Sharq va G'arb matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi. R e j a


Matematiqani o’rgatishda u tarbiyaviy choralarga ushbu omillarni kiritadi



Yüklə 143 Kb.
səhifə14/16
tarix10.05.2022
ölçüsü143 Kb.
#57468
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Sharq va G\'arb matematik olimlarining asarlarida

Matematiqani o’rgatishda u tarbiyaviy choralarga ushbu omillarni kiritadi:

  1. Bolalarda o’kishga bo’lgan qiziqish, bilim va ko’nikmalarni shakllantirish;

  2. Mashg’ulot jarayoniga bo’lgan mas’uliyatlilikni tushuntirish;

  3. O’z kuchiga, qobiliyatiga bo’ladigan ishonchni tarbiyalash;

  4. Matematika keyingi bosqich uchun “zamin” ekanligiga ishonchlilikni tarbiyalash.

Matematik tushunchalarni shakllantirishda S.I.Shvartsburd quyidagi komponentlarni ajratadi:

  1. Keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish;

  2. Asosni tanlay bilish, abstrakt fikrlashni bilish;

  3. Aniq xolatdan savolni matematik ifodalashga o’tishni bilish;

  4. Taxlil qilishni, aniq xolatlarga bo’lishni bilish;

  5. Ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashni bilish;

  6. Matematik masalani yechishda toqat qilishni bilish, dedektiv fikrlash ko’nikmalarini xosil qilish;

  7. Yangi savollarni berish (qo’yish)ni bilish.

Demak, ilk matematik qobiliyatlar shunday insoniy xususiyatlar orqali ifodalanadiki, ular matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat ko’rsatishga imkon yaratadi.

Bilim va ko’nikmalarni o’rganuvchilarning ko’pchiligi bilish bu matematik masalada qo’yilgan maqsadga muvaffakiyatli erishtiruvchi bilim va ko’nikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir.

“Bilish”ning ayni shunday ifodalanishi ushbu izlanishda ko’rilmokda. “Ko’nikma” bolaning masalani yechishdagi shaxsiy tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb ko’riladi. Bilimni o’zlashtirish va bilim hamda ko’nikmalarning shakllanishi o’rtasidagi bog’lanish bolalarning bilimlariga asoslangan bilim va ko’nikmalarni egallashda ko’riladi. Ushbu ko’nikma va bilimlar xisobida bolalarda yangi bilimlar, tushunchalar o’zlashtiriladi.I.A.Markushevich maktabgacha ta’lim oldida to’rgan asosiy vazifa bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir deydi.

I.A. Markushevich bolalarda quyidagi ko’nikmalar xosil qilish uchun batafsil metodologik dasturni beradi:



  1. Savolning mohiyatini aniqlash;

  2. Aniq qo’yilgan savoldan sxemaga o’tish (sxemalashtirishni bilish);

  3. Berilgan farazlardan mantiqiy xulosalarni keltirish;

  4. Berilgan savolni taxlil qilish;

  5. Nazariy fikrlashdan kelib chiqqan xulosalarni aniq savollarda ishlatishni bilish;

  6. Xulosalarni taqqoslash;

  7. Shartlarning natijalariga bo’lgan ta’sirni baholash;

  8. Olingan xulosalarni umumiylashtirib, yangi savollarni qo’yish.

Yuqorida keltirilgan bilimlar bolaning ijodiy fikrlashi asosida yotadi

va bu bilimlarni bolalarda maktabga qadam qo’yguncha muntazam rivojlantirish lozimdir.

Geometrik tushunchalarni rivojlantirishda bolalarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi boshqa bilim va ko’nikmalarni shakllantirish muhimdir.

Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish bir qator shartlarga bog’lik:

Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi muhimdir.

Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketma-ketlikda bo’lishi shartdir.

Uchinchidan, bola matematik tushunchalarni uzlashtirish jarayonini o’rganib, kelib chiqadigan xulosalarni bilishi shart.

Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqlining rivojlanganlik darajasiga bog’lik. Shuning uchun birinchi bosqichda pedagog (tarbiyachi)ga aqliy kuch va tirishqoqlikni ko’p talab qilmaydigan masalalarni taklif etish kerak.

Bunda bola sodda matematik tushunchani o’zlashtirishi, keyin esa bora-bora bolaning o’zi mustaqil ishlash ko’nikmasini hosil qilgunicha matematik tushunchalarni rivojlantirib, murakkablashtirish kerak. Matematik tushunchani o’zlashtirish jarayonidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi shu tushunchaning mazmuniga ham bog’liq. Har bir tushunchadagi ma’lumotlar matematik tushunchalar va goyalarning mantiqiy tugallangan doirasidir, bu esa tarbiyachi tomonidan faol o’zlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha ulangan bo’lishi kerak.Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda ta’limning didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak.

Matematik tushunchalarni rivojlantirish va uni murakkablashtirish didaktiqaning asosiy qonunlaridan biri bo’lgan inkorni inkor qonuni asosida kurilgan bo’lishi kerak. Bu qonunga ko’ra, bir muammoni boshqa bir muammoga almashtirish ular orasidagi aniq bog’lanishga asoslangan bo’lishi kerak.

Keyingi va oldingi masalalar orasidagi qonuniy boglanish ularning ichki sifati birligidan kelib chiqadi. Bu sifatliy birlik har bir to’plam masalalarning qanday maqsad uchun to’zilish strukturasidan kelib chiqadi.

Masalalar yechishda uddaburonlik bilan xulosalar chiqara olishi, paydo bo’lgan muammolarni yechishning yo’llarini topa bilishi ham zarur. Masalalar

yechishda pedagog (tarbiyachi)larda shakllangan bilimdan to’liq foydalanishga imkoniyat beradigan eng qulay va sodda masalalarni yechishdan ishni boshlash kutilgan natijalarga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, bunday ishlarni amalga oshirish tanlangan masalalarning mazmuniga, ularning turli-tumanligiga, yechish usullariga, qolaversa, mashg’ulotning tashhil qilinishiga ham bog’liq bo’ladi.

Maktabgacha ta’limda har bir mash’ulot tugallanadigan maqsadni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Mashg’ulot yetarli darajada qoniqarli va muvaffaqiyatli o’tishligi uchun tarbiyachi mashg’ulotning umumiy ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifasini, uni amalga oshirish usullarini aniq tushungan va egallagan bo’lishi kerak. Mashg’ulotda masalalar yechish jarayonida har bir bola uning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga imkon beradigan matematik bilimlar tizimiga, maxsus va umumiy o’quv ko’nikma hamda malakalariga, rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasiga erishgan bo’lishi kerak.Mashg’ulotning har bir maqsadi aniq bo’lib, bilimda aniq bir sifat o’zgarishni ko’zda tutgan bo’lishi kerak. Bolada masalalar yechish uchun tegishli ko’nikma va malakalari, mantiqiy hamda ijodiy fikrlash faoliyati, qolaversa, unda axloqiy tarbiyasi ham to’la shakllangan bo’lishi kerak.

Tarbiyachi savol yordami bilan bolani rag’batlantirishi, mashg’ulotlarda uni, muammoli jarayonlar yaratish, erkin ijodiy mashg’ulotlar tashhil qilishi kerak. Bu ishlarni amalga oshirishda quyidagi qator shartlarga rioya qilishi kerak va zarur:

- tasodifiy “bo’shliqqa” yo’l qo’ymaydigan mashg’ulotning borish tezligini saqlab turmoq;ishning boshlanishiga qadar barcha tushuntirishlar, buyruq va ko’rsatmalar aniq qilingan bo’lishi zarur;

— pedagog (tarbiyachi) o’z tushuntirishlarida bolalarning individual javoblari vaqtida bolalarning fikrlash faoliyatini doimiy ravishda faollashtirib borishi kerak;

— bolalarning barchasi ishlayotgan paytda ularni ortiqcha gaplar bilan chalg’itmaslik, xonada aylanib yurmaslik va ayrim guruh bolalariga beriladigan tanbexlar yuqori ovozda aytilmasligi kerak;

— ishning shakli va ko’rinishi har xil bo’lishligi;

— muhokama qilinayotgan materialni taxlil qilishda har xil strategik usullarni tashhil qilshdan foydalanish;

— maktabga tayyorlov guruhida ish tajribasi shuni tasdikdaydiki, bir masalani turli usullar bilan og’zaki yechish bolalarning mantiqiy fikrlashini, uddaburonligini, tezda tiklay olishini, paydo bo’lgan bar xil muammolarni og’zaki bajarishning to’g’ri yo’lini topa bilishlik qobiliyatini yanada rivojlantiradi va shakllantiradi.




Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin