Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
O’quvchilarda vocal malakalarini rivojlantirishning ahamiyati.
Musiqa ta'limining katta e'tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Al-Farobiy yosh avlodni tarbiyalash o‘qitish masalalariga ko‘plab ilmiy va amaliy g‘oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschisi hamdir. Taniqli olim, faylasuf, musiqashunos Jomiyning “Risolai dar ilmi musiqa” nomli kitobida kompazitsiya, lad, ritm nisbatlari haqida yozilgan. O‘zbek shoiri Alisher Navoiy ham musiqa san'ati sohasida nixoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy estetik qarashlari “Sabbai-Sayyor”, “Maxbub-ul qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida aks etgan.
Barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqi ham qadimdan o‘zining boy milliy ma'naviy qadriyatlari, urf-odatlari va an'analariga ega bo‘lib kelgan tarixan juda o‘tmishga borib taqaladigan boy musiqiy merosga ega. O‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati va salohiyatini belgilovchi xususiyatlarini belgilovchi uning musiqasi, kuy va qo‘shiqlaridir. Bu milliy musiqiy merosi nihoyatda boy va ko‘p janrlidir.
Musiqiy xisni barcha yoshlarda rivojlantirish mumkin. Iste'dodni ma'lum sharoitda ustirish mumkin. Inson nerv sistemasi atrof muhit talabiga ko‘ra doimiy o‘sish va o‘zgaruvchanlikda. Musiqani xis eta olishning, ya'ni musiqiy tilni tushinishning, uning ma'nosini idrok etishning - agar bu vazifaga to‘g‘ri yondoshsa barcha insonlar uchun u yoki bu darajada imkoni bor. Tovush balandligini xis etish, ritm xissi, ladlar xissi, garmonik eshitish va boshqa musiqiy elementlarni xis etishni rivojlantirish mumkin. Jonli ijro vaqtida musiqiy til orqali borliqni, uning mahnosini tushinishni o‘rganish mumkin. O‘quvchini musiqaning ma'nosini ochishga o‘rgatish o‘kituvchining asosiy vazifalaridan, bu protsessni u musiqiy texnikani o‘zlashtirishi bilan bir vaqtda olib borishi shart.
Musiqa inson uchun istiroblar, xissiyotlar va obrazlar xaqida so‘zlovchi til bo‘la olishi kerak. Bu urinda repertuarni to‘g‘ri tanlash lozim. Repertuarni tanlashdan avval oson tushiniladigan, keyinroq, sekin asta qiyinroq asarlarni tanlash maqsadga muvoffiq.
Xonandani tarbiyalashda ikki vazifani xal etmoq lozim, bular: ijro aparatini ko‘rmoq, ya'ni professional kuylovchi ovozni xonandaning “sozini” va unda ijro etmoq, bular bir biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Aynan shu narsa xonandaning musiqiy tarbiyasida muhim va mushkul tomondirki, musiqiy sozlarda ijro etuvchilarni tarbiyalashdan tubdan farq qiladi. Shuning uchun bu etapda o‘qituvchi xonandaning sozini yaratadi, - ya'ni “ovozni tarbiyalash” vazifasini bajaradi.
Tarbiyaning boshida ovozni to‘g‘ri xosil qilishning elementar bilimlari uchun ishlatiladigan mashqlar beriladi va xatto shu ma'nosiz (tekstsiz) mashqlarni xam musiqiy xis bilan ijro etishga axamiyat beriladi. Xar bir xato eng oddiy bilimlar xam elementar ijrochilik vazifalari bilan bog‘li bo‘lishi lozim. Musiqiy mashqlarni oddiy notalar ketma-ketligi shaklida kuylash mumkin, yoki aksincha rivojlangan musiqiy fikr sifatida kuylash xam mumkin.
Vokalizlarni ijro etayotganda xam, asar ijrosi vaqtida xam, musiqiy obraz birinchi urinda bo‘lmog‘i lozim. Shunday qilib xonandaning vokal texnikasi birinchi mashqlardan to mukammal ijroga qadar musiqiy tasavvur bilan bog‘liklikda bo‘lishi kerak. Quyidagi 3 etap musiqiy bilimni o‘zlashtirishda eng muximlaridandir. Ovoz apparati ustida ishlashning to‘g‘ri yulini tanlash, ikkinchisi shu yo‘lni mustaxkamlash jarayonini aniqlash, uchinchisini rivojlantirib, saqlash. Bu uch etapni doim yodda tutish o‘qituvchidan talab etiladi, kuylash bilimining ko‘pqirrali tomonlarini o‘zlashtirish, asarga ijodkorona yondoshishga va ijro erkinligiga erishishga yordam beradi.
O’quvchilar ovozini to‘g‘ri tarbiyalash va saklash uchun ular bilan muntazam suhbatlar va tushuntirish ishlari o‘tkazib turish lozim. O’quvchilarda musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish uchun, avvalambor ularda musiqiy eshitish qobiliyatini shakllantirish kerak. Musiqiy asarni tinglab, idrok etish uchun asarning kuy yo‘nalishi, lad-garmonik tuzilishi, janri va hokazolarni bilishi lozim. Buning uchun nafaqat musiqa qonunlari, prinsiplari, musiqaning tuzilishi shakida bilish, balki musiqaga nisbatan muhabbat va qiziqish bo‘lmog‘i darkor. Gohida musiqaning hamma koidalarini biluvchi mutaxassis musiqachini uchratamiz, lekin u musiqaga nisbatan emotsional lokayd bo‘ladi. Gohida musiqa qonun-koidalaridan mutlako behabar, ammo musiqani jonu dili bilan sevuvchi insonlarni ko‘ramiz. Shuning uchun musiqiy tarbiyaning yeng asosiy vazifasi o’quvchilarga musiqiy qo’shiq o‘rgatish, musiqa savodi, nota yozuvini o‘rgatish emas, balki ularda emotsional ko‘tarinqilikni, badiiy-estetik dunyoqarashni, estetik didni shakllantirishdir. Darsda belgilangan asosiy pedagogik maqsadlar, musiqani idrok etish musiqiy faoliyatlar uzviy yaxlitlikda olib borilganda o’quvchilarda musiqiy malakalarni shakllantirish jarayoni samarali kechadi.
Chunonchi:
-musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish;
-musiqani idrok etish malakalarini o‘stirish;
-kuylash malakalarini o‘stirish;
-musiqa nazariyasi asoslarini o‘rgatish;
-musiqaga ritmik jo‘r bo‘lish, unga muvofiqharakatlar qilish bilan ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirish;
-musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o’quvchi shaxsida ijodiy tafakkurni shakllantirish va boshqalarga erishadi. Natijada o’quvchilarda musiqa haqida mushoxada yurgizishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi.
Musiqiy tarbiya tushunchasini keng va tor ma'nolarda tushunish mumkin. Keng ma'noda-insonning ruhiy ehtiyojlarini, axloqiy tasavvurlarini, g‘oyaviy emotsional tafakkurlarini va hayotiy voqeliklarni estetik baholash xissini shakllantiradi. Tor ma'noda-bu musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish tushuniladi. Idrok etish qobiliyati musiqaning turli xil jarayonlarida amalga oshiriladi. Musiqani emotsional xis etish, uning mazmun mohiyatini anglash musiqiy madaniyatga katta hissa qo’shadi.
Vokal xonandasi avvalo, ovozini yo’qotmaslikka harakat qilishi kerak. Ovoz yo’qolgan taqdirda uning qayta tiklanguniga qadar vokal mashg’ulotlarini ya’ni qo’shiq aytishni to’xtatib turishi lozim. Bo’g’ilgan ovoz o’z tabiiy holatiga qaytishi murakkab jarayon bo’lganligi bois, mahoratli qo’shiqchi intonatsion xatolardan qochishi, buning uchun ovozini taranglashtirishga (tomoqqa kuch berishga) majbur bo’ladi. Ovoz yaxshilanmaguncha, bunday yo’lni qo’llamaslik lozim. Agar siz ma’lum bir qo’shiqni qayta-qayta kuylasangiz miya bu harakatni saqlab qoladi. Bu jarayon muskul xotirasini tiklash deb ataladi. Mazkur jarayonda muskul aniq javob qaytarishga va kelajakda avtomatik ishlashga odatlanadi
Musiqiy asar ijrosini o’rganish paytida diqqatni jamlab, ko’p xatolarga yo’l qo’ymaslikka intilish lozim. Umuman olganda, murakkab mashqlarni xato bilan bajargandan ko’ra, osonroq mashqlarni bexato bajarish afzalroqdir. Agar berilgan ovoz mashqi 3 martada ham xato bilan bajarilsa, talaba qo’rquvdan ijodiy nazoratni yo’qotib, mashqni davom ettira olmaydi. Talaba vokal mashqlarini tartib bilan, yengil bajarashi kerak. Bu jarayondagi muhim qoida kuylash chog’ida hech qachon qisiq va noqulaylik holatda bo’lmaslik kerak. Agar birorta tovush noto’g’ri kuylansa, yoki noqulaylik sezilsa ovozingizning o’zidan biror jihatni noto’g’ri bajarayotganingizni his qilasiz. Har doim hissiyotlaringizga ishoning. Mashg’ulot paytida musiqiy asarni ijro qilishdagi bosh va gavdaning asosiy holatlari: kuylash chog’ida gavdaning to’g’ri, tabiiy, erkin birmuncha yoyilgan, qo’llar bo’sh qo’yiladi. Boshni to’g’ri, erkin tutish, pastga tushirmay va baland ko’tarmaslik kerak. Yuz va bo’yin mushaklari kuchlanmasligi, oldinga qarab turish lozim. Talabaga dastlabki mashg’ulotlar uchun sodda, tovush hosil qilish jarayonida diqqatni jalb qilish imkonini beradigan mashqlarni tanlash lozim. Oldinda turgan ijroga ichki tayyorgarlik bilan bir qatorda yaxshi hirgoyi, ya’ni mushak tizimini ishchi holatga keltirish zarur. Mashg’ulot paytidagi hirgoyi sportchining chigal yozdi mashqlari kabidir. Amalda o’z ishini hurmat qilgan har bir xonanda har kuni hirgoyi qilishni majburiy deb bilishi maqsadga muvofiq. Hirgoyi uchun mashqlar vokalistlar uchun ovoz funksiyasini yaxshi sozlovchi muvaffaqiyatli asarlar sanalanadi. Xonanda yaxshi mashq qilgan bo’lsa, hirgoyi kam vaqt egallashi mumkin. Katta tanaffuslardan so’ng hirgoyi ko’proq vaqt egallaydi. Tajribali professional ijrochining funksional imkoniyatlari yuqori hisoblanadi. Shuning uchun asar ijrosiga kirishish davri minimal, ayrim professionallar hirgoyi qilmasdan ham sahnaga chiqa oladilar. Biroq har bir xonanda hamisha o’z ovozini “sinash”, ya’ni uni ijroga “tayyor” holatga keltirishga intiladi. Bu ayniqsa murakkab asarlarni birdan kuylash kerak bo’lgan paytda zarur. Vokal ijrochiligida hirgoyi harakati ikki yoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, hirgoyi natijasida (инертность) juftlik bartaraf etiladi va nerv jarayonlarining zarur faolligiga erishiladi. Boshqa tomondan, hirgoyi xarakteri, mashqlar sur’ati xonanda o’z oldiga qo’ygan vazifalar va mexanizmlarini ishga tushiradi, mashqlar tempi, ijro ritmi, dinamik, xarakteri kerakli stereotiplarini ishga kiritadi. Vokal asarlari ijrochiligini o’rgatish metodikasida hirgoyi qismiga alohida katta e’tibor qaratiladi. Biroq, ikki tushunchani farqlash lozim: hirgoyi ovoz apparatini qizdirish, ya’ni organizmga umumiy ta’sir va xirgoyi ovoz kiritish texnikasini ishlash. Vokal pedagogikasi amaliyotida ba’zan shunday aralashtirish kuzatiladi.
Dastlabki mashqlar murakkab vazifalardan holi bo’ladi. Mashqlarning birinchi qismi turli o’rganuvchilar uchun tom ma’noda hirgoyi ya’ni, chigal yozdi bo’lishi kerak. Keyinroq texnik ijro vazifalarini qo’yadigan hirgoyiga o’tiladi. Talaba ovoz apparati ishida sinfda foydalangan koordinatsiyadan mustaqil kuylashda foydalanishning ishonch hosil qilgandan keyingina yosh xonanda mustaqil hirgoyi qilish mumkin. Ishlash (o’rganish) vaqti xonandalarda turlicha bo’ladi. Juda uzoq xirgoyi qilish kerak bo’lgan individuallar bor. Ular qancha ko’p kuylasa, ovozi shunga jaranglashadi. Boshqalari aksincha sifatlarga ega. Har bir xonanda o’z ovoz apparati xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagog shuningdek, har bir o’rganuvchining ishlash vaqtini hisobga olishi, darsning ratsional qurilishiga xizmat qiladi. Ishlagan vaqti va hirgoyi qilish darsdan darsga o’zgarib boradi. Bunga kun tartibi, vokal yuklama tartibi, organizmning umumiy tonus iva psixik kayfiyat kabilar sabab bo’ladi. Mashq qilgan sari kirishish vaqti qisqarib boradi, bu kuylash holatiga tez kirish imkonini beradi. To’liq kuylash holati uchun o’rtacha 10-12 daqiqa yetarli bo’ladi. Asosiy 3 ta tamoyil ovozingiz to’g’ri tovush hosil qilishga kafolat beradi. Umumiy uchta tamoyil to’la-to’kis bo’lishi mumkin. Ular yakka tartibda ovozlarni baland-past notalarini kuylay oladilar, uzoq kuylaydilar, toza ovozni ta’sirliligi va qirrilashini oldini oladi. Ijro vaqtida qorin mushaklari, bel ichkariga tortilishi va ma’lum bir qismi ko’tarilishi mumkin. Qanday bo’lsa ham nima sodir bo’lganda ham o’zini ovozi ustida uzoq vaqt ishlashga qarshilik qilmasdan ovozni ko’rsatish kerak. Ko’plab xonandalar maxsus muammolarni hal qilish maqsadida vokalga xos (murakkab) mashqlardan boshlashni istashadi. Mashq qilish davomida butun diqqatingiz ovoz bilan qanday ishlash kerakligiga qaratilishi lozim. Natijada siz barcha nota birikmalari va intervallarni qiyinchiliksiz kuylay olasiz. Dastlabki mashg’ulotlar uchun sodda, xonandaga tovush hosil qilish jarayonida diqqatni jalb qilish imkonini beradigan mashqlarni tanlash lozim.
Vokalda esnash: Keng erkin hiqildoqning yuqorida tutgan o‘rni, bizga tovushni faol hujumda, yumshoq tanglay ko‘tarilgan holatda bo‘lishi kerakliligini ta’minlaydi. Tanglay pardalari Lamperti aytganidek: “U shamol tufayli do‘ppayib chiqqan yelkan ko'rinishidek bo‘lishi kerak”. Pedagog Dones Geyser maslahat beradi: “Ayrim hollarda barmoqlar bilan kichik tilchaga teginib ko‘rish va yumshoq tanglay va tilchani qanday ko‘tarilayotganini his qilib ko'rish lozim”. Vokal adabiyotida bu ijrodagi esnash, vokalli esnash, yarim esnash deb ataladi. Halqum muskullari faollashganda (esnov, yumshoq tanglay) jagMar qisiladi, til ozod bo'ladi, hiqildoq tushadi. E.Karuzo ijrochiga: , , “Ko‘zgu oldida turib tomoqni ochib mashq qilish foydali va bu bilan tanglayni ko‘rishga harakat qilish, xuddi biz tomog‘imizni vrachga ko‘rsatmoqchi bo‘lganimizdek” - deb hisoblaydi. A.G.Menabeni esnov haqida mana nimalami yozadi: “Ijro tovushning to‘g‘ri tashkil qilinishida yumshoq tanglay butunligicha dimog'ni halqumdan ajratadi. Ya’ni ko‘tarilgan holatda esnovga yaqin bo‘ ladi. Esnoq nafas olganda tayyorlanadi va ijro tovush tashkil qilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Unda halqum bo‘shlig‘i kengayib uning rezonatorlik qobiliyatlari kattalashadi, tovush kuchi o‘sadi. Tanglay bu holatda yuqori ko‘tarilgan, yumshoq halqumning ijro tovushini to‘g‘ri shakllanishi uchun shart sharoitlar yaratadi, uning aylanasi va yuqori mavqei esnoq vaqtida til ildizlari pastga tushishini ta’minlab, hiqildoq osilgan holda, til osti suyagi ham shunday holatda bo‘ladi. Shuning uchun esnoq metodik qo‘llanma bo‘lib namoyon bo'ladi. Erkin holda hiqildoqni tushishida yumshoq tanglayni esnoqda zo‘riqishi, asab bogMamlari orqali-diafragmani kerakli tonusini keltirib chiqaradi. Ovoz burmalarini zo‘riqishiga ham ta’sir qiladi, u aralash registmi tashkil qilishi uchun zarurdir”. Vokal amaliyotida yarim esnoq haqida gapirish qabul qilingan, bu dalil nima bilan ajratib ko‘rsati!gan - bu ijro esnoqi oddiylikdan kamroq kuzatish kerak demakdir, boshidan nafas olishni boshlamoq, og‘iz halqumini yarim esnoqda to‘g‘rilashga mos kelishi shart. Agar qattiq tanglayda yuqori tayanch bo‘lmasa unda tovush ravon, tez, ochiq, sof bo‘ladi.. Bunday tovush xalq ijrochiligida qo‘llaniladi. Agar tovush yumshoq tanglayda aks etsa u yirtiq, metalsiz, nursiz xira, burun aksi bo‘ladi;Tovushni burunga yo‘naltirishga yo‘ 1 qo'ymaslik kerak. Chunki bu hodisada u oddiy, jirkanch bo'lib qoladi. Mashq: agar boshlovchida burun tovushi bo‘Isa, unda ijro vaqtida barmoqlari bilan burnini qisishga majburlang, ya’ni o'zida bu kamchilik mavjudligini bilsin. Nafas chiqarishga hech qanday ziyon qilmaydi, chunki ijroda nafas chiqarish burundan bo‘ladi