“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari prorektori H. Kushiyev
________________
«___» ________2021 y.
№__________
Sharq tillari
fani bo’yicha ishchi o’quv dasturi
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo’nalishi: 5120200 – Filologiya va tillarni o’qitish (qozoq tili)
kurs, 2-semestr ,2-kurs 3-semestr o’tiladi)
Fan hajmi _ 6 kredit
Umumiy o’quv soati – 180
Ma’ruza _
Amaliy mashg’ulot – 90
Seminar mashg’ulotlari –
Mustaqil ish soati - 90
Fanning ishchi o’quv dasturi namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:Murodqulov O – GulDU “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi
katta o’qituvchisi __________ (imzo)
Taqrizchi: Dehqonova L– GulDU “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi
katta o’qituvchisi __________ (imzo)
Fanning ishchi o’quv dasturi “O’zbek tilshunosligi” kafedrasining 2021 yil “___” _________ dagi ___ - sonli majlisida ko’rib chiqilib, fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: f.f.n.J.Abdullayev.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Filologiya” fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2021 yil “___” _______ dagi “____” - sonli majlisida tasdiqlandi.
Fakultet Ilmiy-uslubiy
Kengashi raisi: M.Mamatqulov
O’quv metodik bo’lim boshlig’i: I. Xudoyberdiev
Fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
O‘zbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta’limotlarini, mumtoz va zamonaviy metodlarini, buyuk ajdodlarimizning o‘zbek va jahon tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari, o‘zbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish uchun arab va fors tillari va ularning grammatik normalarini o‘rganish dolzarblik kasb etadi.
“Sharq tillari” fani arab va fors tilini o‘z ichiga oladi.Ushbu shchi o’quv dastur arab tiliga oid ma’lumotlarni qamrab olgan.
“Sharq tillari” bo‘yicha bakalavr kursining maqsad va vazifalari o‘zbek tili va adabiyotining har tomonlama taraqqiy topishida Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosini, ayniqsa Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi o‘nlab mumtoz adiblarimizning umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib o‘rin olgan o‘lmas asarlarini chuqur o‘rganish va ilmiy asosda tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib talabalarda ilmiy axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish, o‘qish, yozish, arab imlosidagi qo‘lyozma, toshbosma gazeta, jurnal va asarlarni o‘qishga, ulardan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olishga o‘rgatish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olishlariga erishish.
Dostları ilə paylaş: |