Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda.
Shaxsning individual xususiyatlarishaxsning yo‘nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamoloti va faoliyatining o‘ziga xos, barqaror, muhim xususiyatlari
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, deydilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblay-dilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:
1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.