«sharq» na sh riyo t-m atbaa a k siyado rlik kom paniyasi bosh tahririyati



Yüklə 6,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix20.11.2023
ölçüsü6,29 Mb.
#165695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kecha va kunduz

Fatonatlik' ey yaxshilar sarvari,
Basharmusen yo maloik, yo pari,
Jafo qilsang, ko‘p oshiqning daftari,
N e gunohim , menga tanho aylading2, —
deb to ‘rt xat bayt yozilgan. Tagiga juda savodsiz va xunuk 
xat bilan quyidagi so‘zlar ortdirilgan edi:
Dardingizda ezilib ado b o ‘ldim,
K o‘rishmak iloji horrnikin?
Hakim jon bu xatni qayta-qayta o ‘qidi. 0 ‘zi juda yu- 
vosh va beozor bo‘lgan bu bola um rida birinchi m arta 
yuragining o ‘ziga bo ‘yinsunmaganini, nogahon uyg‘otil- 
gan ko‘nglining g‘alati hislar bilan entikkanini, ko‘k- 
ragida og‘ir bir to ‘qmoqning to ‘xtovsiz bir ko‘tarilib, bir 
tushib turganini va o ‘ziga yot bo'lgan allaqanday tum an- 
li xayollarning miyasida poyga qo‘ya boshlaganini sezdi.
«Ariza»ni beruvchi ham , oluvchi ham bu kecha uxla- 
gani yo‘q.
Ertasi kuni ertalab ikki katta kundosh Zebi bilan bir­
ga hovlida hovuz b o ‘yida nonushtaga o ‘tirdilar. 
Dasturxonda yangi uzilgan va shudring yegan salqin
1 F a t o n a t - o 'tk ir z eh n li, xushfe’l.
: M uqim iydan.
216


uzum boridi. Zebining so io v i bilan Xadichaxon yom on 
ko‘rgan kundoshini — Sultonxonni ham chaqirdi.
— X o‘p, — dedi Sultonxon, — birgalashib nonushta 
qilaylik. M en H akim jonni chaqirib, kechagi Qiyomid- 
din hoji akamning arizalarini tayinlab qo‘yay... Juda 
uyatlik odam lar edi. U ndan keyin hushchaqchaqlik qi- 
lishamiz.
Xadichaxonni hovuz b o ‘yiga jo ‘natib, o ‘zi tashqari 
eshik oldiga keldi. Eshikdan boshini chiqarib, u yoq-bu 
yoqqa qaradi. H ech kim yo‘q...
— Hakimjon, ho, Hakimjon!
M ehm onxonadan Hakimjon chiqib keldi.
— Xo‘sh, kim u chaqirgan?
— M enm an, men. Sultonxon ayangiz. Bir-ikki og‘iz 
gapim boridi.
0 ‘zini panaga oldi. H akim jon qizarib, ch o ‘g‘day 
yonib, eshik yonida to ‘xtadi. Ikki ko‘zi ko‘cha tom on- 
da — darvozada...
Sultonxonning ovozida hech qanday qaltirash, qo‘r- 
qish va tortinish asarlari yo‘q edi, xuddi qichqirganday 
chiqardi. H ar bir so‘zi dona-dona va dadil-dadil aytilar- 
di. «Xat yozgan boshqa b o is a kerak, — deb o ‘yladi 
Hakimjon. — M unaqa nozik gaplar m unday dadillik bi­
lan aytilmaydi».
— M irshablar qani? — deb so‘radi Sultonxon ovozini 
pasaytirib, o ‘zi panada turardi.
— Ikkitasi shaharda, bittasini guzarga chiqardim, el- 
likboshini topib kelish uchun...
— Yaxshi qilibsiz...
So‘ngra ovozini ko‘tara tushdi.
— Kecha bir kam pir sizga arizani topshirgan b o is a
kerak. M en tayinlab edim.
— Ha, topshirdi.
— 0 ‘sha ariza bergan odam otam ning juda qalin 
o ‘rtog‘i. M ingboshi dodhoning q o ila ri tegmasa, o ‘zingiz 
bir narsa qilib, to ‘g‘rilab yuboring. Juda uyatlik odam 
edi. Qiyomiddin hoji degan, toshloqlik.
— Oson ish ekan. 0 ‘zim to ‘g‘rilab yuboraman.
Shunday qiling, mirza.
Ovozini pasaytira tushdi.
217


— Mingboshi kelgani yo'qm i?
— Hali tez kelmas. Mingboshi shu topda guzarda 
bormi, yo‘qmi...
Eshikdan m o ‘ralagan bo‘lib, Hakimjonga jindakkina 
ko‘rinib qo‘ydi. Hakimjon battar qizardi va orqaga tisa- 
rildi.
— M uncha qo‘rqasiz? Yaqinroq keling... — dedi 
Sultonxon juda past ovoz bilan. — Sizni birov yeb 
qo‘yadimi?
— Yo‘g’-e, — dedi Hakimjon zo‘rg‘a-zo ‘rg‘a.

Yüklə 6,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin