249
Q
Qimmat-
– egalariga daromad keltiradigan hamda turli aktivlarga (sertifikat,
aksiya, obligatsiya va boshqa) bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat.
Q.Q. aniq, real kapitalni qog‘ozda ifodalaydi. Q.Q. larning quyidagi
turlari mavjud: veksel, chek, aksiya,
obligatsiya, sertifikat, turli
muassasa, tashkilot va idoralarning (bank,
xayriya va ishonch
fondlari) qonunda ko‘zda tutilgan hollarda mablag‘ bilan
ta’minlaydigan ishonch qog‘ozlari.
Qonun
– 1) obyektiv borliqda turli hodisalar o‘rtasida,
kishi ongidan va
ixtiyoridan tashqarida doimiy bo‘lgan zaruriy ichki, muhim,
takrorlanadigan bog‘lanish,
munosabat; 2) davlat hokimiyati
tomonidan
qabul qilingan, hamma uchun majburiy bo‘lgan ijtimoiy-
huquqiy norma va munosabatlarni
belgilovchi rasmiy qoida;
3) bajarilishi shart, majburiy bo‘lgan, norma, qoida tusiga kirgan
talab, topshiriq va shu kabilar.
Dostları ilə paylaş: