Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi


Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə3/8
tarix14.05.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#113482
1   2   3   4   5   6   7   8
Shaxs

Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga etadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’ sirini ham yo‘qotish mumkin.
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
3. Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:

  1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.

  2. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.

  3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.

  4. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ ynaydi.

Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt - bilologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan.
4.Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.

Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin