— Xatni o ‘qidingizmi?
— Ha... o ‘qidim...
— Achchig‘ingiz kelmadimi?
— Nega, nega... xursand bo id im ...
— Xursand boldingizm i? Rostdan-a?
Shu onda hovuz b o ‘yidan kundoshlarning baland
qahqahalari eshitildi.
— Boshim osmonga yetdi.
— Nechaga kirdingiz? — dedi birdaniga Sultonxon.
Yana ko'rinish berdi.
Bu kutilmagan savolga Hakimjon hayron b o id i.
— Yigirma to ‘rtga? Yosh ekansiz... M uncha qochasiz
odam dan? N im adan qo‘rqasiz? Beriroq kelsangiz-chi...
Hakimjon bir-ikki qadam oldinga bosib, ko‘zlarini
yerdan ololmay to ‘xtadi. Sultonxon boshini chiqara
tushib Hakimjonga tikildi. Suzilgan va maylli ko‘zlari
o ‘tdek yonardi. Sekingina bir «uh» tortdi. «Qip-qizil
ch o 'g ’...», dedi o ‘ziga-o‘zi.
— Shunaqa uyatchangmisiz?
— U yalg'anim yo‘q...
— H a, yolg‘onchi! N im aga, b o lm a s a , qip-qizil
cho‘qqa aylanib ketibsiz?
— Bilmasam... Xatga achchig'ingiz kelgani yo‘qm i?—
deb yana so‘radi Sultonxon.
— Yo‘q... nega? Juda xursand bo id im ...
— Kichkina hujrada kecha-kunduz bir o ‘zingiz zerik-
maysizmi?
Hakimjon angladi.
— Zeriksam qandoq qilay? Xudo, ovunchoq berib
qolar...
218
—
Astoydil tilab tursangiz, ajab emas. Ha, boring en
di, sizni qiynab qo'ydim ...
Hakimjon o ‘m idan jilolmay qoldi. Hovuz b o ‘yidan
yana qahqaha yuksaldi. Sultonxon qizarib turgan yosh
yigitga oxirgi m arta tashna nazarlarini tashlab, asta-sekin
yiroqlashdi...
* * *
Sultonxon yaqindagina mingboshining yosh va se-
vimli xotini boiganligidan ichkaridagi uylarning eng kat
ta, yasogiiq va savlatlisi unga berilgan edi. Ichkarining
etagida bir yangi
hovuz oldidagi
m aydonchaga
yopishadigan bu sirkorlik uy ichkaridagi boshqa uylar
ning har biridan bir, bir yarim baravar zo‘r keladi.
Poshshaxon bilan Xadichaxonni o ‘rtagan alamlarning
biri shu uy emasmikin? Ajab emas: eng yaxshi uy eng se-
vimli xotinniki boiadi-da!
Zebining
to ‘yiga
ikki-uch
kun
qolganda
Sultonxonning yo‘qligidan foydalanib, ikkala katta kun
dosh u katta uyni bo ‘shatdilar: Sultonxonning uncha
ko'p bo'lm agan ro‘zg‘or va kiyim-kechaklarini bevosita
tashqariga yopishadigan kichkinagina, pastgina, taxta
shiftli va oddiy ganchli, bir uychaga ko‘chirib q o ‘ydilar.
«Ortiqcha haqorat b o iib ketmasin», degan m ulohaza bi
lan Xadichaxon o ‘zi Sultonxonning ham m a bisotini
kichkina uyga chiroylik qilib joylab ham qo‘ydi. Hatto
katta uyda yetimdek ko‘rinadigan bir siqim ro ‘zg‘or va
kiyim-kechak kichkina uychani kemtiksiz to id ird i, katta
uyning bir chekkasida na u yoqqa va bu yoqqa qarashini
bilmay sargardon b o ig a n chiroyli qashqar gilami bu
kichkina uyga juda choq keldi. Shunday qilib, bu majbu-
riy ko‘chirish Sultonxonga chigilingina va soiim gina bir
uycha baxsh etdi. U kichkina uychaning ichkari tom on
yonboshida, Xadichaxonning dahlizi bilan bir qatorda,
kichkina bir ganjinacha b o iib , unda qish ichi m eva-che-
va va qovun-tarvuz saqlanar, bir-ikkita semiz oshqovoq-
lar chirib tam om boig un ch a, o ‘sha q o ro n g i ganjinada
qolardilar. Ganjinaning o ‘ng tom onida bo‘rgarlik obrez
yonida tashlangan bir o ‘choq, necha yildan beri yotgan
bir quchoq o'tin , devorda sirkadan bo‘shalgan bir-ikkita
219
qovoq... Ganjinaning butun borligi shundan iborat! Chap
tom onda esa bir odam ning yarim bo‘yi qadar keladigan
tor va kichkina daricha. Bino b o ‘lganidan beri ko‘p
bo‘lsa ikki-uch marta ochilgan, ichkaridagilardan hech
birining esida va xayolida ham qolmagan bu darichadan
oshib o'tsangiz, qator-qator uylarning ketidagi kattakon
va tartibsiz o ‘stirilgan boqchaga tushasiz. Darichaning
chap tom onida — besh qadam narida ichkari boqchasi
bilan tashqari boqchasini bir-biridan ayirgan besh paxsali
eski devor. Devorning uylarga yaqin bir yerida — bu ham
o ‘ng qadam dan oshmaydi — ichkariga ochiladigan bir
qanotli eski eshik, ichkaridan zanjirlanadi. Eshikdan u
yoqqa o'tsangiz, tashqarining cho‘ziq, ensiz boqchasi.
Unga faqat mirzaxonadan bir deraza va bir eshik ochila-
di. Deraza oldida Hakimjonning ish stoli. M irzaxona
dan
bir
eshik
dahlizga
ochiladi,
bir
eshikcha
H akim jonning kichkinagina hujrasiga olib kiradi.
Ichkaridagi uylarning boshqa hech biridan boqcha
tom onga na deraza bor va na eshik. Chunki boqcha
ko‘cha demak, ko‘chada nom ahram bo'ladi, nom ahram
nazaridan o ‘z nomusli xotinini saqlash har bir musul-
monning vazifasi!
Q at'iy qarorini berib, miyada chala-chulpa ishlangan
planlar bilan erinikiga qaytgan Sultonxon bu majburiy
ko‘chirishdan xursand va o ‘z kundoshlarini ko'ngildan-
gina olqishlagan edi.
Hovuz b o'yida kundoshlari bilan o'ynab-kulib
nonushta qilgandan keyin, ichkarining keng sahni
o'rtasida — shaftoli tagidagi so'richada yig‘ishtirilmasdan
turgan o 'rin larin i yig‘ishtirdi, asta-sekin uychasiga
tashimoqqa boshladi.
— Hay, qishga bir talay bor, halitdan uyga ko'cha-
yotirsizmi? — dedi Xadichaxon sahndan o ‘ta turib.
— Eri yo'q; sovuq qotib qolgandir, sho'rlik, — deb
kesatdi naridan Poshshaxon.
— Erdan um idni uzganman erta qachon! — dedi ba-
land ovoz bilan Sultonxon. Keyin o'ziga tom on kelayot-
gan Zebiga qarab izoh berdi: — Tunov kun m ana bu ki-
gizning tagidan kattakon bir chayon topib o'ldirdim ...
U ndan keyin xuddi yong'oqday bitta buzoqboshini
220
o idirdim . Shundan beri kechalari uxlayolmay chiqa-
man. Tushimga kiradi, bosinqirayman... Uy yaxshi, jo n -
ginam.
— Qirov ham tushib qoldi o ‘zi. Yaxshi qilasiz, jo-
nim ni qoqay! — dedi Zebi.
Shu «jonimni qoqay» so‘zi Sultonxonning qulog‘iga
allaqanday shirin eshitilib
ketdi.
Zebining chin
ko'ngildan chiqarib aytgan bu so'zi uning xitoy chinni-
day jaranglagan ovoziga burinib, dutorning «g‘o ‘ng-
g‘o ‘ng»i singari mayin va yum shoq un bergan edi.
Sultonxon o ‘z kundoshini mahkam quchoqlab o ‘pdi.
U yoqda mingboshi shahardan yangi gaplar topib kel
gan edi. Tashqaridan uning so'zlangani eshitilgach, shorn
chog‘ida xotinlar eshik oldiga bordilar.
— Shunday nozik vaqtda M iryoqub noinsofning
o ‘ynagani ketganini aytm aysanm i? — M ingboshi
Hakimjonga qarab so'zlardi. — Bitta o '
ris
xotin bilan
Sevastopolga ketibdi... — M ingboshi xoxolab kuldi,
ichkarida
Poshshaxon
ko'kragini
g‘ijim lardi.
—
Bachchag‘ardi bolasi-yey! Juda tannoz narsani topibdi,
deydi. Ikki oygacha o ‘ynatarm ish... T o‘ralarimizning
qovog‘idan qor yog'adi... Yaqin borib boim aydi. H ar bir
mingboshiga o ‘ntadan, har bir aminga ikkitadan, har bir
ellikboshiga bittadan yaroqlik yigit beradigan bo‘lishibdi.
Yarim sarfi — g‘aznadan, yarim sarfi yurtdan! Endi
odam daraklash kerak. Mingboshilarga hokim to ‘ra o ‘zi
va’z qildi. «M ahkam bo‘l hammang! Tog‘dagi gaplar
b o ‘la ko'rmasin», dedi.
— Aytgancha, tog‘da nima gap bo'ldi?
— Tog'da olom on xuruj qilipti. Bir mingboshini
o id irip ti.
Ikki
am in
z o ‘rg‘a
qochib
qutulibdi.
Ellikboshilar qo‘rqqanidan olom onga q o ‘shilib ketibdi...
M ahkamalarga o ‘t qo‘yishibdi. Bir-ikkita sudxo‘r boyni
d o ‘pposlashibdi. Bizning Yodgor echkilar ham eshitib
qo'ysa b o iard i. O rtiqcha hovliqadi, qiztaloqlar!
— Xayr, tog‘dan gapiring, xo'jayin!
— Bizning noyib to ‘ra 150 ta soldat bilan chiqib,
to ‘polonni bosib keldi. Ikki qishloqni teptekis qiliptilar.
B a’zi qishloqlarda b a‘zi birovlarnikiga soldatlar o ‘t
qo‘yibdi. Chopish ham bo'pti... U ch -to 'rt yuz odam qi-
221
rilganga o'xshaydi. 137 kishini shaharga olib kelib
qamaptilar. Yaqinda katta sud bo'ladi, deydi. Noyib
to'raning gapiga qaraganda, sud juda shoshilinch bo'ladi-
ganga o'xshaydi. Bir nafasda hukm qilib ota beradi, dey-
di-ku! Soldatlardan ham to'rt-besh kishi o'lipti. Yarador
yigirmatacha bor, deydi. Aytishlaridan, o'rus soldatlari
qishloqlarda musulmon ayollariga ham daxl qilganga
o'xshaydi... Xunuk gaplar bor, ishqilib.
— Biz nim a qilamiz, xo'jayin?
— N im a qilardik. Yana yettita yigit qilamiz. Hushyor
bo'lam iz. — Mingboshi bir oz o'ylandi. — E, bizning
yurtlar tinch. Fuqarolarimiz ham masi yuvosh, qo'yday.
M en bo'lsam ularning otaxoniman... Qattiq gapirmay-
man. Jabr qilmayman... Nimaga to 'p o lo n qilsin? Uxlay
ber, bemalol! Mening soyai davlatimda, xohlasang, boq-
qa chiqib yot! Ha!
O 'zidan xursand, kula-kula ichkariga qarab yurdi.
Xotinlar chekildilar. U ch -to 'rt qadam bosib, yana to'xta-
di:
— Aytgancha, Absamat yom on xijolat bo'ldi, lekin!
— X o'sh, xo'sh? — dedi Hakimjon.
— H am m a mingboshining oldida hokim to 'ra undan
koyib berdi. Uyiga allaqanday bir n o'g'oy xotinni oldirib,
yangicha maktab ochgan ekan: erkak bolalarga ham
yangicha maktab ochm oqchi bo'lib, Toshkentdan bir
po'rim maktabdorni chaqirtirgan ekan. Shularni aytib
koyidi. Bir nima balo, dedi... Ha, yosh sartlarga ergash-
mang, dedi... U lar yosh turklardan o'rgangan, dedi. U
nim a degani bo'lsaykin... «Yosh sartlar»i nimasi?» «Yosh
turklar»i nimasi? N im ani o'rgatadi ular? Bilolmadim.
Miryoqub bo'lsaydi kovlab topardi, betavfiq! Xayr, yot
endi! Rohat qil!
Bir ozdan so'ng katta uydan Zebining bidratma du-
tori va shirin ashulasi eshitildi. Kundoshlar so'rilarga
chiqib yotdilar. Sultonxon, negadir, uyg'oq: uyiga kir-
m asdan,
sahnda
—
ayvon chekkasida o 'tirard i.
N ihoyat, ham m a uxlab ketdi. Shundan keyin Zebining
ashulasi tindi. Yana bir oz keyin dutor tovushi ham
allanechuk birdaniga uzilib qoldi. Bu uzilishda alla
qanday bir zarda qilish, birdaniga dutorni irg'itib tash-
lash boridi... Shu bilan u katta uyga ham bir nafasda
jimlik cho‘kdi.
Yerga tushgan u ch -to ‘rtta xazon yaproqlari kuz ke-
chasining sovuq shabadasi bilan yer betida shitir-shitir
surinardilar. Uzoq-yaqindagi itlarning hurishi va yaproq-
chalarning shitirlashidan boshqa un qolmadi.
Shundan so‘ng Sultonxon sekingina uyiga kirdi.
Yuragi bir oz o ‘ynagani uchun bir piyola sovuq suv
ichdi. Derazaning bir qanotini ochiq qoldirib, eshigi
ni ichidan berkitdi va qorong‘i uyda jim ib yo‘q
b o id i...
K o‘ziga uyqu kelmagan Hakimjon yarim kechaga
yaqin mirzaxona derazasining ohistagina chertilganini
eshitdi. Tashqarida o ‘zidan boshqa hech kim yo‘q edi:
mirshablar — darvozaxonada va otxona tom ida uxlardi-
lar. Yuragi o ‘ynashini arang bosib, shu tobda o ‘zidan
boshqa kimsa yo‘qligini bilganligidan dadil yurib, mirza-
xonaga chiqdi va tovush chiqmasin, deb eshigini emas,
past supali derazani ochdi.
Derazani yana berkitib, bu bem ahal mehm onning
orqasidan ohistagina o ‘z hujrasiga qaytdi: uyatchang
ko‘zlarini yerdan sira uzib ololmasidi. Faqat u — yosh va
zoriqqan xotin chidayolmadi: o ‘zicha otilgan o ‘q singari
to m o g id an ixtiyorsiz otilib chiqqan kuchli va intiq ovoz
bilan:
— Berahm... — deb qichqirdi...
Va o ‘zini uning quchogiga otdi.
XIV
Mingboshi shahardan tegishli dasturlarni olib qayt-
gach, boshqa ham m a mingboshilar kabi to ‘xtovsiz ishga
kirishdi. 0 ‘z q o i ostidagi ham ma am in va ellikboshilarni
o ‘z mahkamasiga chaqirib, bir kun ertadan kechgacha
behuda intizor qilgandan keyin, nihoyat, ayvonda choy
ichib o ‘tirib, «kengash majlisi»ni ochdi. Poyma-poy va
bir-biriga
qovushm agan
gaplar
bilan
«zam ona
ahvoli»dan, tog1 voqealaridan va uning natijalaridan
daromad qilgach, maqsadga o ‘tdi:
— Shunaqa, yaxshilar, — dedi u, — endi mening uch
223
yigitimga yana yetti yigit q o ‘shildi. A minlar ikkitadan,
ellikboshilar bittadan olishadi. Yigitlarning hammasiga
soldat beshotari beriladi. O tadigan azam at topi-
larmikin?..
Hech kim javob bermadi. H amm a jim edi.
— Nega indamaysanJar? Og'zingga paxta tiqdingmi
hammang? Gapir, Matxoliq!
— Ishqilib... kattalarimiz bir ish qilsa, bilib qiladi, —
dedi Matxoliq amin.
— Ha, albatta, bilib qiladi, — dedi bir ellikboshi.
— Biz nima derdik? M a’qul maslahat, — dedi yana
birov.
So‘ngra
yonidagilarga
qarab,
so‘radi:
—
Shundaymasmi, yaxshilar?
— Ha, shunday, shunday! — deb shovqin soldi har
kim har joydan.
— Senlar aytmasanglar ham maslahat m a’qul, — de
di mingboshi ovozini ko‘tara tushib. — U ni bilaman.
Soldat beshotarini otadigan azamatlar topiladimi, deb
so‘rayman. Munga javob ber!
— Yurt emasmi, chiqib qolar, — dedi Matxoliq
amin.
— Bilmasa o ‘rganar, — dedi bir chekkada turgan
Hakimjon. — Ishni to'xtatish kerak emas. Yigitlarni ola
beraylik, bilmaganiga shahardan odam chaqirib, o'rgat-
dirarmiz.
— M a’qul, — dedi mingboshi. Kuldi. — Ham m ang-
ning aqling shu tirranchaning aqlicha bo‘lm adi-ya, hayf
senlarga.
Amaldorlar jim qoldilar.
Mingboshi davom qildi:
— B oim asa, maslahat shuki, har am in o ‘ziga kerakli
ikki yigitni topib, indingacha menga bildiradi.
— Ro'yxatini topshiradi, — dedi Hakimjon.
— Ha, ro'yxatini topshiradi, — deya takror qildi
mingboshi. — M undan tashqari, har amin menga ham
bittadan yigit topib beradi. Qolganini o'zim shu qishloq-
dan olaman. U ndan keyin am inlarning o ‘zlari qishloq-
m a-qishloq yurib, yurtga eshittiradi.
M ingboshi to ‘xtadi, sham asini kam tushirishga
harakat qilib, choynakdan piyolaga choy quya boshladi.
0 4 irg an lar bir-birovlariga qaradilar: «Nimani eshitti-
ramiz?» degan shivirlashlar boshlandi. Mingboshi so‘zini
tugatmagan edi, Hakimjon so‘radi:
— N im ani eshittiradi bular?
— Ha, aytgancha, — dedi mingboshi, — esimdan
chiqipti: yigit olishni eshittiradi, undan keyin pul
to'g'risini.
0 ‘tirganlar bir seskanib oldilar.
— Qanaqa pul, taqsir? — dedi Matxoliq amin.
H am m aning ko‘zi uning og'ziga tikilgan edi, undan
keyin ham m a ko‘zlar birdaniga mingboshi tom onga
burilib, uning og'ziga osildilar. K o'plar og'izlari bilan
ham tinglardilar.
Mingboshi kuldi:
— Qanaqa pul bo'lardi! Yigitlarning yarim oyligi
g'aznadan, yarmi yurtdan.
O'tirganlarning og'zidan xor bilan aytilganday yaxlit
va besaranjom bir ovoz chiqdi: g‘u-v-v!.. Xuddi «dod-d»
deganday... Z o 'r hovlining keng sahniga go'riston jimligi
cho'kkan edi. H akim jon ohistagina bir «uh» tortib,
o'rnidan turdi, ayvon ustuniga chig'anog'i bilan bir-ikki
urgach, bitta-bitta bosib, jam oatga yaqin keldi. Shu top
da uning juda ehtiyot bilan — hech bir sharpa chiqar-
may — bosgan qadamlarining bo'shang shitirlashi ham
o'tirganlarga malol kelgan kabi edi.
H am m a ko 'zini yerga tikib, uzun yakandozning
m ag'izi bilan o'ynardi...
— Nimaga imoning o'chdi birdaniga? — deb qichqir-
di mingboshi haybatli ovoz bilan.
— Yarim puli qancha bo'ladi, taqsir? — dedi yana
Matxoliq. — O'zingizga beriladigan yetti yigitning besh-
tasiga ham yurt to'laydim i, dodho?
— Ha, b o im asa men yonim dan to'laym anm i? — de
di mingboshi dag'allik bilan.
Yana jimlik cho'kdi. Mingboshi davom etdi:
— U ch kun orasida yurtga eshittirib, bo'lgan gapni
menga m a’lum qilasanlar.
— X o'p, taqsir! — dedi Matxoliq.
Boshqalar jim qoldilar. Mingboshi qichqirdi:
— Nega boshqalaring indamaysan? Qanjiqsan ham -
8
-
3084
225
mang! Senlardi amin qilib, qo'lingga amal bergandan
xafa boidim -ku!
