Sotsiometriya metodkasini o`tkazish uchun sinaluvchilarga testni o`tkazish maqsadi qisqacha tushuntiriladi. Tanlovlarni birov bilan maslahatlashmasdan, mustaqil ravishda amalga oshirish talab qilinadi. Iloji boricha, har bir stolda bitta o`quvchi test savollariga javob yozishni ta`minlashi zarur. Har bir o`quvchi to`ldirgan “sotsiometrik kartochkalar”asosida sotsiometrik matritsa to`ldiriladi.
O`tkazish tartibiL: kichikroq qog`ozga o`quvchining ismi va familyasi yozilib tagiga chiziladi. O`quvchiga: eng yaqin do`stlaringdan 3 tasining ismi va familyasini ketma-ket shu qog`ozga yoz, birinchi o`ringa kimni qo`yasan, ikkinchi o`ringa kimni va hokazo deb aytiladi. Bu qog`ozlar to`planib natijalar umumlashtiriladi va sotsiometrik matritsa tuziladi.
O`rtachadan ikki barobar ko`p tanlov olsa- “Yulduzlar” hisoblanadi.
St >m+2k=6 ta
O`rtachadan bir-bir yarim baobar ko`p tanlov olsa- “yoqimtoylar”
St>m+1(1,5)k=5-4ta
O`rtacha tanlov olgan= o`rtacha(+3)
O`rtachadan 1 yoki 1,5 barobar kam tanlov olganlar “qabul qilinmaganlar”
St>m-1(1,5)k=1-2ta
Umuman tanlov olmaganlar “yakkalanib qolganlar”deyiladi.
St>m-2k=0ta
Sotsiometrik tanlov jarayonida qog`ozning orqa tomoniga “Sarvar sen nima uchun Sardorni tanlading”deb so`raladi va javobi yozib qo`yiladi. Bu tanlov motivlarini aniqlash jarayonidir.