Hamma suv- 
ni mingboshining yerlari ichadi-yu bizga tegmay qoladi. 
Shunaqa qilib, necha yildan beri ekinlarimiz qurib keta- 
yotibdi», deb arz qilishganga o ‘xshaydi. Noyib to ‘raning 
so‘zidan shu m a’lum bo'ladi...
Shu yerga kelganda, mingboshining qovog‘i solina 
boshlagan edi, qisiq ko‘zlarining tez-tez yumilib pirpi- 
rayotganday b o ‘lganini Miryoqub ham payqadi.
67


— Xo‘jayin, — dedi u, — xotirjam b o iib , bitta-bitta 
gapirib bering! Hech bokisi yo‘q.
Mingboshi uning bu so‘zlariga qunt qilmasdan, zabt- 
lik bir ovoz bilan so‘radi:
— Kimning ishi bu? Qani, ayt-chi!
Miryoqub mingboshining hech bir so'zini birdaniga 
qaytargan odam emasdi. Shuning uchun bu safar ham, 
eski odaticha, aylanma y o i bilan javob berishga boshla­
di:
— Kimning ishi b o is a ham bilmay qo‘ymaymiz. 
Ilgari noyib to ‘raning muomilasini, sizga nim alar degani- 
ni gapirib bering.
— Qaysi, xotin taloqining ishi, dedim m en senga!
Mingboshi ovozini bir oz ko'tara tushgan edi.
— Noyib to ‘raning gapidan bilinadi o ‘zi, — dedi 
Miryoqub. — Siz b o ig a n gaplarni aytib bering!
Mingboshi yana hovuridan tushmagan edi. Shunday 
b o is a ham o ‘sha johil ovozi bilan M iryoqubning savol- 
lariga javob berdi:
— Noyib to 'ra aytadi: men seni yaxshi bilaman, dey- 
di. Sen fuqaroni yaxshi ko‘radigan odam san, deydi. 
Basharti, arizada bitilgan gaplar rost b o ig an d a ham seni 
ayblashga ko‘nglim bormaydi, deydi... yerlaringga qaray- 
digan muta^addilar shunday qilsa qilishgandir. 0 ‘shalarni 
chaqirib, tayinlab q o ‘y, sening yeringga ikki-uch m arta 
suv berganda, bir-ikki m arta ularnikiga ham berib 
qo‘ysin. Odamlarning ekinini quritib yuborish yaxshi 
emas, deydi. Bildingmi endi ariza berganning kimligini? 
Qani, ayt-chi?
— Bu gaplardan hali bilib boim aydi. Boshqa gapla- 
rini ayting!
— Boshqa gapi yo‘q. B o isa ham esimda turadi, 
deysanmi?
— 0 ‘ylang. Men uning ham m a gapini bilishim kerak...
— Bilsang bilaqo‘y: o ‘sha taraflarda Yodgorxo‘ja, 
Umaraliboy degan obro‘yli odam lar bor, deydi; ularning 
ham ko‘pgina yer-suvlari bor, yaxshi emas, deydi. Qora 
fuqaro b o isa — ish boshqaydi, deydi, fuqaroning gapiga 
quloq solmayman... Ammo lekin yurtning esli, obro‘yli 
odamlarini xafa qilmanglar, deydi...
68


— Ana, xolos, k o iin ib turibdi: ariza berganlarning 
boshida Yodgor echki bilan U m arali puchuq turar ekan! 
Noyib to ‘ra op-ochiq aytib beribdi.
Mingboshi kuldi:
— Esingga qoyilman, betavfiq! Shuncha esing bor-u 
nam oz o ‘qimaysan!
— Sizga ergashib, shunday boidim -da!
Mingboshi endi juda yoyilib kuldi:
— Obbo, benamoz-ey! G apdan toza bergan senga xu­
do! Shaylaysan, shaylaysan!
Yana ovozini pasaytira tushdi:
— Yodgor echki bilan Umarali puchuqning bir adabi- 
ni bermasam, ko‘nglim tinchimaydi. Bir ilojini qil! Senga 
aytaman!
— X o‘p, xo‘jayin! Shoshmang, m en yana bir surishti- 
ray.
— Surishtirishning nim a keragi bor? 0 ‘shalardan 
boshqa kim qiladi?
— Ehtiyot shart, xo‘jayin! Adab berish qochmaydi... 
Masalaning tagiga yetaylik, balki boshqa gaplar ham 
chiqib qolar...
Mingboshi bu so‘zdan shubhaga tushdi:
— N im a deding?! Boshqa gap ham chiqib qoladi, 
dedingmi? Bu nima deganing?
— Ehtiyot shart, deyman men! Ehtiyot! Yaxshiroq 
surishtirsak, yaxshiroq bilamiz-da, axir! Sizning ishingiz 
bo'lm asin, m en o ‘zim ikki kunda tagiga yetib, sizga arz 
qilaman.
— Ha, mayli, surishtir! Sudrama lekin! Ha!..
Mingboshi shu joyda o ‘zining Miryoqubga e ’timodini
ko‘rsatmoq uchun uning yelkasiga urib-urib qo‘ydi.
— B o ld i xo‘jayin, xotirjam! — dedi Miryoqub.
Ikkalasi ham jim bo idilar. Bir ozdan so‘ng ming­
boshi mirshablarga qarab baqirdi:
— Kim bor, hoy!
Hakimjon yugurib keldi:
— Bor, ovqatdan xabar ol! Qorin ochdi!
Hakimjon yugurib ichkari tom onga ketgach, ming­
boshi Miryoqubga yuzlandi:
— Qani, gapir endi, sen nim a xabar topib qo‘yding?
69


Miryoqub darhol javob berdi:
— T o‘y.
Mingboshi bu birgina, lekin kutilmagan so‘zga bir oz 
hayron b o id i.
— T o‘y?
— Ha, to ‘y!
— N im a to ‘y? Kim to ‘y qilibdi?
— M en to ‘y qilmoqchiman...
— Sen? Kimga?
— Sizga!
— A, benamoz-ey! Menga?
— H a, sizga.
Mingboshi birdan gapning sur’atini tortdi:
— Q o‘y endi, bitta-bitta gapirib ber: nim a gap o ‘zi? 
Miryoqub yaqin o iirib , so‘zlay boshladi:
— Shaharda bir xudo bandasining ikkala dunyoga 
arziydigan bir qizi bor ekan!
Mingboshi erkin-erkin kuldi:
— Tavba de, betavfiq! Astag'furullo, de!
Miryoqub «astag‘furullo» o ‘m iga uyat bir so‘z aytdi.
Mingboshi besh battar yoyilib kuldi.
— A, battol-ey! O, battol-ey! Xudo urdi seni! Xudo 
urdi endi!.. — dedi u.
Miryoqub asta-asta davom etdi:
— O 'zi o ‘n besh-o‘n oltida ekan... Juda yetilgan 
vaqti...
— U naqa yetilganlar qishloqda ham ko‘p.
— U ning boshqa bir xosiyati bor ekan...
— X o‘sh?
— Juda yaxshi, bulbul singari ashula qilar ekan. Ovozi 
Dovud payg‘ambarniki singari, deydilar...
Mingboshi yana kuldi.
— «Sallala», de, betavfiq! «Sallala», de!
— Qazosini aytaman bir yoia! — dedi Miryoqub, 
so‘ngra davom etdi:
— Shuni sizga olib beray, deyman.
— Odamlar ayta beradi. 0 ‘zing eshitdingmi ovozini?
— Yo‘q! Mening xotinim, qizim eshitib, har kun 
maqtashadi. Hammaning og‘zida shu...
— Odamlarga ishonma, dedim-ku. Bu odam lar tegir-
70


m onchi Sham sidinni ham yaxshi q o ‘shiqchi, deb 
yerko‘kka sig‘dirm ay m aqtaydilar. Ovozini eshit- 
gandirsan? Eshak hangrasa, undan a ’lo...
— Xo‘jayin! 0 ‘zingiz bir eshitsangiz edi...
— Boim aydigan gapni gapirma!
— Nimaga boim asin? Qiz o ‘zi hozir shu yerda, qish- 
log'imizda. Katta xotiningizga ayting, m ehmon qilib 
chaqirsin. Eshitasiz...
— Qishloqda? Kimnikida?
— Xolmatnikida.
— Shu X olm atnikida? Shu o ‘zim izning Xol- 
matnikida-ya? U bechora ochidan o ‘lolmay yuribdi, 
m ehm on chaqirib nima qilar ekan? Bitini berib boqadi- 
mi!
— Shuning uchun siz chaqirtirsangiz, Xolmat ham 
xursand b o ia d i, m ehmonlari ham.
— U nday bo'lsa, m en katta xotinim ga aytayin, 
chaqirtirsin. Eshitaylik...
Miryoqubning qulog‘iga egildi
— Kattaning rashki kelmas-a? — dedi.
— Eng kichigidan boshqa hech qaysisining rashki kel- 
maydi. H ar qalay, katta xotiningiz esliroq.
— Yo‘g‘asa, — dedi mingboshi o 'rnidan turib: — men 
bir ichkariga kirib chiqay. Ovqatdan shu choqqacha 
darak bo'lm adi. Sen o ‘tiratur, ketib qolma!
Ichkariga tom on asta bosib yura boshladi. Hali ham, 
boyagi odaticha, xursand b o ‘lib kular va birushta:
— Obbo, betavfiq-ey!.. — deb so‘zlanardi.
Mingboshi ichkariga kirib, katta xotinini chaqirgan-
da, m ehm onlar Poshshaxonning uyida sertakalluf bir 
dasturxon ustida edilar. Dasturxon solib xizmat qilish- 
moq uchun chiqqan Umrinisabibini bir narsadan gu- 
m onlanib Poshshaxon quvib chiqargan: u Zebining 
boshiga kelajak falokatni unga yoki uning yaqin o‘rtoq- 
lariga qanday qilib aytishini bilm asdan, o ‘z uyida 
parvona singari aylanardi. Poshshaxon bilan Xadicha- 
xonning boshlari osmonda. Sultonxonning katta, darang- 
lagan uylari bo‘m -bo‘sh, o ‘zi bu hangomalardan xa- 
barsiz, dutorchi qizlar halitdan dasturxon yig‘ilmay turib, 
dutor sozlamoqda edilar...
71


Mingboshining chaqirig‘iga birdan ikkala xotin «lab- 
bay!» deb yugurdi. Faqat mingboshi katta xotiniga imo 
qilib:
— Bittang kel! — dedi.
Poshshaxon orqaga qaytdi, lekin bu suhbatdan 
ko‘ngil uzolmasdan, yaqin bir joyga berkinib turdi...
Mingboshi odatda xotinlarga kalta gapirar, ular bilan 
ezilib o ‘tirishni o ‘z erkaklik sha’niga sig‘dirolmas edi...
— X olm atnikiga kelgan shaharlik m ehm onlarni 
chaqirtirib, yaxshi bir ziyofat qilinglar, — dedi u. — 
Shahardan kelib, Xolmatning quruq nonini yeb ketsa, 
yaxshi emas!
So‘ngra Xadichaxonning javob berishini kutib o ‘tir- 
masdanoq:
— Ovqating nima b o ‘ldi? — deb so‘radi. — Jadallat! 
Qorin och!
Xadichaxon muloyim kulimsiradi:
— M ehm onlar biznikida, shu uchun ovqatimiz bugun 
kechroq b o iad i. M en sizlarga non-choy chiqaraman.
Mingboshi m ehm onlarning o ‘z uyida ekanini eshitib, 
hayron b o ‘ldi:
— M ehm onlar shu yerda? Qachon kelishdi?
— Nam ozshom ga yaqin.
— Yaxshi, yaxshi.
Bir ozdan so‘ng yana takror qildi:
— Yaxshi. Yaxshi...
So'ngra birdan:
— Ashulachisi bormi, yo‘qmi? — deb so‘radi.
— Bor, — dedi Xadichaxon.
— Ashula qilganda, meni chaqirtir! Durustmi? — shu 
so‘zni aytgach, xotinining javob berishini kutm asdanoq, 
burilib, tashqariga tom on yurdi.
Butun umrlarida deyarlik bunday sertakalluf ziyofatni 
ko‘rmagan yosh qizlar takallufga yarasha betakalluflik bi­
lan, o ig u d e k quturib, o ‘yin-kulgi qildilar. H orib- 
charchab, zo‘rg'a-zo ‘rg‘a oyoq tashlab qo‘shxonalariga 
qaytgan vaqtlarida, yarim kechadan ancha o ‘tib qolgan 
edi. Uyda qolgan ikki kampirga — sahar turib, aravani 
qo‘shtirishga buyurdilar-da, o ‘zlari k o ‘zlarini yum ar- 
yummas, og‘ir uyquga ketdilar. Bular yoshlikning bepar-
72


vo quchog‘ida, m a’sum go‘daklarday, har narsadan 
xabarsiz, to ‘lib-toshib uxlarkan, so‘ri tom on ikki kam ­
pirning tashvishli bir un bilan, allanega besaranjom b o iib
pichirlashgani eshitilardi.
Ularning bin o ‘zimiz bilgan Umrinisabibi b o ‘lib, se- 
vimli Z ebining yosh um riga qasdlangan yom onlar 
to ^ r is id a gapirardi...
* * *
Tong yorishmasdan y o ig a tushib, qishloqdan chiqar- 
chiqmas ashulani baland qo‘ygan Zebi necha yillik g‘am - 
tashvishlardan to'rt-besh kun ichida ortig‘i bilan yozilib 
kelarkan, o ‘z orqasida o'ynayotgan o ‘yinlardan xabarsiz 
edi. Kechasi Umrinisabibidan Zebi to ‘g‘risidagi tashvish­
li xabarni eshitganidan keyin E naxonning onasi 
m ehm onlar javdishgan vaqtda Saltanatni bir chekaga 
chaqirib, haligi xususda ogohlantirgan b o ‘lsa-da, 
Saltanat bu q adar yoyilib va quvnab borayotgan 
o ‘rtog‘ini xafa qilmaslik uchun unga hech narsa de- 
maslikni ep ko‘rdi. Saltanat u to 'g ‘rida bu yosh qizga gap 
ochib, uning yorug‘ ta ’bini xira qilmasdan, o ‘z onasi 
orqali Zebining onasiga eshitdirib qo‘ymoqchi b o iard i. 
Mingboshinikida juda sertakalluf ziyofat yegan bu yosh 
qiz ziyofat bergan juvonlardan juda m innatdor b o im o q
bilan birga, shunday qari va nihoyat darajada xunuk 
odamga, yana kundosh ustiga, tushib qolganlari uchun 
ularga chin ko‘ngildan achinardi. Saltanat bilan birga 
Zebining o ‘zi va boshqa ham m a qizlar mingboshining 
davlati va obro‘si to ‘g‘risida qancha maqtov eshitgan 
boisalar, uning badbasharalikda ham tengsiz b o ig an i 
to ‘g‘risida o ‘shancha vahimali so‘zlarni tinglagan edilar. 
Qizlardan hech biri mingboshi xotinlarining davlatiga 
qiziqmagan, ularning tolelariga ko‘z olaytirmagan, u 
davlatlar to ‘g‘risida o ‘zaro gap ochilganda, ochiq jirka- 
nish bilan, «Davlati boshidan qolsin!» deya qichqirgan 
edi. Saltanat qizlarning ashulalariga q o ‘shilmasdan, o ‘z 
oldiga og‘ir-og‘ir o ‘ylab borarkan, o ‘zini xayolida — bir 
nafas uchu n mingboshi xotinlaridan birining o ‘rniga 
qo‘yib qaradi... Ustida go‘yo xonatlas ko‘ylak, Xitoy to- 
vardan kaltacha, toza beqasam kamzul, qim matbaho
73


shohi ro'm ol, amirkon kavish-mahsi... Keng hovlida, 
daranglagan ayvonlar va so iu m uylarda, odam ni chiroyli 
qilib ko‘rsatadigan qalin toshoynaklarning qarshisida... 
Tilla bilak-uzuklar, yoqut ko‘zli uzuklar, xina bilan 
ch o ‘g‘day lovullab turgan barmoqlar, surmali ko‘zlar... 
Xontaxta ustida anvoyi n o z-n e’mat, turli-tum an meva- 
cheva... Turgan sari yumsharib, pisha boradigan va pish- 
gan vaqtida og‘izga solsa, eriydigan noklar... Quvaning 
yirik donali va nordon anorlari... Haligi nokning eng 
to ‘lganini olish uchun dasturxonga qo‘l uzatar ekan, 
qo‘lini boshqa bir qo‘l kelib ushlaydi... Uning ham qizlik 
havaslari uyg'onadi, yuraklari muloyim va yoqimli bir 
talvasa bilan duk-duk ura boshlaydi: ikki yuzi dasturxon 
ustidagi anor singari qip-qizil b o iad i... Endi u o ‘zining 
«mingboshi xotini» b o ig an in i unutgan, yoshlikka xos 
keng xayol quchog‘ida boshqa olamlarga o ‘tgan edi. 
Uning qarshisida o ‘tkir va serhavas ko‘zlarini o ‘ynatib, 
yosh bir yigit turgan kabi bo iard i... Bu qo‘l, albatta, 
o ‘sha yigitning och va qaynoq qo'llaridan o ‘zga emasdi... 
nihoyat, yosh qiz yosh yigitga tom on astagina qayriladi 
va qayrilgan ham on o ‘zidan ketib qichqiradi:
— Mingboshi!!!
M uning holidan bexabar ashula qilishib borayotgan 
qizlar bu qichqiriqni eshitgach, ch o ‘chib tushdilar.
— Voy, nima bo‘ldi sizga, Saltanatxon? — dedi Zebi.
Qizlar Saltanatni o ‘rtaga oldilar. U esa ikki q o ‘li
ko‘ksida, rangi o'chgan, o ‘zini Zebining quchog‘iga tash- 
ladi. So‘ngra asta-sekin ko'zini ochgach, ham maga bir-bir 
qarab oldi; uning bu qarashlarida og‘ir bir horg'inlik bori- 
di... Keyin ko‘zlari Zebiga tikildi, endi u ko'zlarda aybini 
yashirgan bir gunohkorning qarashlari telmirardi.
— N im a b o id i sizga, Saltanatxon? — dedi yana Zebi.
Saltanatxon javob o ‘rniga q o ‘llarini keng ochib,
Zebiga tashlandi va:
— Zebixon! Jonim Zebixon!! — deya uni mahkam 
quchog‘iga oldi...
Qizlar hayron, hammasining ko'zi ularda.
Saltanatning «mingboshi..,» deya qichqirishi bilan 
barobar aravani to ‘xtatgan O'lmasjon ot ustida orqasiga 
qayrilib — qanday hodisa b oiganini anglayolmasdan—
74


tangriqosh nazarlari bilan qizlarga tikilgan edi. Ikki qiz­
ning bir-biri bilan quchoqlashib, «aylanay, o ‘rgilay» qi- 
lishlari hali-beri tugalmaydigan b o ig an d an keyin yelka- 
sini qoqib, yana oldinga o ‘girildi va astagina «cho‘x» deb 
otini qamchiladi. So‘ngra, u kichkina bir anhorning 
kechigidan kecharkan, otini sug‘orishga to ‘xtagan vaqti­
da Zebi bilan birga Saltanat ham sharaq-sharaq gapga 
tushgan edi.
Shaharga kirgandan keyin qizlar o ‘z uylariga yaqin 
joylarda bitta-bitta tusha boshladilar, shu bilan safar 
oxirida 0 ‘lmasjonning Zebidan boshqa yo ich isi qolma- 
di. K o‘ngillaridagi ajib hislarni bir-biriga bildirm oq 
uchun hali fursat topolmasdan entikkan bu ikki yosh en­
di o ‘n -o ‘n besh minut xoli fursat topganlarida, ortiqcha 
talvasaga tushgan yuraklari dastidan nim a deyishlarini 
bilolmay entikardilar... Unisi ham, bunisi ham bir og'iz 
gap aytolmadi. Ikki yosh ko‘ngilning shu topda kichki- 
nagina bir tilagi b o ‘lsa, ham — bir-ikki mahalla o'tgach, 
yetiladigan hovlining yana bir necha mahalla nariga 
ch o ‘zilishi, yo b o ‘lm asa, keksalar aytgandek, «yer 
tanobi»ning pichagina cho'zilm ay turishi edi. Holbuki, 
shaharga, o ‘ziga oshna joylarga, o ‘z otxonasi bor yerlarga 
kelganini payqagan va qorni ochqay tushgan ot, oshiq- 
m a’shuqning ko'ngil tilaklaridan bexabar, qadamini il- 
damlatar, «yerning tanobi» o'zidan-o 'zi tortilib borardi...
Arava Zebilar masjidi oldiga yetganda, Razzoq so‘fl 
bir necha kishi bilan birga, boshqa bir aravada qarshi 
tom onga o ‘tib ketdi.
— Otam biror joyga ketayotganga o ‘xshaydi, — dedi 
Zebi quvonganini yashirolmay.
— Yiroqroq safarga o ‘xshaydi. Oq yo‘l bersin! — de­
di O im asjon va yumshoqqina kuldi.
Shu chog‘da Zebining ko'nglidan og‘ir bir tog' 
ko'chgan edi.
VI
Saltanatning onasi Zebi to ‘g‘risidagi tashvishni uning 
onasiga astagina eshittirib ketganidan keyin, bir kun 
o ‘tib, Razzoq so'fi qishloqdan keldi.
75


U eshikdan kirar-kirmas, to ‘y to ‘qqizini xotiniga 
uzatib:
— Qizing qani? — deya so‘radi.
Bu shoshilinch savol sho‘rlik onaning bag‘riga tikon- 
dek botdi. Rangi darrov olindi...
— Nimaga indamaysan, hay, Fitna? N im a b o ld i 
senga? — dedi so'fi. Xotinining bu ahvoliga u ham qunt 
qilgan edi.
Qurvonbibi tutilib, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a gap epladi:
— Shu yerda... shu yerda... qizingiz...
U ch bo'lib aytilgan shu ikki og‘iz so‘zda ham be- 
saranjom bir jadallik boridi. Erining biror narsa deyishi- 
ni kutmasdan, bechora xotin boyagi besaranjomlik bilan 
qatorasiga uch savolni chizib tashladi:
— Nimaydi? Nimaga so‘raysiz? Chaqirib beraymi?
Bir-bir ketin va shoshilish bilan berilgan bu uch savol
bir onaning qalbida yolg‘iz bolasiga qanday zo‘r muhab- 
bat saqlanganini Razzoq so‘fiday bir odamga ham ke- 
ragicha ko'rsata olgan edi. U yasama b o ‘lsa hamki 
kulimsiraganday b o ‘ldi.
— 
Qizim 
b o ‘ladi-yu 
so‘ram aym anm i? 
Qiziq 
ekansan... Uyga joy qil, jindak orom olay. T o‘yga borgan 
odam uyqudan qoladi...
Qurvonbibi endi o ‘ziga kela boshladi.
— Kim to ‘y qilibdi?
— Badavlat bir odam. Katta osh tortibdi, lekin! Hast 
eshonim izni chaqirgan ekan, ham m am iz birga bordik... 
Qiyomat suhbatlar' bo‘ldi!
Lekin onaning ko'ngli hali ham tinchim agan edi:
— Zebini nimaga so‘rab edingiz? — dedi yana.
Endi bu safar soTming achchig‘i keldi va birdaniga:
— 0 ‘z qizimni so‘ray olmaymanmi! — deb baqirdi.
— Ha, b o ‘pti... bo‘pti.. Baqirmay qo‘ya qoling! — de­
di kampir va shoshilganicha uyga kirib ketdi.
Hovlida — hovuz b o ‘yida kashtasini tikib o'tirgan 
Zebi otasining kelganini payqamagan edi. Faqat bu 
so‘nggi baqirish uning qulog‘iga alayna borib yetdi, h at­
to «o‘z qizimni..,» degani juda aniq eshitildi. Shundan
'E sh o n la m in g zik r m ajlisi.
76


so‘ng ko'ngli bezovta b o iib , darhol o in id a n turdi. U bu 
yoqqa chiqqan vaqtida chol-kam pir uyda edilar, shuning 
uchun u astagina so‘richaga borib o ‘tirdi va, ikki ko‘zi 
uyning eshigida, bilinmagan bir ko‘ngil qoraligi bilan 
onasining chiqishini kuta boshladi...
Uyga kirib, eshiklarni berkitdirgandan keyin Razzoq 
so‘fi so'z ochdi:
— Zebi qachon keldi?
— Siz ketgan kuni...
— Ikki kunga deb ketgan narsa necha kun yurdi, bi- 
lasanmi?
— Eshonoyim qo‘ymabdilar...
— Eshonoyim!.. M endam i ixtiyor, eshon oyimdami?
— O'zingiz, axir, «Mayli, eshonoyimning ra‘ylariga 
qarasin», demabmidingiz?
— E, ra’ylari qursin, ra’ylari! Yosh bolani bir hafta — 
o ‘n kun saqlaydimi?
Kampir nim a deyishni bilolmay qoldi. Kechagina bu- 
tun ixtiyorni eshonoyimga berib q o ‘yib, bugun eshon­
oyimning tabarruk ra’ylarini ham so‘kib o ‘tirgan bu johil 
soTiga nima deb b o ia d i? Har nim a b o ‘lganda ham, bo- 
lasini ko'rish o 'z zimmasiga tushgan kampir gap topib 
javob qilmoqqa majbur edi.
— Shuncha vaqtdan beri uyda o ‘tira berib yuragi 
siqilgandan keyin, yosh narsa, uch -to 'rt kun yayramaydi- 
mi? 0 ‘zingiz ko‘chadan kirmaysiz-ku!
— M enday bo ig an da, yuraversin! — deb baqirdi 
so‘fi.
Kampir ham bo‘sh kelmadi, ovozini ko‘tara turib:
— Sizday b o ig an d a ham xotin kishi biror joyga chiqa 
oladimi? — dedi. — Bu ro‘zg'or oig urga kim qaraydi? 
Tandur qizitib non yopadimi erkak degan narsa? Yo yosh 
narsani sil qilib, ajalidan besh kun burun o id irm o q - 
chimisiz?
Asta-asta avj olayotgan bu tajang ovozlar allaqachon 
Zebining qulogiga yetib, uning talvasasini besh battar 
ortdirm oqda edi. U chidayolmadi: so'richadan turib ke­
lib, uy darpardalaridan birining takkinasiga o ‘tirdi. Endi 
uyda o'tayotgan gaplarning har birini uning quloqlari bit- 
ta-bitta ovlab borardi.
77


— Ko‘p valaqlamasang-chi, Fitna! Quloq-miyamni 
yeding-ku! Jahlim ni chiqarma, ha!!!
Erining o ‘lgudek badjahl ekanini Qurvonbibi yaxshi 
bilardi. Bu so‘nggi tanbehni eshitgandan keyin hatto 
Zebi ham tashqarida o ‘tirib, bir tom ondan onasining 
tashvishini torta boshlagan edi. Kampir birdaniga ovozi- 
ni pastladi va, mumkin qadar o ‘zini bosib turib, so‘radi:
— Xo‘p, mana, shovqin solmayin. Siz ham yotig‘i b i­
lan gapirib bering: nimaga tashqaridan kirar-kirmas, 
Zebini so‘radingiz? Bir gap borga o ‘xshaydi...
Birdan bu qadar pasaygan ovoz Zebining ko‘nglini 
onasi xususida bir qadar tinchlatgan bo‘lsada, ikki o ‘rta- 
da o ‘tayotgan va o ‘ziga taalluqli gaplarni ochiq eshittir- 
maganligidan uni yana umidsizlikka tushirib, ikki ko‘zini 
eshik tom onga telm urtm oqqa majbur qilgan edi.
— Beriroq kel! — dedi Razzoq so‘fi.
Oddiy ovoz bilan aytilgan va Zebiga aniq eshitilgan 
bu ikki og‘iz so‘zdan so'ng uydagilarning ikkovi ham 
pichirlashga ko‘chdilar. Endi Zebi hech narsani eshitol- 
may qoldi. Q ancha z o 'r berib qulog‘ini darpardaga 
qo‘ysa ham , darpardaning sekin g‘ichillashi bilan birga 
chol-kam pirning pichirlashgani eshitilar, lekin nim a de- 
ganlarini sira uqib b o ‘lmas edi.
Qurvonbibi erining qarshisiga borib o'tirgach, so'fi 
davom etdi:
— Juvonmarg Zebing qishloqqa borib, ashulani toza 
q o ‘yganga o ‘xshaydi. Qishloq odam laridan ko‘p narsani 
eshitdim... Ammo-lekin tutib olib o'ldirsam ozlik qiladi 
juvonmargingni!
Shu yerga kelganda, ona bechora bir narsa demoqchi 
b o ‘lib edi, Razzoq soTi baqirib berdi:
— G apni eshit!..
So‘fining «tutib olib o'ldirm oqchi b o ‘lganini» chala- 
chulpa eshitgan va bu keyingi baqirishdan esa tam om
xabardor b o ig a n Zebi otasining aytadigan qo'rqinch 
gapini bir on aw al eshitmoq uchun entikardi. Faqat so‘fi 
yana pichirlashga tushdi.
— M ingboshining yon-verida yuradigan bir-ikki kishi 
meni xoli topishib, qiz o ‘lguring to ‘g‘risida ehtiyot bilan 
gap ochib ko'rishdi...


— Kimga? — deb so‘radi kampir hovliqib.
— Kimga b o ia rd i, mingboshiga!
— Qaysi mingboshiga!
— Akbarali mingboshiga! Sen tanimaysan uni...
Kampir o ‘zini tutolmadi. Yuragining hovliqqani av-
zoyining ko‘tarilishiga sabab b o id i:
— Mingboshi b o isa , xotini bordir? Xudo urib, kun­
dosh ustigami?!
Bu besaranjom savollar qizning qulog‘iga juda aniq 
eshitilgan edi. U ikkala q o ‘lining qanday qilib ko'kragiga 
borib qolganini o ‘zi ham payqayolmadi... Endi uning 
yuragi, notob b o ig a n kabi, juda sust urm oqda, rangi 
oqargan butun vujudi, latta kabi, bo‘shashgan edi... D e- 
vorga suyanganicha, behol o ‘tirib qoldi.
Miyasida u ch -to ‘rt kun burun o ‘tgan voqealar jonlan- 
di. Mingboshining daranglagan uylari... Sertakalluf ziy- 
ofatlar... Bir-biri bilan bu qadar inoq bo‘lib ko‘ringan 
kundoshlar... Sultonxonning birdaniga oradan y o ‘q 
b o iib qolishi... So‘ngra mingboshi to ‘g‘risida har kimlar- 
dan eshitgan gaplari quloqlarida chinglay boshladi: u — 
o ig u d e k xotinboz... U uch xotin olib, birgina qiz 
ko‘rgan... Shuning alamiga chidayolmasdan, o ‘zini har 
baloga uradi... Davlati, boyligi, hech narsasi tatimaydi... 
0 ‘zi o ig u n d e k xunuk, badbashara... O dam ko‘rsa 
q o ‘rqadi... Shunday b o is a ham qanday chiroylik va 
momiqday qayliqlari bor... Bechoralarning sho'ri...
So‘ngra birdan uning esiga aravadagi voqea kelib 
tushdi: Saltanatxonning birdaniga «mingboshi» deya 
baqirishi... shu barobar rangi o ‘chib, o ‘zidan ketib 
yiqilishi... Ko‘zini ochgandan keyin hammaga bir-bir 
qarab olib, bunga kelganda, uzoq tikilib, keyin bir­
daniga o ‘zini buning quchogiga tashlagani... So‘ngra 
ilgari kunigina Saltanatxonning onasi kelib, buning 
onasi bilan allanimalarni pichir-pichir gaplashgani... 
Shundan beri o ‘z onasining bunga har d a fa ayagan- 
day b o iib qarashlari...
Oh, shu topda Saltanatxon boisaydi! Shu sirlarni 
ochib berib, buning ko'nglini tinchlantirdim ikin? Balki 
bu sirlarni u ham bilmas?.. Bilsa aravada aytmasmidi? 
Yo‘l bo‘yi gaplashib kelib, hech narsa demadi-ku. Yo
79


yashirarmikin? Yashirsa uning d o ‘stligi qayerda qoldi? 
Odam d o ‘st b o larm id i, qalay!
Bu o ‘ylar Zebini jon o'rtog'idan farsaxlarcha yiroq- 
larga olib kctdilar. Endi u na Saltanatxonning kular yuz- 
lariga ishonadi, na Enaxonning... Shu topda u ojiz bir 
maxluq, qo‘li bog‘liq bir qul, hech 
bir ishonadigan 
kishisi yo‘q, yolg'iz va g‘arib...
Faqat birgina kishining uyda o ‘zi uchun kuyib gapir- 
ganini o ‘yladi, shu narsa uning ko‘ngliga taskin berdi. 
O na, yolg‘iz ona... Johil va bag‘ritosh bir otaning 
chegarasiz qaysarligi va teskariligi oldida ojiz bir xotin... 
nimjon bir ko‘ngil...
Ichkarida suhbat davom etm oqda edi. S o ‘zning 
ketishiga qarab ovozlar dam ko'tarilar, dam bosilardi.
— Siz nim a dedingiz, siz? — deb so‘radi kampir.
Uning bu savolidan ochiq bir bezovtalik sezilardi:
«Bu so‘fi o ‘lgur unab qo‘ymadimikan?!»
Razzoq soTi indamasdan, miyig‘ida kulimsirab turar- 
di. Bu kulimsirashda bir m ug‘om birlik asari, «Men 
boMamanu indamay qolamanmi?» degan ifodalar bori- 
di... Kulimsirash bilan yana ham xunukroq kepataga kir- 
gan basharasini kam pir tom on ko‘tarib turib:
— 0 ‘sha betavfiq, benamozga qiz beram anm i, qa­
lay? — dedi.
Bu so‘zlardan so‘ng kampirning ko‘ngli bir oz o ‘rni- 
ga tushdi.
— Xayriyat... Shunday dedingizmi?
So‘fi bu d a f’a nodon xotinini masxara qilib kuldi.
— Ahmoq! — dedi u. — Ularing allaqaylardan daro- 
mad qilib kelib, zo‘rg‘a ipning uchini chiqardi-yu, men 
«yo‘q!» deb tom dan tarasha tushganday javob beram an­
mi?
— Ha, nim a dedingiz?
— Ishqilib mingboshi bilan quda bo'ladigan joyim 
yo'qligini yaxshi bilishdi... Yana nim a kerak?
Suhbat tam om b o ‘lib, kam pir tashqariga chiqqanida 
Zebi holsiz va darmonsiz darparda yoniga ch o ‘zilgan, 
uning hali juda yosh va jonli ko‘zlarida ko‘p yillik 
m ehnat va qiynalishlaming og‘ir bir horg‘inligi ko‘ri- 
nardi.
80


* * *
Razzoq soTining behuda taqvodorlikka suyangan 
so'zlari va Qurbonbibining qayta-qayta ishontirishlari ila 
Zebining ko‘ngli bir qadar tinchlandi. Hovuz bo‘yida, 
yosh tollarning ko 'm -k o 'k bargchalari ostida, hali ham 
allaqanday belgisiz bir tashvish va hadiksirash bilan sizlab 
yotgan ko‘ksini yumshoq shabadaga berib, kashtasini 
tikarkan, uning g'am li ovozi g‘amli kuylarni shabadaga 
qo‘shib, olislarga uzatardi. Arava bilan u yoq-bu yoqqa 
qatnaydigan O 'lm asjon o ‘sha kundan beri yo‘lni bu 
tarafga solganligidan bu g‘amli ovoz uning qulog'iga ham 
b a ’zi-b a ’zida 
kirib 
qolardi. 
Yosh 
yigit 
otining 
qorinbog'isini mahkamroq bog'lash bahonasi ila aravani 
devor yoniga to'xtatar, q o ii ot tegrasida aylangan holda 
butun vujudi devor oshib o'tayotgan qadrdon va yoqimli 
unni ovlashga tirishardi. Bir kun qamchisi belida b oigani 
holda, devor osha ko‘ringan toldan xipchin sindirmoqchi 
b o iib , arava ustiga chiqdi, unda ham bo'yi yetmagach, 
tinch turm agan kegaylarga oyoq qo'yib, g'ildirakka tir- 
mashdi... Bir qo'li bilan devorga osilib, yana bir qo'lini 
tolga uzatgan vaqtida ko‘z uchi Zebiga tushdi: bu vaqtda 
sayrashdan to'xtagan u tutqun qushcha butun mehrini 
kashtaning ilang-bilang kunguralariga qo'ygan edi. 
O 'tgan-ketganlar gumonsiramasin, deb, yigitcha, ko‘z 
uchi ham on hovuz bo'yida b o ig a n i holda, bir qo'li bilan 
kichkina bir tol novdasini sindirishga urinardi. Nihoyat, 
kichkina novda qirs etib singach, Zebi ham boshini 
ko'tarib qaradi, devorda erkak kishining qo'lini ko'r- 
ganidan keyin:
— Voy, o 'la qolay! Erkak kishi! — deb qich- 
qirdi...
Va ov yegan qushday, kashtasini tashlab, ichkari 
tom onga qochdi. Bu xil natijani sira kutmagan yosh yi­
git, gavroni qo'lida, hayron b o iib qoldi. Faqat o'sha 
topda ko'chadan o'tayotgan bir taqvodorning:
— Hoy, bola, tush bu yoqqa! — degan sovuq ovozi 
uni sarosimalikdan uyg'otib yubordi...
G 'ildirak ustidan o'zini aravaga tashlagan vaqtida 
taqvodor yo'lovchi hali ham so'ylanm oqda edi:
— Qanday behayo bolasan! K ap-katta to'ng'izday
81


boMib qolibsanu, sharmu hayo qilmasdan, nom ahram
bor hovliga qaraysan-a! So‘fi ko'rgunday bo'lsa, «go‘sht 
ketti!» qiladi. Ha!!!
Yosh yigit ikki beti qip-qizargan holda eshitilar-eshi- 
tilmas bir ovoz bilan zo‘rg‘a-zo 'rg ‘a:
— 
Otimga gavron sindiray, degan edim-da... — deya 
oldi.
So‘ngra noumid qarash bilan yana bir marta devor 
tom onga ko‘z yugurtirgach, arava ustidan otga hatlab, 
yo‘liga ketdi.
So‘nggi xabar bilan yuragi siqilganini bahona qilib, 
bir kun Zebi ham Saltanatxonlarnikiga yo‘l oldi. Zebi ol­
dida o ‘zini aybdor sanagan va shuning uchun ko‘nglidan 
xijolat tortgan Saltanat o ‘rtog‘ini ortiq darajada zo‘r hur- 
m at bilan qarshi oldi. U ning o ‘z o ‘rtog‘iga qilgan 
muomilalarida hatto «pistoqi ta ’zim» qabilidan bir turli 
yasamalik asarlari ham ko'rilardi. Qishloqdagi voqealar- 
ning tagidan bexabar bo'lgan Zebi Saltanatning bu qadar 
mehribonlashganini o ‘z ko'nglida boshqa narsaga yo'yar 
va... chin ko'ngildan xursand b o lard i. N im a uchun xur- 
sand b o la rd i bu yosh qiz? U bilardikim, 0 ‘lmasjon 
Saltanatlar oilasining yon qo‘shnisigina emas, balki ona 
tom onidan bir qadar qarindoshi va bu xonadonning eng 
qadrdon bolasi. So‘ngra Zebilar oilasi singari bu oilada 
ham erkak bola yo‘q, shu uchun qo'shni va qarindosh 
bo‘lgan bu bola ham m a vaqt shu hovlida, u hovlidan 
ko‘ra ko'proq bu hovlining dastyori va yugurdagi. U bo­
la endi kap-katta yigit bo'lib qolgan... hozir uylantirish 
to ‘g‘risida ayni og‘iz soladigan vaqtlari... Saltanat o ‘zi- 
ning bu sevimli qarindoshiga bu sevimli o ‘rtog‘ini olib 
bermoq istamaydimi? Saltanatda bu istak bo'lgandan ke­
yin, uni onasi bilan katta onasi bilmay qoladimi? Onasi 
bilan katta onasi Zebini yomon ko‘radilarmi? Yomon 
ko‘rsalar, o ‘z qizlarini unga m uncha jonajon o ‘rtoq 
qildirib qo‘yarmidilar? Zebi Saltanatdan ko‘rgan ixlos- 
larni uning onasidan va katta onasidan ko‘rmaganmi? 
Ayniqsa, shu safar? Bu safar Saltanat uning tegrasida gir- 
gir aylangan bo'lsa, u ikki keksa xotin o ‘z yoshlariga 
yarasha pirpirashgan emasmi? Zebiday bir qizning kelin 
bo'lib kelishini kim istamaydi? Qaysi hovli Zebini o ‘z
82


quchog'iga olishdan tortinadi? U chta xotin ustiga m ing­
boshi ham talab bo ‘libdi-ku!..
Bechora qizning butun bu shirin xayollari shu birgina 
«mingboshi» so‘zi kelib chiqishi bilan bir varaqasiga 
parishon b o ‘lib sochiladi, to ‘kilgan tariq kabi, har 
tom onga tirqirab ketadi. Haligi shirin xayollar bilan 
kulib, to iib , ch o ‘g‘day qizarib turgan yuzlari, garmsel 
tekkan ekin kabi, bir nafasda so‘lib, o ‘lib, uchug‘dek 
bo'zarib qoladi...
Har qalay, sevimli o ‘rtog‘idan va uning onalaridan 
ko'rgan ixlos va hurm atlari uchun haligi m ulohaza 
orqasida Zebi xursand, uning xursandligini ko‘rib, o'z 
gunohlarining kechirilganini yo boMmasa, 
ancha 
yengillashganini o ‘ylagan Salti va uning onalari xur­
sand... Ikkala tom on ham bir-birining ko'nglidan be- 
xabar, shu xilda xursandlikka ko'mildi.
Zebining bu xursandligi, albatta, kuzatgan maqsadiga 
erishmoq bilangina poyidor b o iard i. U maqsad ham, 
dovon oshuv qadar zo 'r bo im asd an , nihoyati devorga 
osilib, gavron sindirgan yigitni bir ko'rishdan iborat edi... 
Faqat chorbozorchi bilan aravakashni uyida uchratm oq 
oson narsami? O 'lmasjonning aravakashlikka kirishgani- 
ga faqat to ‘rt oy bo‘ldi, lekin shu to ‘rt oy ichida to 'rt 
m arta butun kecha-kunduzni uyida o'tk aza oldimi? 
Sahar chiqib ketadi, yarim kechada kirib keladi, agar 
olisga ketmasa! Olisga ketsa, ikki-uch kun o ‘tkazib kela­
di. Bolasining darbadarligiga achingan ona o ‘sha kuni — 
Zebi Saltanatlarnikiga borgan kuni:
— H unar b o im a y o ‘lsin! — deya so‘zlandi. — Bolam 
bechoraning yuzini kun yorug‘ida ko‘rolmayman! Ishlab- 
ishlab topgani nima? Topib keltirgani nima? Ro‘zg‘orga 
yuq bo‘lmaydi... Qaymog‘ini karvonboshi yalaydi, albat­
ta. Bu sho‘rliklar yugurgani-yugurgan, qatnagani-qatna- 
gan, karvonboshi — og‘zining yeli bilan topadi... Shu 
ham insofmi?
Bunga otaning g‘ashi keldi:
— M uncha jovraysan, hay! — dedi. — Shukur qil- 
sang-chi! Qimorboz b o iib , bor-yo‘g'ingni «gardkam»ga 
bersa, nim a qilarding? Ahmadalining katta o ‘g‘liday bu­
tun ro‘zg‘orini ichkilikka sovursa, nim a qilarding? Ishga
83


kirganiga to ‘rt oy endi bo ‘ldi. Haligacha oz topgan 
bo‘lsa, bundan nari ko‘p topar. Hali yosh, ishlasin 
ozroq... M ehnatsiz rohat bormi, qalay!
— Ishga kirganiga to ‘rt oy b o ‘ldi-yu, to ‘rt yillik char- 
chadi bolam! — dedi ona. — T o 'rt yillik qaridi bolam! 
Bola tug‘ish, katta qilish osonmi? K o‘cha-ko‘yda yurib, 
gapira berasizlar-da! «To‘rt oy endi bo‘ldi-ya!..» O g'zin- 
gizning bir chekasidan chiqadi!.. Y o‘q, aravakashligi 
qursin! Boshqa ishga beramiz... b o ‘lmadi bu. Boshini 
yesin karvoning!..
— Boshqa ish oson, deysanmi? — deb e ’tiroz qildi 
ota. — D unyoda oson ish bormi? Puling bo'lsa, davlating 
bo‘lsa, og‘zing bilan gapirib topsang... qani edi... Bu 
davlatni xudovandi karim ham m aga berm as ekan! 
Berganga berar ekan!
O na b o ‘sh kelmadi:
— Bermadi, deb yotaverasizmi? — dedi yana. — 
«Olma pish, og‘zimga tush!» bilan b o ‘ladimi? Axtargan 
topadi! Istasangiz, bolangizga durustroq kasb ham topila- 
di. Sal mundoq dam olib yayraydigan boisin-da!
— Kechagina qizlar bilan qishloqqa borib, bir hafta 
o ‘ynab keldi-ku!
Otaning shu «qizlar bilan» degan so‘zlari 0 ‘lrnasjon 
tenglik yigitlar og‘zidan chiqadigan darajada, harorat va 
iliqlik bilan, turtib aytilgan edi. Ona darhol payqadi:
— Yoshingiz ellikka borib qolsa ham , «qizlar»ga qi- 
ziqmay o'ling! «Qizlar bilan», deb bir moylab aytasizki! 
Shu aftingizga yana qiz olgingiz bor! Bo‘yiga yetgan 
o ‘giingizni o ‘ylang awal!
Ota u tom onda qah-qah otib kuldi.
— Sen, — dedi u, — qishloqqa borib, bir hafta yayrab 
kelganidan gapir!
Ona javobni darrov taxladi:
— Besh kun yayrab kelganiga m en qancha narsa sotib 
berdim, bildingizmi? — dedi. — U ch k o ‘ylaklik chit, ik­
ki belbog‘, Saltanatxonning bir farang ro‘molini sot- 
dirdim!
— Kimga berding pulini? O'lmasing, hali, shuncha 
pulni yeb keldimi?
— Qayerda 0 ‘lmas yeydi!.. O 'lm as bir chaqa ham
84


yegani yo‘q. O t-aravaning ijarasiga, deb karvon-boshiga 
berdim. «Endi, bir oygacha, bir chaqa ham bermayman 
senga!» degan ekan, bola sho‘rlik yig‘lagunday bo'lib kel­
di. Unga javr b o ‘lmasin, deb, Saltanatxon ikkovimiz, 
bisotimizdan narsa sotib to ‘g‘riladik. Hech narsadan 
xabaringiz yo‘q, gapira berasiz-da!
Kulishdan to ‘xtab endi jiddiylashgan ota yana e ’tiroz 
qilib bir narsa dem oqchi edi, darichadan Saltanat bilan 
Zebining chiqib kelishi uni boshini quyi solib, ko‘chaga 
chiqib ketishga majbur qildi.
Zebi Saltanatlam ikida turib, bu aytishuvning ba‘zi 
joylarini eshitgan, o ‘z boshiga balo keltirayozgan qishloq 
safarining bu yo‘qsil xonadonlar uchun juda qimmatga 
tushganini endi bilgan edi. Shuning uch u n darrov 
o ‘rtog‘idan koyidi:
— Qishloqqa ham m am iz birga borib edik. Og‘irini 
o ‘zingiz bilan 0 ‘lmasjonning oyisiga tortdiribsiz-da! Men 
ham qo‘shilishardim-ku...
Saltanat ham o ‘rtog‘ini darrov o ‘z quchog‘iga oldi.
— Bitta ro‘mol ketdi, xolos, — dedi. — Uni ham 
mingboshinikidan o ‘rab kelmadimmi? 0 ‘ziniki o ‘ziga 
bo'ldi, jonim!
— O 'lm asjonning onasi-chi? — dedi Zebi. — 
Bechoraning uyi kuyibdi-ku. Yo‘q, o ‘rtoq, ertaga men 
sizga bir narsa yuboraman! Albatta, yuboraman!
Saltanat bu to ‘g‘rida Zebidan hatto quruq so'zning 
o ‘zini ham eshitmoq istamas edi. Shuning uchun darrov 
so‘zni boshqa tom onga burdi:
— Yuring, bo‘lmasa! 0 ‘lmasjonning oyisini yupatib 
chiqaylik...
Bu so‘z bilan birga o ‘rtog‘ining q o lid a n tortib, dar- 
cha tom onga boshladi.
Zebining ko‘ngli yana o ‘ksib qoldi. 0 ‘lmasjon 
kechadan beri yo‘q edi. Kech paytda kelarmikin, deb 
qorong‘i tushguncha qolsa ham boladan darak bo'lm adi. 
Saltanat bilan onalari uni yotib qolmoqqa qistasalar-da, 
otasining qahridan qo'rqib, sira unam adi. Q orong‘i 
tushib qolganligidan, «Yosh narsa yolg‘iz ketmasin», deb 
bir kam pirni qo‘shib berdilar. Bular darvozadan chiqib, 
muyulishga yetganda u yoqdan 0 ‘lmasjon ko‘rindi: char-
85


chagan otini horg‘in-horg‘in qamchilab, asta-asta sud- 
ralm oqda edi. Ikkalasi bir-birini ko‘rishdi, tanishdi... 
Zebi ehtiyotsiz to ‘xtab qoldi, 0 ‘lmasjon ham o ‘zi payqa- 
m asdan otining boshini tortdi... Faqat, na unisi bir narsa 
deya oldi, na bunisi ovozini chiqarishga botindi. U lar 
o ‘rniga — «nomahramlar qasdidan qo'rish» vazifasini 
ustiga olgan kampir uh soldi:
— Hay, nimaga to ‘xtadingiz? — dedi Zebiga qarab.
— 0 ‘lmasjon, nimaga to ‘xtading, bolam? — dedi unga 
tom on burilib.
0 ‘lmasjon javob eplay oldi:
— Sizni ko‘rib to ‘xtadim, xola! — dedi u. — Y o‘l 
b o ‘lsin kech kirganda?
— M en bu m ehm onni kuzatib borayotirman, — dedi 
kam pir. So‘ngra, bir-ikki qadam bosgach, orqasiga 
qayrilib: — Tez boring, oyingiz tashvish tortib qoldi! — 
dedi...
Va Zebining ketidan yo‘lga tushdi. Zebi ham kampir- 
dan q o ‘rqib, orqasiga qarayolm asdan, lekin k o ‘ngli 
o ‘ynagan va ikki tizzasi yengilgina qaltiragan holda tez- 
tez yurib ketdi.
Bu yoqda otiga serzarda qam chi bergan 0 ‘lmasjon- 
ning horg‘in vujudi bu qaltis uchrashuvning guldirama 
olovida yonarkan, o ‘zidan begona bo‘lib ketayotgan 
Zebining ko‘zlarida yirik-yirik marvarid donalari yiltirar- 
di...
VII
Ikkala yosh ko‘ngil qorong‘i muhitning og‘ir kishan- 
lariga bog‘langan holda noumid muhabbat bilan bir-bir- 
larining hasratida entikar ekan...
Akbarali mingboshi, kuchli panjalari orasiga olib, 
yangi bir gazetni g‘ijimlamoqda va qimorbozlarga xos 
og‘zi maymoqlik ila gazet yozganlarni so‘kmoqda edi.
Jadidlar tom onidan haftada ikki marta zo‘rg‘a chiqa- 
riladigan bir gazetada mana shu besh-olti og‘iz so‘z bo- 
ridi:
«...bo‘lusining hokimi mutloqi o ‘lan Akbarali ming­
boshi butun boiusn ing yagona usuli jadida maktabini


bog‘latib, muallimini haq bermasdan haydatdirdi... Uch 
oygina davom eta olmish bu maktab millat bolalarina oz- 
da bo‘lsa oq-qorani tanitdirm oqqa muvaffaq bo‘lmish 
edi. Mingboshining o ‘zi esa har sana bir evlanmoqdan, 
xotin yangilamoqdan bo'shalm aydur... U ch xotini ustiga 
yana to ‘rtinchisini, hatto besh-olti-ettinchisini... ham 
oluvga qarshi emas.

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin