VI. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 6.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ijro etilmasligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligida Shuningdek ushbu Shartnomada nazarda to‘tilgan talablar asosida javobgardirlar.
6.2. “Sotuvchi” tomonidan “Buyurtmachi” ga tovar va maxsulotlarni belgilangan muddatlarda yеtkazib bermaganligi uchun kechiktirilgan xar bir kun uchun еtkazib berilmagan maxsulot qiymatining 0,5 % (foiz) miqdorida “buyurtmachi” ga penya to‘laydi, lekin penya miqdori kechiktirilgan maxsulot qiymatining 50 % (foiz) dan oshmasligi kerak.
6.3. Shartnoma talablarida ko‘rsatilgan belgilangan sifatlardagi tovarlar yеtkazib berilmagan taqdirda, “Sotuvchi” taraf ushbu maxsulot qiymatining 20 % (foiz) miqdorida jarima to‘lashiga sabab bo‘ladi.
6.4. “Buyurtmachi” tomonidan olingan tovar yoki maxsulot uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda kechiktirilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan so‘mmaning 0,5 % (foiz) miqdorida “Sotuvchi”ga penya to‘laydi, bunda penyaning umumiy miqdori kechiktirilgan so‘mmaning 50 % (foiz) dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
6.5. Nazorat organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish davomida yеtkazib berilgan tovar yoki maxsulotlar narxi yuqori deb topilgan taqdirda o‘rtadagi farq “Sotuvchi” tomonidan qoplanadi.
VII. FORS-MAJOR XOLATLARI 7.1. Xech bir taraf ikkinchi taraf oldida o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra va yеngib bo‘lmas kuch mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas. Favqulotda tusdagi xolatlarga: suv toshqini, yong‘in, yеr qimirlashi va boshqa tabiiy ofatlar, Shuningdek xarbiy xarakatlar, davlat organlarining aktlari yoki xarakatlari va taraflar nazorat qila olmaydigan boshqa xar qanday xolatlar tegishlidir.
7.2. Taraflar ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik sabablari to‘g‘risida albatta ikkinchi tarafni ogoxlantirishi shart.
7.3. Agar bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch 1 oy davomida uzluksiz ravishda davom etsa, taraflar bir-birini yozma ravishda ogoxlantirib, Shartnomaning ijrosini bekor qilish yoki qo‘shimcha ijro muddatlarini belgilashlari mumkin.