�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
8-modda. Imzo huquqi Pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun
asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning
kredit va hisob-kitob majburiyatlari, shuningdek, buxgalteriya hisobotlari
va balanslari rahbar tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan
imzolanadi.
Rahbar imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslarining ikkita
ro‘yxatini tasdiqlaydi. Birinchi ro‘yxatga rahbarlik vazifalarini amalga
oshiruvchi shaxs, ikkinchisiga – buxgalteriya hisobi va moliyaviy
boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslar kiradi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, shaxslarning imzosi
bo‘lmagan hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.