�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
Averaj – tovarning o‘rtacha miqdori.
Akkreditiv – (lat. accredo-ishonaman) – bank yoki omonat banklarining biror shaxs
yoki tashkilotga ma’lum miqdordagi mablag‘ni berish haqida boshqa
bank yoki kassaga yuborgan buyruq qog‘ozi, masalan, jamg‘armalar
bankiga qo‘yilgan pulni istalgan omonat bankidan olish uchun
berilgan hujjat.
Aksiz – keng iste’mol mollari (qand, gugurt, tuz, tamaki va h.k.) ga
solinadigan qo‘shimcha ustama soliq. Mahsulotga yoki ko‘rsa-
tilayotgan xizmat (kommunal, transport va boshqa turdagi xizmatlar)
narxi ustiga qo‘yiladi.
Aksiya – aksionerlik (hissadorlik) jamiyati tomonidan shu jamiyat kapitaliga
o‘z hissasini qo‘shgan paychilarga, ya’ni hissadorlarga beriladigan
va ularga jamiyat ishida qatnashish huquqini beradigan hujjat,
qimmatbaho qog‘oz. A.turli ko‘rinishda bo‘ladi: «nomli» A.– umumiy
yig‘ilishda aksionerga ovoz berish huquqini tasdiqlaydi, dividend
olish huquqini (kafolatsiz) beradi; «imtiyozli» A.– aksionerga faoliyat
natijasidan qat’i nazar muayyan miqdordagi dividend olish kafolatini
beruvchi, lekin aksionerlik jamiyati umumiy yig‘ilishida ovoz berish
huquqini bermaydigan aksiya.
Aksept – 1. shartnoma tuzishga rozilik. 2. Veksel (tratta) bo‘yicha qarzni to‘lab
berish. 3. To‘lovchining hujjatga muvofiq pul o‘tkazib berishga
kafolatli roziligi.
Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida
avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar
231
quyidagi turlarga bo‘linadi: uzoq muddatli aktivlar; aylanma (joriy)
aktivlar.