— Bekor qilib qo‘ysangiz ham tuzuk edi, taqsir, —
dedi bir amin.
H am m a unga tom on o ‘girildi.
— Seni bekor qilmasdan burun otxonaga qamab
kaltaklataman... Shoshmay tur!
— Taqsir, taqsir, taqsir! — degan ovozlar yuksaldi har
tom ondan.
— Bo‘lar ish bo‘ldi, yaxshilar, — dedi Matxoliq
jam oatga yuzlanib. — Yurtning katta-kattasini chaqira-
m iz-u, «buyruq shu» deb eshittiramiz. Bizning ishimiz
shu. Yurt «yo‘q», desa, kattalarim iz biror maslahat
ko‘rsatar.
— «Yo‘q», deb ko‘rsin qani? — dedi mingboshi. —
Oq podshoning o ‘z buyrug‘i bu! «Yo'q», deb ko‘rsin!
— Shu choqqacha «yo‘q», dem agan, endi ham
«yo‘q», demas, — dedi Hakimjon.
— Rost aytasan, mirza, — dedi mingboshi. U bu
so‘zning aw algi hijjasini qalin qilib aytardi. — «Yo‘q»,
deydigan topilmaydi.
— Rost aytasiz, taqsir, — dedi Matxoliq, — «Yo'q»,
demasa kerak. A m mo-lekin podsholikning pastarin bir iti
b o ‘lganim dan ko'rgan, bilganim ni aytib q o ‘ymasam,
bo'lmaydi.
— Ayt, aytma, degan odam bormi?
H am m a Matxoliqqa tikildi.
— Yurtning vajohati buzuq, taqsir. G ap ko‘tarmay
qoldi. Asad oyida ro ‘za tutgan bangiga o'xshaydi, taqsir...
Endi, yurt — ko‘pchilik, ehtiyot kerak, deymiz-da.
H am m a birdaniga tasdiqladi:
— Rost, taqsir, rost!
— Rost b o ‘lsa rostdir, yolg‘on degan odam yo‘q.
Am mo-lekin «Kim katta — yurtmi, oq podshomi?» deb
so‘raganda, nima deysanlar? Qani?
H ech kim og‘iz ochmadi. Yana Matxoliq gapirdi:
— Albatta, «oq podsho», deymiz, taqsir!
— U nday bo isa, gap tamom. Omin ollohu akbar!
Bora ber ham mang o ‘z ishingga...
Ellikboshilar o ‘rinlaridan turib, u yoq-bu yoqqa
226
yoyilgan, mingboshi Matxoliqni chaqirib oldi. U ning bir
qulog'ini qo‘li bilan yaqin keltirib, dedi:
— A bsam atni yiqitsam , seni mingboshi qilib
qo'yardim . Abjirsan, bachchag'ar!
Matxoliq kuldi.
— Q ulluq, taqsir, xizm atingizni qilsam, bo'ldi.
Shunga xursandman.
Mingboshi uning boshini yana ham o'ziga yaqinroq
tortdi:
— Bu qish ichi na bitta qovunim bor, na bir dona
tarvuzim. U ch -to 'rt aravagina eplagin, hissasini chiqa-
rib beraman.
— X o'p, xo'jayin, jonim bilan.
Matxoliq uzoqlasha boshlagan edi, yana chaqirdi:
— Aytgancha, esimdan chiqibdi. Bularingga ayt: yurt-
ni namozga ko'proq haydab turishsin. Buyruq shu!
Matxoliq ham m ani chaqirib olib, baland ovoz bilan
bu yangi buyruqni ham eshittirdi. Shu bilan tarqalishdi-
lar.
* * *
Kengash majlisini o'tkazgandan keyin mingboshi
darhol o'ziga yigit to'plashga kirishdi. Yetti kishi o'rniga
yigirm a-o'ttiz talabgor bir qishloqning o'zidan chiqdi.
Hakimjon muni mingboshiga arz qilib turib, dedi:
— Ishlar yaxshi, taqsir, yettita desak, o'ttiztasi kelib
o'tiripti.
Hakimjonning birinchi jumlasida sezilarlik darajada
ochiq bir piching bor edi. Lekin u pichingni mingboshi
dodho payqayolmadi.
— Bekorchi ko'p qishloqda, bekorchi! — dedi ming
boshi.
— Y o'q, xo'jayin. M en gaplashib ko'rdim . Hammasi
chorikor bolalar. «Jonimizdan to'ydik, bola-chaqamiz
och...», deydi.
Mingboshi birdaniga qo'pol bir ovoz bilan kulib
yubordi. H akim jon bu nogahon kulishning sababini
bilolmay hayron edi. Keyin mingboshi o'zi anglatdi:
— Jonidan to'ygan bo'lsa yaxshi! — dedi u. —
Jonidan to'yganlar yaxshi so'qishadi. Oq podsho «vay-
227
na»da' qiynalib qolsa, qishloqning ham m asini yig‘ib
jo ‘nataman! Ish yirik, mirza.
Yana o ‘sha xunuk ovoz bilan kula-kula ichkariga
kirib ketdi.
Hali qorong‘i tushib, palovga dasturxon yozilgan yo‘q
ediki, tashqariga bir m ehm on kirib keldi. Hakimjon uni
kular yuz bilan, sevinib qarshi oldi. Bir oz keyin ichkari-
dan chiqqan mingboshi ham unga nisbatan bir qadar
mulozimat bilan muomila qildi. Lekin bu m ulozim at-
ning yasamaligi shu qadar ochiq ediki, mehm onning
ko‘zlari Hakimjonning ko‘zlarini to ‘g‘ri keltirib turib, u
to ‘g‘rida bir himo qilib o ‘tdi. Hakimjon ham ko‘z qorasi
bilan m ehm ondan uzr so‘radi. M ehmon esa «muning
o ‘zi nim a-yu, muomilasi nima bo‘lardi?» degan m a’noda
kulib qo‘ydi, xolos.
Palov yeyilib b o lg ach, ko‘k choyni ichib o ‘tirib, ular
uchovi suhbatga tushdilar. M ehm on Hasanov degan bir
tatar yigiti bo‘lib, qishloq qarz shirkatlarining inspektori
edi.
— U rushdan gapiring, abziy! Urush nim a bo'lyapti?
— Urushni siz bilasiz, mingboshi. Sizdan eshitay-
lik, — dedi Hasanov.
— M en urushni qaydan bilay? G azit o ‘qimasam?
— Siz, axir, bir bo‘lusning kattasisiz.
— E, kattaligi qursin! Kerak b o isa , oling shu katta-
likni!
M ingboshi bu so‘zlarni jiddiyat bilan aytardi.
M ehmon kuldi:
— Zerikdingizmi, xo'jayin? D arhaqiqat, bu nozik za-
monda katta amal ham zeriktiradi.
Hakim jon o ‘z xo‘jayinining ta ’bi bir oz olinganini
payqadi shekilli, uning yordamiga yetishmoqchi bo‘ldi:
— Chinakam , — dedi u, — shu zam onda am aldor
odamga juda qiyin... Siz bilmaysiz. M en, mana, doim
xo‘jayinning q o ‘ltig‘idam an. Yaxshi bilam an. Juda
qiyin...
— Bilaman, juda yaxshi bilaman, — dedi Hasanov.—
Albatta, oson emas.
1 V о у n a — urush.
228
Mingboshi hali jim edi. U qo'lidagi bo'sh piyolani ay-
lantirib o ‘ynardi. Hakimjon davom etdi:
— Zam on nozik bo im asa, mingboshilaming yigitlari
ortdirilarmidi?
— Shunday gap bormi? — deb so'radi Hasanov.
— G ap bor emas. Buyruq bor. Biz odam chaqirdik.
U chta yigitimizga yettita qo'shiladi...
M ana shu joyda m ingboshi ham birdan gapga
aralashdi:
—
H am m asiga
soldat
beshotari
berm oqchi...
Soldatlikka mashq qildirmoqchi... M unga nim a deysan?
— Juda soz! — dedi Hasanov. Papirosini uzun so'rib
tortgan holda o'ylab ketdi.
— Nimasi soz? — dedi mingboshi q o ‘pol bir xitob bi
lan.
— Juda soz, mingboshi afandi. Faqat... men ishon-
mayman munga...
— Nimasiga ishonmaysan? — dedi mingboshi yana
o'sha qo'pollik bilan.
— Bizning m usulm on-turk yigitlarining qo'liga rus
hukum ati
beshotar
miltiq
berib
qo'yarm idi?
Hukumatning esi bor.
Mingboshi hayron bo'lib qoldi. Bu yetti uxlab bir
tushiga kirmagan fikr edi. K o'zini keng-keng ochib,
mehmonga qaradi. Bu qarashda ham hayrat bor edi, ham
qo'rquv...
— Nega bermasin? O 'zi buyurib o'tiripti-ku?
— Bitta-yarimta esi pastrog'i buyurgandir, taqsir. Esi
borlari munga yo'l qo'ymaydi!
Mingboshi indamadi. Hakimjon butun borlig'i bir
diqqatga aylanib, ikki ko'zini m ehmonga tikkan edi.
M ehm on davom etdi:
— M usulmonning qo'liga yaroq bermaydi bu huku-
mat. Biz, musulm onlar, turk bolalari, o'zim iz yaroq ol-
tnasak, dushmanlarimiz o'zi o 'z qo'li bilan bermaydi.
— Kim dushman? — dedi mingboshi.
Bu savolda endi po'pisa asari boridi. M ehm on sira
shoshmasdan, bemalol javob berdi:
— Sizning dushmaningizni aytayotganim yo'q, dodho
afandi. Turk-islom xalqining dushmanlarini aytaman...
229
— G erm onni aytasanmi?
Hakimjon birdaniga kulib yuborishdan o ‘zini zo ‘rg‘a
to ‘xtatib qoldi.
— Shunday, taqsir! G erm onni aytaman. Turk millati-
ga yarog‘ berib qo‘ymaydi u! U , turk millatlarining jo n va
qon dushmani!
— Unday bo‘lsa... butun qishloqni yig'ib, q o ‘liga
beshotar berib, G erm on bilan urushgani jo ‘natm oqchi
bo ‘lganimga nim a deysan?
M ingboshi bu so‘zlarni g ‘urur bilan kulib turib
so‘zlardi.
