Sharq uyg'onish davrida ta'lim tarbiya va pedagogik fikrlar rivoji. Ibn Sino, Abu Nars Farobiy, Abu Rayxon



Yüklə 65,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.12.2023
ölçüsü65,81 Kb.
#183787
Sharq uyg\'onish-WPS Office



Sharq uyg'onish davrida ta'lim tarbiya va pedagogik
fikrlar rivoji. (Ibn Sino, Abu Nars Farobiy, Abu Rayxon
Beruniy, Kaykovus, Al Xorazmiy, Mahmud Qoshg'ariy)
Reja.
1. Ibn Sinoning ta'lim bo'yicha fikrlari
2. Abu Nasr Farobiyning pedagogikaga oid fikrlari
3. Abu Rayxon Beruniyning ta'lim tarbiyaga oid
qarashlari.
TAYYORLADI. 401-guruh talabasi Ahatov Nurbek


Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn
Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan
qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora
ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn
(Ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi
poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga
yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni
vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini
mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu
Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur
boʻlgani uchun otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida
olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda
ustozidan ham oʻzib ketdi. Ibn Sinoning aql-zakovatini koʻrgan ustozi
otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi.
Shundan soʻng ota oʻgʻliga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish
uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli
ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi
fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol topa
boshladi.Tabobatga kirib kelishiIbn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga
erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al Hasan ibn Nuh al
Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat darenini olib, bu
ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan
boʻlib, 999-yilda vafot etdi.Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida
mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob
boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga
yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning
muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy
kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning
kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy
kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu
kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining
eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan
boshlab oʻrta asr falsafasini mustaqil oʻrganishga kirishdi. yozganligi qayd


etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) tasi yetib kelgan. Shulardan 80
tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid boʻlib, qolganlari mantiq, psixologiya,
tabiiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va
tilshunoslikka bagʻishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham olimlar
tomonidan bir xilda oʻrganilgan emas. Ibn Sinoning koʻproq falsafa va tibga
oid kitoblari jahonning koʻpgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta
qayta nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa koʻp
asarlari hali qoʻlyozma holida oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.Ibn Sinoning
ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, yaʼni falsafiy, tabiiy, adabiy va
tibbiy sohalarga boʻlish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz
qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak,
olimning qiziqish va eʼtibori koʻproq falsafa va tibga qaratilganini koʻramiz.
Garchi, uni „Avitsenna“ sifatida Gʻarbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi,
xususan, „Tib qonunlari“ boʻlsada, „Shayh ar-Rais“ nomi, avvalambor, uning
buyuk faylasufligiga ishoradir.
Asarlari
Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari „Kitob ash-shifo“dir. U 4
qismdan iborat: 1) mantiq — 9 qismga boʻlingan:
almadhal — mantiqqa kirish;
al-maqulot — turlari;
al-iborat — interpretatsiya;
al-qiyos — sillogizm;
al-burhon — isbot, dalil;
al-jadal — tortishuv, dialektika;
as-safsata — sofistika;
alxitoba — ritorika;ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati);
2) tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va insonlar


haqida alohida alohida boʻlimlarda gapiriladi; 3) riyoziyot — 4 fanga
boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va musiqa;
4) metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy,
nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan.Ibn Sinoning
yana bir falsafiy asari „Kitob annajot“ „Kitob ash-shifo“ ning qisqartirilgan
shakli boʻlib, u ham qisman jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan.
Olimning falsafiy qarashlari yana „Al-ishorat vattanbihot“ („Ishoralar va
tanbihlar“), „Hikmat almashriqiyn“ („Sharqchilar falsafasi“), „Kitob al-ishorat
filmantiq va lhikmat“ („Mantiq va falsafaning ishoralari“), fors tilida yozilgan
„Donishnoma“ („Bilim kitobi“) va boshqa turli hajmdagi falsafiy risolalarda
hamda „Tayr qissasi“, „Salomon va Ibsol“, „Hayy ibn Yaqzon“, „Yusuf qaqida
qissa“ kabi falsafiy mazmunli badiiy qissalarda oʻz aksini topgan. Ibn
Sinoning dunyoqarashi Aristotel taʼlimoti va Forobiy asarlari taʼsirida
shakllandi. Uning fikricha, falsafaning vazifasi mavjudotni, yaʼni barcha
mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, oʻzaro munosabati, bir-
biriga oʻtishini zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyat omillari asosida har
tomonlama oʻrganishdan iborat. Olamda mavjud barcha narsalar ikkiga
boʻlinadi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin).
Zaruriy vujud eng irodali, qudratli, dono tangridir. Qolgan narsalar imkoniyat
tarzida mavjud boʻlib, Tangridan kelib chiqadi. Zaruriy vujud bilan imkoniy
vujud munosabati sabab va oqibat munosabatidir. Bu jarayonda olamdagi
hamma narsalar emanatsiya tarzida, yaʼni quyoshdan chiqayotgan nur
shaklida asta-sekin amalga oshadi. Shu tartibda imkoniyat shaklida mavjud
boʻlgan aql, jon, jism, ular bilan bogʻliq osmon sferalari kelib chikadi. Bular
hammasi substansiya (javhar) boʻlib, yana borliqda aksidensiya —
narsalarning belgilari, rangi, hajmi, xillari mavjud. Jism shakl va moddadan
tashkil topadi. Xudo abadiy, uning oqibati boʻlmish materiya ham abadiydir.
Uning oʻzi boshqa tayin jismlarning asosidir. Narsalarning moddiy asosi
hech qachon yoʻqolmaydi. Materiyaning eng sodda boʻlinmas shakli 4 unsur:
havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha oʻzaro birikuvi natijasida
murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan
oʻzgarishi mumkin, lekin ularning moddiy asosi boʻlgan 4 unsur yoʻqolmaydi,
abadiy saklanadi. Ibn Sino (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar


qilgan. U minerallarning asl tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, barcha
maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli
yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif to 19-asr gacha deyarli
oʻzgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya va mineralogiyaga oid
fikrlari uning „al-Afʼol va-linfiolot“ („Taʼsir va taʼsirlanish“) asarida ham
uchraydi.Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan
va unga oid asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani
uchun ularda Ibn Sinoning kimyoga boʻlgan munosabatining evolyusion
oʻzgarib borishi yaqqol aks etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari
oʻsha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilgʻor edi. Ibn Sino 21 yoshida, yaʼni
ilmiy faoliyatining boʻsagʻasida metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy
metallarni oltin va kumushga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga
ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari taʼsiri ostida „Ri-sola as-
sanʼa ilalbaraqiy“ („Baraqiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir risola“) nomli
kichik asar yozgan. Lekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajribasi ortgan yosh
olim bu sohadagi urinishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi
va „Risola aliksir“ („Iliksir haqida risola“) asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin
va kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga
kirishgan „Kitob ash-shifo“ da esa kimyogarlarning transmutatsiya
sohasidagi barcha harakatlari behuda ekanligini nazariy jihatdan
isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda maʼlum boʻlgan har bir
metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar oʻylagandek bir yagona
metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, uni
narsalardan yasab boʻlmasligini ham anglagan edi. Olimning bu nazariy
mulohazalari oʻrta asr kimyosining ilmiy kimyoga oʻsib oʻtishida muhim rol
oʻynadi.Ibn Sino botanika masalalari bilan ham juda koʻp shugʻullandi,
chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati
oʻsimliklardan olinadi. l shaxsni tarbiyalash gʻoyasida musiqani asosiy
vositalar sirasiga kiritgan.Ibn Sinoning tabobat da qilgan ishlari uning
nomini bir necha joylarda shu fan sohasi bilan chambarchas bogʻladi.
Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u oʻzigacha
oʻtgan turli xalq namoyandalari tomonidan ayerlar davomida tib ilmi
sohasida toʻplangan maʼlumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va


ularni oʻz tajribalari bilan boyitgan holda maʼlum nazariya va qonunqoida
asosida umumlashtirdi. Bunga uning „Tib qonunlari“ va bu asarning jahon
tib ilmi tarixida tutgan mavqei va krzongan shuhrati yorqin dalildir.Ibn
Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha
davrga ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga
yakinlashtirdi ham. Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning,
xususan Gippokrat, Galen, Dioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor edi.
Ibn Sino ham oʻz tibbiy faoliyatida ularning nazariy qarashlari va amaliy
koʻrsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq
olimlarining hamda uz tajribalari va bilimlari asosida rivojlantirdi va bo-yitdi.
Ibn Sinoning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining asosiy omillaridan
biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson gavdasi tuzilishini
mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzulishi, tishlarning tuzilishi
toʻgʻrisida u Galenga ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning
anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir boʻlishi va unda koʻz
qorachigʻining roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari
zamonaviy oftalmologiyaga yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning
tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisida yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan
bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy anatomiyaning asoschisi deb tan
olingan rus olimi N. I. Pirogov Ibn Sinoning izdoshi deyishga asos beradi.Ibn
Sino oʻtkir diagnost edi. Uning baʼzi tashhis usullari hozir ham oʻz
ahamiyatini yoʻqotmagan. Perkussiya (aʼzoga urish orqali diagnoz
qoʻyish)ni, xususan, assit va meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda
(qoringa sekin urish orqali) qoʻllagan. Bu usul 600 yildan keyin venalik tabib
Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta kashf qilinib, yana 50
yildan soʻng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas olish
turlarini chuqur oʻrganib, ulardan tashhisda foydalangan. Ibn Sino turli
kasalliklarning differensial diagnosti-kasida va gavdaning umumiy holatini
aniqlashda tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta
eʼtibor beradi. Masalan, diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu
jumladan, undagi shirinlik moddasiga qarab tashxis qiladi. Diabet
kasalligida siydikda qand modsasi boʻlishini 1775-yilda ingliz olimi Dobson
qoʻllanayotgan usullarning qariyb barchasi Ibn Sinoga maʼlum boʻlgan.


Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istisqo,
bavosirning operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqa Ibn Sino
qoʻllagan muolaja usullaridandir. Jarrohlikda anesteziya (ogʻriqni
sezdirmaslik) masalasiga ham Ibn Sino katta eʼtibor bergan. Buning uchun
u afyun, mingdevona, nasha va sh. k. narkotik taʼsirga ega boʻlgan
dorilardan foydalangan. Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena,
uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir
kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yoʻli bilan davolash usuli diqqatga
sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda toʻrt kunlik isitma bilan
ogʻrishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg
(1857—1940) shunday usulni qoʻllab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish
orqali davolagani uchun 1927-yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.Ibn
Sino maqbarasining ichki koʻrinishi. Hamadon, Eron.Ibn Sino dorishunoslik
sohasida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U olimlarning farmatsiyasi
asosida musulmon Sharqida paydo boʻlgan yangi farmatsiyaning
shakllanishiga yakun yasadi. Tabobatda sano, kofur (kamfara), rovoch,
tamrhindiy (hind hurmosi) kabi dorilarning ishlatilishi, asal oʻrnida koʻp
dorilarning qand (shakar) asosida tayyorlanishi ham Ibn Sinoning xizmatidir.
Uning dorivor oʻsimliklarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirgi
dorishunoslikdagi usullarga juda yaqindir. Tabiiy dorilar bilan bir katorda Ibn
Sino birinchilardan boʻlib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham
ishlatgan. Kasallikning turiga qarab avval sodda, soʻng murakkab tarkibli
dori bilan davolagan. Eng muhimi, u oziq-ovqatlarning shifo-baxsh taʼsiriga
katta ahamiyat berib, davolashni shunday mahsulotlardan (meva, sabzavot,
sut, goʻsht va hokazo) boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi (issiq,
sovuq, hoʻl, quruq), yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini taʼkidlaydi.
Ibn Sino farmatsiyasi juda puxta oʻylangan farmakologik tadqiqot usuliga
asoslanganligi bois oʻrta asr Yevropa farmatsiyasidan ancha oʻzib ketdi va
zamonaviy dorishunoslikka yaqinlashdi. Olim ishlatgan dorilarning bir
qanchasi hozirgi farmakopeyalardan mustahkam oʻrin olgan.
HavolalarFarobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn
Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 950, Damashq)


— Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur
bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda
zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa
qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan
keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy Sirdaryo
sohilidagi Farob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy
xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda
somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf
boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent,
Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada
chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻl-yoʻlakay
Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi.
Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar
toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olim-u fuzalolar bilan tanishdi,
yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib,
ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan
(870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa
tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha,
Farobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.Olim 941-yildan Damashkda muhtojlikda
kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay, ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va
boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab)
hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga
erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim Forobiyni oʻz
saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni
maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti
sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. Forobiy 949—
950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining
oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi „Bob assagʻir“ qabristoniga dafn
etilgan.Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Farobiy 160 dan ortiq asar
yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga
qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat
beradi.Farobiyning asosiy asarlari: „Falsafani oʻrganishdan oldin nimani
bilish kerakligi toʻgʻrisida“, „Falsafiy savollar va ularga javoblar“,


„Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi“, „Taliqot“ (sharhlar), „Inson
aʼzolari haqida risola“, „Boʻshliq haqida maqola“, „Donolik asoslari“,
„Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi“, „Hayvon aʼzolari, funksiyasi va
potensiyasi“, „Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima“, „Mantiq ilmiga
kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi haqida“, „Musiqa haqida katta kitob“,
„Baxtsaodatga erishuv haqida“, „Masalalar mohiyati“, „Buyuk kishilarning
naqllari“, „Ihso alulum“, „Hikmat maʼnolari“, „Aql toʻgʻrisida“, „Ilmlar va
sanʼatlar fazilati“, „Qonunlar haqida kitob“, „Substansiya haqida soʻz“, „Falak
harakatining doimiyligi haqida“, „Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz“, „Ritorika
haqida kitob“, „Hajm va miqdor haqida soʻz“, „Musiqa haqida soʻz“, „Fizika
usullari haqida kitob“, „Fazilatli xulqlar“, „Fozil shahar aholisining fikrlari“,
„Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida“, "Aristotel
„Metafizika“ kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqa Forobiy asarlari 20-
asrning 70—80-yillarida Toshkent va Olmaotada „Falsafiy risolalar“,
„Mantiqiy risolalar“, „Matematik risolalar“, „Ijtimoiyaxloqiy risolalar“,
„Tadqiqotlar va tarjimalar“ nomlari ostida rus tilida nashr etilgan.Farobiy ilk
oʻrta asrda, Sharq Uygʻonish davrida ijod etdi. Bu davr ishlab chiqaruvchi
kuchlarning oʻsishi, hunarmandchilik, irrigatsiya inshootlarining yuksalishi,
yangi shaharlarning bunyod etilishi, madaniy va maʼnaviy hayotning ravnaq
topishi bilan ajralib turadi. IX-X asrlarda ichki va tashqi savdo kuchaydi,
ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Vizantiya, Afrika mamlakatlari bilan aloqa yoʻlga
qoʻyildi. Bu davr qarama-qarshilik va adovatlardan xoli emas edi.
Farobiyning falsafiy qarashlarida oʻsha davrning yutuq va kamchiliklari,
murakkab va ziddiyatli jihatlari oʻz ifodasini topdi.Olimning ilmfan oldidagi
xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va
ularni yangi gʻoyalar bilan boyitganligidir. Alloma, eng avvalo, Arastu
asarlariga sharhlar bitgan, uning naturfalsafiy gʻoyalarining targʻibotchisi va
davomchisi sifatida tanilgan. Farobiy, shuningdek, Aflotun, Aleksandr
Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham sharh yozganligi
maʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp,
Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor boʻlgan hamda epikurchilar,
stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. Farobiy oʻrta
asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U „Ilmlarning kelib


chiqishi haqida“, „Ilmlarning tasnifi haqida“ nomli risolalarida oʻsha davrda
maʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib
berdi. Mutafakkir tabiat va inson organizmiga xos boʻlgan tabiiy jarayonlarni
oʻrganuvchi ilm sohalarini birinchi oʻringa qoʻydi. Farobiy ilmlarni
quyidagicha tasniflaydi: 1) til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya,
sheʼriyat, toʻgʻri yozuv va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 2) mantiq (8
boʻlimdan iborat boʻlib, tushuncha, muhokama, xulosa, sillogistika,
dialektika, sofistika va boshqalarni oʻz ichiga oladi); 3) mat. (arifmetika,
geom., astronomiya, mexanika, optika, sayyoralar, musiqa va ogʻirlik
haqidagi ilmdan iborat); 4) tabiiy ilmlar, ilohiy ilmlar yoki metafizika; 5)
shahar haqidagi ilm (siyosiy ilm, fiqh, ped., axloqshunoslik va kalom
kiradi).Farobiy fanlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va
ularning fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni,
tafakkur va nutqni, til va mantiqni oʻrganishga qaratilgan edi. Farobiyga
ko`ra, ilmlarning tasnifidan maqsad haqiqatni oʻrganish va tasdiqlashdan,
uni yolgʻondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman
bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt oʻrganish asosida
toʻplanib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki oʻzaro bir-biri bilan
bogʻliq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarnkng
baxtsaodatga erishishiga qaratilgandir.Farobiyning fanlar tasnifida tabiiy va
ijtimoiy fanlar oʻz vazifasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Masalan,
matematika, tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson aqlzakovatini
boyitishga xizmat qiladi, grammatika, sheʼriyat va mantiq esa fanlardan
toʻgʻri foydalanishni, bilimlarni boshqalarga toʻgʻri tushuntirish, yaʼni akliy
tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslik va ped.ga ovd bilimlar
kishilarning jamoaga birlashuvi, ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarini
oʻrgatadi. Xullas, Forobiyning ilmlar tasnifi toʻgʻrisidagi maʼlumoti oʻrta
asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi, keyingi dav
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentyabr, 973, Kat
(hozirgi Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani), Xorazm, – 13-dekabr, 1048
Gʻazna) – Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan
biri. Gʻarb tillarida uning ismi Aliboron deb ham atalgan. Al-Beruniy nomi


forscha „birun“ („chet“ degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u
Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida
tugʻilgan[2][3]. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u
yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va
falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. Beruniy ona tili
boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy
tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini oʻrgandi. Iroqiylarning oxirgi vakili
Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Al-Beruniy falakiyot,
riyoziyot, geodeziya, jugʻrofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi
bilgan. Shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib
turardi. U oʻz davrining deyarli barcha fanlarini mukammal oʻrgangani sabab
qomusiy alloma deb nomlanadi va koʻplab ilm sohalarida tinimsiz
izlanishlari uchun moʻl-koʻl mukofotlangan[4]. Shoh xonadoni va
jamiyatdagi boshqa qudratli unsurlar Al-Beruniyning tadqiqotlarini
moliyalashtiradi. Oʻziga xos taʼsirga ega boʻlgan Al-Beruniyning oʻzi ham
falsafani oʻrganish davomida, boshqa xalqlarning olimlaridan, xususan,
yunon olimlaridan ham ilhom olgan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1.Risolalar Toshkent 1975
2. Fozil odamlar shahri Toshkent 1993
3.Ma'naviyat yulduzlari Toshkent 1999
4.Pirmat Shermuhammedov. "Dahoning tug'ilishi yoxud Abu Rayxon Beruniy
qismati" . Toshkent

Yüklə 65,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin