3.2. Ta’lim oluvchining majburiyatlari:
Kontraktning 2.2. bandida belgilangan to‘lov summasini shu bandda ko‘rsatilgan
muddatlarda to‘lab borish.
Respublikada belgilangan Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki tariflar o‘zgarishi
natijasida o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgargan taqdirda, o‘qishning qolgan
muddati uchun ta’lim muassasasiga haq to‘lash bo‘yicha bir oy muddat ichida kontraktga
qo‘shimcha bitim rasmiylashtirish va to‘lov farqini to‘lash.
Ta’lim oluvchi o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdorini to‘laganlik to‘g‘risidagi bank
tasdiqnomasi va kontraktning bir nusxasini o‘z vaqtida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun
ta’lim muassasasiga topshirish.
Tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishining (mutaxassisligining) tegishli malaka tavsifnomasiga
muvofiq kelajakda mustaqil faoliyat yuritishga zarur bo‘lgan barcha bilimlarni egallash, dars
va mashg‘ulotlarga to‘liq qatnashish.
Ta’lim muassasasi va talabalar turar joyining ichki nizomlariga qa’tiy rioya qilish,
professoro‘qituvchilar va xodimlarga hurmat bilan qarash, “Ta’lim muassasasi” obro‘siga
putur yetkazadigan harakatlar qilmaslik, moddiy bazasini asrash, ziyon keltirmaslik, ziyon
keltirganda o‘rnini qoplash.
Dostları ilə paylaş: |