— N im a derdim? Unday qilsangiz, sizni «g‘oziy»,
derdim... Islom millati sizning bu xizmatingizni hech bir
unutm as edi...
— Millating bilan ishim yo'q. Turkingni ham bilmay
m an men. M ana bu mirza aytadiki, qishloqda jonidan
to ‘ygan ko‘p. Shularning ham masini G erm on urushiga
jo ‘natsam — oq podshoning qo‘li yuqori keladi, bu
qishloqlar yalangoyoq, bezorilarning kasofatidan qutula-
di!
— Hay, hay! — dedi mehmon. — M uning savobiga
kim yetsin! Juda zo‘r xizmat qilasiz, dodho! Favqulodda
buyuk xizmat!..
Shu suhbatdan keyin Hakim jonda mingboshiga nis-
batan bir qarash tug‘ildi. U qarashda ixlos va hurm atdan
boshqa ham m a narsa boridi. Bu qarashni o ‘sha kechasi
mingboshi yotgani kirib ketgandan keyin H akim jon
mehm onning o ‘ziga ham bir oz izhor qildi. M ehm on
Hakimjonning e ’tirofini eshitgandan keyin juda o 't olib,
qizib gapirdi:
— Bizning butun fojiamiz shundaki, — dedi u, —
d o ‘stim iz bilan dushm anim izni ajrata olm aymiz.
Eshitdingizmi uning gaplarini? Bizning dindoshim iz,
millatdoshimiz b o ‘lgan Turkiya bilan bir safda urusha-
yotgan G erm aniya bizga, biz Turkiston turklariga dush-
man emish...
M ehm on bir oz to ‘xtadi. Papirosini qattiq-qattiq to r
tib, og‘ir-og‘ir bosh tebratdi.
— Bular barchasi ilmsizlik kasofati, Hakimjon!
N odonlik mevasi. Bu yo‘g ‘o n sallali, b o ‘sh kallali
230
hayvonlar, Buxoroi sharifni spekulyatsiya qilib, islom
millatini zaharlovchi mikroblar bizni shu holga keltirdi-
lar... Eh... eh... eh!..
Astoydil kuyib gapirayotgan m ehm on Hakimjonning
ko‘zi uyquga ketgandan keyingina so‘zdan to ‘xtadi.
Ikkalasi so ‘riga joy qilib uzalgan vaqtlarida,
Hakimjonning yana uyqusi qochgan, birinchi xo'rozlar
unda-m unda qichqira boshlagan edilar.
Bular ikkalasi ko‘rpaga uzalgandan keyin ham an-
chagina gaplashib, mingboshidan, um um an zamonning
ham m a am aldorlari, hukum at va idora usullaridan
shikoyat qilishdilar. M ehm on bir vaqtlar noyib to'raning
Miryoqubga aytgan gaplarini yana ko‘proq tafsilot bilan
Hakimjonga aytib berdi. 0 ‘z mingboshisining ishlariga
qarab ham m a mingboshilar va um um an shu zam on
hokimiyati to'g'risida ko'p ham yaxshi fikrda b oim ag an
Hakimjon shu suhbatdan so'ng o'zining xom va chu-
valashgan fikrlarini pishitdi, bir oraga yig'di, boshidagi
fikrlar bir tartib doirasiga tushib, yangi-yangi pardalarni
uning miyasidan sidira boshlagach, o'zida allaqanday bir
o'zgarish bo'layotganini o'zi ham sezdi: o'sha kundan
boshlab uning ham m a narsaga qarashi boshqa bo'ldi!
Mingboshi — burungi mingboshi emas, farsaxlarcha
yiroqlarda. Y aqinlashib kelganda ham xuddi buni
o'ldirgani kelayotganday... Miryoqub, uning ishbilar-
monligi, epchilligi, ziyrakligi... «U agar haq yo'lni topsa
bormi, noyob odam bo'ladi». H ar bir katta sallalik dom-
la — bemorga zahar berayotgan tabib... H ar bir boshini
quyi solgan eshon — odam larning kissalariga yashirincha
qo'l uzatgan kisaw ur... Abdisamat mingboshi, — uni
o'ylaganda, Hakimjonga jo n kiradi! «Uni ko'rsa tikilib,
ko'zini olmay, uzoq-uzoq qarab tursa, ziyorat qilib qo'li-
ni o'psa, nim a buyursa, shuni qilsa!..»
Hasanovning fikrlari, ayniqsa yangi olinadigan yigit-
lar to'g'risidagi fikri mingboshiga ham ta ’sirsiz qolmagan
edi. Mingboshi, Hasanovdan bir oz qo'rqqan va shu
uchun unga sovuq qaragan b o isa-d a, uning o'sha yigit-
lar to'g'risidagi fikriga qarshi kelmasdi. U ham ichkariga
kirib, joyiga cho'zilgach, u to'g 'rida anchagina o'ylab
yotdi.
231
«Bu
bachchag‘arning
gapi
qursin!
N im aga
bo‘lsaykin, uning gaplarini eshitganda odam cho‘chib
tushadi. Xuddi... oq podshoni so‘kib yuboradiganday?
Xuddi uning so'kkanini birov eshitib qolib, Yodgor
echki yo Umarali puchuqqa yetkazadiganday? Ular
bo‘lsa, oqizmay-tomizmay, hokim to ‘raga chaqadigan-
day? Boz ustiga ular — «oq podshoni so‘kib turgan
vaqtida Akbarali mingboshi «ha, ha» deb turgan edi!»
deyishdan ham toymaydiganday! So‘ngra hokim to ‘ra
chaqirib olib, g ‘azabiga oladiganday!
M ingboshi-
likni tortib olib, el ko‘zida tam om sharm anda qiladi-
ganday! A bdisam at bilan Y odgor echki, U m arali
puchuqlar yana qo‘sh karnayi bilan jar soladigan-
day!»
— «Lekin, bachchag‘ar kofir, bir narsani bilmasdan
aytmaydi. Nimaga desangiz, u «zakon» kitobini ko‘p
o ‘qigan, ham m a vaqt o ‘risning ichida qaynaydi, o ‘ris tili-
ni suv qilib ichib yuborgan... Kattalarimiz o ‘rus-da, axir!
0 ‘ris b o ‘lganidan keyin musulmonga yon bosmaydi. Bu
rost! Shu yerda Hasan abziy bilib aytadi! M usulmonning
qo‘liga yaxshi beshotarni berib q o ‘yarmidi? Y o‘q! Agar
m en o 'ru s b o ‘lsam (astog‘furullo!), m usulm onning
qo‘liga aslo yarog‘ bermasidim! Aslo! Abziy rost aytadi.
Abziy, abziy, abziy!..
M ana shunday o ‘ylar bilan mingboshi zo‘rg‘a uxlab
ketdi.
Erta bilan uyqudan uyg'ongach, yana o ‘sha — yi
git masalasini o ‘yladi. Yigitlarning uchta yo o ‘nta
bo‘lishi mingboshi uchun barobar edi. «Ko‘p b o ‘lsa,
g‘alvasi ham ko'proq bo ‘ladi», deb o ‘ylardi u. Faqat...
faqat...
— 0 ‘nta yaxshi yigitga yaxshi ot, yaxshi sarpo, yaxshi
yarog‘-aslaha berib, o ‘z m ahkum im ni bir aylansam, iloji
bo'lsa, Abdisamat turadigan qishloqdan bir ot choptirib
o‘tib qo‘ysam... bas! Shundan keyin kattalar uch yigitni
bittaga qoldirsalar ham mayli edi!..
Bu o ‘yning natijasi shu b o ‘ldiki, ertasi kuniyoq
qishloqdan odam ola boshlab 2—3 kunda yettita nav-
qiron yigitni chertib-chertib mirshablikka qabul qildi.
U ndan-bundan so‘rab, so‘ratib, iloji b o ‘lmaganda...
232
tortib olib b o isa-d a, ham m asini yaxshi otga mindirdi,
allaqaylardan ov m iltiqlari topib, o ‘novini yaroq-
lantirdi, ust-boshlarini tekisladi, o ‘zi ham eng yaxshi
zar choponini kiyib, tilla kam arini b o g ia b , uzun
qilichini osib, saman yo‘rg‘ani minib, y o ig a chiqdi.
XV
Ikki kun burun Qumariq qishlog‘iga yettita yigiti bi
lan mingboshi kelib ketgan edi. U ning bu kelishi qiziq
b o id i. H ech kimga hech narsa dem asdan, to 'p p a-to 'g 'ri
machitga tushib, dom lani yo‘qlatdi. 0 ‘zlari xabar topib
machitga kelgan am in va ellikboshilar hayron bo idilar.
«Nimaga bizga hech narsa demaydi mingboshi dodho?»
deb bir-birlaridan so'rashdilar.
E llikboshilardan biri yugurganicha borib dom la-
imomga xabar berdi. D om la-im om yaqindagina uylan-
gan yoshroq bir mullavachcha boiganligidan «Mingboshi
chaqirayotir», degach, ancha tashvishga tushdi. Salla-
choponini kiyib, m achitga tom on borarkan, o'yladi:
«Nima uchun yo‘qlatgan boisa?»
M ingboshining uni izlatishga zohiriy bir sabab yo'q
edi. Shuning uchun turli xayollarga borib ko'rdi:
«Tunov kun, shaharga tushganimda, mudarris dom -
laning o ‘g‘illariga qattiqroq tegishib qo'yuvdim... O'zi
ham, bachchag'ar, ipak sallani cham barak qilib o'rab,
yom on ko'zga ilashadigan b o ‘pti-da! U stim dan arz qil
gan b o isa-y a, haromibachcha?»
«Yo... burungi im om at qilgan joyim da vahiy1 yerni
Sadriddin boy bilan chiqishib, ikki-uch yil o'zim yolg'iz
tasarruf qilib edim. M ahalladan bitta-yarim tasi shuni
qo'zg'adim ikin».
«Yo bo'lm asa, o'tgan hafta qovun sayilida yangicha
maktab ochgan toshkentlik no'g'oy domlaga yoiiqib
qolib, an ch a qattiq so'kib edim. U ning m aktabini
A bdisamat m ingboshi ochib bergan ekan, m en uni
bilmabman... Bu bizning mingboshiga Abdisamat m ing
boshi itob qilib yozdimikin? Keyin maktabning asl sohibi
Dostları ilə paylaş: |