11,12,2021й ҲИСОБОТ Янгиариқ МФЙ
Huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish, hamda tanglik vaziyatiga tushgan yoshlarni aniqlash: “Shaxs aktsentuatsiyasini” diagnostika qilish sorovnomasi o’tkazish. Natijalar asosida hulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish. (8-11) sinf.
Shaxs aktsentuatsiyasini diagnostika qilish so’rovnomasi(K.Leongard)
Mazkur so’rovnoma A.A.Baranov tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda Karl Leongardning shaxs aktsentuatsiyalari tipologiyasi asos qilib olingan.
So’rovnoma temperament, xarakter va tafakkur uslubida aktsentuatsiyaning qaysi turi ustunlik qilishini aniqlash uchun yordam beradi. So’rovnoma bilan ishlashda tekshiriluvchi berilgan hukmlardagi ta’kidlar uning hulq – atvoriga mos kelishi yoki kelmasligini bildirishi kerak. 01. Namoyishkoronalik – doim diqqat markazida bo’lishga, tan olinishga ustun bo’lishi.
02. Ginaxonlik – qo’rquv va jahl emotsiyalarining uzoq vaqt barqaror saqlab turishi.
03. Maydakashlik – o’rnatilgan tartibga qat’iy rioya etishga intilishning, ishning tashqi va mayda – chuyda tomonlariga e’tibor berishning kuchli bo’lishi.
04. Qo’zg’aluvchanlik – xulq-atvorda impulsivlikning, etarlicha mulohazasiz harakat qilishga moyillikning ustun bo’lishi.
05. Optimistlik – ko’tarinki kayfiyat, faoliyatda jonbozlik, gapdonlikning ustunligi.
06. Davriylik – ko’tarinkilik va tushkunlik holatlarining davriy ravishda o’rin almashishi.
07. Pessimistlik – yomon kayfiyat, voqealarning salbiy tomonlariga ko’proq e’tibor beruvchanlikning ustun bo’lishi.
08. Beqarorlik – hayotiy vaziyatlar ta’sirida emotsional holatning musbat tomondan manfiy tomondan musbat tomonga keskin o’zgarishi.
09. Xavotirlanuvchanlik – xavotir, cho’chish, qo’rqimsirashning yuqori bo’lishi.
10. Ko’ngilchanlikning – nozik insoniy hissiyotlar sohasida chuqur kechinmalarining, ta’sirchanlikning ustun bo’lishi.
11. Ekstravertlik – tashqi olamdagi voqea – hodisalarga yo’nalganlikning ustun bo’lishi.
12. Introvetrlik – shaxsiy kechinmalar, o’y – xayollar olamiga yo’nalganlikning ustunlik qilishi.
Eslatma № 1. Aktsentuatsiya nomlari asosan klinik atamalar bilan emas, so’zlashuv uslubiga xos so’zlar bilan ifodalangan.
Dostları ilə paylaş: |