Sharq va g'arb mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi qarashlari esse mavzuning dolzarbligi



Yüklə 18,73 Kb.
səhifə3/4
tarix20.10.2023
ölçüsü18,73 Kb.
#158101
1   2   3   4
Sharq va g\'arb mutafakkirlarining farzand tarbiyasi haqidagi qar-fayllar.org

2. G`arb mutafakkirlarining oilada bola tarbiyasi to`g`risidagi qarashlari.
Qadimgi Yunon faylasuyi Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonnibilishlarini bilib olishga erishish, uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir. U o’z ta’limotida mardlik, donolik, mo’tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha mardlik qo’rquvni daf qilish, donolik jamiyat qonunlariga rioya qilish mo’tadillik o’z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir.
Suqrotning ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy axloq me’zonlarini, inson uchun muqaddas bo’lgan fazilatlarni egallab olishi kerak.
Platon Yunonistonning, mashhur mumtoz faylasufi. Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini «Davlat» va «Qonunlar» asarlaridan bayon etadi. Uning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan ta’siri, bolalarda axloqiy sifatlarning
tarkib topishida ko’rinadi. His – tuyg’uga ta’sir etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashni asosiy hisoblaydi. Platon o’yin, adabiy asarlardan o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turishlari, lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasligi kerak. Platon «Davlat» asarida bolalarni yoshligidan ijtimoiy tarbiyalash g’oyasini olg’a suradi va uni tashkil etishning muayyan tuzimini taklif etadi.
Qadimiy Yunon mutafakkiri Aristotel o’zining axloqqa oid «Nikohma etikasi», «Endem etikasi» asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog’liq bo’lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va irodani rivojlantirish muxim ekanligini aytadi. Uning ta’limotiga ko’ra, bolalarning yosh xususiyati xisobga olingan holda kerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil bola tug’ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir davridagi o’ziga xos xususiyatni ko’rsatadi, har bir davrda amalga oshiriladigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etadi.


XULOSA
Yuqoridagi qisqacha tahlillarimiz shuni ko’rsatadiki, musulmon olami, SHarq mutafakkirlari orasida oila muammolari, farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullangan va shu xususda o’zlarining qimmatli fkrlarini kelgusi avlodlar uchun qoldirgan olimlar juda ko’p. Biz ularning ayrimlariga to’xtaldik xolos.


Yüklə 18,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin