�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
6.8. KELGUSI DAVR XARAJATLARI HISOBI Kelgusi davr xarajatlariga quyidagilar kiradi:
– gazeta va jurnallarga yillik obuna xarajatlari;
– mulklarni yillik sug‘urta qilish xarajatlari;
– kelgusi davrlar uchun oldindan to‘langan ijara haqi summalari va
boshqa shu turdagi xarajatlar.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga olish uchun quyidagi schyotlardan
foydalanish ko‘zda tutilgan:
3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi».
3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi».
3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari».
Bu schyotlar aktiv bo‘lib, ularning debetida hisobot davrida qilingan
va mahsulot tannarxiga kelgusi hisobot davrlarida qo‘shiladigan xarajatlar
aks ettiriladi. Schyotlarning kreditida esa ushbu xarajatlarning hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi.
3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi» schyotida hisobot davrida
kelgusi hisobot davrlariga tegishli to‘langan ijara haqlari hisobga olinadi.
3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi» schyotida hisobot davrida
kelgusi hisobot davriga taalluqli bo‘lgan to‘langan xizmat haqlari hisobga
olinadi.
120
3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari» schyotida yuqoridagi schyotlarda
hisobga olinmaydigan boshqa turdagi kelgusi davr xarajatlari hisobga
olinadi.